Axborotxavfsizligi - Himoyalanayotgan axborotni uchta xususiyatini: maxfiylik, butunlik, tayyorliklarni saqlash maqsadida kirilayotgan axborotga chegaralarni ta‘minlash.
Axborot tizimi - Axborotni to’plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda ulardan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari. Axborot texnologiyasi –ob‘yekt, jarayon yoki hodisa (axborot mahsuloti) ning holati to‘g‘risida yangi sifatdagi axborot olish uchun ma‘lumotlarni to‘plash, ularga ishlov berish va uzatish vositalari hamda usullarining majmuidan foydalanuvchi jarayon.
Axborot resursi – axborot tizimi tarkibidagi electron shaklidagi axborot, ma‘lumotlar banki, ma‘lumotlar bazasi.
Axborot jamiyati – ko‘pchilik ishlovchilarning axborot, ayniqsa uning oliy shakli bo‘lmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan band bo‘lgan jamiyatidir.
Antivirus– Viruslarni aniqlovchi va ulardan kompyuterni tozalovchi maxsus programma.
Arxivdantiklash– Faylni arxivli fayldan qayta tiklash.
Algoritm – bu qo‘yilgan masalani yechish uchun bajarilishi lozim bo‘lgan amallar ketma-ketligi haqidagi aniq qoidalardir.
Algoritmlash – masalani yechish bosqichi bo‘lib, masalaga qo‘yilgan shart va talablar asosida oxirgi natijani, masalaning echimini olish uchun ishlab chiqilgan algoritmlarni yaratish bilan shug‘ullanadigan informatikaning bo‘limidir.
Amaliyxavfsizlik– Ma‘lumotlarni kiritish, ishlov berish va chiqarish amallarini bajarishda turlashdan, yo’q qilishdan va oshkor qilishdan (tasodifiy, mualliflashmagan, yoki qasddan) muhofazalash.
Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasi – Ma‘lumotlarni uzatish, to’plash, saqlash va qayta ishlash uchun hisoblash texnikasi va aloqa tizimlari usullari va vositalari qo’llaniladigan axborot texnologiyasi.
B
Banner– Veb-sahifadagi reklama xarakteridagi tasvir yoki matn bloki. U reklama beruvchining Veb-saytiga yoki mahsulot yohud xizmat turi atroflicha bayon qilingan sahifalarga giper murojaatdan iborat. Bannerlar tashrifchilarni jalb etish uchun, imidjni shakllantirish yoki shu resursni siljitish uchun turli Internet – resurslarda joylashtiriladi.