6. Shaxsiy himoya vositalari
Avariya oqibatlarini yo’qotishda, sexlarda ko’plab chang va gazlar ajralib chiqayotganda, kislota va ishqorlar ta’siridan organizmni himoya qilishda shaxsiy himoya avositalari muhim rol Hynaydi. Kishining badani maxsus korjoma, oyoqlari maxsus poyafzal, boshlari maxsus bosh kiyimlari, qo’llari esa himoya qo’lqoplari bilan himoyalanadi. Erigan va chug’ holatdagi metall zarrachalaridan badanni saqlash uchun kanop, brezent va jun matolardan tikilgan korjoma kiyiladi. Kislota va ishqorlar ta’siridan saqlanish uchun esa rezina yoki perxlorvinil matolar iglatiladi.
KO’zni himoya qilish uchun, mexanik ta’siridan, issiqlik nurlanishidan kislota va ishqorlar ta’siridan va har-xil changlardan saqlaydigan turli xildagi kO’zoynaklar ishlatiladi. Nafas a’zolarini chang va gazlardan saqlash maqsadida respiratorlar va gazniqoblar ishlatiladi. Gaz niqoblar ikki turli bo’ladi:
1. Filtrlovchi: a) gazga qarshi, b) changgga qarshi.
2. Ixotalovchi: a) ichakli, b) balonli).
Respiratorlar esa maska (yarim maska) va filtrdan iborat bo’ladi. Filtrlari esa davriy ravishda almashtirib turiladi. Qo’l, bet va bo’yin terlarini turli o’yuvchi moddalar ta’siridan himoya qilish uchun turli pasta va surgichlar ishlatiladi. Ish boshlashdan oldin surilib, ishdan keyin yuvib tashlanadi. Bular ikki turli bo’ladi: 1-suvda yaxshi eriydigan (gidrofiltrno’ye), terini yog’lar, moylar, neft mahsulotlari ta’siridan saqlaydi, 2-O’zidan suvni qochiruvchi (gidrofobno’ye), Chumakov pastasi, terini tuzlar, ishqor va kislotalar ta’siridan saqlaydi.
Ma’ruza-6.
Dostları ilə paylaş: |