Berilishi: Rasm asosida ko’paytirishga doir misol tuzing va uni qo’shish bilan almashtiring:
1)
2
2)
Yechilishi:
1) 5 * 4 = 20
2) 5 * 5 = 25
5 + 5 + 5 + 5 = 20 20 : 4 = 5
5 + 5 + 5 + 5 + 5 = 25 25 : 5 = 5
Tushuntirilishi:
O’qituvchi: Bugungi darsimizning mavzusi ko’paytirish ekan. Demak, ko’paytirishga doir misollarni yechamiz. Aziz o`quvchilar, rasmda nima tasvirlangan deb kitobdagi rasmga jalb qiladi. O’quvchilarning turli javoblarini eshitib ularni fikrlashlariga imkon beradi. Keyin o’zi olib kelgan yangi uzilgan chiroyli gullarini rasmdagi kabi vazaga joylashtirilgan holda jonli namoyish qiladi. Aziz bolajonlar,ular nechtaligini ayta olasizmi? Hammasi bo’lib qancha atirgul bor? Qani kim aytadi?
Botir: bu atirgullarni qo’shganimizda 20 chiqdi
O’qituvchi: To’g’ri! Bolalar Botir buni yig’indi ko’rinishida aytdi.
Ko’paytma ko’rinishida esa bu misolni bunday o’qishimiz mumkin:
Beshtalab to’rt marta olinsa, yigirma hosil bo’ladi yoki beshni to’rtga ko’paytirganda yigirma hosil bo’ladi.
Ikkinchisida rangli qalamlardan foydalanar ekanmiz. Hamma rangli qalamlarini parta ustiga qo’ysin. Menga Botir, Sarvinoz, Gulnoza, Jahongir, Munisa 5 xil rangdagi qalamlaringizdan 5 tadan beringlar. Mana bolajonlar qalamlarni beshta o’quvchidan beshtadan oldik, ularning hammasini qo’shganda qancha bo’ladi? Qani kim javob beradi? Sarvinoz: Bu qalamlarni hammasini qo’shganda 25 hosil bo’ladi.
O’qituvchi: Barakalla! Juda ham to’g’ri. Bu yig’indi ko’rinishida aytdi. Endi kim buni ko’paytma ko’rinishida aytadi?
Botir: beshtalab besh marta olinsa, yigirma besh bo’ladi.
O’qituvchi: Juda to’g’ri.
Demak bu misolni ishlashimizda Botir bilan Sarvinoz faol ishtirok etdi. Endi ularga mukofot beramiz. Bu mukofot atirgullar edi. Atirgullarni shu ikki o’quvchiga bo’lib beriladi. Darsdagi faolliklari uchun olgan sovg’alarini onalariga sovg’a qilsalar, ular juda xursand
3
bo’lishadi. Qolgan o’quvchilar ham o’z onalarini xursand qilishni xohlasalar keyingi darslarda faol ishtirok etishlari kerakligi aytiladi.
Xulosa qilib, shuni ta’kidlashimiz mumkinki, bolalarning barkamol inson bo’lib yetishlarida matematika darslarini jonli o’quvchilarning kayfiyatlarini oshiradigan qiziqarli qilib tashkil etish, kompyuter texnologiyalari asosida tushuntirish, geometriya elementlari haqida to’laroq tasavvurga ega bo’lishlari uchun sodda va rangli figuralar komplektlarini yasatish, ulardan masalalar yechishda, sanashda, shakllarni tahlil qilishda foydalanib borish orqali fanga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirib borish hamda go’zallikdan zavqlantirishga erishish mumkin.
Darslarni tashkil etishda yuqorida keltirilgan usullarga har doim o’qituvchi e’tibor berib borsa, o’quvchilarga ham ta’lim ham tarbiya berishimiz bilan birga ularning ongida estetik didni, go`zallikdan zavqlanish hissini, kattalarga hurmat va muhabbatni shakllantirishimiz mumkin. Shuningdek, ularning fanga qiziqishlari oshishiga, o’quvchilarning qalbida yaxshilik, ezgulik hislatlarining rivojlanishiga hamda darsda samaradorlikka erishiladi.
Dostları ilə paylaş: |