2. Shovqinga qarshi kurash choralari.
Shovqindan saqlanish va unga qarshi kurash quyidagi choralar bilan amalga oshirilishi mumkin:
1. Korxona hovlisidagi obyektlarni rasional akustik planlashtirish.
2. Shovqinni manbaning O’zida pasaytirish.
3. Shovqinni ixotalash.
4. Shovqinni yutuvchi moddalar qo’llash.
5. Shovqinni ekranlashtirib to’sish.
6. Shovqinni bHQish (glushitellar bilan).
7. Shaxsiy himoya vositalarini qo’llash.
Rasional akustik planlashtirish.
Korxona general planini tuzishda shovqin chiqaruvchi obyekt va uskunalarni shunday joylashtirish kerakki, undan chiqayotgan shovqin boshqa xonalardagi ish joylarida shovqin darajasini normadan oshirib yubormasin. Buning uchun “roza vetrov” dan foydalaniladi.
Shovqinni manbaning O’zida pasaytirish
Shovqinni pasaytirishning bu usuli eng perspektiv va samarador usulidir. Bu shovqin chiqaruvchi agregat va texnologik jarayonni konstruksiyasini tubdan O’zgartirishni, zarbali harakatlarni zarbasiz harakatlarga O’zgartirishni, detallarning bajarilishi aniqligini oshirishni, ilgarilama-qaytma harakatlarni aylanma harakatlarga almashtirishni kO’zda tutadi. Masalan, ATRP-120 dagi rapira AT-105 ga nisbatan shovqinni 10 dB ga pasaytirgan PPM-120 mashinasi P-76-5 m ga nisbatan 10-20 dB kam shovqin chiqaradi. Detallarning bajarilish aniqligini oshirish shovqinni 2-3 dB ga pasaytiradi va h.k.
Dostları ilə paylaş: |