Yoshlarda kitob o‘qish madaniyatining maqsad va vazifalari Reja


BAXTLI MAMLAKATNING BAXTIYOR FARZANDLARI



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə2/2
tarix03.01.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#121936
1   2
Doniyor maruza matni

BAXTLI MAMLAKATNING BAXTIYOR FARZANDLARI

Keyingi vaqtlarda mamlakatimizda barcha sohalarda izchil davom ettirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samarasi o‘laroq, xalqimizning turmush farovonligi tobora yaxshilanib, O‘zbekiston erishayotgan yuksak marralar jahon hamjamiyati tomonidan haqli ravishda e’tirof etilmoqda. Bu e’tiroflar Prezidentimiz rahnamoligida mustaqillikka erishgan ilk yillarimizdanoq, rivojlanishning o‘ziga xos va o‘ziga mos yo‘lining to‘g‘ri va oqilona tanlanganidan dalolatdir. Shu bois, bugun taraqqiyotning “o‘zbek modeli” deb atalayotgan mazkur yo‘ldan qat’iy va og‘ishmay olg‘a intilganimiz o‘zining yuksak samaralarini ro‘yirost namoyon etmoqda.


Xususan, mamlakatimizda izchil o‘ylangan iqtisodiy islohotlar bilan teng ravishda ma’naviy islohotlar ham olib borilgani bu boradagi yana bir muhim yutug‘imiz bo‘ldi. Ya’ni, bizda insonga xos orzu-intilishlarni ro‘yobga chiqarish, uning ongli hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy olamni bamisoli parvoz qilayotgan qushning ikki qanotiga qiyoslangan holda siyosat yuritildi. Alal oqibat, aksariyat G‘arb davlatlari chuqur ma’naviy inqirozni boshdan kechirayotgan hozirgi globallashuv asrida bizning bu boradagi muvaffaqiyatlarimiz xorijiy ellarning chin ma’noda havasini keltirayotgani barchamizga cheksiz faxr va iftixor baxsh etishi tabiiy.


Yaqinda Birlashgan Millatlar Tashkiloti ko‘magida AQShning Kolumbiya universiteti sotsiologlari tomonidan “Dunyoning eng baxtli mamlakatlari” mavzusida o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston “Dunyoning eng baxtli mamlakatlari” reytingida 158 mamlakat orasida 44-o‘rinni, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlari o‘rtasida esa birinchi o‘rinni egallagani ham har birimizni mamnun etadi, cheksiz faxr va iftixor, shukronalik tuyg‘ularini bag‘ishlaydi.


Binobarin, istiqlol yillarida iqtisodiyotimizning besh barobardan ortiq o‘sgani, aholi daromadlari jon boshiga o‘rtacha 8,7 barobarga ko‘paygani, fuqarolarimizning o‘rtacha yoshi 67 yoshdan 73,5 yoshga, ayollar o‘rtasida 75,8 yoshga yetgani, birgina o‘tgan yili 98 foiz aholi va oilaning moddiy ahvoli yaxshilangani, turmush darajasi va sifati yuksalayotgani, odamlarning kelajakka katta ishonch bilan qarayotgani haqiqatan ham, O‘zbekiston dunyoning eng baxtli mamlakati, degan nomga munosib ekanining yaqqol isbotidir.


Ayniqsa, mamlakatimizda ertangi kelajagimiz vorislari bo‘lgan yosh avlod kamoloti, ta’lim va tarbiyasi, yoshlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, ma’naviyatini yuksaltirishga bo‘lgan e’tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, bugungi kunda O‘zbekiston aholisining 40 foizini bolalar tashkil etadi. Ularni har tomonlama sog‘lom, komil shaxslar sifatida voyaga yetkazishga bo‘lgan e’tibor mamlakatimizda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangan.


Mustaqillik yillarida, eng avvalo, bola huquqlariga doir 100 dan ortiq qonun hujjatlari qabul qilinib, O‘zbekiston Respublikasi bolalarning huquq va erkinliklarini himoya qilishga oid 38 ta xalqaro hujjatlar ishtirokchisiga aylandi. Natijada aholisining katta qismini yoshlar tashkil etadigan yurtimizda ularning kelgusida munosib insonlar bo‘lib ulg‘ayishlari uchun barcha zarur shart-sharoitlarni ta’minlash, huquq va erkinliklarini kafolatlashga qaratilgan mustahkam huquqiy baza yaratilib, keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.


Mamlakatimizda turli yillarning Oila yili, Sog‘lom avlod yili, Ona va bola yili, Yoshlar yili, Barkamol avlod yili, Mustahkam oila yili, Sog‘lom bola yili degan nomlar bilan atalib, yosh avlod kelajagi yo‘lida ulkan hajmdagi sa’y-harakatlar hayotga tatbiq etilayotgani bugun biz erishayotgan yutuqlarning mustahkam garovi bo‘lmoqda. Xususan, bu borada tadrijiy ravishda olib borilayotgan keng ko‘lamli


islohotlar tufayli so‘nggi yillarda mamlakatimizda onalar o‘limi 3,1 baravar, go‘daklar o‘limi 3,2 baravar kamaydi. «Ona va bola skriningi» dasturi amalga oshirilishi natijasida tug‘ma nogiron bolalar tug‘ilishi 2000 yildan buyon 1,8 barobarga pasaydi. Bugungi kunda O‘zbekiston bolalarining 92 foizi rivojlanish ko‘rsatkichlari bo‘yicha Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti standartlariga to‘la mos keladi. Jahon e’tirofiga sazovor bo‘lgan onalik va bolalikni muhofaza qilish milliy modelining amalga oshirilishi tufayli O‘zbekiston dunyodagi bolalar salomatligi to‘g‘risida eng ko‘p g‘amxo‘rlik ko‘rsatadigan o‘nta mamlakat qatoridan joy oldi.


YUNISEF ma’lumotlariga ko‘ra, sayyoramizda har yili uch million nafar bola hatto bir oy ham yashamasdan vafot etmoqda. Shuningdek, «Bolalarni asrang» xalqaro tashkiloti mutaxassislarining ta’kidlashicha, ayrim davlatlarda go‘daklar hayotiga e’tiborsiz qaralayotgani oqibatida ko‘plab norasidalar bevaqt nobud bo‘lmoqda. Ayniqsa, Afrika mamlakatlarida yangi tug‘ilgan har besh nafar chaqaloqning ikki nafari hayotining dastlabki soniyalaridayoq hayot bilan vidolashyapti. Dunyo bo‘yicha millionlab bolalar esa, och-nahor, usti yupun, qorni nonga to‘ymay yashayotgani ham bugun achchiq haqiqat.


Shukrki, o‘z farzandlarining taqdiriga befarq qaramaydigan O‘zbekistonda bolalarga ko‘rsatilayotgan bemisl g‘amxo‘rlik, yuksak e’tibor havas qilsa arzigulik. Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, xalqaro hamjamiyat va taraqqiy topgan mamlakatlar qatoriga qo‘shilish uchun harakat qilayotgan jamiyat, birinchi navbatda, bugun unib-o‘sib kelayotgan farzandlarining har tomonlama barkamol avlod bo‘lib hayotga kirib borishini oliy maqsad, deb biladi, degan aqida asosida ish tutilayotgani naqadar to‘g‘ri ekanligini hayotning o‘zi ko‘rsatib turibdi.


Chunonchi, yosh avlodning bilim, ta’lim-tarbiya olishi, yoshlarning huquq va manfaatlarini muhofaza qilish, ularni ijtimoiy himoyalash masalalarida ham mamlakatimiz jahon davlatlari orasida eng yuqori o‘rinlarda bormoqda. Har yili Davlat byudjetining 60 foizi sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa sohalarni rivojlantirish, aholi, xususan, bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilayotgani, farzandlarimiz uchun nafaqat shaharlarda, balki qishloq joylarda ham muhtasham sport komplekslari, bolalar musiqa va san’at maktablari barpo qilinib, ular zamonaviy jihozlar bilan to‘liq ta’minlanayotgani, minglab o‘g‘il-qizlarimiz o‘z iqtidorini sayqal toptirib borayotgani ham bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda.


Ayniqsa, yurtimizda bolalarning sog‘lom va barkamol, ma’nan yetuk, bilimli, aql-zakovatli bo‘lib voyaga yetishida umummilliy dasturlar doirasida amalga oshirilayotgan ulkan ishlar diqqatga sazovordir. Jumladan, sog‘liqni saqlash tizimini tubdan isloh qilishga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida mamlakatimizda sifat jihatidan mutlaqo yangi, eng yuksak talablarga javob beradigan davolash muassasalarining mukammal tizimi vujudga keldi. «Sog‘lom ona — sog‘lom bola» dasturi asosida hududlarda zamonaviy tibbiyot muassasalari tarmog‘i, shu jumladan, respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya, akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, perinatal va skrining markazlari, tug‘ruqxona majmualari, hududiy ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazlari tashkil etildi.


Jahonning bir qator nufuzli xalqaro institutlari fikricha, O‘zbekiston dunyoning 125 davlati orasida xotin-qizlar uchun qulay sharoitlar yaratish va onalikni muhofaza qilish borasida yetakchi o‘rinlardan birini egallab turibdi. Darhaqiqat, o‘tgan asrning 90-yillarida mamlakatimizda homilador ayollarning 70-80 foizi anemiyadan, katta qismi uning o‘rta va og‘ir formalaridan aziyat chekar, bu onalar bilan bir qatorda bolalarning sog‘lig‘iga ham salbiy ta’sir ko‘rsatardi. Bugungi kunga kelib, yurtimizda anemiya kasalligining 2,2 barobarga kamayishiga erishildi. Eng muhimi, yildan-yilga aholining tibbiy madaniyat darajasi ham yuksalib bormoqda. Shu bois tug‘ilayotgan go‘daklarning salomatligi haqida qayg‘urish, ularni har tomonlama sog‘lom va barkamol qilib tarbiyalashda, avvalo, oilalar, ota-onalarning mas’uliyati ham ortayotganini kuzatish mumkin.


Umuman, yurtimizdagi aholi salomatligini saqlashga qaratilgan davlat siyosatining bu qadar faolligi jahonning aksariyat rivojlangan davlatlarida ham mavjud emas. Shuning uchun ham mamlakatimiz dunyoning 125 davlati orasida onalik va bolalikni muhofaza qilish borasida yaratilgan sharoitlar ichida 19 o‘rinda turibdi.


Shu bilan birga, respublikamizda jismoniy tarbiya va sportning har qaysi shahar va qishloq, har bir xonadonga kirib borishiga erishish, bu sohadagi barcha yutuqlarning poydevori bo‘lmish bolalar sportini har tomonlama rivojlantirish, sport orqali yosh avlod qalbida iroda, mardlik va matonat fazilatlarini tarbiyalash, hayotimizda sog‘lom muhitni yanada mustahkamlash yo‘lida ham ibratli ishlarning qilinayotgani quvonarli hol. Ayni paytda respublikamizda 2 million nafardan ortiq bola 30 dan ziyod sport turi bilan muntazam shug‘ullanib kelmoqda. Bu raqam, 2003 yilga nisbatan 1,5 barobar ko‘pdir. Shu davrda maktab o‘quvchilarini jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlariga jalb etish 20,4 foizdan 40,5 foizga, jumladan, qizlar o‘rtasida 16,4 foizdan 32,5 foizga o‘sganini alohida ta’kidlash joiz. Ana shunday ulug‘vor sa’y-harakatlar samarasi o‘laroq, yoshlarimiz dunyo arenalarida, yashil maydonlarida turli sport bellashuvlari, fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lib, O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘tarmoqda.


Ha, davlatning qudratini belgilaydigan qator omillardan biri, shubhasiz, ma’nan yetuk, jismonan sog‘lom avlodni voyaga yetkazishdir. Chunki, Farzandlari sog‘lom yurt – qudratli bo‘lur, qudratli yurtning farzandlari sog‘lom bo‘lur. Yoshlarga, bolalarga e’tibor, darhaqiqat, kelajakka qo‘yilgan sarmoyadir.


Shunday ekan, farzandlarimizning bizdan ko‘ra kuchli, dono, aqlli va albatta baxtli bo‘lishlari yo‘lida bundan buyon ham davlat siyosati darajasidagi tizimli islohotlar yangi bosqichlarda, yangicha mazmun-mohiyat ila davom etaveradi. Zero, dunyoning eng baxtli mamlakatlaridan biri hisoblangan O‘zbekistonning bolalari ham hech kamlik ko‘rmay, baxtiyorlik og‘ushida yashayveradi…




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI


MILLIY LIBOS VA SAN’AT FAKULTETI


TASVIRIY SAN’AT VA MUHANDISLIK GRAFIKASI KAFEDRASI 5110800-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kunduzgi ta’lim yo’nalishi 3-kurs 220-guruh talabasi


XONALIYEV DONIYOR NORQUVVAT O’G’LINING


PEDAGOGIKANING DOLZARB MUAMMOLARIGA BAG’ISHLANGAN


TERMIZ-2022
Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin