Assalomu alaykum aziz va mehribon hurmatli ustozlar. Assalomu alaykum tadbir qatnashchilari hamda mehmonlar



Yüklə 17,77 Kb.
tarix01.12.2022
ölçüsü17,77 Kb.
#120272
Assalomu alaykum aziz va mehribon hurmatli ustozlar


Assalomu alaykum aziz va mehribon hurmatli ustozlar.
Assalomu alaykum tadbir qatnashchilari hamda mehmonlar.

Bugun biz, O'z qalb qo'rini, ko'z nurini, mehr - muhabbatini, kelajagi buyuk yurtga barkamol avlodni, komil inson qilib tarbiyalashdek mas'uliyatli vazifani zimmalariga olib, Bu oliyjanob ishni sharaf bilan bajarishga bel bog'lagan ustozlarimizni, mu'allimu - murabbiylarimizni qutlash, e'zozlash maqsadida toplanganmiz.


O'qtuvchilik azal-azaldan e'tiborlik kasb hisoblanadi. Dunyoning hech qaysi mamlakatlarida o'qtuvchi-murabbiylarga nisbatan bu qadar e'tibor qaratilmagan,e'zozlanmagan. Mamlakatimizda Respublika Prezidentining farmoni bilan 1997-yildan boshlab 1-oktyabr '' O'qituvchi va murabbiylar kuni” umumxalq bayrami sifatida nishonlanib kelinmoqda.


Jamiyatning buguni va ertasi uning madaniy-ma'rifiy-manaviy salohiyati ta'lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Ta'lim tizimidagi islohatlarning muvaffaqiyati ko'p jihatdan o'qtuvchi va murabbiylarning fidokorona mehnatlariga bog'liq ekanligi barchamizga ayondir.


To'g'ri aytasiz o'qtuvchilikning ko'p qirrali, sermazmun murakkab faoliyati zamirida yosh avlodning barkamol shaxs sifatida tarbiyalash,ularni ilm-fan sirlaridan boxabar etish kabi muhim vazifalar yotadi.


Qo'limga qalamni ushlatdi ilk bor


Shu ondan qalbimda boshlandi bahor
Undanda buyukroq,ulug'roq kim bor
Ustozim,ustozim, sizga ming ta'zim

ushbu tadbirimizni ochib berish uchun so'zni maktabimiz direktori: A.Ataxonovga beramiz


Hayot ummonida bamisli mayoq
Yiroqlarga nazar tashlar ustozlar
Sodiq shogirdlarga berarkan saboq
Doimo haq yo'lga boshlar ustozlar

Eng og'ir damlarda vazminlik bilan


Sabr ila matonat darsin o'tarlar
Ezgulik singdirib dillarga har dam
Kelajakka totli meva tutarlar
Ustoz qo'limizga qalam ushlatib,had-savodimizni chiqarishda, maktab hayoti davomida ilm cho'qqilarini egallashimizda ko'maklashadi.Qalb tubidan joy beradi va nihoyat parvoz qilishimizda bizga qanot bo'ladi.

O'qituvchi eng aziz kasb egasi sifatida zamonlar osha katta hurmat va e'zozga sazovor bo'lib kelgan zotdir. U insoniyatni faqat ilm va ma'rifat sari yuksaklikka ko'tarajagini asrlar osha isbot etib kelayotgan allomadir. Ustozsiz shogird - komil bo'lib balog'atga yetmaganidek o'qituvchisiz jamiyat ham kemtik bo'lib, rivojlana olmaydi.


Assalomu alaykum aziz va muhtaram ustozlar!
Avvalo, siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda ustoz degan sharafli nomni ulug'lab kelayotgan tumanimizdagi barcha insonlarni O'qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy tabriklaymiz .
bugun ushbu ayyomni nishonlar ekanmiz, birinchi navbatda qadrdon maktabimiz, bizga harf o'rgatgan , ezgulikdan saboq bergan mehribon muallimlarimiz siymosi ko'z oldimizda gavdalanadi . Biz uchun ibrat namunasi, yuksak insoniy fazilatlar timsoli bo'lgan aziz va mo'tabar zotlar sha'niga eng go;zal so'zlar, ezgu tilaklarimizni izhor etamiz. Hech qachon uzib bo'lmaydigan qarzdorlik hissi bilan ta'zim qilamiz .


Buyuk bobomiz Alisher Navoiy aytganlaridek, dunyoning bor boylik va xazinasi bilan ham oliyjanob mehnatingiz haqqini ado etib bo'lmaydi. Hqiqattan ham, o'quvchilarini o'z farzandidek ardoqlab, yosh avlod tarbiyasi uchun ko'z nuri, qalb qo'ri, butun borlig'ini baxsh etadigan o'qituvchi va murabbiylar tom ma'noda fidoiy kasb egalaridir.
Yüklə 17,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin