Yillarda O’zbekistonda ta’lim tizimi va pedagogik fikrlar rivoji



Yüklə 2,35 Mb.
səhifə1/8
tarix15.10.2023
ölçüsü2,35 Mb.
#130314
  1   2   3   4   5   6   7   8
3-mavzu

Mashg’ulot rejasi:

  • Mashg’ulot rejasi:
  • 1.Buxoro amirligi, Qo‘qon va Xiva xonliklarida ta’lim-tarbiya.
  • 2.Maktab va madrasalarda ta’lim mazmuni.
  • 3. Qizlar maktabi va unda ta’lim mazmuni.
  • 4.Munis Xorazmiyning “Savodi ta’lim” asari – husnihatga doir dastlabki qo‘llanma sifatida.
  • 5.Muhammad Sodiq Qoshg‘ariyning “Odob as-solihin” asari – yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni yorituvchi manba.

Hоshimоv K., Nishоnоvа S., Inоmоvа M., Hаsаnоv R. Pеdаgоgikа tаriхi. – T.: O’qituvchi, 1996.

  • Hоshimоv K., Nishоnоvа S., Inоmоvа M., Hаsаnоv R. Pеdаgоgikа tаriхi. – T.: O’qituvchi, 1996.
  • Sаfо Оchil., Hоshimоv K. O’zbеk pеdаgоgikаsi аntоlоgiyasi. – T.: O’qituvchi, 1999.
  • O’zbеkistоnning yangi tаriхi. O’zbеkistоn Sоvеt mustаmlаkаchiligi dаvridа. – T.: SHаrq, 2000.
  • Pеdаgоgikа fаni rаvnаki yo’lidа. //Prоf. K. Hоshimоv umumiy tахriri оstidа. T.: Fаn, 1995.
  • XVII-XIX asrlarda O’rta Osiyoda bir nechta turdagi talim muassasalari (maktab, madrasa, qorixona, daloilxona, otnoyilar maktablari) mavjud edi. Ayniqsa Qo’qon, Toshkent, Buxoro kabi shaharlarda ularning soni tez ko’paygan.
  • Maktablar boshlang’ich talim muassasasi hisoblanib, unda bolalarga yozish va o’qish o’rgatilgan, din haqida dastlabki malumotlar berilgan. Madrasalar yuqori turuvchi o’quv muassasasi hisoblangan, qorixona va daloilxona («Daloil al-xayrot») quyi diniy xizmatchilarni tayyorlagan.
  • XIX asrdagi Qo’qon xonlari arxivlarida beklar vaxonlar saroylaridasag’ir (etm)lar uchun ochilgan maktablar haqidagi malumotlar saqlanib qolgan. Bunday maktablar davlat mablag’lari hisobiga faoliyat yuritgan.
  • XVI-XIX asrning birinchi yarmida O'rta Osiyo xonliklari va Buxoro amirligining xalq ta'limi, fan va madaniyati haqida gap borganda shu narsani alohida ta'kidlash kerakki, ijtimoiy-siyosiy hayotning hamma sohalarida va birinchi navbatda madaniyat va mafkurada islom dini g'oyasi markaziy o'rinni egallar edi.
  • O’quvchilar «Haftyak»ni tugatganlaridan so’ng «CHor-kitob» (To’rt kitob)ni o’qishga kirishganlar. fors-tojik tlida yozilgan
  • Maktablardagi talim tzimi bir qancha bosqichli va puxta tashkil etlgani bois savod o’rganish ko’p vaqtni olar edi. Chunonchi, faqatgina alifboni o’rganishga 3-4 oydan bir yilgacha, bazida undan ham ko’p vaqt sarflanar edi. O’quvchilar dastlabki o’qish ko’nikmalarini egallaganlaridan so’ng «Haftyak»ni (fors. “Quronning ettdan bir qismi”) o’qishni boshlaganlar
  • birinchi qismida diniy marosimlar (tahorat olish, namoz o’qish, ro’za tutsh va h.q.) sheriy usulda bayon etlgan.
  • ikkinchi qismida yuqoridagi masalalar katexizis (izoh) shaklda ancha keng yoritlgan parchalar o’rin olgan.
  • CHor-kitob”ning “Musulmonlikning muhim masalalari” deb nomlangan uchinchi qismi o’quvchilarni shariatning asosiy ustuni-musulmon diniy huquqlari bilan tanishtirgan.
  • Kitobning “Pandnoma” (Nasihat kitobi) deb nomlangan va XIII asrda yozilgan to’rtnchi qismida Quroni karimdan olingan odob-axloq masalalariga oid qoidalar sheriy shaklda bayon etlgan.
  • SHundan so’ng o’quvchilar mutlaq din masalalariga bag’ishlangan “Sabotul ojizin” kitobini o’qishni boshlaganlar. Ushbu asar ko’pincha uning muallifining nomi bilan, yani – “So’fi Olloyor” deb yuritladi. Bu sof diniy asar bo’lib, unda diniy masalalar sheriy usulda bayon qilingan.
  • Maktabni tamomlagan o’quvchilar talimni davom ettrish uchun madrasalarga kirganlar.
  • Madrasa odatda ikki bo’limdan iborat bo‘lgan
  • quyi (ibādat al-’islām) talabalar din ahkomlarini o’rganganlar
  • yuqori (masola) Quroni karimga muvofiq holda bayon etilgan islomning asosiy qonunlari o’qitilgan.
  • Lekin barcha madrasalarda ham bo’limlar shunday nomlanmaganini qayd etsh lozim. Masalan, Buxoro madrasalarida quyi bo’lim «mushkulāt» deb yuritilgan.
  • Bundan tashqari, arab tilshunosligi, mantq, tarix, sher yozish ilmi, metafizika va boshqa fanlar ham o’qitilgan. Madrasalarda barcha mashg’ulotlar arab tlida olib borilgan.
  • Madrasa talabalarini shartli ravishda uchta kursga bo’lish mumkin.
  • Birinchi, yani boshlang’ich kurs adnā (quyi)
  • ikkinchi kurs – avsat (o’rta)
  • uchinchi kurs – a‘lo (yuqori)
  • Biroq, kurslarning nomlari hamma madrasalarda ham bir xil bo’lmagan. SHu o’rinda bunday kurslarga ajratsh faqat yirik madrasalarda mavjud bo’lgani, talabalar soni 20 kishiga etmagan kichik madrasalarda esa talabalarning barchasi faqat bitta mudarrisga mashg’ulotga qatnaganlarini qayd etish lozim.
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin