Ichki yonuv dvigateli ish ko’rsatgichlari va xarakteristikalarining o’ziga xos tomonlari Tayanch so’z va iboralar



Yüklə 73,5 Kb.
səhifə1/2
tarix27.03.2023
ölçüsü73,5 Kb.
#124403
  1   2
Ichki yonuv dvigateli ish ko’rsatgichlari va xarakteristikalarin


Aim.uz

Ichki yonuv dvigateli ish ko’rsatgichlari va xarakteristikalarining o’ziga xos tomonlari
Tayanch so’z va iboralar.
Indikator burovchi moment, indikator quvvat, indikator foydali ish koeffitsiyenti, yonilg’ini indikator solishtirma sarfi, mexanik isroflarni tashkil etuvchilari, mexanik isrofni o’rtacha bosimi, dvigatelni samarali va baholovchi ko’rsatkichlari, indikator samarali ko’rsatkichlarga ta’sir etuvchi omillar.
Reja:
1. Indikator ko’rsatkichlar.
2. Uchqundan o’t oldiriladigan IYED larni va dizellarni o’rtacha indikator bosimini aniqlash ifodasi.
3. IYoD larning indikator ko’rsatkichlari.
4. Mexanik isroflar.
5. Mexanik isroflarni o’rtacha bosimi.
6. Ayrim omillarni mexanik isroflarga ta’siri.
7. Dvigatelning samarali va baholovchi ko’rsatkichlari.
8. Dvigatelning samarali ko’rsatkichlariga ta’sir etuvchi omillar.


Indikator ko’rsatkichlar
Indikator ko’rsatkichlari IYoD silindrlarida amalga oshuvchi haqiqiy sikllarning ifodalaydi. Ushbu ko’rsatkichlar IYoDlarni sinovlardan o’tkazish natijasida yoki yangi kuch qurilmalarini loyihalash chog’ida hisoblash yo’li bilan aniqlanadi. Ularni aniqlashda indikator diagramma asos qilib olinadi.
Termodinamikadan kelib chiqadiki, siklni tashkil etuvchi gaz holatining o’zgarish jarayonlarini ko’rsatuvchi egri chiziqlar bilan chegaralangan shaklning (bosim-hajm) koordinatalardagi yuzi sikl ishiga ekvivalent bo’lib, IYoD ning haqiqiy sikllari uchun siklning indikator ishi deb ataladi. Siklning indikator ishi aczb shaklning yuziga teng deb hisoblanadi (13.1-rasm). haqiqiy siklning indikator ishi silindrning ish hajmi birligidan olinadi va u bosim o’lchamiga ega bo’ladi. Bu ish siklning o’rtacha indikator bosimi deb ataladi va ushbu formula bilan aniqlanadi

bu yerda Li - indikator ish, Vh- silindrning ishchi hajmi.
IYoD ning indikator quvvatini ushbu ifoda bilan aniqlash mumkin:

bu yerda n-tirsakli valning aylanishlar chastotasi (min-1); i-silindrlar soni; -sikldagi taktlar soni.


Indikator foydali ish koeffitsiyenti
, bu yerda Q1- sikllik yonilg’i miqdorining yonish issiqligi.
Solishtirma indikator yonilg’i sarfi quyidagi ifoda bilan aniqlanadi.
, gG’kVtsoat
Siklning i va Pi ko’rsatkichlari orasidagi bog’liqlik quyidagi ifoda bilan aniqlanadi.

bu yerda Gg’yo - yonilg’ining massa bo’yicha sikllik miqdori, kg


Siklning indikator ko’rsatkichlariga aralashma hosil qilish usuli va yonish kamerasining shakli, havo zaryadining yonish kamerasida harakatlanish tezligi, IYoD silindrning o’lchami, siqish darajasi, IYoDning yuklanishi, aylanish chatsotasi, silindrni yangi zaryad bilan to’ldirishi, o’t oldirishni ilgarilatish burchagi (uchqundan o’t oldiriladigan dvigatellar uchun).


Mexanik isroflar.
Silindrlarda hosil qilinadigan indikator ishning bir qismi IYoDning o’zida yo’qoladi, ya’ni turli qarshiliklarni yengib o’tishga, ichki extiyojlarni qondirishga qo’shimcha talablarni qanoatlantirishga sarflanadi. Bu isroflar mexanik isroflar deb ataladi.
Mexanik yo’qotishlarni o’rtacha bosimi quyidagi ifoda bilan aniqlanadi.
RmqRishqQRyomQRgazQRventQRkomp.
bu yerda Rishq- ishqalanishdagi isroflar, Rem- yordamchi mexanizmlarni harakatga keltirishga sarf bo’ladigan isroflar, Rgaz - gaz almashinuvini amalga oshirishga sarflangan isroflar, Rven- ventilyatorni harakatga keltirishga sarf bo’lgan isrof, Rkomp- kompressorni harakatga keltirish uchun sarf bo’ladigan isrof.
Ishqalanishga bo’ladigan isroflar mexanik isroflarning asosiy qismini tashkil etadi (bosim ostida kiritish usuli qo’llanilmagan IYoD larda 70...75% ga yetadi. Ularning 2G’3 qismini porshen va halqalarning silindr devorlariga ishqalanishi tashkil etadi. Yordamchi mexanizmlarni yurgazishga energiyaning 10...15% gaz almashuvi amalga oshishiga 15...20% sarflanadi. Ichki isroflarning o’rtacha bosimi va ularning IYoD hosil qiladigan indikator quvvatidagi ulushi o’zgarib turadi. Bu ko’rsatkichlar dvigatelning ishlash rejimiga, ishlatish sharoitiga va holatiga qarab o’zgaradi. Ular tezlik rejimiga ko’ra kuchli o’zgarib, valning aylanish chastotasi katta IYoD larda ularning qiymati eng yuqori ko’rsatkichga yetadi. Valning aylanish chastotasi o’zgarganida ichki isroflar ushbu munosabat bo’yicha o’zgaradi:
RmqAQVSnQCC2n
bu yerda A, V va S - IYoD ga xos bo’lgan doimiy kattaliklar, Sn-porshenning o’rtacha tezligi.

bu yerda S - porshen yo’li.
Aksariyat IYoDlar uchun yuqorida keltirilgan munosabatning ikkinchi tartibni xadi hisobga olinmaydi va ushbu ko’rinishdagi munosabat beriladi.

RmqAQVSn


Bosim ostida kiritish usuli qo’llanilmagan IYoD larning turli guruhlari uchun A va V ning qiymatlari quyidagi jadvalda keltirilgan.







Ichki yonuv dvigatellarning guruhi

A

V

1

Yüklə 73,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin