Pedagogik konfliktologiyaning mohiyati. Konfliktlarni bartaraf etishda tolerentlik



Yüklə 251,58 Kb.
səhifə1/12
tarix08.11.2023
ölçüsü251,58 Kb.
#131236
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
abdullayeva dilshoda


KONFLIKTLARNI BARTARAF ETISHDA MEDIATSIYA
KIRISH
I BOB. PEDAGOGIK KONFLIKTOLOGIYANING MOHIYATI. KONFLIKTLARNI BARTARAF ETISHDA TOLERENTLIK
1.1. Pedagogik konfliktologiyaning mohiyati
1.2. Konfliktlarni bartaraf etishda tolerantlik
II BOB. KONLIKTLARNI BARTARAF ETISHDA MEDIATSIYA
2.1. Konflikt haqida tushuncha
2.2. Konfliktlarni bartaraf etishda mediatsiya
XULOSA
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi: O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek, “Uzoq va yaqin tarixiy tajribalar shuni ko‘rsatadiki, har qanday nizoga befarq bo‘lmaslik kerak. Doimo ogoh bo‘lish, kelishmovchiliklarning oldini olish hayotda va jamiyatda muvozanat va rivojlanishni ta’minlaydi”.1


Hayot konfliktlarga to‘la. Insonning jamiyatdagi yashash tarzini turli ziddiyatlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Turli nizo va ziddiyatlar bilan umr davomida, har qanday yoshda, har qanday joyda, har qanday vaziyatda to‘qnash kelish mumkin. Konfliktlar uyda, maktabda, ko‘chada, o‘quvchilar orasida, ota-onalar va farzandlar, xodim va uning rahbariyati orasida, jamoa a’zolari o‘rtasida sodir bo‘lishi mumkin. Konfliktlar, odatda, ko‘p vaqt odamlar birga bo‘ladigan hollarda, ya’ni ular uzoq muddat bir-birlari bilan va ruhiy muloqotda bo‘ladigan hollarda, ular ma’lum muddat o‘zaro birga bo‘lishga majbur bo‘lgan paytlarida ko‘proq sodir bo‘ladi.
Hech bir inson o‘zini konfliktlardan doimiy muhofaza qilinganman deb hisoblay olmaydi. Chunki konfliktlar ba’zan qo‘qqisdan, hech kutilmagan holda vujudga kelishi hamda inson hayot tarzini tubdan o‘zgartirib yuborishi mumkin. Konflikt har bir inson hayotining ajralmas qismi bo‘lib, hech bir inson konfliktlardan o‘zini “kafolatlanganman” deb ishonch bilan ayta olmaydi. Har birimiz bolalik davrlarimizdan konfliktli vaziyatlarga tushamiz va bu holatlardan chiqib ketish yo‘llarini, usullarini qidiramiz. Shu nuqtai nazardan qaraganda, konflikt ijtimoiy hodisa hisoblanadi. Chunki u ko‘pchilik insonlarning kundalik turmush tarziga oid voqea va hodisalarni qamrab oladi hamda konflikt rivojidan har bir inson, yaqin qarindoshlar, mehnat jamoasi o‘rtasidagi tinch va totuvlikka asoslangan osuda hayot tarzi zarar ko‘rishi mumkin.


Yüklə 251,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin