2 ta rus, 10 ta ingliz, har ikki tilni biladi



Yüklə 35,5 Kb.
tarix19.04.2023
ölçüsü35,5 Kb.
#125623
kubik

1. Daraxtning 4 ta shoxi bor, har bir shoxida yana 4 tadan shoxchalari bor, bu shoxchalar ham yana 4 tadan mayda shoxchalarga bo’lingan va ularni har birida bittadan olma bor, barcha olmalar sonini hisoblang.


4*4 *4 = 64
2. Ilhom bozordan 1 kg. lik tarvuz olib keldi. Tarvuz 99% suvdan iborat edi. Ilhom tarvuzni quyoshda unutib qoldirdi va keyin tarvuz 98% suvdan iborat bo’lib qoldi. Savol: quyoshda qolib ketgandan keyin tarvuzning og’irligi necha kg bo’lgan?

500gr
3. 1 ta bakteriya 1 sekundda 2 taga ko’payadi. O’sha 1 ta bakteriyani bir bonka (idish)ga solganimizda 1 soatda liq to’ldi. Qancha vaqtda bakteriya Bonka (idish)ni yarmiga keladi?

59 minut 59 sekundda bonka yarim bo’ladi, 1 sekunddan keyin esa 2 taga ko’payib bonka to’ladi.
4. Sinfda 30 ta o’quvchi o’qiydi. Ulardan 20 tasi rus tilini biladi. 18 tasi ingliz tilini biladi. Savol: nechtasi har ikkala tilni biladi?

12 ta rus, 10 ta ingliz, 8 har ikki tilni biladi.


5. Uzunligi 36 metr bo’lgan chitni sotuvchi har qaysi xaridorga 3 metrdan sotdi. Savol: sotuvchi chitni necha marta kesgan?

1+2+8=11 marta kesilgan


6. Men bir son o’yladim. Uning yarmiga choragini qo’shsak , 18 hosil bo’ladi. Savol: Men qanday son o’ylabman?

24.
7. Onasi Ahmadga 4 litr suv olib kelishni tayinladi. Lekin onasi unga faqat ikkita idish berdi, ulardan biri 3 litrlik, ikkinchisi 5 litrlik edi. Ahmad bu idishlar yordamida 4 litr suv o’lchashi mumkinmi? Ahmadga yordam bering.

Avval, 3 litrda to’ldirib suv oladi. Bu suvni 5 litrlik idishga soladi. Keyin yana 3 litrlikda to’ldirib suv oladi va 5 litrlikka idishdagi suv ustiga soladi. Shunda 3 litrlik idishda 1 litr suv ortib qoladi. Endi 5 litrlik idishni bo’shatib, Haligi 1 litr suvni 5 litrlik idishga solidi. Va uning ustiga 3 litrlik idishda suv to’ldirib soladi. Shunda 4 litr suv bo’ladi.
8. Uch kishi 30 so’mga tushlik qilishdi. Ular ketishgandan so’ng kafe xo’jayini tushlik narhi 30 so’m emas, 25 so’m ekanligini payqab qoldi va o’sha yerdagi bir yosh bolani qo’liga 5 so’m berib ularning orqasidan jo’natdi. Xurrandalarning har biri o’zlariga 1 so’mdan olishdi va 2 so’mni bolaga qaytarib berishdi. Bundan chiqdiki, har bir kishi tushlik uchun 10 so’mdan emas 9 so’mdan to’lashgan. Ular 3 kishi: 3×9=27, yana 2 so’m bolada: 27+2=29. Savol 1 so’m qayerga g’oyib bo’ldi?

Aslida sal chalg’ituvchi topishmoq edi: Xo’randalar 25 so’m tushlik uchun kafe ho’jainiga, 2 so’m bolaga berishgan


3*9-2+5=30
9 — Har bir xo’randa tushlik uchun to’lagan haq, 2 — Boladagi pul, 5 — Xo’jayinning bolaga bergan qaytimi.
9. Beshta 1 yordamida 100 sonini qanday hosil qilish mumkin?

111-11=100


10. Bir qurbaqa 30 m quduqdan kunduz 3 metr yuqoriga, kechalari 2 metr pastga harakat etsa, quduqdan necha kunda chiqadi?

28 kunda, chunki, oxirgi kuni orqaga harakat qilmaydi.


11. 81 ta bir xil ko’rinishli tangalar bor. Ammo bulardan bittasi qalbaki va u boshqalaridan biroz yengil. Ikki pallali tarozi yordamida 4 marta tortish bilan shu qalbaki tangani topib bering.

Buning uchun tangalarni 3 qismga bo’lamiz, 27 tadanga bo’linadi.


yuqoridagidek1. Ikkita 27ni tarozuga tortib ko’riladi, qaysi biri yengilroq kelsa qidirilayotgan tanga shular orasida bo’ladi, agar og’irligi teng bo’lsa chetga olib qo’yilgan uchinchi 27 ni ichida qidirilayotgan tangalar bor bo’ladi. (Xullas, shu tariqa 1-o’lchashda faqat 1 ta 27 tanlab olinadi)
2. Tanlangan 27 ni ham 3 qismga bo’lamiz va 2 ta 9ni tarozuni ikki pallasiga qo’yib tortamiz, va yengilroq qism tanlab olinadi.
3. Tanlangan 9 ni 3 qismga bo’linadi.

4. Qolgan 3 tangani ikkitasi tanlanadi va tarozida tortiladi, yoki biri yengilroq bo’ladi, yoki esa ikkisi teng, chetga olib qo’yilgani esa qidiralayotgan tanga!


12. Bir sutkada soatning minut strelkasi necha marta ustma-ust tushadi???

12 marta
13. Qanday sonni hech qanday matematik amal bajarmasdan cheksizlik belgisiga aylantirish mumkin?

8
14. 5 xonali sondan iborat parol qo’yilgan, Bu parolni ochish uchun necha xil variantda son terish kerak ?

99999 xil taxminiy sonni terish kerak (masalan: 00000, 00001, 00002, 00003 …. va hokazo)


15. Qanday soat sutkada ikki marta aniq vaqtni ko’rsatadi?

buzuq soat


16. Qanday 3ta sonning yig’indisi ularning ko’paytmasiga teng?

1, 2, 3
17. Yo’lda ketma-ket qator qilib 10 ta ustun o’rnatilgan. Har bir ustundan keyingisigacha bo’lgan masofa 10 metrdan. Sportchi 1-ustundan 10-ustungacha yetib bordi va yana 1- ustunga qaytib keldi. Sportchi qancha yo’l bosgan?

180 metr
18. Shunday ikki sonni topingki, ularning ko’paytmasi 28 bo’lib, kattasini kichkinaga bo’lganda ham 28 chiqsin!

28 va 1
19. Savolim kulcha haqida. Kulchalarni tarqatganda har birimizga 1.5 tadan to’g’ri kelyapti. Lekin Oramizdan 1 kishi kulcha yemasa, har birimizga 2 tadan to’gri keladi. Biz necha kishimiz?

Umumiy 4 kishi va 6 ta kulcha bor. 1.5*x=(x-1)*2. 0.5*x=2. x=4
20. To’rtta besh raqami va arifmetik ishoralar yordamida 100 hosil qiling!

5*5-5)*5=100


21. Mahsulotning narhini 50% ga oshirib 50% ga tushirilsa. Bahosi o’zgaradimi?

100 so’mlik narsani 50%ga oshiramiz = 150so’m, 150so’mni 50% ga kamaytirsak 75so’m.


22. 1,2,3,4,5 raqamlar orasiga arifmetik amallar ishoralarini shunday qo’yingki natijada 100 hosil bo’lsin!

1*2+3)*4*5=100


23. Bu sonlarning orasiga to’qqizta plyus yoki minus ishorasini shunday quyingki, ifodaning javobi to’g’ri chiqsin:
0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 = 1

0-1-2-3-4-5+6-7+8+9=1


yoki
0+1+2+3+4+5-6-7+8-9=1
yoki
0-1+2+3+4+5-6-7-8+9=1
24. Menda 10 sum bor, sizda 15 sum bor. Pulimiz teng bo’lishi uchun necha pul berasiz menga?

2,5 sum. Shunda 12,5 = 12,5


25. 12 ta odam bir-biri bilan salomlashganda salomlar soni nechta bo’ladi? (Bitta odamga ikki martta salom berish va o’ziga-o’zi salom berish yo’q)

11+10+9+8+7+6+5+4+3+2+1=66


26. Bir quruvchi bir uyni 30 kunda qurib bitirdi. Ikkinchi quruvchi shu uyni 20 kunda qurdi. Ikkala quruvchi baravariga ishlashsa necha kunda uyni bitirishadi?

1/30+1/20=1/x x=12kun


yoki (30*20)/(30+20)=12
27. Yilda eng kalta oy qaysi?

May — chunki 3ta harfdan iborat


28. Kechadan oldin Murod 17 yosh edi. Keyingi yilda u 20 yoshga kiradi. Bu qanday yuz beradi?

Agar bugungi kun 1 yanvar bo’lsa, Murodning tug’ilgan kuni 31 dekabrda. Kechadan oldin (30 dekabr) u 17 yosh edi, kecha (31 dekabr) u 18 to’ldi, shu yil u 19 ga kiradi, keyingi yilda esa 20 yoshni qarshi oladi.


29. Bir odam olma donasini 5 so’mdan sotib olib, uni 3 so’mdan sotgan. Oradan bir qancha vaqt o’tib u millionerga aylangan. U buni qanday uddaladi?

U milliarder bo’lgan


30. Oppoq tovuq don cho’qir,
Suv ichadi qorasi .
Necha tovuq bo’ladi,
Qo’shilganda olasi.

3 ta
31. Akasi 12 yosh 7 oylik. U singlisidan 3 yosh 5 oy katta bo’lsa, singlisi necha yoshda?

9 yosh 2 oy
32. 7 ta sham yoqishgandi, 2 tasi o’chib qoldi. Nechta sham qoldi?

2 ta, qolganlari erib ketadi

33. Toshkentdan Samarqand tomon poyezd yo’lga chiqdi. U belgilangan vaqtdan yarim soatga kech qoldi. Samarqanddan Toshkent tomon ham poyezd yo’lga chiqdi, u jadvaldagidan 10 daqiqaga kech yo’lga chiqdi. Har ikki poyezd bir-biri bilan uchrashgan vaqtda qaysi poyezd Toshkentga yaqinroq bo’ladi?

Poyezdlar har ikki shahardan bir xil masofada uzoqlikda bo’lishadi.


34. Devorning uzunligi 20 metr va balandligi 3 metr bo’lib, og’irligi 3 tonna. Uni qo’shimcha qurilmalarsiz qanday ag’darish mumkin?

Hisob-kitoblarga ko’ra, bu devorning qalinligi 2 santimetrdan oshmaydi, demak uni qo’lda itarsak ham ag’anaydi.


35. It 10 metrlik ipga boylangan, ammo u 300 metrga ketib qoldi. Qanday qilib?

It ustunga boylanmagan edi


36. Quyon ikki oyog’ida turganda 5 kg kelsa 4 oyog’ida tursa necha kg keladi?

5 kg
37. Bitta tayoqning 2 ta uchi bo’lsa, 1 yarimta tayoqning nechta uchi bo’ladi?

4 ta
38. Bir bola ko’chadan 1 so’m pul topib oldi, agar ko’chaga 2 ta bola chiqsa necha so’m topib olardi?

1 so’m
39. Qayin daraxtining 8 ta shoxi bor, har bir shoxida 8 tadan shoxcha, har bir shoxchada yana 8 tadan shoxcha bor va har bir shoxchada 8 tadan olma bo’lsa, hammasi bo’lib nechta olma bor?



Qayin olma solmaydi
40. Bitta birga bitta uch
Yopishibdi qolibdi,
Har ikkisi sarflab kuch,
Bitta bosh harf bo’libdi?

B harfi
Yüklə 35,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin