1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]



Yüklə 70,63 Kb.
səhifə1/3
tarix02.12.2023
ölçüsü70,63 Kb.
#137568
  1   2   3
BALANDLIKDA ISHLAGANDA MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARI 1890 24




[OKOZ:

1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.02.00 Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRINING
buyrug‘i
BALANDLIKDA IShLAGANDA MEHNATNI MUHOFAZA QILISh QOIDALARINI TASDIQLASh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 24-yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1890]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mehnatni muhofaza qilishga doir qoida va normalarni qayta ko‘rib chiqish, ishlab chiqish va joriy etish Dasturi” ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:
1. Balandlikda ishlaganda mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. XAITOV
Toshkent sh.,
2008-yil 17-dekabr,
75-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2008-yil 17-dekabrdagi 75-sonli buyrug‘i bilan
TASDIQLANGAN
Balandlikda ishlaganda mehnatni muhofaza qilish
QOIDALARI
Mazkur Qoidalar aviatsiya texnikasiga texnik xizmat ko‘rsatishda, ta’mirlashda, shuningdek, fuqaro aviatsiyasi tizimiga kiruvchi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va o‘quv yurtlarida (bundan keyingi o‘rinlarda korxonalar deb yuritiladi) balandlikdagi qurilish-montaj va boshqa ishlarni bajarishda mehnatni muhofaza qilish talablarini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar yer, tom to‘sini yoki ishchi to‘shama yuzasidan 1,5 metr va undan balandlikda narvonlar, narvonchalar, supalar, maydonchalar, mashinalar va boshqa yordamchi uskunalarning ustida turib bajariladigan ishlarga, shuningdek, havo kemalari konstruksiyalari elementi hamda bino va inshootlarning ustida ularning balandligi chegarasidan 2 metrdan ortiq bo‘lmagan masofadagi ishlarni bajarishga tatbiq etiladi.
2. Mazkur Qoidalar korxonalarda balandlikdagi texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash, shuningdek, qurilish-montaj va boshqa ishlarni bajaruvchi shaxslar tomonidan qo‘llanishi shart.
3. Mazkur Qoidalarning bajarilishini nazorat qilish korxonaning rahbari va mehnatni muhofaza qilishga mas’ul xodimlar zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Mazkur Qoidalar Qurilish me’yorlari va qoidalari, Sanitariya qoidalari va me’yorlari, tarmoqlararo standartlar va ma’lum turdagi ishlarni bajarish bo‘yicha mavjud bo‘lgan boshqa qonunchilik hujjatlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
5. “Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish to‘g‘risida”gi Namunaviy nizomga (1996-yil 14-avgust, ro‘yxat raqami 273) muvofiq korxonalarda quyidagilar nazorat qilinishi lozim:
ish joylarining ahvoli;
mehnat qonunchiligiga rioya qilinishi;
mehnatni muhofaza qilishni boshqarish vazifalarini amalga oshirishga doir ishlarni bajarish;
baxtsiz hodisalarning o‘z vaqtida va to‘g‘ri o‘rganib chiqilishi;
mehnatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining bajarilishi;
mehnatni muhofaza qilishga ajratilgan mablag‘larning to‘g‘ri sarflanishi.
II. Xavfsizlikning umumiy talablari
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
6. Korxonalarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish “Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish to‘g‘risida”gi Namunaviy nizomga (1996-yil 14-avgust, ro‘yxat raqami 273) muvofiq amalga oshiriladi.
7. Mehnatni muhofaza qilish xizmati o‘z maqomiga ko‘ra korxonaning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi va uning rahbari yoki tegishli mas’ul xodimlariga bo‘ysunadi hamda korxonaning faoliyati tugatilgan taqdirda bekor qilinadi.
8. Korxonalarda balandlikda ishlarni bajaruvchi mehnatni muhofaza qilish xizmatining xodimlari (bundan keyingi o‘rinlarda xodimlar deb yuritiladi) lavozim yo‘riqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
9. Korxonalarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni o‘rganish va hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ishlab chiqarishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni o‘rganish va hisobini yuritish to‘g‘risidagi nizom”ga (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to‘plami, 1997-y., 6-son, 21-modda) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
10. Korxonalarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2000-yil 6-iyundagi 300-sonli “O‘zbekiston Respublikasida xodimlarni ishga qabul qilishda dastlabki va davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi buyrug‘i (2000-yil 23-iyun, ro‘yxat raqami 937 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2000-y., 12-son) asosida amalga oshirilishi lozim.
2-§. Xodimlarga yo‘riqnoma berish, o‘qitish va ularning bilimlarini tekshirish ishlarini tashkil etish
11. Xodimlar o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qishlari, yo‘l-yo‘riqlar olishlari, bilimlarini tekshiruvdan o‘tkazishlari hamda kasbiy-texnik tayyorgarlikdan o‘tgan bo‘lishlari shart.
12. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish “Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to‘g‘risida”gi Namunaviy nizomga (1996-yil 14-avgust, ro‘yxat raqami 272) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
3-§. Balandlikda ishlarni bajarishdagi xavfli va zararli omillar
13. Har bir korxonada ishlab chiqarishning aniq shart-sharoitlari hisobga olingan holda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining ro‘yxati tuziladi.
14. Balandlikda ishlarni bajarishda quyidagi xavfli va zararli omillar ta’sir qilishi mumkin:
konstruksiyasi nosoz bo‘lgan narvon, narvoncha, havoza, supa hamda boshqa yordamchi uskuna va moslamalar;
balandlikdan tushib ketuvchi buyumlar (asboblar, materiallar va boshqalar);
yuqori darajadagi sirpanishning mavjudligi (er, pol, trap, havoza, so‘ri va boshqa qo‘shimcha uskunalarning yuzasini muzlashi, namlanishi va moylanishi natijasida);
harakatlanuvchi maxsus avtotransport vositalari, o‘zi yurar mexanizmlar, buyumlar va boshqa materiallar;
ochiq havoda ishlaganda shamol tezligining oshishi;
atmosferada elektrik razryadlarining hosil bo‘lishi (yashinlar);
ish zonasining yetarli darajada yoritilmasligi;
ortiqcha jismoniy zo‘riqish va ruhiy charchash.
15. Yangi zararli moddalar paydo bo‘lishiga yoki xavfli va zararli omillar kamayishiga olib keladigan texnologik jarayonlar o‘zgarishlarida yoki yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy qilishda ro‘yxatga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi lozim.
4-§. Xodimlarni ishlab chiqarish jarayonida qatnashishga qo‘yish yuzasidan talablar
16. Korxona xodimlari ishlarni bajarishning kasbiy usullariga, ishlarni xavfsiz yuritishga o‘qitilib, olingan bilimlari “Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to‘g‘risida”gi Namunaviy nizomga (1996-yil 14-avgust, ro‘yxat raqami 272) muvofiq hujjatli rasmiylashtirilgan holda sinovdan o‘tkazilgandan so‘ng ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishga ruxsat etilishi mumkin.
O‘ta xavfli ishlarga tegishli kasbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslarni qabul qilish man etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
17. O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar mehnatidan foydalanish taqiqlanadigan mehnat sharoiti noqulay ishlar ro‘yxatiga (ro‘yxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 30-31-son, 355-modda) muvofiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010-yil 6-iyuldagi 135-B-son buyrug‘i tahririda (ro‘yxat raqami 1890-1, 17.07.2010-y.) — O‘R QHT, 2010-y., 28-29-son, 242-modda)
18. “Ayollar mehnatidan foydalanish qisman yoki to‘liq taqiqlangan noqulay mehnat sharoitiga ega ishlar ro‘yxati”ga (2000-yil 5-yanvar, ro‘yxat raqami 865 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2000-yil, 1-son) muvofiq ayollar zararli va noqulay mehnat sharoitiga ega bo‘lgan ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
5-§. Xodimlarning sog‘lig‘ini nazorat qilish
19. Balandlikdagi barcha ishlarni bajarishga belgilangan tartibda dastlabki va davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tgan hamda tibbiy jihatdan sog‘lom bo‘lgan shaxslar qo‘yiladi.
20. Korxona ma’muriyati (yoki ish beruvchi) kasaba uyushmasi qo‘mitasi va vakolatli sog‘liqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan balandlikdagi ishlarni bajaruvchi xodimlarning ro‘yxatini tuzishi hamda xodimlarning ko‘rikka kelishini ta’minlashi lozim.
21. “O‘zbekiston Respublikasida xodimlarni ishga qabul qilishda dastlabki va davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi buyruqqa (2000-yil 23-iyun, ro‘yxat raqami 937) muvofiq xodimlar, shu jumladan muhandis texnik xodimlar ishga kirishda dastlabki va keyinchalik yilda bir marta davriy tibbiy ko‘riklaridan o‘tishi shart. Xodimlar tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bo‘yin tovlashga haqli emas.
22. Tibbiy ko‘riklar korxonaning tibbiy-sanitariya qismlari va poliklinikalari, ular mavjud bo‘lmagan holda davolash-profilaktika muassasasi tomonidan o‘tkazilishi lozim. Tibbiy ko‘riklar davolash-sog‘lomlashtirish tadbirlari belgilangan tekshirish dalolatnomasi bilan yakunlanishi lozim.
Korxona ma’muriyati (yoki ish beruvchi) va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tibbiy ko‘rik dalolatnomasi bilan tanishib chiqishi, ish beruvchi esa dalolatnomada ko‘zda tutilgan barcha tadbirlar va ko‘rsatmalarni bajarishi lozim.
23. Davriy tibbiy ko‘riklar o‘z vaqtida, sifatli o‘tkazilishi va ularning natijalariga ko‘ra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik korxona ma’muriyati zimmasiga yuklanadi.
24. Xodimlarni sog‘lig‘i tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
25. Xodim tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bo‘yin tovlagan yoki tibbiy komissiyalar tomonidan o‘tkazilgan tekshirishlar natijalariga ko‘ra berilgan tavsiyalarni bajarmagan taqdirda ma’muriyat ushbu xodimni ishga qo‘yishga haqli emas.
6-§. Xodimlarning himoya vositalari
26. Xodimlarning zararli va xavfli ishlab chiqarish muhiti omillaridan himoya qilish ishlovchilarni himoya qilish bo‘yicha tegishli standartlar talablariga mos jamoaviy va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish orqali ta’minlanishi lozim.
27. Ishchi va xizmatchilar belgilangan tartib bo‘yicha korxona tomonidan shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanadi.
28. Himoya vositalaridan foydalangan holda ishlovchilar ularning qo‘llanilishi, himoya xususiyatlari, amal qilish muddati to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishi hamda ulardan foydalanishga o‘rgatilishi lozim.
29. Xodimlar balandlikda to‘siq o‘rnatish imkoniyati bo‘lmagan qisqa muddatli ishlarni bajarayotganlarida saqlash kamarlaridan foydalanishlari shart. Bunday ishlar bajarilayotgan joyda boshqa ishlar bilan band bo‘lmagan va ishlayotgan xodimga shoshilinch yordam ko‘rsatishga tayyor hamda o‘zida saqlash kamari va tirnoqlari bor (yog‘och machtada ish bajarilayotgan holatda) ishchi turishi lozim.
30. Kamarlar tasmali (yelka va son tasmalari) yoki tasmasiz bo‘lishi mumkin.
31. Kamarlar uzunligi bo‘yicha o‘zgaruvchan bo‘lishi hamda tana bel qismining 640 mm. dan 1500 mm.gacha bo‘lgan qismini o‘rab turishga mo‘ljallangan bo‘lishi lozim. Shuningdek, kamar tasmasining kengligi 50 mm.dan, tasmasiz kamarlarning tana yelka qismidan o‘tadigan joyining eni 50 mm.dan, tana bel qismidagi eni esa 80 mm. dan kam bo‘lmasligi lozim.
32. Kamar va uning amortizatori uchun ishlatiladigan materiallarning statik uzilish og‘irligi 7000 N dan (700 kg.) kam bo‘lmagan yuklanishga chidamli bo‘lishi lozim.
33. Kamar massasi 100 kg. yukning kamar tasmasining ikki maksimal uzunligiga teng bo‘lgan, balandlikdan qulashida yuzaga keladigan va dinamik og‘irlikka bardosh berishi lozim.
34. Kamarning prujinali ilgagi qalin qo‘lqop kiyganda bir qo‘l bilan tez va mustahkam qotirish va yechishni ta’minlashi kerak. Bunda prujinali ilgakning qotirish va yechish ishlarining davom etish vaqti 3 soniyadan oshmasligi kerak.
35. Prujinali ilgak kutilmagan ochilish holatlarini istisno qiluvchi saqlash qurilmasi bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Prujinali ilgakni ochish uchun zarur bo‘lgan harakat, 30 N dan (3 kg.) kam va 80 N dan (8 kg.) ortiq bo‘lmasligi shart. Prujinali ilgak avtomat tarzda yopilishi kerak.
36. Har bir kamar o‘zining markirovkasiga ega bo‘lishi kerak. Ishlovchi kamardan foydalanish jarayonida har 6 oydan keyin, navbatdagi foydalanishdan oldin har bir kamarni 2250 N ga (225 kg.) teng bo‘lgan statik yukda sinab ko‘rishi kerak va bu haqda navbatdagi sinovning sanasini ko‘rsatib, markirovka qo‘yiladigan joyga belgilab qo‘yishi kerak.
37. Saqlash kamarlarining bog‘lab qo‘yadigan tasmalari bo‘lmasa, muhofaza arqonlarini qo‘llash zarur bo‘ladi.
38. Balandlikda ishlarni bajarishda ishlovchilar sirpanishga qarshi ishlangan maxsus poyabzal hamda himoya kaskasi bilan ta’minlangan bo‘lishlari kerak.
III. Balandlikda bajariladigan ishlarga (texnologik jarayonlar) bo‘lgan talablar
39. Balandlikda bajariladigan ishlarning (texnologik jarayonlar) taxminiy ro‘yxati 1-ilovada keltirilgan.
40. Balandlikda bajariladigan texnologik jarayonlar texnologik hujjatlar, qo‘llanilayotgan mashina va mexanizm hamda ishchilarni ish jarayonida mavjud bo‘lgan xavfli va zararli omillarning ta’siridan himoya qilishni ta’minlovchi talablarga rioya qilgan holda tashkil etilishi va olib borilishi kerak.
41. Balandlikda bajariladigan ishlar har qanday turdagi ishlar uchun quyidagi maxsus to‘siqlarga ega bo‘lgan uskuna va moslamalar yordamida bajarilishi kerak:
dok, supa va havozalar;
ko‘chma vishka, platforma va osma kajavalar;
doimiy mustahkamlangan narvon;
narvon va narvonchalar.
To‘siq o‘rnatish imkoni bo‘lmaganda balandlikdagi ishlarda qo‘llaniladigan saqlash kamarlaridan foydalaniladi.
42. Balandlikda ishlarni bajarishda turish uchun mo‘ljallangan to‘shamalarni bochkalar, yashiklarning ustiga va boshqa joylarga o‘rnatib ketaverish mumkin emas. Shuningdek, havoza, platforma va supalardan tal va bloklarni mustahkamlash uchun tayanch konstruksiyasi sifatida foydalanib bo‘lmaydi.
43. Mustahkamlanmagan narvon bilan ishlarni bajarayotganda narvon ishchi tomonidan turg‘un holatda ushlab turilishi lozim. Narvonning yuqori qismini qo‘shimcha bog‘ichsiz gorizontaliga 750S dan ortiq burchak ostida o‘rnatish man etiladi.
44. Quyidagi ishlarni bajarishda yuqori maydonchasida to‘siq bo‘lmagan narvon va narvonchalarda ishlash man etiladi:
aylanadigan mexanizmlar, ishlab turgan mashinalar, transportyor, galvanik vannalar va boshqalarning oldida va tepasida;
elektrik va pnevmatik asboblar, qurilish-montaj to‘pponchalaridan foydalanishda;
gaz-elektr chilangarlik ishlarini bajarishda;
ishlovchiga yiqitib yuborish holatlarini yuzaga keltiruvchi kuch ta’sirida (simlarni tarang tortishda va boshqa holatlarda).
45. Massasi 20 kg.dan ortiq yuklarni yuqoriga ko‘tarish (tushirish) ishlari mexanizatsiya vositalari yordamida amalga oshiriladi. Massasi 20 kg. va undan kamroq yuklarni yuqoriga ko‘tarish (tushirish) ishlari uzunligi ko‘tarish (tushirish) balandligining uch baravaridan kam bo‘lmagan arqon yordamida amalga oshiriladi. Arqondan foydalanishda yuk uning o‘rtasiga bog‘lanadi.
46. Buyumlarni narvonlarda qo‘l bilan ko‘tarish va tushirish man etiladi. Massasi 10 kg.dan kam bo‘lgan buyumlarni narvon orqali olib chiqish va tushirishda yelkaga taqiladigan xaltalardan foydalanishga ruxsat beriladi.
47. Zarurat bo‘lganda ayni bir vaqtda detallarni ushlab turib ishlarni bajarishda ustki maydonchasi bor, uch tomonlama to‘siqli (panjarali) narvon va narvonchalarni qo‘llash lozim. Narvon yoki narvonchaning yuqori pog‘onasida turib ishlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
48. Osma kajavalarga kirish va chiqish faqat yerda amalga oshiriladi. Deraza o‘rni, balkon, tomlardan shu maqsadlarda foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
49. Momaqaldiroq, yaxmalak, tuman va ish fronti doirasida ko‘rish qiyinlashganda, shuningdek, shamolning tezligi soatiga 15 m. va undan ortiq bo‘lganda, ob-havo omillarining pasayishi tufayli qo‘shimcha cheklashlar mavjud bo‘lmasa, balandlikdagi ishlarni ochiq maydonchalarda bajarish man etiladi.
Shamolning tezligi soatiga 10 m. va undan ortiq bo‘lganda tik tushgan panellarni ko‘chirish va o‘rnatish bo‘yicha ishlar to‘xtatiladi.
Shamolning tezligi soatiga 7 m.dan ortiq bo‘lganda samolyot fyuzelyajini (korpusi) va balandlikda joylashgan qismlarini g‘iloflash va g‘ilofini yechish man etiladi.
IV. Ishlab chiqarish uskunalariga bo‘lgan talablar
50. Balandlikdagi ishlarni bajarishda qo‘llaniladigan yordamchi uskunalar standart va texnik sharoitlarga muvofiq bo‘lishi lozim bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
havoza va ro‘yxatga olingan supalar;
narvon va narvonchalar;
harakatlanuvchi kuzatuv minorasi, maydoncha, osma kajava va boshqalar.
51. Doklarning platformalari (maydonlari) dag‘al, yiqilib ketish holatlari ta’siriga nisbatan mustahkam bo‘lishi, uning ustida ishlagan vaqtda joyini o‘zgartirishni istisno qiluvchi autrigyerlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
52. Doklarning har bir qavatida ishlash maydonchalari 1 m. balandlikdagi to‘siqlar bilan o‘ralgan bo‘lishi lozim bo‘lib, bunda 1 m. balandlikdagi to‘siqlarni o‘rnatish mumkin bo‘lmagan joylar istisno qilinadi.
53. Platformalarning ishlash maydonchalaridagi to‘shama va narvon zinalari yoqilg‘i-moy materiallari ta’siriga chidamli, oson yuviladigan, olovga chidamli hamda sirg‘anib ketmaydigan bo‘lishi kerak.
Platformalarni ko‘tarish uchun mo‘ljallangan tros-bloklari tizimi o‘zini o‘zi to‘xtatib qoluvchi mexanizmlarga ega bo‘lishlari kerak. Platformalarda muhofaza kamarlarini mustahkam ilib qo‘yiladigan joy ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak.
54. Havoza va supalarning to‘shamalari qalinligi 40 mm.dan kam bo‘lmagan taxtalardan qilinishi hamda taxtalarning o‘rtasi 5 mm.dan oshmaydigan oraliqli tekis yuzaga ega bo‘lishi lozim. Bir-biriga birlashuvchi taxtalarning uchi tayanch joyda joylashgan bo‘lishi va uni har tomonidan kamida 200 mm.dan yopib turishi kerak.
55. Yer sathi yoki tom to‘sinidan 1,5 m. hamda undan balandda joylashgan to‘shama, havoza, maydoncha va supalarning balandligi 1,5 m.dan kam bo‘lmagan tutqich, oraliq elementi va yonbosh to‘siqlari bo‘lgan, balandligi 1 m.dan kam bo‘lmagan panjaralar bilan to‘siladi. To‘shamaning eni 1 m.dan kam bo‘lmasligi, tutqich ustunlarining oralig‘i esa 2 m.dan kam bo‘lmasligi kerak.
56. Havozalarning to‘siq va tutqichlari 700 N (70 kg.) statik yuklanishga bardosh berishi kerak.
57. Doklar va havozalar odamlarni va materiallarni ko‘tarish hamda tushirish uchun mustahkam narvonga ega bo‘lishi kerak. Doklar, platforma va havozalarning konstruksiyalariga massasi 20 kg.dan ortiq yuklarni ko‘tarish uskunasini o‘rnatish man etiladi. To‘shamadagi narvondan chiqish o‘rni 3 tarafdan to‘silgan bo‘lishi kerak.
58. Doklar, havoza va supalarning narvonlari va to‘shamalari ish tamom bo‘lgandan keyin vaqti-vaqti bilan axlat, moy hamda material qoldiqlaridan tozalab turilishi kerak.
Qish paytlarida to‘shama va narvonlar qordan, muzlamalardan tozalanishi hamda zarurat bo‘lganda ularga qum sepilishi kerak. Ularda uchi qayirilgan mixlar, bosh qismi chiqib qolgan boltlar va boshqa chiqib turgan buyumlar hamda mustahkamlanmagan taxtalar bo‘lmasligi kerak.
59. Doklar va metall havozalar pachoqlanmagan, yorilmagan va boshqa nuqsonlarga ega bo‘lmagan to‘g‘ri metall trubalardan tayyorlangan bo‘lishi lozim.
60. Doklar va qismlarga ajraladigan metall havozalar ortib boradigan tiragichlarning ishonchli birikmalariga ega bo‘lishi kerak. Doklar va havozalarni mustahkamlash uchun faqat metallardan yasalgan mustahkamlash elementlarini ishlatish kerak (boltlar, torlar va skobalar).
61. Doklar va metall havozalar yerga ulangan bo‘lishi kerak.
62. Doklar va metall havozalarni ochiq havoda o‘rnatishda yashin qabul qiluvchi, tok o‘tkazgich va yerga ulagichdan iborat bo‘lgan yashindan himoya qiluvchi qurilma mavjud bo‘lishi kerak. Yerga ulash qarshiligi 15 OMdan oshmasligi kerak.
63. Osma kajavalardan foydalanishga ularni faqat hisoblangandan 50% oshiq statik yuklanishda hamda hisoblangandan 10% oshiq dinamik yuklanishda sinalgandan keyin ruxsat beriladi va bu haqda dalolatnoma tuziladi. Agar ishlab chiqaruvchining texnik shartlari yoki yo‘riqnomasi bilan boshqa muddatlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, sinovlar kamida olti oyda bir marta o‘tkaziladi.
64. Odamlarni chiqarish va tushirish uchun qurilmalar to‘siqlarga ega bo‘lishi va xavfli zonalardan tashqarida joylashgan bo‘lishi kerak. Osma kajavani ko‘tarish uchun ishlatiladigan po‘lat simlar hisob bilan tekshirilgan bo‘lishi va to‘qqiz baravardan kam bo‘lmagan mustahkamlik darajasiga ega bo‘lishi kerak. Osma kajavalarni ko‘tarish uchun xizmat qiladigan yuk ko‘tarish kranlari kranlarining tuzilishi va ulardan xavfsiz foydalanishning belgilangan talablariga javob berishi lozim.
65. Osma kajavalarning balandligi 1,2 m. bo‘lgan to‘rt taraflama to‘siqqa ega bo‘lishi kerak. Ular osilib turadigan konsollar, devorga taglik orqali tayanib turishi kerak. Karnizlardan tayanch sifatida foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
66. Metall machtalar ishlovchini ko‘tarish uchun narvonlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Narvonlar tasma-tasma yoki dumaloq po‘latdan bo‘lgan, balandligi 700 — 800 mm.dan yoy ko‘rinishidagi saqlash to‘siqlariga ega bo‘lishi kerak. Yoylar bir-biridan 800 mm. masofa uzoqlikda o‘rnatiladi va o‘zaro uchta po‘lat tasma yoki sim parchasi bilan birlashtiriladi.
67. Vertikal narvonlarning pog‘onalari diametri 18 mm. dumaloq po‘latdan, uzunligi kamida 400 mm.dan kam bo‘lmagan, sirpanishga qarshi nov shakliga ega bo‘lishi kerak. Pog‘onalar o‘rtasidagi masofa 400 mm.dan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Machtaga ko‘tarilishda ishlovchining dam olishi uchun bir-biridan 20 m.dan ortiq bo‘lmagan masofada joylashgan metall maydonchalar ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak. Maydonchalarning balandligi 1 m.dan kam bo‘lmagan panjaralar bilan o‘ralgan bo‘lishi kerak.
68. Narvon va narvonchalarning konstruksiyalari xavfsiz ish sharoitlarini ta’minlashi va quyidagilarni ko‘zda tutishi kerak:
o‘z-o‘zidan yig‘ilish va surilib ketishni oldini oluvchi moslamaning mavjudligi;
cho‘kish va ag‘darilib ketishni oldini oluvchi moslamaning mavjudligi;
1,5 m. va undan balandda ishlayotganda panjara va saqlash kamarlarining mustahkamlanganligini ta’minlovchi moslamalarning mavjudligi;
metall pog‘onalarning taram-taram yuzaga ega bo‘lishi.
69. Metall narvon va narvonchalar ular haqida aniq ma’lumotlar bayon qilingan hujjatlarga ega bo‘lgan materiallardan tayyorlangan bo‘lishi kerak.
Payvandlangan choklar uzunligi bo‘yicha tekis hamda chokning mustahkamligini pasaytiruvchi, darz ketish, kuyish kabi nuqsonlarga ega bo‘lmasligi zarur. Narvon va narvonchalarning yuzasida oddiy ko‘z bilan ko‘rinadigan pachoqlangan, qirilgan, shuningdek, o‘tkir qirra va g‘adir-budur joylar bo‘lmasligi kerak. Po‘lat qismlari sifatli zanglamaydigan qoplamaga ega bo‘lishi kerak. Pog‘onalar bo‘shashib va aylanib ketmasligi lozim.
70. Ko‘chma taxtadan yasalgan narvon va narvonchalar ko‘zsiz 1-2 navli ninabarg jinsli chidamli quruq yog‘ochdan tayyorlangan bo‘lishi kerak.
71. Narvonning taxta detallariga keyinchalik ularni rangsiz lak bilan qoplanish uchun issiq sharoitda asl alifmoyga singdirilgan bo‘lishi kerak. Narvonlarni bo‘yoqlar bilan bo‘yash man etiladi.
72. Taxtali narvonlarning uzunligi 5 m.dan oshmasligi, bunda narvonning umumiy uzunligi uning yuqori uchidan 1 m.dan kam bo‘lmagan masofadagi pog‘onasidan turib ishlashga imkon berishi kerak. Narvonning balandlik joylashgan qismining kengligi 300 mm.dan, pastda joylashgan qismining kengligi 400 mm.dan kam bo‘lmasligi kerak.
73. Narvonning yon tomon yog‘ochlari yuqori va pastki pog‘onalar ostidan diametri 3 mm.dan kam bo‘lmagan tortiluvchi boltlar bilan mahkamlanadi. Narvonlarning uzunligi 2 m.dan ortiq bo‘lganda qo‘shimcha tortib turuvchi boltlar shunday o‘rnatilishi zarurki, ular orasidagi masofa 2 m.dan oshmasligi lozim.
74. Narvon va narvonchalarning pog‘onalari yon tomon yog‘ochlariga yorib kirgiziladi. Pog‘onalari mix bilan qoqilgan narvonlarni qo‘llash mumkin emas. Narvonlarning pog‘onalari orasidagi masofa 250 mm.dan ortiq va 150 mm.dan kam bo‘lmasligi lozim.
75. G‘adir-budur beton pollarda ishlaganda pastki uchlari rezinali narvonlar qo‘llanadi. Taxtali va tuproqli pollarda ishlaganda pastki uchlarida o‘tkir po‘lat uchi bor narvonlarni qo‘llash kerak.
76. Ikki yoqqa ochiladigan narvonlarda, narvonning o‘z-o‘zidan ochilib ketishiga imkon bermaydigan, mustahkam birlashmalar ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak.
77. Havo kemasining konstruksiyasiga, quvur yoki troslarga qo‘yiladigan narvonlarning yuqori uchlari, maxsus bog‘lovchi kamarlar yoki ilib oluvchi prujinali ilgak bilan ta’minlangan bo‘lishi zarur.
78. Narvon yon yog‘ochlari kesimining narvon uzunligiga tavsiya qilinayotgan nisbati 2-ilovada keltirilgan.
79. Foydalanishda bo‘lgan har bir taxtali yoki metalldan yasalgan narvonlar, narvonchalar va arqonlarning birkalarida ularning inventar raqami, keyingi sinov muddati, qaysi bo‘linmaga (sex, xizmat, uchastka va hokazo) tegishli ekanligi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Barcha narvonlar va narvonchalar 3-ilovaga muvofiq “Narvon va narvonchalarning hisobga olish va sinov jurnalining shakli”da ro‘yxatga olingan bo‘lishi kerak.
80. Barcha ko‘chma narvon va narvonchalar tayyorlangandan keyin va ta’mirdan chiqqandan so‘ng 1200 N (120 kg.) statik yuklanishda sinab ko‘rilishi kerak. Sinab ko‘rilayotganda foydalanish holatida bo‘lgan narvonning o‘rtasidagi pog‘onalaridan biriga statik yuk qo‘yiladi. Foydalanish jarayonida taxtali narvon har yarim yilda, metall narvon esa yilda bir marta sinovdan o‘tkazilishi lozim.
Narvonchalar sinovdan oldin tekis gorizontal maydonchaga o‘rnatiladi. Narvonchaning o‘rta qismidagi kuchaytirilmagan pog‘onasiga yuk ilinadi. Agar pog‘onalar narvonchaning ikkala yondosh tomonlarida ham bo‘lsa, unda birinchi tomon sinalgandan so‘ng aynan shu tarzda ikkinchisi sinaladi. Agar uning ikkinchi tomoni ishchi hisoblanmasa va faqat tayanch uchun xizmat qilsa, unda o‘sha tomon yon qismlarining har birining o‘rtasiga bevosita 1000 N (100 kg.) yuk osib qo‘yib sinaladi.
81. Nosoz holatda bo‘lgan, shuningdek, navbatdagi sinov muddati o‘tib ketgan havoza, supa, maydonchalar, narvon, narvonchalar va boshqa yordamchi uskunalardan foydalanish man etiladi.
82. Narvon va narvonchalarning holati uchun nazoratni bo‘linma (sex, uchastka) bo‘yicha buyruq bilan tayinlangan muhandis-texnik xodimlar orasidan tayinlangan shaxslar amalga oshiradi.
83. Barcha narvon va narvonchalar qo‘llanishdan oldin ish boshqaruvchi tomonidan ko‘rib chiqiladi
84. Taxtali narvonni ko‘rib chiqish jarayonida ularning texnik talablarga muvofiqliligi, taxtaning holatiga, shuningdek, shimdirilgan qoplamaning sifatiga e’tibor qaratilishi lozim.
Narvon pog‘onalari va yon tomon yog‘ochlarida uzunligi 100 mm.dan, chuqurligi 5 mm.dan ortiq bo‘lmagan yoriqlar bo‘lishiga ruxsat beriladi, bunda yoriqlar narvonning yon tomonlarini va pog‘onalarini kuchsizlantirmasligi kerak. Yoriqli joylarni shpatlyovka, yelimlash yoki boshqa usullar bilan qandaydir yopib tekislash taqiqlanadi. Yon tomon yog‘ochlarining tugaydigan qismidagi uchliklar mustahkam biriktirilgan bo‘lishi va lyuft hosil qilmasliklari kerak. Metall bo‘lmagan uchliklarni artishda ular yerga ulangan bo‘lishi kerak, o‘tmaslashib qolgan metall uchlar charxlanishi kerak.
85. Metall narvon va narvonchalarni tekshirishda uning qismlarida deformatsiya yo‘qligiga ishonch hosil qilish kerak, metallda yoriqlar, g‘adir-budur, o‘tkir qirralar, pog‘onalarni yon tomon qismlariga mahkamlashda kamchiliklar yo‘qligiga ishonch hosil qilish lozim.
86. Saqlash kamarlarini tekshirganda navbatdagi sinov muddati to‘g‘risidagi belgi bo‘lgan birka borligiga ishonch hosil qilish lozim. Sinovdan o‘tganligi to‘g‘risida belgi bo‘lmaganda, muhofaza kamarlaridan foydalanish man etiladi.
V. Ishlarni bajarishda xavfsizlik talablari
87. Balandlikda ish joyi va ishlarni bajarishni tashkil qilish ishlovchilarga xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini istisno etishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
88. Ish joyini tashkil qilish ishlovchining mustahkam turishi, erkin harakat qilishi va faoliyatini vizual nazorat qilishni hamda mehnat operatsiyalarini xavfsiz bajarilishini ta’minlashi lozim.
89. Havo kemasi planerining yuqorida joylashgan qismlarida ishlarni bajarayotgan, xodimlarning muhofaza moslamalarini mahkamlash joylari ko‘zda tutilishi kerak.
90. Balandlikdagi ish joylarini va ish maydonchalarini tashkil qilishda odamlarga xavfli ishlab chiqarish omillari doim ta’sir qiladigan yoki ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan xavfli zonalar aniqlanishi kerak. Xavfli joylar xavfsizlik belgilari va yozuvlar bilan aniqlanib ko‘rsatilishi kerak.
91. Elektr qurilmalarining tok o‘tkazuvchi yoki kuchlanish ostida bo‘lgan qismlari yaqinida va ularga bexosdan tegib ketishi xavfi bo‘lganda, elektr liniyalari va elektr taqsimlagichlari kuchlanishdan o‘chirib qo‘yiladi. Bunda o‘chiruvchi uskunaga: “Yoqilmasin! Ish ketyapti!” deb yozilgan taxtacha osib qo‘yilishi kerak. Ish paytida kuchlanishni o‘chirib qo‘yish imkoniyati bo‘lmagan hollarda metall narvon va narvonchalardan foydalanish man etiladi.
92. Havoza, supa trap va boshqa uskunalarda ularning hisoblangan yuk ko‘tarish darajasidan oshiq miqdorlarda odamlarning to‘planishi va materiallarning taxlanishi man etiladi.
93. Balandlikda ishlarni bajarishda texnologik oraliqlar, lift shaxtalari va to‘siqlarda mavjud bo‘lgan oraliqlar va tuynuklar to‘siqlar yordamida to‘silishi yoki yopilishi zarur.
94. Shaxsiy asbob-uskunalar sumkalarda yoki maxsus sortirovkalarda joylashgan bo‘lishi kerak. Balandlikda ishlarni bajarayotganda ishchi asbob, qism yoki materiallarni pastda turgan odamlar ustiga tushib ketishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Ish bajarilayotgan joyning ostida odamlar bo‘lgan va ish joylarining ostida yaxlit to‘shama yo‘q bo‘lgan holatda muhofaza qiluvchi to‘siqlarni o‘rnatish lozim.
95. Dok, havoza, supalarni o‘rnatish yoki ajratish ishlari bajarilayotgan joydagi hududga begona odamlarning kirish yo‘li yopib qo‘yilishi va ogohlantirish belgilari osib qo‘yilishi lozim.
96. Narvondan machtalarga ko‘tarilayotganda ishlovchi o‘zida muhofaza kamarlariga ega bo‘lishi hamda ish vaqtida machtaning konstruksiyasiga zanjir bilan mahkamlanishi kerak.
97. Balandligi 15 m.dan ortiq bo‘lmagan yog‘och machtalarga montyorlarning tirnoqlar yordamida ko‘tarilishiga ruxsat beriladi. Ishlovchi ko‘tarilayotgan paytida muhofaza kamarining zanjiri bilan machtaga bog‘langan bo‘lishi kerak. Cho‘zish orqali o‘tish davrida xavfsizlikni ta’minlash uchun ikkita zanjirli muhofaza kamarini qo‘llash zarur.
98. Ishlovchini osma kajavada machtaga ko‘tarilayotganda, u muhofaza kamari bilan osma kajavaga bog‘lanishi kerak.
99. Ishlovchini 10 daqiqadan oshmagan tezlikda faqat uning ko‘rsatmasi bilan ko‘tarish va tushirish lozim. Yuqori balandlikda ishlayotgan ishlovchi megafon bilan ta’minlangan bo‘lishi zarur.
100. Ishchi 1,5 m. va undan balandda ko‘chma narvonlarda ishlashda biror konstruksiyaga yoki tirgakka muhofaza kamarining prujinali ilgagi bilan mahkamlanishi zarur.
Mahkamlanmagan narvonga muhofaza kamarining prujinali ilgagi bilan bog‘lanish man etiladi.
101. Ikki yoki undan ortiq ishchiga bitta ko‘chma narvonda yoki narvonning bir tarafida ishlash, shuningdek, birdaniga narvondan ko‘tarilish va tushish man etiladi.
102. Transport vositalari va odamlar harakatlanadigan uchastkada ko‘chma narvonlar ishlatilganda narvon o‘rnatilgan joy ish bajarilayotgan vaqtda to‘sib qo‘yilishi yoki qo‘riqlanishi lozim.
103. Balandlikda payvandlash ishlarini bajarishda havoza va maydonchalar yonmaydigan (qiyin yonadigan) materiallardan o‘rnatilishi kerak. Havoza (maydonchalar) bo‘lmaganda elektrpayvandchilar olovga chidamli muhofaza kamarlari, arqonlari va karabinli muhofaza kanatlaridan, shuningdek, asbob va elektrodlarning qoldiqlari uchun mo‘ljallangan maxsus sumkalardan foydalanishlari kerak.
104. Bir vertikal bo‘yicha turli balandliklarda bir vaqtda ishlar olib borilayotganda pastki qavatda ishlovchi xodimning metall parchalari va uchqunlaridan va boshqa narsalarning bexosdan tushib ketishidan himoya qilinishi ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak.
VI. Mehnat muhofazasi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
Oldingi tahrirga qarang.
105. Balandlikdagi ishlarni bajarishda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunchilik hujjatlari hamda mazkur Qoidalarga rioya qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi korxonalar zimmasiga yuklatiladi.
(105-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
106. Javobgarlikka instruktaj bo‘yicha tegishli o‘qitish va uni ro‘yxatga olish amalga oshirilganidan so‘ng mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzgan hamda ishlarni xavfsiz olib borishga doir boshqa talablarni bajarmagan ishchilar ham tortilishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
107. Balandlikda ishlarni bajarishda jabrlangan xodimlarga yetkazilgan zararlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
(107-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
VII. Yakuniy qoida
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda “O‘zmontajmaxsusqurilish” uyushmasi bilan kelishilgan.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi D. JAHONGIROVA
Toshkent sh.,
2008-yil 9-dekabr
“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi Bosh direktori V. TYAN
Toshkent sh.,
2008-yil 9-dekabr
Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari T. TURAGALOV
Toshkent sh.,
2008-yil 9-dekabr
“O‘zmontajmaxsusqurilish” uyushmasi raisi Sh. ShADIYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 9-dekabr
Balandlikda ishlaganda mehnatni muhofaza qilish qoidalariga
1-ILOVA
Balandlikda bajariladigan ishlarning (texnologik jarayonlar) taxminiy

Yüklə 70,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin