Pedagogik konfliktologiyaning mohiyati. Konfliktlarni bartaraf etishda tolerentlik


Ijtimoiy hayotning tashkil etilganlik darajasiga ko‘ra konflikt turlari



Yüklə 251,58 Kb.
səhifə9/12
tarix08.11.2023
ölçüsü251,58 Kb.
#131236
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
abdullayeva dilshoda

Ijtimoiy hayotning tashkil etilganlik darajasiga ko‘ra konflikt turlari:
1) global;
2) mintaqaviy;
3) davlatlararo;
4) elatlararo;
5) sinflararo yoki jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida;
6) guruhlararo;
7) partiyalararo;
8) shaxslararo siyosiy, mafkuraviy, ma’naviy.
Agar, ishtirok etayotgan taraflar soni, ya’ni ishtirokchilar doirasi mezon sifatida olinsa, bu holda konfliktlar ikki, uch va ko‘p taraflama bo‘ladi deb aytish mumkin.
Mezon sifatida kuch bosimi darajasi olinganida, bunday hollarda konfliktlar qurolli bo‘lmagan (bojxona urushlari), hamda haqiqatda turli ko‘lamli urush harakatlarini olib borishdan iborat bo‘lgan qurolli konfliktlarga bo‘linadi.
Agar ziddiyatlar darajasi mezon deb olinsa, bunda konfliktlar ning agressiv va murosali (kompromiss) turlari mavjud deb aytish mumkin. Shuningdek, asosiy va asosiy bo‘lmagan masalalar yuzasidan ro‘y beradigan konfliktlar farqlanadi.
Ammo barcha konfliktlarni yagona universal sxemaga keltirib, jamlab bo‘lmaydi. Masalan, kurash ko‘rinishidagi konfliktlarda yechim faqat tomonlardan birining g‘alabasi bilan tugashi mumkin bo‘lsa, munozaralar toifaidagi konfliktda umumiy murosa yo‘li tanlanishi mumkin.

2.2. Konfliktlarni bartaraf etishda mediatsiya
Ba’zi hollarda, barcha urinishlaringiz va sa’y-harakatlaringizga qaramasdan konflikt yechimini topishga o‘zingizda kuch va ehtiyoj qolmagandek tuyuladi. Shunga qaramasdan, bu holatda albatta zo‘ravonlikka erk berishi lozim, deb xulosa qilishingiz noto‘g‘ri bo‘ladi. Sizni juda qiynab qo‘ygan va o‘zingizning kuchingiz yetmayotgan konfliktlar vujudga kelganda vositachilik yo‘lidan borganingiz ma’kul. Vositachilikni, konfliktlar yechimi nazariyasida mediatsiya deb atashadi.
Vositachilik – bu ko‘ngillilik asosida mahfiy, ya’ni konfiditsial tarzda uchinchi, neytral, ya’ni har ikkala tomoniga ham xolis bo‘lgan tomon - ya’ni vositachi – dallolning bahs qilayotgan tomonlarga konflikt yechimini topishdagi yordami hisoblanadi. Mediator vositachining vazifasi – konflikt nimadan boshlangani, kim aybdor ekanligi, kim xaq kim nohaq ekanligini emas, balki muammoni kelishuvga olib keladigan yo‘llarni o‘rganib, ularni topishdir. Vositachi bahslashuvchi tomonlarga birgalikda ikkala tomonni ham qanoatlantiruvchi hamda ikkala tomon ham o‘zini g‘alabaga erishgan deb hisoblovchi yagona to‘g‘ri yo‘lni topishiga yordam berishdan iboratdir.

Yüklə 251,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin