Xavflar va xavfsizliklar bu muhitida
4-Ma’ruza
MAVZU: MEHNAT MUHOFAZASINING QONUNIY ASOSLARI VA JAVOBGARLIK TURLARI.
Muammo: Kishlar salomatligi saqlash.
Ma’ruza rejasi:
1. Kirish. Mehnat muhofazasining ahamiyati va vazifalari.
2. Mehnat muhofazasining qonuniy asoslari.
3. Javobgarlik turlari.
4. Jarohat, kasbiy kassaliklar.
5. Yo’riqnoma turlari.
1. Kirish.
Mehnat muhofazasi bo’limi XFX faning mutaxassislikka tegishli asosiy nazariy qismini beradi. Aniq muammolar, transport vositalar, texnologik jarayonlar, ish turlari, bino va inshootlar uchun havfsizlikni ta’minlanlash har bir kursning mutaxassislik kurslarida beriladi.
“Mehnat muhofazasi” - “Ergonimika”, muhandislik texnologiyasi”, ishni ilmiy tashkil qilish”, “gigiyena va fiziologiya”, “xuqukshunoslik”, “iqtisod”, “ ekologiya” va boshqa fanlar bilan chambarchas bog’liqdir.
Mehnat muhofazasini berasida ilmiy tadqiqot mehnatni muhofazasi qilish instituti va Oliy O’quv yurtlarining XFX kafedralari, ko’plab medisina ilmiy -tadqiqot tashkilotlarida olib boriladi.
Odatda barcha standart va texnik talablarga “Havfsizlik texnikasi” talablari qiritiladi.
Mehnat muhofazasining rivojlanishida ulug’ bobakaronlarimiz - Abu-Ali ibn Sino, Beruniy, Bobur va rus olimlaridan Lomonosov M.V., zamondagilarimizdagi Zolotniskiy N.D., Solovyev N.V., Kelbert D.A, Gintillo V.L., Grintilin M.I. va boshqalarining xissalari kattadir.
O’zbekiston Respublikasi konstitusiyasiga (37 - modda) binoan xar bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko’rsatilgan tartibda ishsizlikdan ximoyalanish huquqiga egadir.
O’zbekiston Respublikasi mehnat kozeksiga binoan (211-modda) barcha korxonalarda xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlari yaratilgan bo’lishi kerak. Bunday sharoitlarini yaratish korxona ma’muriyatiga yuklangan, ma’muriyat zamonaviy xavfsizlik texnikasi vositalarini tadbiq, qilish, ishlab chiqarish jarohatlarini va kasbiy kasalliklarini oldini olish uchun sanitariya-gigena sharoitlarini ta’minlashi kerak.
1993 yil 6-mayda “Mehnat muhofazasi” haqida qonun qabul qilinadi. Unga binoan jarohatlanib ish qobiliyati yo’qotilsa jabrlanuvchi bir yilik ish haqi miqdorida nasfaqa oladi. Agar jarohatlanib vafot qilsa o’rtacha 10 yilik ish haqi miqdorida oilasiga nafaqa beriladi.
Ilmiy fan sifatida “Mehnat muhofazasi” faning maqsadi, maksimal unumdorligida, ish sharoiting to’liq xavfsizligini va zararsizligini ta’minlovchi tashkiliy va texnik tadbirlarni ishlabchiqadi.
Mehnat sharoitning yaxshilanishi sosial natijalarga - ya’ni mehnatkashlarning sog’lig’ini yaxshilash, o’z ishidan mamnunlik darajasini oshirish, mehnat intizomini mustaxkamlash, ishlab chiqarish va jamovt faoliyatini oshirishga olib keladi.
Mehnat muhofazasi talablariga javob bermaydigan biron bir yangi mashina yoki mexanizm ishlab chiqarishga qabul qilinmasligi kerak. Shuningdek mehnat muhofazasi talablariga javob bermaydigan biror sex yoki korxona ekspluatasiyaga tushirilmasligi kerak.
Dostları ilə paylaş: |