89
10-§. dInIY Bag‘RIKEnglIKnIng MaZMun-MohIYaTI
Va ahaMIYaTI
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tomonidan 1995-yil –
Xalqaro bag‘rikenglik yili deb e’lon qilindi va uni amalga
oshirilishida muvofiqlashtiruvchi tashkilot – YUNESKO deb to-
pil gan. Shu yili YUNESKO Bosh konferensiyasi «Bag‘rikenglik
tamoyillari Deklaratsiyasi»ni qabul qildi.
«Bag‘rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi»da bag‘rikenglik
tu shun chasiga
aniqlik kiritilib, turli shart-sharoitlarda davlat va
shaxs munosabatlari, huquq va vazifalari belgilab berildi.
«Bag‘rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi»da bag‘rikenglik
tushun chasiga shunday ta’rif berilgan: «Bag‘rikenglik – bizning
dunyomizdagi turli boy madaniyatlarni, o‘zini ifodalashning va
insonning alohidaligini namoyon qilishning xilma-xil usullarini
hurmat qilish, qabul qilish va to‘g‘ri tushunishni anglatadi. Uni
bilim, samimiyat, ochiq muloqot hamda hur fikr,
vijdon va
e’tiqod vujudga keltiradi. Bag‘rikenglik – turli tumanlikdagi
birlikdir. Bu faqat ma’naviy burchgina emas, balki siyosiy va
huquqiy ehtiyoj hamdir. Bag‘rikenglik –
tinchlikka erishishni
musharraf qilguvchi va urush madaniyatsizligidan tinchlik
madaniyatiga eltuvchidir».
«Bag‘rikenglik» tushunchasi ilmiy faoliyat va ijtimoiy hayot-
ning turli sohalari,
jumladan, siyosat va siyosatshunoslik, sotsio-
logiya, filosofiya, ilohiyot,
ijtimoiy axloq, qiyosiy dinshunoslik
kabi sohalarda keng istifoda etiladigan tushunchalardan biri
hisob lanadi. Lotincha tolerare, ya’ni «chidamoq», «sabr qilmoq»
ma’nosini anglatgan bu so‘z, asosan
bir insonning boshqa inson
dunyoqarashiga toqat qilishini bildirsa-da, etimologik tahlil uning
tom ma’nosini doim ham ochib beravermaydi
1
.
1
Bag‘rikenglik – barqarorlik va taraqqiyot omili. B. 87–88.
90
Shu o‘rinda YUNESKO «Bag‘rikenglik tamoyillari Dekla-
ratsiyasi»da «tolerant» ya’ni «bag‘rikenglik» tushunchasiga
berilgan ta’riflarni keltirib o‘tmoqchimiz:
1.2. Bag‘rikenglik – yon berish,
andisha yoki xushomad
emas. Bag‘rikenglik – eng avvalo, insonning universal huquqlari
va asosiy erkinliklarini tan olish asosida shakllangan faol
munosabatdir. Hech qanday vaziyatda ham bag‘rikenglik ana
shu asosiy qadriyatlarga tajovuzlarning bahonasi bo‘lib xizmat
qilmaydi. Bag‘rikenglikni alohida shaxslar, guruhlar va davlatlar
namoyon qilishi lozim.
1.3. Bag‘rikenglik – inson huquqlarini qaror toptirish,
plyuralizm (shu jumladan, madaniy plyuralizm), demokratiya
va huquqning tantanasi uchun ko‘maklashish majburiyatidir.
Bag‘rikenglik – aqidabozlikdan, haqiqatni mutlaqlashtirishdan
voz kechishni anglatuvchi va
inson huquqlari sohasidagi
xalqaro-huquqiy hujjatlarda o‘rnatilgan qoidalarni tasdiqlovchi
tushunchadir.
«Ming yillar mobaynida
Mar kaziy Osiyo g‘oyat xilma-
xil dinlar, madaniyatlar va
turmush tarzlari tutashgan
va tinch-totuv yashagan
mar kaz bo‘lib keldi».
Dostları ilə paylaş: