Zamonaviy axborot texnologiyalari


Tibbiyot axborot tizimlari



Yüklə 103,47 Kb.
səhifə11/17
tarix11.11.2023
ölçüsü103,47 Kb.
#131714
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
ibooks bot-tibbiyotda axborot t (1)

3.Tibbiyot axborot tizimlari
Ma‘lumotlar bazasi - MB ning o،zi nima, u qanday ishlaydi? Dasturchilar tilida MB axborotlarini saqlab, saralab, tizimga solib, tuzatib va to،ldirib turuvchi hamda so،rovlar, tanlanmalar va hisobotlar tuzish uchun zarur vosita va usullarga ega bo،lgan dasturiy tarzda tashkillashtirilgan tuzilmadir. MB dagi ma‘lumotlar albatta muayyan bir sohaga, turdosh mavzular turkumiga yoki ma‘lum bir masalaga taalluqli bo،ladi. Mazkur dastur Microsoft Office tarkibidandir.
MB jadvalidagi ma‘lumotlarni ko،rish, ularga qo‘shimchalar qilish va ularni o،zlashtirishga qaratilgan ―shakllar‖;
Ma‘lumotlarni tahlil qilish va muayyan qolibda chop etish uchun ―hisobotlar‖;
Internet yoki boshqa tarmoq orqali MB dagi ma‘lumotlarni ko،rish, yangilash va tahlil qilish uchun mo،ljallangan ―ma‘lumotlarga kirish sahifalari‖.
Quyida Sizlarning e‘tiboringizga havola etilayotgan bayon Microsoft Accessning ma‘lumotlar bazalari va ularni tashkil etuvchilari haqida yetarlicha tasavvur hosil qilishingiz uchun, qolaversa, shahsiy ma‘lumotlar bazangizni tuza olishingiz uchun ham asqotadi degan umiddamiz.
Dunyoda ko‘plab ma‘lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari mavjud bo،lib, bu tizimlar orasida ommaviylikda Microsoft Access dasturi hammasidan ustun turadi.
MB maydonlarining xossalari MBning maydonlari baza tuzilmasiini belgilashi bilan bir qatorda, muayyan maydonga tegishli katakchalarga yozilib boruvchi ma‘lumotlar uchun umumiy bo،lgan xossani ham aniqlab beradi. Maydon xossasi tushunchasi MBga oid iboralar ichida etakchi o،rin tutadi. Shu boisdan, maydon xossalarining asosiylarini qisqacha tavsiflab o’tamiz.
Maydon nomi (imya polya) - baza bilan avtomatik amallar bajarilayotgan paytda mazkur maydonning ma‘lumotlariga qay tarzda murojaat etish kerakligini ta‘minlovchi xossa. Maydon nomlari jadval ustunlarining sarlavhalari sifatida ishlatilishi mumkin.
Maydon turi (tip polya) - berilgan maydon tarkibidagi ma‘lumotlarning turini bildiradi.
Maydon o’lchami (razmer polya)- berilgan maydon katakchalariga sigishi mumkin bo،lgan ma‘lumotlarning maksimal uzunligini belgilovchi xossa.
Maydon formati (format polya) - maydonga tegishli katakchalaridagi ma‘lumotlarni formatlash usulini aniqlab beradi.
Ma’lumot kiritish niqobi (maska vvoda) – bu xossa ma‘lumotlarni kiritishning avtomatlashtirish vositasi bo،lib, maydonga kiritiladigan ma‘lumotlarni qanday shakl orqali bajarilishini aniqlaydi.
Imzo(podpis) - jadvalda maydonga mos ustunning sarlavhasini aniqlovchi xossa. Agar imzo alohida ko،rsatilmasa, uning o،rnini ―maydon nomi‖ egallaydi.Oldindan berilgan qiymat (znachenie po umolchaniyu) -ma‘lumotlar kiritishning avtomatlashtirilgan vositasi bo،lib, bunda maydon katakchalariga avtomatik yozilib qoluvchi qiymat anglanadi.

Yüklə 103,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin