1.Qushlarning panja suyagini mustahkam bo’lishining sababi nimada?
1)barmoqlar sonining kamayishi 2)qo’nayotganda zarbning kamayishi 3)havo bilan to’lganligi 4)mayda suyaklarning qo’shilishi
A 1,4 B 4 C 3,4 D 1,3,4
2.Havoda harakatlanayotgan qush uchun xos bo'lmagan xususiyatni belgilang.
A qanotlarining ko'tarilib tushirilishi bilan havo pufaklari ham kengayib torayadi
B nafas olishida ichki organlar bo'shlig'ida joylashgan havo pufaklari ishtirok etadi
C ko'krak qafasining kengayib torayishi orqali nafas oladi
D qancha ko'p qanot qoqsa o'pka orqali havo aylanishi shuncha yaxshilanadi
3.Uchayotgan qushda kechadigan gaz almashinuvi jarayoniga xos bo'lgan jihatlarni belgilang.
A O'pkasida gaz almashinuvi 2marta bo'ladi: havo o'pkaga kirganida va o'pkadan chiqib ketayotganda
B Gaz almashinuvi 2marta bo'ladi: havo o'pkaga kirganida va havo pufaklariga o'tganda
C Gaz almashinuvi 2marta bo'ladi: havo o'pkaga kirganida va pufaklardan chiqayotgan havo o'pka orqali o'tganda
D Gaz almashinuvi 2 martabo’ladi: havo o’pkadan chiqqandan va havo pufaklariga kirganda
4.Eng yirik suvda quruqlikda yashovchi uning qayerda uchrashi va uzunligini belgilang.
A gigant salamandra; Janubiy-G'arbiy Osiyo; 1,5m
B gigant salamandra; Janubiy- Sharqiy Osiyo; 1,5m
C gigant salamandra; Janubiy-G'arbiy Osiyo; 1,7m
D gigant salamandra; Janubiy- Sharqiy Osiyo; 1,7m
5.Baqa(a) va qurbaqaning(b) ahamiyatini belgilang.
1)o'simliklarga ziyon keltiradigan hasharotlarni qiradi 2)suv bo'yidagi hasharotlarni qiradi 3)zararkunanda hasharotlar (chivinlar)ning lichinkalari qiradi 4)bir kechada 100tagacha; 9oyda 3000tagacha hasharotlarni yeydi 5)tibbiyot va biologiyada laboratoriya hayvoni sifatida foydalaniladi
A a-1,2,5; b-1,3,4; B a-2,3,5; b-1,4; C a-1,3,5; b-2,4; D a-2,4; b-1,3,5;
6. Yurak klapanlari shunday tuzilganki, ular orqali qon faqat bir tomonga harakatlanadi. Quyida berilganlardan to'g'ri yo'nalishni aniqlang. a) bo'lmadialardan aortalarga; b) qorinchalardan o'pka arteriyasiga va aortaga; c) bo'lmachalardan o'pka arteriyasiga; d) bo'lmachalardan qorinchalarga; e) qorinchalardan bo'lmachalarga A) d, b B) e, a C) e, c D) d, e
7. Yurakning ishemik kasalligi (1), miokard infarkti (2), ateroskleroz (3) kasalliklarining sababini belgilang.
a) tomirlarning qattiqlashib, mo'rtlashib, torayib qolishi; b) yurak muskullarida qon aylanishining buzilishi; c) yurak muskullari ma'lum qismining yemirilishi; d) bosh miyaga qon quyilishi A) l-a;2-b;3-c B) 1 - b; 2 - c; 3 - a C) l-b;2-c;3-d D) 1 - c; 2 - b; 3 - a
8.Arteriya (1), kapillar (2) va vena (3) lar devori necha qavat hujayralardan tashkil topgan? a) 1; b) 2; c) 3; d) 4
A) 1-c, 2-a, 3-b B) 1-c, 2-c, 3d C) 1-c, 2-a, 3-c D) 1-d, 2-a, 3-c
9. Diafragma (1) va qovurg'alararo muskullar (2) faoliyatini boshqaruvchi nerv markazi qayerda joylashgan?
A) 1 - uzunchoq miyada; 2 - orqa miyaning ko'krak qismida
B) 1 - orqa miyaning bo'yin qismida; 2 - bosh miya po'stlog'ida
C) 1 - bosh miya po'stlog'ida; 2 - orqa miyaning bo'yin qismida
D) 1 - orqa miyaning bo'yin qismida; 2 -orqa miyaning ko'krak qismida
10. Eritrotsitlarida agglutinogen B bo’lgan qon guruh qaysi qon guruhlar uchun retsipeyent bo’ladi?
A) I, II B) II, IV C) I, III D) III, IV
11. O'simlik (1) va hayvon (2) hujayralarida qaysi organik birikmalar ko'p uchraydi?
a) uglevod; b) oqsil; c) koferment; d) nuklein kislota
A) 1-a, 2-b B) 1-b, 2-a C) 1-a, 2-d D) 1-c, 2-d
12. Gullamaydigan yuksak sporali o'simliklarni belgilang.
1) qirqquloq; 2) qirqbo'g'im; 3) yo'sin; 4) mamont daraxti
A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 1,2,4 D) 2,3,4
13. Tamaki mozaikasi (1), bakteriofag (2) va hayvonlarda oqsil kasalligini qo'zg*atuvchi viruslar (3)ni kashf etgan olimlarni aniqlang.
a) F.Leffler; b) D.Ivanovskiy; c) F. de Erell; d) Mak Klintok
A) l-b,2-c, 3-a B) 1-d, 2-b, 3-c
C) 1-c, 2-a, 3-b D) 1-b, 2-d, 3-c
14. Virus (I), bakteriya (II), zamburug' (Ill)lar qo'zg'atuvchi kasalliklarni aniqlang.
1) quturish; 2) qizilcha; 3) o'lat; 4) kuydirgi;
5) vilt; 6) zang kasalligi
A) 1-1, 2; II-3, 4; III-5, 6
B) 1-4, 6; II-l, 2; III-3, 5
C) 1-1, 2; II-3, 5; III-4, 6
D) 1-3, 4; 11-4, 6,111-1, 2
15. Viruslarga (I) va bakteriyalarga (II) xos belgi hamda xossalarni aniqlang.
1) filtrdan o'ta oladi; 2) hujayra ichi paraziti;
3) hujayradan tashqarida erkin holatda uchramaydi va ko'payish xususiyatiga ega emas;
4) hujayradan tashqarida erkin va faol holatda uchraydi; 5) erkin ko'payish xususiyatiga ega;
6) yadrosiz organizm; 7) hayotning hujayrasiz shakli; 8) hayotning hujayraviy shakli;
9) tarkibida DNK va RNK mavjud; 10) tarkibida DNK yoki RNK bo'ladi
A) 1-1,2,3, 7,10,11-4,5,6,8,9
B) 1-4,5, 6,8,9,11- 1,2,3, 7, 10
C) 1-1,2, 4,6, 8; II-3, 5, 7,9,10
D) 1-1, 2, 3, 8, 9; II- 4, 5, 6, 7, 10
16. DNK molekulasining tarkibida 3125 adenin nukleotidi bor. Adenin nukleotidi umumiy nukleotidlarning 25% tashkil qilsa, nukleotidlar orasi 0,34 nm bo'lsa, bu holda DNK uzunligi necha nanometr?
A) 4250 nm B) 2125 nm C) 1062,5 nm D) 6250 nm
17. Quyidagi qaysi jarayonlar fotosintezda kuzatiladi?
a) suv va CO 2 dan uglevodning sintezlanishi;
b) quyosh energiyasining kimyoviy energiyaga aylanishi; c) erkin 02nhig hosil bo'lishi; d) ATF sintezlanishi; e) uglevod va oqsillarning parchalanishi; f) quyosh energiyasining mexanik energiyaga aylanishi
A) a, b, c, d B) b, c, d, e C) a, c, d, f D) c,d,e,f
18. Quyidagi o'simliklarni ko'payish usullari bo'yicha juftlab ko'rsating.
1) xilol; 2) molodilo; 3) elodeya; 4) g'umay; a) ildizpoya; b) ajratuvchi kurtaklar; c) novda; d) piyozbosh
A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-a B) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d C) 1-d, 2-c, 3-b, 4-a D) 1-a, 2-c, 3-b, 4-a
19. Qaysi o'simlik ajratuvchi kurtaklar yordamida ko'payadi?
20. Qo’lning erkin suyaklarining suyakka aylanishi necha yoshda
21. Bargi qarama-qarshi joylashgan ko’p yillik o’simliklarga…
22. Qaysi oilalarda shingil to’pgullar mavjud
23. Baqaning ko’krak qafasini qaysi suyaklar hosil bo’ladi?
24. Reptelyalarning eshitish organlari nechta bo`limdan iborat?
25. 1 ta qo’lning ham erkin , ham kamar suyaklar soni birgalikda nechta?