-
kuf-suf limmo-lim
|
yarq-yarq yilt
|
chuvur
chuvur-chuvur chuv-chuv
|
Fikrimizning isboti sifatida, shu xildagi so’zlarning ayrimlarini O’TILda berilgan izohi bilan birga keltirmoqchimiz. Masalan: pil-pil tez va yangi takrorlanadigan oniy harakatni bildiradi: O’rtadagi katta tekis tosh ustida fonar pil-pil yonmoqda. S.Anorboyev, Oqsoy (1,586); g’o’q-g’o’q: Cho’chqa, to’ng’izlar tovushi haqida (2, 668); zirq-zirq: zirq-zirq qilmoq (yoki og’rimoq) zirqirab, qaqshab og’rimoq. Oyoqlarim zirq-zirq og’riyapti. Yuragi zirq-zirq qiladi. Yuragi bezillaydi. Dori desa yuragim zirq-zirq qiladi (1, 307).
O’TILda ayrim taqlidiy so’zlarning berilishida noaniqlikka, chalkashliklarga yo’l qo’yilganligini, ba’zi taqlidiy so’zlarning grammatik xususiyati noto’g’ri izohlanganligini ham kuzatish mumkin. Masalan,
xa-xa-xa, xe-xe-xe, xi-xi, vot-vot so’zlari lug’atda quyidagicha izohlangan:
xa-xa-xa und.s. Kulgini ifodalaydi.
-Xa- xa-xa, shamol sizdan o’chimni oldi, qani gapiring!- dedi Ra’no Anvarga. A.Qodiriy, Mehrobdan chayon.
-Xa-xa-xa…-Fazliddin Nurining so’zlaridan ta’sirlanib qattiq kuldi,- otangga pul kerak bo’lsa, bizdan qarz olsin. Oybek, Qutlug’ qon (2, 321);
xe-xe-xe und.s. Xexelagan kulgi tovushini ifodalaydi. –
Pari yigitga oshiqmisan?-xe-xe-xe! –Nega kulasan, Gulshan opa? A.Qodiriy, Mehrobdan chayon (2, 322);
xi-xi und.s. Sekin, bosiq. Tovush bilan kulishni ifodalaydi.
–Xi-xi-xi- bachkanacha kuldi chol. Oybek, Qutlug’ qon (2, 327);
vot- vot und.s. Karnay ovozi haqida (1, 180).
Yuqoridagi so’zlarning ma’nosiga berilgan izohlardan va keltirilgan misollardan ularning undov so’z emas, balki taqlidiy so’zlar ekanligi anglashilib turibdi. Chunki
xa-xa-xa,
xe-xe-xe,
xi-xi so’zlari turlicha holatdagi kulish, tovushni taqlidan ifodalasa,
vot-vot so’zi karnay chalganda chiqadigan tovushning taqlididir. O’zbek tilida uchraydigan tasviriy so’zlarning R.Qo’ng’urov o’z
kitobiga ilova