257
xo„jalik faoliyatida o„zgaruvchan masalalarni hal etishda muntazam fukncional
boshqaruv tizimida yetarli ko„nikish va mutanosiblik mavjud bo„lganligi sababli
ba‟zi bir muammolar kelib chiqadi. Bu muammolarni bartaraf etish uchun dasturli
- maqsadli boshqaruv uslubi ishlab chiqiladi. Bu uslub aniq maqsadlarga erishish
uchun muntazam - funksional bo„linmalarning mayda bo„lakchalarini yaratishni
ko„zda tutadi. Bular jumlasiga yangi turdagi buyumlarni ishlab chiqish va joriy et-
ish, ishlab chiqarishni qayta tiklash, iste‟molchilarnig mavjud talablarini qondirish
va boshqa ko„p masalalar bo„yicha alohida bo„lakchalarni yaratish kiradi. Dasturli
maqsadli usulni qo„llash boshqaruv tizimini ancha murakkablashtiradi. Dasturli -
maqsadli usul ishlab chiqarish birlashmalarining boshqaruv tizimini barqaror-
lashtirib dinamik ravishda o„zgaruvchan masalalarga tez ta‟sir ko„rsatadi.
Tayanch iboralar:
Boshqaruv jarayoni, boshqaruv tizimi, boshqaruv jarayonida ishtirok etish
mezonlari, ilmiy - texnik taraqqiyot tendensiyalari, boshqaruv bo‘g‘inlari,
jadallashtirish, tezlashtirish, mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, kelishuv,
muhokama, munosabat bildirish, boshqaruvni umumiy prinsiplarining dinamikasi,
boshqariladigan va boshqarilmaydigan jarayonlar, qo‘zg‘atuvchi ta’sirlar, namu-
naviy reglament va me’yorlar, boshqaruv jarayonini maromliligi, muolaja qismi,
vaqt va fazodagi kelishuv, tashkil etish prinsiplari, ilmiy yondashish, tashkil etishni
loyihalash, boshqaruv jarayonini tahlillari, mazmun jihatdan, iqtisodiy, tashkiliy,
ijtimoiy-iqtisodiy, axborot oqimlari, loyihalash yo‘nalishlari, boshqaruvdagi tash-
kiliy tuzilishlar, muntazam, funksional, muntazam-funksional, dasturiy-maqsadli,
boshqaruv apparati, vertikal va gorizontal aloqalar.
Dostları ilə paylaş: