Zamonaviy axborot texnologiyalari



Yüklə 103,47 Kb.
səhifə4/17
tarix11.11.2023
ölçüsü103,47 Kb.
#131714
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
ibooks bot-tibbiyotda axborot t (1)

Uchinchi avlod EHMlari – bu ikkinchi avlod mashinasidan tarkibida axborot almashuv qurilmasi (kanal) ham borligi bilan farq qiladi. Kanal tezkor xotira bilan EHMning tashqi qurilmalari orasida axborot almashuviga imkon beradi. Uchinchi avlod (1960- yillarning o`rtasi va 1970- yillar) EHMlarining asosini integral sxemalar tashkil qiladi (bunday sxemalar birinchi marta AQSHdagi Kaliforniya shtatidagi Santa-Klara shahrida yaratilgan). Fizika va kimyo sohasidagi tadqiqotlar sxemalarni kremniyning sof kristalidan yasalgan plastinkaning kichik qismida, bu qismga turli moddalarning kerak aralashmasining yupqa qatlamini surtib qo`ygan holda tuzish mumkinligini ko`rsatdi. Elementlarni birdagina plastinkaning ko`pgina qismlarida ham tashkil qilish mumkin.Kremniy kristallari ustiga surtilgan ko`p qatlamli moddalar ko`rinishidagi bunday sxema integral sxema nomini olgan. Bitta kristallda joylashgan dastlabki integral sxemelarda yuzga yaqin elementlar joylashgan edi. Integral sxemalarning ixtiro qilinishi EHMning elementlar bazasining keyingi rivoji uchun keng istiqbollar ochib berdi, bu imkoniyatlardan hozircha to`la foydalanib bo`lingani yo`q. Elektron sxemalarning ishonchlilik darajasi, ular baholarining arzonlashishi, o`lchamlarning ixchamligi ishlab chiqarishni avtomatlashtirishga keng imkoniyat yaratdi. Bu avlod EHMlaridagi bir kristallda mingdan ortiq elementlarni saqlovchi integral sxemalar qo`llanilgan. Ularning tezligi 100 mingdan 1 mln. arifmetik amalgacha bo`lib, bunday EHMlarga "IBM-360" (AQSH,1965) va ES (Ediniya sistema) oilasiga mansub bo`lgan ES-1022, ES-1035, ES-1055, To‘rtinchi avlod EHMlari – bu uchinchi avlod mashinasidan tarkibida har biri parallel ravishda ishlay oladigan ikki va undan ko‘p protsessorlar borligi bilan farq qiladi. Cheget, Elburs-2 kabi EHMlar to‘rtinchi avlodga mansub. O‘z vaqtida Toshkentdagi Algoritm zavodida ishlab chiqarilishi mo‘ljallangan Elburs-2 EHM tarkibida har biri sekundiga
1 mln amaliyotlarni bajarish imkoniyatiga ega bo‘lgan 10 ta protsessori bor.

Yüklə 103,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin