Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ularning turlari



Yüklə 105,22 Kb.
səhifə5/12
tarix15.06.2022
ölçüsü105,22 Kb.
#116942
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Молиявий Тахлил” фанидан курс иши

Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ularning turlari
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida respublikamizda qabul qilingan amaldagi huquqiy me’yorlarga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy natijalarining shakllanishi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan hamda 1999-yil 5-fevralda tasdiqlangan «Mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish xarajatlarining tarkibi va moliyaviy natijalarning shakllanish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga asosan belgilanadi. Mazkur Nizomga muvofiq moliyaviy natijalarning
shakllanish qatorlariga quyidagilar kiritiladi:
1. Mahsulot (ish, xizmat)lar sotishdan olingan yalpi moliyaviy
natija.
2. Asosiy faoliyatning yalpi moliyaviy natijasi.
3. Moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan natija.
4. Umumxo‘jalik faoliyatidan olingan yalpi moliyaviy natija.
5. Favqulodda kutilmagan holatlardan natija.
6. Soliq to‘langungacha bo‘lgan yalpi moliyaviy natija.
7. Yilning sof foydasi (zarari).
Moliyaviy natijalarning bu tarkib turkumlanishini xalqaro hisob andozalariga nisbatan berilgan deyish mumkin. Bunda asosiy faoliyatning moliyaviy natijalari qatorida korxonaning mahsulot sotishdan olgan natijasi, asosiy vositalarni sotishdan olgan natijasi va boshqa aktivlarni sotishdan olgan moliyaviy natijasi aks etadi. Davr xarjatlari ulardan chegiriluvchi qator sifatida olinadi. Nizomda keltirilgan xarajatlar tasnifi eng avvalo buxgalteriya hisobida xarajatlarni to‘g‘ri va to‘liq aks ettirishga, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotini tuzish uchun uning faoliyati moliyaviy natijalarini (foyda yoki zararni) aniqlashga yo‘naltirilgan. Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining moliyaviy natijalari foydaning quyidagi ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi:
mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda, bu sotishdan olingan sof tushum bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi o‘rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi: YaF=SST-IT
bunda, YaF - yalpi foyda; SST- sotishdan olingan sof tushum; IT - sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi; asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foyda, bu mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda bilan davr xarajatlari o‘rtasidagi tafovut, va plyus asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa daromadlar yoki minus boshqa zararlar sifatida aniqlanadi:
AFF = YaF-DX+BD-BZ
bunda, AFF-asosiy faoliyatdan olingan foyda; DX-davr xarajatlari; BD-asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar; BZ-asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa zararlar; xo‘jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zarar), bu asosiy faoliyatdan olingan foyda summasi plyus moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan daromadlar va minus zararlar sifatida hisoblab chiqiladi: bunda, UF - umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda; MD - moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar; MX - moliyaviy faoliyat xarajatlari; soliq to‘langungacha olingan foyda, u umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda plyus favqulodda (ko‘zda tutilmagan) vaziyatlardan ko‘rilgan foyda va minus zarar sifatida aniqlanadi: bunda, STF - soliq to‘langungacha olingan foyda; FP - favqulodda vaziyatlardan olingan foyda; FZ - favqulodda vaziyatlardan ko‘rilgan zarar; YaF=SST-IT AFF = YaF-DX+BD-BZ UF=AFF+MD-MX

Yüklə 105,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin