Yer uchastkalarini sifat va qiymat jihatidan baholash Yer uchastkalarining sifat tavsifi



Yüklə 43,6 Kb.
səhifə1/4
tarix01.11.2023
ölçüsü43,6 Kb.
#131002
  1   2   3   4
4-Amaliy ish (1)


Yer uchastkalarini sifat va qiymat jihatidan baholash


Yer uchastkalarining sifat tavsifi.
Yer uchastkasi sifatini hisobga olish tabiiy-qishloq xo‘jaligi bo‘yicha rayonlashtirishni, tuproq va yerlarni tasniflashni, ularni agronomik, ekologik, texnologik va shaharsozlik belgilari bo‘yicha tavsiflashni, tuproqni guruhlarga ajratishni o‘z ichiga oladi.
Qishloq xo‘jaligi yerlari sifatini hisobga olish quyidagi ko‘rsatgichlarga asosan amalga oshiriladi:

  • qishloq ho‘jaligiga mo‘ljalangan yerlarning joylashgan joyi;

  • er massivining maydoni;

  • iqlim;

  • er boniteti;

  • relef;

  • sug‘orish tarmoqlari;

  • tarnsport tarmoqlariga yaqinligi;

  • tuproq qatlamining sifati;

  • qo‘layliklari va boshqa ko‘rsatgichlar.

Shaharsozlik belgilari bo‘yicha yer uchastkasi sifat tavsifi quyidagi ko‘rsatgichlarga asoslanib tuziladi:
- shaharning (qishloqning) miqdori bo‘yicha darajasi (Respublika viloyat, tuman miqiyosidagi);
- markazga yaqinligi;
- hududning infrastukturasi (elektor, suv, kanalizatsiya, gaz, issiqlik energiyasi, a’loqa ta’minoti, transport, avtomobil, temir yo‘llari, metropoliten tarmoqlarining mavjudligi)
- ijtimoyi infrastuktura (kasalxonalar, poliklinika, bolalar bog‘chasi, maktab, oliy o‘quv yurtlari mavjudligi)
- muxitining sifati (muxutning ifloslanishi, suv xovzalarining mavjudligi, iqlimi, radiatsiya nurlanishlari, seysmik xolati, tuproq sifati, yer uchastkasining relefi);
-hududning qiymati (tarixiy va tabiy qiymati);
- qo‘shni xududlarning ta’siri va boshqa ko‘rsatgichlar.
Yer uchastkalarining miqdor tavsifi.
Yer uchastkalari bo‘yicha yer miqdorini hisobga olish yer uchastkalarining o‘lchami, ularning qimmati va talab qilinadigan o‘lchash aniqligiga qarab quyidagi ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi:
- yer uchastkasining o‘rnashgan joyi (pochta manzili);
- yer uchastkasining maqsad vazifasi;
- yer uchastkasiga bo‘lgan huquq egasi (egalik qiluvchi, foydalanuvchi, mulkdor) bo‘lmish yuridik shaxsning nomi, jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;
- ijaraga oluvchi(lar)ning nomi;
- foydalanish muddati (doimiy, 3 yilgacha yoki 3 yildan 5 yilgacha muddatli);
- yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning turi:
a) yuridik shaxslar uchun – doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish, mulk huquqlari;
b) jismoniy shaxslar uchun – meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish, ijaraga olish, mulk huquqlari;
- yer uchastkasining maydoni:
a) hujjatlar bo‘yicha – yer uchastkasini ajratish to‘g‘risidagi hujjat ma’lumotlari bo‘yicha keltiriladi (ga yoki m2);
b) haqiqatdagi – yer uchastkasi bo‘yicha kadastr s’yomkasi va inventarizatsiyalash ishlarining natijalari bo‘yicha aniqlanadi (ga yoki m2);
v) yer ajratish bo‘yicha maydon va haqiqatdagi maydon o‘rtasidagi farq (ga yoki m2);
g) muhofaza zonalari egallagan maydon (ga yoki m2);
- yer uchastkasini ajratish to‘g‘risidagi hujjat va/yoki boshqa huquq belgilovchi hujjat (kim tomonidan va qachon berilgan, hujjatning raqami);
- servitutlar, cheklashlar (shartlar) va muhofaza zonalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
- yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar

Yüklə 43,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin