Zamonaviy qurilish materiallari, buyumlari va texnologiyalari
6.3. “Isover” izolyatsiya materiallari Shisha o‘zining xilma-xilligi tufayli bugungi kunda ham “Saint-Gobain” firmasining asosiy faoliyat sohasi hisoblanadi. Bu firma shisha-paxta va mineral paxta asosidagi izolyatsion materiallarini ishlab chiqarishga ham juda katta e’tibor beradi. Yevropa va undan tashqaridagi arxitektorlar bu izolyatsion materiallarni texnologik nuqtai nazardan eng yaxshilardan biri deb hisoblaydilar. Bu izolyatsiyaga oid eng turli xil masalalarni hal qilishga taaluqli bo‘lib, ularning ahamiyati doimiy ravishda ortib bormoqda (issiqlik izolyatsiyasi, tovush izolyatsiyasi, yong‘indan himoya, atrof-muhitni muhofaza qilish). “Saint-Gobain” firmasining “Isover” izolyatsion materiallari - yuqori sifatli mahsulot namunasidir. “Isover” izolyatsion materiallari barcha zarur shartlarga amal qilinganda (issiqlikdan izolyatsiyalovchi derazalar, issiqlikni izolyatsiyalovchi tamburli kirish eshiklari, shuningdek soz holda faoliyat ko‘rsatuvchi (isitish tizimi) energiya sarfini ancha kamaytirilishini ta’minlashi mumkin. “Isover” issiqlikdan izolyatsiyalovchi materiallar tashqi devorlar uchun qalinligi kamida 8 sm, yertula yopmalari uchun 6sm, tomlar uchun 14 sm bo‘lishi bilan ta’minlanadigan yaxshi issiqlikdan izolyatsiyalash kelajakda isitishning yangi va muqobil usullarini qo‘llash imkoniyatini yaratmoqda. Issiqlik nasoslari, quyosh kollektorlari, shamol g‘ildiraklari yoki issiqlik adsorberlaridan binolarning mukammal issiqlik izolyatsiyasisiz iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq foydalanila olmaydi.
55- rasm. “Isover” issiqlik izolyatsion materiallari.
Binolar sirtining 1 m2 yuziga hisoblaganda issiqlikdan izolyatsiyalash to‘g‘risidagi taqqoslama ma’lumotlar energetik mustaqillikning qanday darajasiga erishish mumkinligini ko‘rsatadi. Germaniyaning iqtisodiyot vazirligi nashr etgan me’yoriy ko‘rsatkichlardan foydalanib, bu ma’lumotlarni yonilg‘i litrlari hisobida qayta hisoblab chiqish mumkin. “Isover” issiqlik izolyatsiya materiallaridan foydalanish tufayli issiqlik uzatish koeffitsientlari ancha darajada yaxshilanishi mumkin. Masalan, tashqi devor uchun qalinligi 8 sm, yerto‘la ustyopmasi uchun qalinligi 6sm va yuqori qavatlararo ustyopmalar uchun qalinligi
12 sm bo‘lgan “Isover” izolyatsiyasidan foydalanish issiqlik uzatish koeffitsientini mos ravishda 0,36; 0,51 va 0,31 gacha yaxshilaydi (7- jadval):