3 - kichik guruh talabalarining vazifalari
ishchilar mahsulotni o„z vaqtida nuqsonsiz topshirganliklari uchun qancha
miqdorda (ish haqiga nisbatan) mukofot to„lash;
vaqtidan kechiktirib nuqson bilan topshirganligi uchun har bir 0,1% nuqson
va kechiktirgan vaqt uchun mukofotni isqartirishga doir hisob-kitoblarni ba-
jaradilar.
hisob-kitoblarni bajarishda nuqsonni to„g„rilash uchun tovar mahsuloti
qiymatining 50%i miqdorida qo„shimcha xarajatlar talab qilinishiga e‟tibor
beriladi.
4 - kichik guruh talabalarining vazifalari
mehnat unumdorligi va o„rtacha ish haqini o„sish surati nisbatini mahsulot
tannarxiga ta‟sirini;
bir so„mlik tovar mahsulotiga qilinadigan xarajatlarni o„zgarishini;
moddiy rag„batlantirish fondini qo„shimcha ortishi yoki kamayishini
hisoblaydilar.
Barcha hisob-kitoblar bajarilgach, natijalar kichik guruhda muhokama qi-
linadi va xulosa yasaladi.
5 - kichik guruh talabalarining vazifalari
moddiy rag„batlantirish fondini sarflash smetasini;
joriy iqtisodiy ko„rsatkichlarni (mahsulot ishlab chiqarish hajmi, assortimen-
ti, sifati va h.k.) bajarganliklari uchun mukofot miqdorini aniqlash va uni
iqtisodiy jihatdan asoslash;
jami sanoat - ishlab chiqarish xodimlarini hisobot davridagi ish haqi fondini
moddiy rag„batlantirish fondidan to„lash hisobiga 6%ga oshganligini asos
qilib olgan holda, korxona faoliyatining yillik natijalari bo„yicha mukofot
to„lovlarini hisoblaydilar.
Barcha xodimlar uzluksiz ish staji bo„yicha quyidagicha taqsimlanadi (%):
bir yilgacha - rag„batlantirilmaydi
12
bir yildan uch yilgacha - bir haftalik ish haqi
18
uch yildan besh yilgacha - ikki haftalik ish haqi 25
besh yildan o„n yilgacha - uch haftalik ish haqi
30
o„n yildan yuqori - bir oylik ish haqi
15
248
Hisob-kitoblarni bajarishda besh kunlik ish haftasi hisobidan bir yilda 232
ish kuni qabul qilinadi.
Barcha hisob-kitoblar bajarilgach, natijalar guruhda muhokama qilinadi va
xulosa yasaladi.