1. F. Mamanov uzoq yillardan beri tdyuu qarashli yotoqxonada komendant bo‘lib



Yüklə 217,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix17.03.2022
ölçüsü217,3 Kb.
#114891
  1   2
1643196424 (3)


KAZUSLAR: 

1. F.Mamanov uzoq yillardan beri TDYUU qarashli yotoqxonada komendant bo‘lib 

ishlab  kelmoqda.  23.03.2020  yilda  u  yotoqxonaga  ichib  mast  holatda  keldi  va 

yotoqxonada  turadigan  ko‘plab  talabalarni  ko‘rakda  turmas  so‘zlar  bilan  haqorat 

qildi.  Shundan  so‘ng  yaʼni  30.03.2020  yilda  u  bilan  mehnat  shartnomasi  Mehnat 

kodeksining  100-moddasi  4-qismi  bilan  bekor  qilindi  va  bu  yozuvlar 

F.Mamanovning  mehnat  daftarchasida  ham  aks  ettirildi.  Bu  harakatlardan  norozi 

bo‘lgan F.Mamanov o‘zi yashab turgan tuman prokuraturasiga shikoyat arizasi bilan 

murojaat  qildi.  Shikoyat  arizasida  esa,  mehnat  daftarchasiga  kiritilgan  yozuvdan 

hafa bo‘lganligini, u shu universitetda salkam 20 yil ishlaganligini bildirib o‘tdi. 

  

Yuqoridagi muammoli vaziyatga javob berishimizdan oldin baʼzi savollarga javob 



berishimiz kerak. 

1.      Mamanov  bilan  tuzilgan  mehnat  shartnomasi  Mehnat  kodeksining  100-

moddasi 4-qismi bilan bekor qilinishi o‘rinlimi? 

2.     Mehnat daftarchasida mehnat shartnomasini bekor qilish sabablari ko‘rsatilishi 

shartmi? 

3.     Mamanov tuman prokuraturasiga murojaat qilishi o‘rinlimi. 

  

  

  



  

Yuqoridagi  muammoli  vaziyatda  keltirilishicha  uzoq  vaqt  davomida  TDYUU  ga 

qarashli  yotoqxonada  komendant  bo‘lib  ishlab  kelgan  va  23.03.2020  yilda  u 

yotoqxonada  mast  holda  kelgan  va  talabalarni  haqorat  qilgan.  Shundan  Mamanov 

bilan  tuzilgan  mehnat  shartnomasi  bekor  qilingan  va  mehnat  daftarchasiga  nima 

sababdan mehnat shartnomasi bekor qiliganligi tushirilgan. Bundan norozi bo‘lgan 

Mamanov  tuman  prokraturasiga  murajaat  qilgan.   Ushbu  holatda  ish  beruvchi 

tomonidan  mehnat  shartnomasini  bekor  qilishi  o‘rinli  hisoblanadi  qachonki 

muassasaning  ichki  lokal  hujjatida  yoki  jamoa  shartnomasida  hamda  ichki 

nizomda tartib qoida belgilangan bo‘lsa. TDYUU ning ichki tartib qoidalari mavjud 

hamda yuqoridagi holat ichki tartib qoidalarni qo‘pol ravishda buzish hisoblanadi. 

Qo‘pol buzishga nimalar kiradi. 

  



Mehnat daftarchasiga mehnat shartnomasi nima uchun bekor qilinganligi haqidagi 

yozuvlar aks etganligi aytilgan. Xo‘sh mehnat daftarchasida yozilishi kerakmi? Ish 

beruvchi  hamda  xodim  o‘rtasida  tuzilgan  mehnat  shartnomasini  bekor  bo‘lganda 

mehnat  shartnomasida  nimalar  yozilishi  kerak.  Birinchidan  mehnat  shartnomasini 

bekor qilish to‘g‘risidagi yozuvlar mehnat daftarchasiga quyidagi tartibda yoziladi: 

1. Yozuvning tartib soni; 

2. Mehnat shartnomasining bekor qilinish sanasi; 

3. Ustunda mehnat shartnomasining bekor qilinishi; 

4. Ustunda esa ushbu yozuvning nimaga asoslanib kiritilgani, buyruq sanasi va son 

raqami  ko‘rsatiladi.  Masalan:  xodim  bilan  ish  beruvchi  o‘rtasidagi  mehnat 

shartnomasi  bekor  qilinayotganda  va  2022  yilning  26  yanvar  oxirgi  ish  kuni 

hisoblangan  vaqtda  xodimning  mehnat  daftarchasiga  quyidagi  yozuvlar  kiritilishi 

lozim:  ishi  to‘g‘risidagi  maʼlumotlar  bo‘limining  ustunida  yozuvning  tartib  soni 

qo‘yiladi, 2-ustunda bo‘shatilish sanasi 2022 yilning 26 yanvar 3-ustunda "mehnat 

shartnomasi bekor qilindi" deb yoziladi. 

4-ustunda  buyruqning  sanasi  va  son  raqami  ko‘rsatiladi.  Bundan  tashqari 

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998 yil 29 yanvarda 402-son 

bilan  davlat  ro‘yxatidan  o‘tkazilgan  “Mehnat  daftarchasini  yuritish  tartibi 

to‘g‘risida”  yuriqnomaning  2.20  bandida   “Mehnat  daftarchasida  mehnat 

shartnomasini  bekor  bo‘lganligi  to‘g‘risidagi  yozuv  amaldagi  qonunchilik 

talablariga  mos  bo‘lishi,  yaʼni,  mehnat  shartnomasini  bekor  qilish  asoslari 


Yüklə 217,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə