120
To’rtinchidan, ma’muriy yustitsiya organlari (ma’muriy sudlar)
hokimiyatning boshqa tarmoqlaridan, ya’ni qonun chiqaruvchi va ijro
hokimiyati organlaridan mustaqil hisoblanadilar.
Beshinchidan, ma’muriy yustitsiya orqali davlat boshqaruvi
faoliyati ustidan maxsus sud kontroli o’rnatiladi.
Oltinchidan, ma’muriy yustitsiya uchun maxsus “ma’muriy-
yustitsiyaviy” munosabat subyektlarining mavjud bo’lishi xosdir
(fuqarolar, davlat boshqaruvi organlari, mansabdor shaxslar va
maxsus sud organlari).
Ettinchidan, ma’muriy-huquqiy nizolar taraflarning tengligi
ta’minlangan holda shikoyatlarni (yoki da’volarni) ko’rib chiqish
asosida protsessual qoidalarga tayanib hal etiladi.
Ishni ko’rib chiqqan vakolatli organ (ma’muriy sud) nizoning
predmeti bo’lgan davlat boshqaruv akti yoki mansabdor shaxsning
xatti-harakatini noqonuniy (qonuniy), asossiz (asosli) deb topish
to’g’risida qaror qabul qiladi.
Dostları ilə paylaş: