O’zbek tili lug’aviy qatlamining sezilarli bir qismini taqlidiy so’zlar tashkil qiladi. Ular alohida leksik-garammatik, semantik-stilistik xususiyatlarga ega bo’lish bilan birga, ko’plab ot, sifat va fe’llarning yasalishiga asos bo’ladi. Mazkur turkumga xos bo’lgan bu jihatlar uning tildagi o’ziga xos mavqeyini belgilaydi.
Taqlidiy so’zlar og’zaki nutqda, badiiy adabiyotda, folklorda faol ishlatilib, ular nutqqa badiiy bo’yoq, ekspressivlik beradi. Shu bilan birga, umuman, obyektiv borliqni aks ettiruvchi, kommunikativ aloqa bajaruvchi va tilda qurilish material sifatida ham ahamiyatga egadir.
Shuning uchun ham taqlidiy so’zlarga tarixiy kategoriya sifatida qaraladi. Uning paydo bo’la boshlashi jamiyatning odamlar o’z nutq organlarini ancha yaxshi boshqara olish qobiliyatiga ega bo’lgan davrlariga to’g’ri keladi. Qadim ibtidoiy davrlarda tasviriy so’zlar juda kam, hatto yo’q darajada bo’lgan. Bu borada B. M.Yunusaliyev quyidagicha fikr yuritadi: «Urxun-Yenisey yodgorliklari leksikasida tovushga taqlid so’zlar hech qanday ifodasini topmagan». Tadqiqotchining bu fikrlariga R. Qo’ng’urov ham qo’shilgan.43 Haqiqatdan ham taqlidiy so’zlar eski o’zbek tili lug’at tarkibida juda kamdir. Folklor yozma badiiy adabiyotining taraqqiyoti natijasida, yozuvchining badiiylikka intilishlari, tabiat tasvirini iloji boricha aniqroq qilib tasvirlashga harakat qilishlari tufayli taqlidiy so’zlarning soni oshib borgan.
M. Koshg’ariyning lug’atida qirqqa yaqin tasviriy so’zning izohi berilgan. Masalan:
aңïiladï – hangradi. اﻨﻜﯿﻟادى اﺸﯿاﻜEshjäk aңïiladï – eshak hangradi(MK, 1- tom, 302).
43 Қўнғуров Р. Ўзбек тилида тасвирий сўзлар, 36-бет.
asurdï – aksa urdi. اﺳﺮدى ار Er asurdï – odam aksirdi, chushkurdi, chuchkurdi (MK, 1-tom, 187).
og’rashdï – o’qrayishdi, tikilishdi. اﻏرﺸدى ﯿﻐى اﻛى ikki jag’ï og’rashdï – ikki dushman bir-biriga tikilishdi, bir-biriga qasd qilishdi (MK, 1-tom, 237-238).