Talabalar bilimi, malakasi va ko'nikmasiga qo'yiladigan talablar
Fanni o'qitish natijasida bakalavriatura talabasi:
- kasbiy pedagogik faoliyat, uning tuzilishi va mazmuni
- kasb ta'limi mutaxassisligining xususiyatlari
- kasb ta'limining metodologik asoslari
- O'zbekiston Respublikasi ta'lim tizimi va uning asosiy qonunlari hakida tassavvurga ega bo'lishlari;
- Davlat ta'lim standartlari
- Oliy ta'lim tizimi talabasi
- talaba huquq va majburiyatlari
- talabalarning ijtimoiy-siyosiy va mehnat faoliyatini boshqarish tashkilotlari.
- talabalar bilimlarini o'zlashtirishi, mehnat malakalari va ko'nikmalarni hosil qilishi, ularda mustaqillik va mehnatga ijodiy yondashish hissini rivojlantirish qonuniyatlarini o'rganish;
- axborotlarni uzatish va o'zlashtirish, o'quv jarayonida bevosita va qayta aloqa o'rnatish prinsiplari;
- o'quv jarayonini tashkil qilish
- o'quv rejasi va uning tarkibiy qismlari, undagi fanlar bloklari. O'quv mashg'ulotlarining turlari
- pedagogik jarayonda ilg'or pedagogik texnologiyalarni talabalarni kasbiy faoliyatlarini egallashga yo'naltirilganligining nazariy va amaliy asoslari bo'yicha bilimlarga ega bo'lishi kerak;
- o'quv jarayonida axborot qidirish va unda kutubxona ma'lumoti bibliografik apparatidan foydalanish malakasiga ega bo'lishi kerak.
Fanning o'quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog'liqligi
Talabalar ushbu fanni o'zlashtirishdan avval quyidagi fanlardan bilim, uquv va ko'nikmaga ega bo'lishlari kerak: “Informatika va axborot texnologiyalari”, “Internet texnologiyalari”.
1.3. Fanni o'tishda yangi texnologiyalar
Ushbu kursni o'tishda multimediali kompyuter sinflaridan, zamonaviy stendlardan, hamda global va lokal hisoblash tarmoqlaridan foydalanish ko'zda tutilgan.
1.4.Fan bo'yicha umumiy yuklama Mazkur fan uchun 54 soat ajratilgan bo'lib, shundan ma'ruza darslari uchun 18 soat, amaliy darslar uchun 18 soat, mustaqil ta'lim uchun 18 soat ajratilgan.
Mashg'u
lot
turi
Jami
O'quv xaftalari
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
Ma'ruza
18
2
2
2
2
2
2
2
2
2
Amaliyot
18
2
2
2
2
2
2
2
2
2
Mustaqil
18
2
2
2
2
2
2
2
2
2
2. O'quv materiallari mavzulari 2.1 Ma'ruza mashg'ulotlari
№
Ma'ruzalar mavzulari
Ajr. soat
Kirish. O'zbekiston respublikasining “Ta'lim to'g'risida” gi qonuni va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi". Mutaxassislikka kirish fanining maqsad va vazifalari, fanning asosiy manbalari, boshqa fanlar bilan aloqasi.
2
DTS. Oliy ta'lim tizimi talabasi. Talaba huquq va majburiyatlari. Talabalarning ijtimoiy-siyosiy va mehnat faoliyatini boshqarish tashkilotlari.
2
Kasbiy pedagogik faoliyat, uning tuzilishi va mazmuni. Kasb ta'limi mutaxassisligining xususiyatlari
2
Kasb ta'limining metodologik asoslari .
2
O'quv jarayonini tashkil qilish
2
O'quv rejasi va uning tarkibiy qismlari, undagi fanlar bloklari. O'quv mashg'ulotlarining turlari
2
Talabalar mustaqil ishlarining mohiyati, maqsadi va vazifalari. Talabalar o'quv-tadqiqot ishlarining maqsadi, vazifalari, shakllari va tarbiyaviy ahamiyati.Talabalar bilimini reyting assosida tekshirish va baholash
2
O'quv jarayonida axborot qidirish va unda kutubxona ma'lumoti bibliografik apparatining roli.
2
"Iqtidorli talabalar" ilmiy jamiyati, uning maqsadi va talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilishdagi o'rni. Talabalar ilmiy tadqiqot ishlarining turlari, tashkil etish va bajarish shakllari
2
J A M I
18
2.2. Amaliy mashg'ulotlar
Amaliy mashg'ulotlar mavzulari
Ajr. soat
O'zbekiston respublikasining “Ta'lim to'g'risida” gi qonuni va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" ni "Aqliy hujum" asosida o'rganish Mutaxassislikka kirish fanining maqsad va vazifalari, fanning asosiy manbalari, boshqa fanlar bilan aloqasini o'rganish.
2
Oliy ta'lim tizimi talabasi. Talaba huquq va majburiyatlarini evristik suhbat yordamida o'rganish. Talabalarning ijtimoiy-siyosiy va mehnat faoliyatini boshqarish tashkilotlari haqida axborot to'plash va tahlil qilish.
2
Kasbiy pedagogik faoliyat, uning tuzilishi va mazmunini o'rganish. Kasb ta'limi mutaxassisligining xususiyatlarini "Klaster" usulida yoritish
2
Kasb ta'limining metodologik asoslarini "Insert" usulida o'rganish. O'quv jarayonini tashkil qilishni "Loyiha" usuli asosida o'rganish
2
O'quv rejasi va uning tarkibiy qismlari, undagi fanlar bloklarini o'rganish. O'quv mashg'ulotlarining turlarini "VYEYER" usulida o'rganish
2
Talabalar bilimini reyting assosida tekshirish va baholashni o'rganish Talabalar mustaqil ishlarining mohiyati, maqsadi va vazifalarini "Rolli o'yinlar" asosida o'rganish.
2
Talabalar o'quv-tadqiqot ishlarining maqsadi, vazifalari, shakllari va tarbiyaviy ahamiyatini namunalar asosida o'rganish. O'quv jarayonida axborot qidirish va unda kutubxona ma'lumoti bibliografik apparatining rolini IRBIS va Internet asosida o'rganish.
2
Talabalar ilmiy tadqiqot va ijodiy ishlarining vazifalarini namunalar asosida o'rganish. "Iqtidorli talabalar" ilmiy jamiyati, uning maqsadi va talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilishdagi o'rnini o'rganish.
2
Talabalar ilmiy tadqiqot ishlarining turlari, tashkil etish va bajarish shakllarini o'rganish.