Bugungi kunda O’zbekistonda ma’muriy sudlar faoliyati qanday huquqiy tartibga solinmoqda? Zamonaviy demokratik davlatlarda barchaning qonun oldida
tengligi, shaxs manfaatlarining davlat manfaatlariga nisbatan
ustuvorligi, davlatning inson va jamiyat farovonligi uchun xizmat
qilish majburiyati davlat siyosatining mazmunini belgilab beruvchi
asosiy
tamoyillardan
sanaladi.
O’zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi 2-moddasida davlat xalq irodasini ifoda etib, uning
manfaatlariga xizmat qilishi, davlat organlari va mansabdor
shaxslarning jamiyat va fuqarolar oldida mas’ulligi mustahkamlangan.
Bu borada O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov
ta’kidlaganidek: “Inson va davlat o’rtasidagi munosabatlarda inson
manfaatlari ustuvor bo’lishi kerak. Davlat va davlat hokimiyatining
barcha tarmoqlari o’z faoliyatini inson huquqlarini himoya qilish va
qo’riqlash ishiga safarbar qilgandagina o’z vazifasini to’g’ri ado etgan
hisoblanadi”. Mazkur kontseptual g’oyadan kelib chiqib, rivojlangan
xorijiy davlatlar tajribasini chuqur o’rgangan holda davlat
boshqaruvida fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish
tizimini yanada takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Demokratik
davlatlar
singari
O’zbekiston
Respublikasi
demokratik-huquqiy rivojining bugungi kundagi asosiy yo’nalishi va
tamoyillari negizida avvalo, inson huquqlari va erkinliklari, uning
qonuniy manfaatlari hamda xalqning farovonligi mujassam. Аsosiy