5. Uskunalarni joylashtirish.
Mashinalarni boshqarishning qulay va oddiy bo’lishi, ish joylarida sanitariya-gigiyena, psixofiziologik va estetik talablarni bajarishda charchatuvchi va toliqtiruvchi holatlarni yo’qotishda, mainalarni sozlashda va tuzatishda katta ahamiyat kasb etadi.
Bu qachonki mashinalarning O’zaro joylashishida va binoning qurilish konstruksiyalari bilan, sozlash zonalarini, boshqarish zonalarini, transport yo’llari va yo’laklarini hisobga olgan holda bo’lsagina mumkindir. Shuning uchun mashinalarni joylashtirishda quyidagilarni hichobga olish kerak:
- mashinalarning konstruksiyasi va gabarit Hlamlari;
- xonalarning O’lchamlari va kolonnalar setkasi;
- transport yo’laklari;
- mashinalarni texnologik boshqarish sozlash va yarim mahsulot va tayyor mahsulotlarni joylashtirish;
- ish yo’laklari, mashinalar orasidagi montaj va boshqa oraliqlar, mashina bilan kolonna va devor oraliqlari;
- evakuasiya yo’laklari, markaziy devorlar yonidan O’tgan;
- devorga O’rnatilgan asbob va uskunalar va boshqa moslamalar.
1. Mashinalarning gabarit O’lchamlari ularning texnik pasportlarida beriladi: uzunligi, eni va bHyi.
2. Kolonnalar setkasi. Hozirgi paytda bir qavatli va ko’p qavatli binolar qurish to’qimachilik va yengil sanoat koxonalari uchun xosdir. Bir qavatli binolarda eng qulay kolonnalar setkasi 12x18m hisoblanadi. Bunda mashinalarni boshqarish qulay bo’ladi, baxtsiz hodisalar xavi kamayadi, sexning maydoni iqtisod qilinadi.
3. Transport chiziQi kengligi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
lmpqbQc, m
bu yerda: b - transport vositasining eni yoki yukning gabariti. QHl transporti uchun bq0,7m, O’zi yurar transportlar uchun bq1,1m;
s - transport vositalarining harakat xavfsizligi tirqishi;
tezlik v1 m/s bo’lganda sq0,2 m.
tezlik v0,5 m/s bo’lganda sq0,1 m.
4. Mashinalarni texnologik boshqarish zonasi - bunda ish operasiyalarni xavfsiz bajarishni ta’minlaydigan, yonma-yon turgan mashinalar orasidagi yo’lak nazarda tutiladi. Bu mashinalarni chiqargan zavod tomonidan belgilanadi.
Bu ishchining pozasiga ham bog’liq. Sozlash zonasi - bunda mashinani montaj va demontaj qilishda, sozlashda sozlovchining xavfsizligi uchun zarur bo’lgan mashina atrofidagi maydon tushuniladi.
Sozlash zonasi ham sozlovchining pozasiga bog’liq.
5. Ish yo’laklari. Ularning eni quyidagi formuladan topiladi:
lqa1, (m)
a1 - qHshni mashinalarning boshqarish zonasining yarim summasi, m;
- mehnatni har xil tashkil qilishda texnologik zonalarning bir-biriga mos kelishini hisobga oluvchi koeffisiyent.
Tarash mashinasi uchun q1; plita mashinasi uchun q1,3; pilik mashinasi uchun q1,6; yigiruv mashinasi uchun q2,0.
BHsh yo’lak eni uning uzunligiga qarab 0,5-0,7 m oraliQida bo’ladi. Montaj oraliQi - 0,3 m.
6. Evakuasiya yo’laklari. Bular smena va tanaffus paytlarida, zarur hollarda ishchilarni evakuasiya qilish uchun hamda transport vositalari yurishi uchun mHljallangan. Ular joylashishi bo’yicha: markaziy va djevorlarga yondoshgan; vazifasi bo’yicha: asosiy va yordamchi turlariga bo’linadi.
a) Markaziy yo’laklarning eni quyidagicha hisoblanadi:
Lq2a0Qn1lmpQbev (m)
a0 - ish zonasi kengligi;
n1 - transport chiziqlarining soni (bir tomonlama bo’lsa n1q1, ikki tomonlama harakat bo’lsa n1q2);
lmp - transport yo’lagining eni, m;
lev - evakuasiya yo’lagining eni, m. levq0,6Q0,005n, m;
n - smena va umumiy tanaffus paytidagi ishchilar soni.
b) Devorlarga yondoshgan yo’lakning eni quyidagi formula bilan aniqlanadi:
ldevq0,2Qa0nlmpQlev (m)
Evakuasiya chiqish eshiklari sexlarda kamida ikkita bo’lishi kerak. Ish joyidan chiqish eshigigacha bo’lgan masofa bir qavatli binolarda 100 m gacha, ko’p qavatli binolarda 75 m gacha bo’lishi kerak.
Zinapoya kataklari yonmaydigan materialdan qo’llanilishi kerak. Zinapoya katagining kamida 50% maydoni tabiiy yorug’lik bilan yoritilishi kerak. Sexlarda chiqiladigan barcha eshiklar tashqariga ochilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |