2.3. “ Takrorlash operatorlari” mavzusini o’qitish. Ma’lumki, o’rta umumiy ta’lim maktablari, kasb- hunar kollejlari, akademik litseylarda informatika va axborot texnologiyalariga oid bir qator fanlar o‘qitiladi. Unda dasturlash asoslarini o’qitish ham ko’da tutilgan. Paskal, Delphi, C++ dasturlash tillari shular jumlasidandir. Bularni o‘qitishda ayrim muammoli vaziyatlarga duch kelinadi. Bunday vaziyatlar sifatida mavzuni yoritib berish, dars jarayonini qiziqarli tashkil etish, darsga nisbatan o’quvchi( talaba)larda qiziqish uyg‘otish va boshqalarni keltirish mumkin.
O‘qituvchidan ta’lim jarayonda muntazam ravishda mavzuga mos metodlardar, innovatsion ta’lim texnologiyalarini tatbiq etib borishi lozimi.
Buning uchun o‘qituvchidan yuqori mahorat, nnovatsion ta’lim texnologiyalarini dars jaronida o’z o’rnida qo‘llashni bilish talab etiladi.
Venn diagrammasi grafik organayzeridan Paskal tilining takrorlash (sikl) operatorlari” mavzusuni o‘rgatishda qo‘llashni keltiramiz.
Agar hisoblash jarayoni, unda ishtirok etadigan miqdorni, har xil qiymatlari uchun biror matematik bog‘lanishli takrorlanadigan hisoblashlarni o‘z ichiga olsa, u holda bu jarayon takrorlanuvchi jarayon deb ataladi. Hisoblashlarning takrorlanadigan qismini sikl (takrorlanish) tanasi, siklda o’zgaradigan o’zgaruvchi esa sikl parametri deyiladi.
Parametrli sikllar va parametrli sikl operatori.Bu operatorning dasturda yozilishi quyidagicha bo’ladi:
FOR := <1-ifoda> TO <2- ifoda> DO ;
Bu yerda FOR (uchun) sikl operatorining boshi deyiladi. - sikl parametri deb yuritiladi va uning o’rniga sonli o’zgaruvchining nomi yoziladi.
<1-ifoda> - sikl parametrning boshlang‘ich qiymati
<2-ifoda> - sikl parametrning chegara qiymati
Bunda o’zgarish qadami +1 ga teng. DO xizmatchi so’zidan keyin siklda bajariluvchi operatorlar yoziladi. Ular bir nechta bo’lsa, begin va end ichida yoziladi.
Sikl operatori quyidagicha ishlaydi. Dastlab sikl parametriga uning boshlangich qiymati beriladi, bu qiymat sikl parametrining chegara qiymati bilan kichik yoki tenglikka taqqoslanadi. Shart qanoantlantirganda sikl tanasi bajariladi va parametrning qiymatiga o’zgarish qadami 1 qo‘shilib parametrning yangi qiymati yana uning chegara qiymati bilan yuqoridagidek taqqoslanadi va hakazo. Bu jarayon parametr qiymati chegara qiymatidan katta bo‘lishi bilan tugallanadi va boshqarish navbatdagi operatorga uzatiladi.
Yuqoridagi operatorning TO xizmatchi so’zi o’rniga DOWNTO xizmatchi so’zi yozilsa sikl parametri teskari tartibda -1 qadam bilan o’zgaradi. Uni umumiy ko’rinishda quyidagicha yozish mumkin:
FOR :=<1-ifoda> DOWNTO <2- ifoda> DO ;