1.
Tindirilgan sinil eritmalaridan nodir metallarni sorbsiyalash
2.
Nodir metallarni smolalar yordamida tanlab eritgandan so‘ng sorbsiyalash.
3.
Nodir metallarni tanlab eritish davomida sorbsiyalash.
Birinchi usul oddiy va sodda. Tindirilgan sinil eritmalariga smola ionitlar ta’sir ettirib olinadi. Xuddi rux bilan
chuktirishdagidek, bunda rux o‘rniga smola ishlatiladi. Shu yo‘sinda xomaki kumush
metali olish jarayoni ham
soddalashadi. Boshqalardan ko‘ra bu usulda ionit smolalari ham sarflanadi.(1)
Ma’lumki yangi polimer ligandlarni sintez qilish va o‘rganish koordinatsion birikmalar kimyosining asosiy ilmiy-
tadqiqot yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, hozirda ma’lum bo‘lgan polimer ligandlarning aksariyati muhim
ionalmashinuvchi smolalar sifatida sanoatning turli tarmoqlarida keng ishlatilib kelinmoqda. Ayniqsa polifunksional
ta’sirga ega bo‘lgan yangi ionitlar sintezi va tadqiqoti dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda.
Kompleks hosil qiluvchi sorbentlarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, polimer
strukturasiga birikkan faol
kimyoviy guruhlar metall ionlari bilan o‘zaro ta’sirlashib, mustahkam kompleks hosil qiladi. Bu ta’sirning xususiyati
funksional guruhlar, metall ionlari tabiati va sorbsiya sharoitiga bog‘liq. Shunga ko‘ra, sorbentlar sifatida tarkibida nitro-
va sulfoguruh tutgan yangi sintez qilingan ionitlar: (DGT+PEPA, DGT+M va DGT+GIPAN) qo‘llanildi.
O‘rganilgan metall ionlarining anionitlar funksional guruhlari bilan ion-koordinatsion ta’sirining spektral ko‘rinish
sohasi aniqlandi. Differensial IQ – spektroskopiya usulida ionit aminokarboksilat komplekslari ichki koordinatsion sferasi
tarkibining kompleks hosil qiluvchi ion tabiati, muhit pH i, eritmaning anion tarkibi va anionitlar ligand guruhlarining
kimyoviy tuzilishiga bog‘liqligi aniqlandi. Kuchli kislotali muhitda metall ionlarining anionitga
yutilishi kompleks
kationlarning protonlashgan aminoguruhlar bilan tashqi sferali tuzilish hosil qilib, ionli ta’sirlashishi hisobiga sodir
bo‘lishi ko‘rsatib berildi. Ionit fazasidagi metall ionlari komplekslarining barqarorligi funksional guruhlar kislotaligiga
bog‘liq bo‘lib, ularning kislotalik xossasi qancha kuchsiz bo‘lsa, hosil bo‘ladigan kompleks
birikmalar shunchalik
mustahkam bo‘ladi. Anionit fazasidagi funksional guruhlarning mis bilan hosil qilgan komplekslarining mustahkamligi
muvozanatdagi eritma pH iga kamroq bog‘liq bo‘ladi. Shunga ko‘ra, ionalmashinuvchilarning regeneratsiya sharoiti
tanlandi. Desorbsiya jarayonida kompleks birikmalar uni tashkil etuvchi komponentlarga parchalanadi va oraliq
komplekslar diffuziya jarayonida chiqarib tashlanadi va yo‘qotiladi [1].
Metall – ionit komplekslarining hammasida N → Me bog‘i uchun xos bo‘lgan 1400-1300 sm
-1
sohada
yutilish
chiziqlari mavjud.
Ionitlarning kompleks hosil qilish xossasi qo‘shilayotgan eritmaning pH iga sezilarli darajada bog‘liq. Shuning
uchun sintez qilingan ionitning sorbsion qobiliyati sorbsiyalanuvchi komponent tutgan eritma pH iga bog‘liqligi
o‘rganilgan. pH ning optimal qiymatini aniqlash uchun pH ning 2 dan 8 gacha bo‘lgan oralig‘ida 0,05 n.li tuzlar
eritmalarida metallar sorbsiyasi o‘rganildi. Bunda ionitdagi protonlashgan (Am...H+) va gidratlangan (Am…HOH)
shakldagi aminoguruhlar nisbatan o‘zgaradi.
Quyidagi 1 va 2 - rasmlardan ko‘rinib turibdiki, eritma pH i qancha katta bo‘lsa, ionitning metall bo‘yicha sig‘imi
ham shuncha katta bo‘ladi, gidrat shakldagi aminoguruhlar miqdori ortadi. Lekin, bu qonuniyat pH ning ma’lum
qiymatigacha saqlanadi, undan oshib ketsa, metall gidroksid hosil qilib cho‘kadi.
Eng kam kompleks birikma hosil bo‘lishi ionitning protonlashgan shakli uchun xos bo‘lib, azot – vodorod bog‘i
azot – metall bog‘idan mustahkam hisoblanadi. Protonlashgan shakldagi funksional guruhlarning metall ionlari bilan
kompleks hosil qilishi ionit tarkibida gidratlangan aminoguruhlar hisobiga sodir bo‘ladi va to‘rsimon polielektrolitlarda
zaryadlar zichligi kattaligi sababli ularni har doim ham to‘liq protonlashtirib bo‘lmaydi.
Bu ham muhit pH i qiymati
kattalishishi bilan polimerlar sorbsion qobiliyatining ortishini isbotlaydi.
1) Cu
2+
(
); 2) Zn
2+
(
); 3) Cd
2+
(
); Pb
2+
(
).
3.9-rasm. DGT+PEPA asosida olingan ionit sorbsion
qobiliyatining muhit pH iga bog‘liqligi
1) Cu
2+
(
); 2) Zn
2+
(
); 3) Cd
2+
(
); Pb
2+
(
).
3.10-rasm. DGT+M asosida olingan ionit sorbsion
qobiliyatining muhit pH iga bog‘liqligi
272
4
3
2
1
0
0
1
2
3
4
5
6
7
8
МУҲИТ, РН
4
3
2
1
0
0
2
4
Муҳит, рН
6
8
СА
С,
МГ
-ЭКВ
/Г
СА
С,
мг
-эк
в/г