"Zarbulmasal" asari tahlili (sujet va kompozitsiyasi)



Yüklə 25,55 Kb.
səhifə2/3
tarix21.02.2023
ölçüsü25,55 Kb.
#123560
1   2   3
Zarbulmasal asari tahlili (1)

Orazidin shams-u qamardir xijil,
So'zlaridin shahd-u shakar munfail.
Hosili umri edi ul boyning,
Oti Gunashbonu o'shal oyning.
Boyqushning kibri, qattiqligi, boshqalarni mensimasligi, o'zgalarning fikri bilan hisoblashmasligi asar matnida juda qiziqarli yo'sinda ko'rsatilgan. Ko'proq qalin undirish uchun qizining baxtidan kechishga ham tayyorligi uning shaxsiga xos xususiyatlarni yorqin aks ettiradi. Asarda Boyqushga „Anda Ko'rqush ko'rdiki, xasis-u haris, agar ming chordevordin bjr chordevor kam bo'lsa, o'tuz tishini bir-biridin sindirur",— degan ta'rif beriladi. Asosiy qahramonlardan biriga Ko'rqush nazari bilan berilgan baho ko'p jihatdan muallifning ham qarashini ifoda etadi. Boyqushning: „Farosat oyog'i oqsoq, tevadek yegani sho'ra va yantoq, ilgari o'tgan so'zning birini ming qilib so'zlarga toq, oyog'idin osilgan so'tqoq qushga o'xshash ahmoq emasmen", — degani yoki „Ko'bga kengash, o'z bilganingni qil",— qabilidagi so'zlari bu obrazning shunchaki yomonlik timsoli emas, balki vaziyat taqozosi bilan mohiyatini o'zgartirib turishi mumkin bo'lgan murakkab tabiatli kishi timsoli ekanligini teranroq his etishga olib keladi. Uning bu qarashlarida xalq donoligi, turmush chigalliklariga amaliyotchi nigohi bilan qaraydigan kishining bilgichligi namoyon bo'ladi.
Asarda tasvir qamroviga olingan har bir timsolga xos xususiyat turli yo'sinlarda aks etgan. Bir qush tabiatiga xos iithatlarni aks ettirishda qo’llanilgan usuldan boshqasining fe'lini ko'rsatishda foydalanilmagan. Agar Boyqush, Yapaloqqush, Ko'rqush, Kordon, Turumtoy, Kulonkir singari qushlarga xos sifatlar ularning o'zaro muomala-munosabatlari asnosida ko'rsatilgan bo'lsa, bir qator qushlarga tegishli jihatlar ularga boshqalar bergan tavsiflar asosida ochilgan. Jumladan, Yapaloqqushning do'sti — Sho'ranulga bergan ta'rifi qarg'a tabiatiga xos xususiyatlarni yorqin namoyon etishidan tashqari, bu ta'rifda o'sha davrdagi ayrim odamlarga tegishli bo'lgan sifatlar ham aks etganllgi „Zarbulmasal"ning umumlashma kuchini ko'rsatadi. Asarda qarg'a Sho'ranul yashaydigan yurt qushlarining podshohi Malik Shohinning pahlavoni Kulonkirning uylanishiga saxiylik qilishi sabablari hayotiy jihatdan ishonarli asoslangan. Uning qo'l ostidagi odamlariga munosabatini baholashda asar matniga tayanilsa, ham Malik Shohinning tabiati ochiladi, ham Gulxaniyning tasvir mahorati ilg'ab olinadi. Kordon xazinachining kelinga beriladigan mahr miqdorini aniqlash borasidagi mulohazasi uning shaxsiga beriladigan bahoning asosi bo'lishi mumkin. Timsolning mohiyatini anglagan sari o'quvchi Kordonning himmat kamarini g'aravdek bir necha yerdan bog'lashining sababini anglab olishi osonlashadi. Kordonning Tummtoy bilan suhbatida keltirilgan maqollarning nechog'lik o'z o'rnida ekanligini, bu maqollarning suhbatdoshlar tabiatini ochishdagi ahamiyatini anglash asar badiiy qudratini anglash imkonini beradi. Turumtoy qo'llagan: „Yomon otga yol bitsa, yoniga to'siq bog'lamas, yomon yerga mol bitsa, yoniga qushni qo'ndirmas" degan maqol Boyo'g'lini xafa qilganligining sabablari to'g'risida o'ylab ko'rilsa, noo'rin ishlatilgan haq gap foyda o'rniga zarar keltirishi mumkinligi ma'lum bo'ladiki, Gulxaniy asarining ahamiyati ham ayni shu holatni hissiy yo'sinda anglatish, tuydirishdan iboratdir. Kordonning Boyqushga qarata aytgan bo'yi yetgan qizning onasi bilan gap talashishi xususidagi to'g'ri gapining nafsoniyatiga tegishi, darg'azab qilganligi tasviri Kordon shaxsini tavsiflashga asos bo'ladi. Kordonning gapidan Boyo'g'lining hamiyati zarar yegan ota sifatida achiqqlanishi esa uning shaxsiga xos jihatlarni baholash imkonini beradi. Asarda odamning vaziyatga, - suhbatdoshning farosatiga qarab o'zgarib turadigan mavjudot ekanligi Ko'rqushga umidvor qiluvchi so'zni aytgan Boyo'gii Kordonni noumid qilganligi tasvirlangan o'rinlarda yaqqol namoyon bo'ladi. Buni Kordonning: „U „tokcha" dedi, biz „mo'ri" dedik, jo'nay berduk", „Quda bo'lduk, judo bolduk" degan so'zga yo'qmiz",— degan mulohazalaridan anglab yetish mumkin. Ko'rqushning: „Farg'ona mulkida chordevor noyob ekanin arz qilib o'tib edik. Agar Movarounnahr tobeotidin xohlasang, har qancha chordevor desang beray, balki xisht devor solayin",— degan so'zlari ustida o'ylab ko'rish o'quvchilarga matn ustida atroflicha fikrlashish imkonini beradi. Bu qarashni Gulxaniyning amir Umarxonga qilgan xushomadi, kinoyasi tarzida ham,. Turkistondagi boshqa xonliklardan Farg'ona tuzuk edi yo'sinidagi vatanparvarligi shaklida ham talqin etish mumkinkj, bu hol kishida mustaqil fikrlashga imkon berganligi bilan diqqatga molikdir. Bu haqda asosli xulosa berishda tarix fanidan bilgan ma'lumotlarga tayanilsa, foydali bo'ladi. Farg'ona bilan Buxoro va Xiva xonliklarini o'zaro solishtirish asarning tag ma'nosini teranroq anglashga yo'l ochadi.
„ Zarbulmasa1"ning majoziy ma'nosi, asardagi har bir qush obrazining biror toifaga mansub jonli odamni ifodalashi, bir-birini „cho'qib" emas, balki ,,chaqib" olishga tayyor, tili zahar qushlar timsoii Gulxaniy tomonidan ayni odamlarga xos illatlarni aks ettirish fnaqsadida tasvirlanganligi anglab yetilgandagina asardan chiqariladigan badiiy va hayotiy ma'noning qimmati yuqori bo'ladi.

Gulxaniy lirik she`rlari va “Zarbulmasal” nomli etuk prozaik asari bilan tanilgan talantli adibdir. 


Bizgacha uning o`zbek va tojik tillaridagi 12 g`azali, Qo`qon xoni 
Amir Umarxonga bag`ishlangan 1 qasidasi va “Zarbulmasal” asari 
yetib kelgan. 
1822-yilda Gulxaniy mashhur “Zarbulmasal” asarini yozadi. 
Gulxaniyning “Zarbulmasal” asari majoziy timsollar – 
Yapaloqqush va Boyo`g`li o`rtasidagi qudachilik mojarolari orqali 
turli toifadagi, har xil fe`l-atvordagi tabaqalar, kishilar munosabatini, 
mamlakatdagi vayronagarchilikni tasvirlaydi. “Zarbulmasal”da 
qushlar o`zaro masal, maqol, matal va hikmatli so`zlarni keltirish 
orqali mavjud haqiqatni ifodalaydi. Mazkur asar 1980-yilda alohida 
kitob holida nashr etildi. 
“Zarbulmasal” xalq og`zaki ijodi durdonalari-maqol, masal va 
hikmatli so`zlar asosida yaratilgan. Asarning maroqli syujetini tashkil 
etgan qoliplovchi hikoya xalq ertaklariga o`xshab ketadi. Undagi 
Yapaloqqush hikoyasiga bir necha mustaqil syujetli masala qoliplash 
yo`li bilan bog`lanib keladi. 
Gulxaniy Yapaloqqush bilan Boyo`g`lining bir-biriga quda 
bo`lish voqeasini bayon qilish orqali o`sha zamon uchun xarakterli 
voqea-hodisalarni va ularga o`z munosabatini aks ettiradi. Yozuvchi 
asardagi Yapaloqqush, Boyo`g`li, Ko`rqkush, Hudhud, Kulonkir
sulton, Sho`ranul va Kordonlarning bir-biriga aytgan masalalari, 
maqollari, hikoyalari orqali asarning g`oyaviy mazmunini ochadi. 
“Zarbulmasal” ning personajlari, asosan, qushlarning
kinoyaviy-allegorik obrazlaridan iboratdir. 
O`z davr voqealarini majoziy usulda badiiy ioda etgan axloqiy-
pandnoma va tanqidiy-hajviy yo`nalishdagi “Zarbulmasal” asari 
Gulxaniyga favqulodda shuhrat keltirdi. Unda ijtimoiy hayot 
muammolari, turli toifadagi odamlar o`rtasidagi munosabatlar, xalq 
turmush tarzi va udumlari haqida majoziy uslubda so`z yuritiladi. 
Insonga xos xususiyatlar boshqa jonli va jonsiz narsalarga ko`chirib 
tasvirlansa, majoziy asar deyiladi. Gulxaniy ham, qizim, senga 
aytaman, kelinim, sen eshit qabilida qushlar misolida o`z davri 
voqeligi manzaralarini tasvirlaydi. Toju taxt talashlari, mamlakat 
urushlar natijasida yurt vayron, xalq xarob bo`lgan. Buxoro va Qo`qon 
xonliklari o`rtasidagi munosabat yomon bo`lib, ular o`zaro urishib 
yurganlari uchun ham asarda Buxoro go`yoki vayronalarga boy 
muzofot singari tasvirlansa-da, Qo`qon ham undan obod emas edi. 
Adib aytmoqchi, xonning atrofini Boyo`g`li, Yapaloqqush, Ko`rqush, 
Kordon, Kulonkir sulton kabi yomon odamlar o`rab olgan. “Holo, bu 
turg`onlaring navola do`stlari, piyola hariflari, taom emakka hozir
maslahatga aqli qosir”. Bu ketishda mamlakat vayronaga, shoh uning 
ustidagi Boyo`g`liga aylanib qolishi hech gap emas. Gulxaniyning
yirtqich va asosan, tunda ov qiladigan qushlarni o`z asariga qahramon 
qilib olishida nozik ishora mavjud. Shuning uchun Ko`rqush tilidan 
nasihat qiladi: “Ulug`ni borgohinda xiradmandi donish va aqli xiradi 
bohush har qancha ko`b bo`lsa ham, oz bo`lur. Xususan, podshohi
odilg`a uch toifadin guzir yo`qdur: avval, odamni boamalki, 
podshohning oxiratlik asbobini tarabdudida bo`lsa. Ikkinchi vaziri 
sohibi ra`ykim, podshohning dunyolik yarog`ini tarabdudida bo`lsa. 
Uchinchi, munshiyi rostnavis, qalamzanu nigohdoru shamshirzan 
bo`lsa”. 
“Zarbulmasal” arabcha “zarb” va “masal” so`zlarining
qo`shilishidan hosil bo`lgan bo`lib, «masallar yig`indisi» ma`nosini 
beradi. Masal so`zi o`tmishda biz hozir qo`llaydigan maqol 
ma`nosida ishlatilgan. Zarbulmasal so`zga maqol qo`shib gapirish, 
o`xshashi va dalilini keltirish ma`nolarini ham anglatadi. Zarbulmasal 
bo`lish – el og`ziga tushish, afsona bo`lish, mashhur bo`lish 
ma`nolarida ham keladi. Ma`lum bo`ladiki, Gulxaniy o`z davri va 
zamondoshlarini asarda zarbulmasal qilgan. 
Asar qahramonlari o`z nutqlarida vaziyatga mos ko`plab 
maqollarni keltiradilar, to`g`rirog`i, maqollar yordamida gapiradilar. 
Shu bilan birga, ular bir-birlariga turli masala va hikoyatlarni aytib 
beradilar. 
“Zarbulmasal” da 400 ga yaqin maqol, matal, naql va 15 dan 
ortiq katta-kichik masal va hikoyat mavjud. Bu muallifning xalq 
hayoti, turmush tarzi, an`ana va marosimlari, og`zaki va yozma 
adabiyotni chuqur bilganligidan dalolat beradi. U mashhur hind eposi 
“Kalila va Dimna”, Abdurahmon Jomiyning “Silsilat uz-zahab” 
asarlari, shuningdek, Sa`diy Sheroziy, Hofiz Sheroziy, Xusrav 
Dehlaviy, Alisher Navoiy, So`fi Olloyor kabi ulug` so`z ustalari 
hikmatlaridan ham mahorat bilan foydalangan. Bularning barchasi 
asarning ta`sirchanligi va o`qimishliligini oshirgan. 

Yüklə 25,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin