1. In’ikosning oliy shaklini ko‘rsating: A. Ong B. Psixika



Yüklə 18,58 Kb.
tarix12.05.2023
ölçüsü18,58 Kb.
#126788
9 mavzu





Test
1. In’ikosning oliy shaklini ko‘rsating:
A. Ong B. Psixika
C. Miya D. Ongsizlik
2. Bilimlarimizning ob’ektiv olamga adekvat (aynan mos) kelishi nima?
A. Haqiqat B. Nazariya
C. Bilim D. Hukm (mushohada)
3. Ijtimoiy-tarixiy amaliyot tasdig‘i va mantiqiy xulosalarga asoslangan bilish jarayoni natijasi
A. Bilim B. Haqiqat
C. Nazariya D. Gipoteza
4. Inson hayotiy faoliyati barcha shakllarining negizi bu -
A. Amaliyot B. Ma’naviyat
C. Milliy o‘zlikni anglash D. Ong
5. Kutilgan natijaga erishishga imkon yaratuvchi aqliy va amaliy qoidalar uyg‘unligi
A. Usul B. Yo‘l
C. Uslub D. Yo‘nalish
6. Bilim olish yo‘llarini o‘rgatuvchi, bilish usullari va faoliyati
A. Uslubiyat B. Organon
C. Yo‘l D. Yo‘nalish
7. Olamni anglash jarayonidagi yuzaga keladigan har qanday to‘siqlarni yengib o‘tishga bo‘lgan qobiliyat bu
A. Iroda
B. Qat’iyatlilik
C. Onglilik
D. Botirlik
8. Gnoseologiya - bu:
A. Bilish nazariyasi
B. Mavjudlik haqida ta’limot
C. Haqiqat haqida ta’limot
D. Bilim haqida ta’limot
9. Epistemologiya – bu:
A. Ilmiy bilish nazariyasi
B. Diniy bilish
C. Badiiy bilish
D. Noilmiy bilim
10. Borliqdagi predmet va hodisalar haqidagi to‘liq, aniq, mukammal bilimlar…
A. Absolyut haqiqat
B. Aksioma
C. Dogma
D. Ob’ektiv haqiqat
11. Tabiat, jamiyat va inson tafakkuri taraqqiyoti haqidagi ta’imot
A. Dialektika
B. Kibernetika
C. Metafizika
D. Sinergetika
12. Olamdagi narsa va hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy va takrorlanuvchi bog‘lanishlarning ifodalanishi bu
A. Qonun
B. Struktura
C. Mazmun
D. Sistema
13. Muayyan sistemaning muayyan vaqt va fazodagi yaxlit orqaga qaytmaydigan ilgarilanma yo‘nalishga ega bo‘lgan miqdoriy va sifatiy o‘zgarishi
A. Rivojlanish
B. Modifikatsiya
C. Transformatsiya
D. Harakat
14. Narsa va hodisalarga nisbiy barqarorlik bag‘ishlaydigan, ularning ichki muayyanligini ta’minlaydigan, bir narsa hodisani ikkinchi narsa hodisadan farq qildiradigan muhim belgi bu:
A. Sifat
B. Me’yor
C. Belgi
D. Miqdor
15. Narsa va hodisalardagi son, hajm, daraja kabi tomonlarning muayyanligi bu:
A. Miqdor
B. Fazo
C. Sifat
D. Uzluksizlik
16. Narsa va hodisalarning miqdor va sifat birligini qamrab oluvchi chegara bu:
A. Me’yor B. Yakkalik
C. Garmoniya D. Sintez
17. Miqdor o‘zgarishlaridan sifat o‘zgarishlariga o‘tish jarayoni bu
A. Sakrash B. Buzilish
C. Yo‘q bo‘lish D. Inkor
18. Eskini yangi bilan almashinishi bu
A. Inkor B. Vorisiylik
C. An’ana D. Buzilish
19. Tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari haqidagi ta’limot:
A. Dialektika B. Kibernetika
C. Metafizika D. Sinergetika
20. Har qanday o‘zgarish bu:
A. Harakat B. O‘sish
C. Rivojlanish D. Inkor


Yüklə 18,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin