Don maxsulotlari umumiy texnologiyasi



Yüklə 145 Kb.
səhifə1/3
tarix11.11.2023
ölçüsü145 Kb.
#131701
  1   2   3
Don maxsulotlari umumiy texnologiyasi.


Don maxsulotlari umumiy texnologiyasi.
Reja:

  1. Un ishlab chiqarish korxonalarining vazifasi.

  2. Donning fizik-kimyoviy va texnologii hossalari.

  3. Donni un tortishga tayyorlashdagi asosiy jarayonlari

Donni kayta ishlab un olish. Un ishlab chiqarish eng qadimgi soha hisoblanadi. Dastavval ajdodlarimiz oddiy toshlar orasida donlarni maydalashgan, sо‘ng toshdan yasalgan ugir va xavonchada maydalashni о‘rganishgan. Keyinchalik xayvon, shamol yoki suv kuchidan foydalanib, maxsus tayyorlangan ikkita yassi tosh yordamida donni maydalab (tegirmon) un hosil qilishgan. Bunda odatda don tosh markaziga tuplanib maydalanadi. Ostidagi birinchi tosh markam о‘rnatilgan, ikkinchisi esa aylanishga moslangan bо‘ladi. Don maydalagich yordamida un olishning eng qadimiy usullari hozirgi paytda ham Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasidagi bir qator davlatlarda saqlanib qolgan va aholi tomonidan hanuzgacha foydalanib kelinmoqda.
Fan va texnikaning rivojlanishi natijasida yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega bо‘lgan maydalovchi mashinalar (aylanuvchi silindrli stanoklar), navlarga ajratuvchi va elaklovchi mashinalar (rassevlar), mexanik va pnevmatik harakatlanuvchi transport moslamalaridan foydalanishga erishilmoqda. Tegirmon toshlariga ega bо‘lgan kichik korxonalar bilan bir qatorda, bug‘ kuchidan foydalanib ishlaydigan korxonalar, suv turbinalari va faoliyati elektr quvvatiga asoslangan zavodlar yuzaga kela boshladi.
Hozirgi vaqtda О‘zbekistonda un zavodlari yoki kombinatlari davlat tegirmonlari bо‘lib, ularning har biri kecha-kunduzda 250-500 tonna un chiqarish quvvatiga egadir. Davlat amalda aholini un va yopilgan non bilan butunlay ta’minlar edi. Hozirgi bozor iqtisodiyotiga о‘tish davrida non yopishning deyarli uchdan bir qismi hususiylashtirilgan о‘rta va kichik korxona (nonvoyxona)lar zimmasiga tо‘g‘ri kelmoqda. Davlat un sanoatining rivojlanishi bilan bir qatorda qishlok. xо‘jaligida bir kecha-kunduzda bir necha tonnagacha un ishlab chiqaradigan tegirmonlar deyarli yо‘qolib ketdi.
Don maydalangandan sо‘ng olinadigan tо‘q rangli undan yopiladigan non ham shu tusda bо‘ladi. Chunki bunda maydalangan donning barcha qismlari qatori unning tо‘q rangli pо‘stlari ham unga о‘tadi. Agar un elakdan о‘tkazilsa ancha oqaradi, ammo baribir unda pо‘st qoldiqlari borligidan dalolat berib turadi.
Oq unni olish uchun unni faqat endosperimdan ajratib olish zarur, ya’ni maydalash jarayonda imkoniyati boricha pо‘stloqni ajrata bilish lozim. Bunga donning turli kismlarini, turli pishiqlikda ekanini unutmay, endospermni murtagi va pо‘stlog‘ini hamda pо‘stining pishiqligini inobatga olgan holda erishish mumkin. Shuning uchun pо‘stloqni endospermdan ajratib olishga donni tez maydalash bilan erishib bо‘lmaydi. Faqat asta-sekin va mexanik ta’sir etish yо‘li bilan pо‘stloqni yirik holda saqlaydi, hamda mavjud endospermni qismlarga bо‘lib ajratib olish mumkin.
“Donni qayta ishlash un ishlab chiqarish jarayoni quyidagi omillarga bog‘lik; qayta ishlanayotgan donning sifatiga; texnologik jarayoning mukamallik darajasiga; korxona texnologik uskunalarining texnik holatiga; mutaxassislarning malakasiga.
Donning sifatini baholashda uning texnologik hususiyati muhim ahamiyatga ega. Texnologik hususiyat donning unvoylik va nonvoylik hususiyatlarini jamlaydi. Donning texnologik hususiyati deganda uning fizik hususiyatlarining birligi tushiniladi. Don xom ashyosining texnologik hususiyatlarini bilish texnologlar uchun asos hisoblanadi.
Donning unvoylik hususiyatlari quyidagi kо‘rsatgichlar bilan tavsiflanadi: unning umumiy chiqishi (olingan un miqdorini qayta ishlangan don miqdoriga nisbati, foizlarda ifodalanadi); yormacha va dunst-oraliq mahsulotlarining chiqish miqdori (dranoy jarayonda donni maydalashdan hosil bо‘lgan oraliq mahsulotlarning miqdori); qobiklarni oqlash darajasi; texnologik jarayonning davomiyoligi (sistemalar miqdori); 1t un ishlab chiqarishga sarflanadigan energiya miqdori.
Bu kо‘rsatgichlar donning shaffoflik, kuldorlik, rangi, qattiqliligi, bir xil tarkibliligi, naturasi kabi hususiyatlarga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri bog‘liq bо‘ladi.
Donning nonvoylik hususiyatlari shu donni maydalab olingan undan yopilgan nonda kuzatiladi. Nonvoylik xususiyati xamirning fizik hususiyati nonning xajmiy chiqishi, non mag‘zining rangi va g‘ovakliligi, yopilgan nonning balandligini diametriyaga nisbati kabi kо‘rsatgichlar bilan tavsiflanadi. Donning nonvoylik hususiyati baholashda uning kleykovinasi miqor va sifati asosiy kо‘rsatgich hisoblanadi. Un zavodlarining donning nonvoylik hususiyati namunaviy non yopish bilan tekshiriladi.
Un ishlab chiqarish korxonalarda donni uniga aylantirishning texnologik jarayoni ketma-ket va bir-biriga bog‘langan bosqichlardan iborat: don pomol partiyasini shakllantirish, donni turli aralashmalardan tozalash va uni maydalashga tayyorlash jarayoni, donni maydalab un olish, un navlarini shakllantirish va nazorat qilish jarayoni.
Un ishlab chiqarish korxonalarini muhim ishlashini ta’minlash, dondan foydalanish darajasini kо‘tarish, unning sifatini yaxshilash, don zaxiralaridan ratsional foydalanish uchun elevatorlarda pomol partiyalar shakillantiriladi. Ular korxonaning 10 sutka davomida tо‘xtolvsiz ishlashini ta’minlab berish kerak.
Korxonaga turli sharoitlarda yetishtirilgan turli tip va navlardagi don patiyalari keltirilganligi sababli ulardan pomol aralashmalar tuzish zaruriyatini tug‘diradi. Turli partiyadagi donlarni alohida qayta ishlash turli sifatdagi unlar olinishiga, bu esa har xil sifatli non mahsulotlari chiqishiga sabab bо‘ladi. Shuning uchun texnologik ravishda pomol aralashmalar tuzib borish korxonani muvozanatli ishlashini va bir xil sifatli mahsulot ishlab chiqarishini ta’minlaydi.
Donlarni aralashtirish jarayonida shunday aralashma qiymati hosil bо‘ladiki, u komponentlarning о‘rtacha kо‘rsatkichlaridan yuqori bо‘lgan sifat kо‘rsatkichlariga ega aralashmani olish imkonini beradi. Aralashtirish quyi sifatli donlarni ham ishlatishga imkon yaratadi. Turli texnologik xususiyatga ega bug‘doy donlarini aralashtirishda quyidagilarga e’tibor berish lozim: a) donlarni aloxida sifatlariga qarab joylashtirish; b) elevator va omborlarda ma’lum unvoylik va nonvoylik hususiyatlarga ega bо‘lgan dastlabki aralashmalarni shakllantirish va mayda don fraksiyasini ajratib olish; v) don tozalash bо‘limida fizik-texnologik hususiyatlari bilan farqlanuvchi don komponentlariga alohida ishlov berish; g) un tortishga alohida tayyorlangan don partiyalarini I drannoy sistema oldidan qо‘shib yuborish.
Elevatorda siloslar tagida joylashgan konveyerga aralashma komponentlari turli siloslardan ma’lum miqdorlarda tushiriladi va aralashtirib pomol partiya tuziladi. Aralashma ichki silosga yuboriladi, undan sо‘ng don tozalash bо‘limiga uzatiladi.
Aralashma tayyorlashda donning namligi, kuldorligi, shaffofligi va kleykovinani miqdor va sifat kо‘rsatkichlari e’tiborga olinadi. Aralashtirish jarayonida turli sifat kursatkichlariga ega don komponentlaridan shunday nisbatlarda olish kerakki, natijada standart talablarga javob beradigan un mahsuloti hosil bо‘lsin. Don tozalash bо‘limida turli texnologik hususiyatli donlarni alohida oqimlarga ajratish va maydalashdan oldin qо‘shib yuborish aralashtirishning yuqori samarasini beradi. Bunga erishish uchun katta korxonalarda ikkita-uchta don tayyorlov oqimlari tashkillashtirilib, ularning xar biriga optimal texnologik sharoit yaratiladi. Kichik korxonalarda esa bitta oqimda yoki ketma-ket tarzda turli don pariyalariga ishlov beriladi va dimlanish bunkerlaridan sо‘ng qо‘shib yuboriladi.
Qayta ishlashga kelib tushayotgan don partiyasidan tо‘liqsiz donlarni (yetilmagan, puch) begona aralashmalarni, yovvoyi ekin urug‘lari va metallomagnit aralashmalarni ajratib olish donni un tortishga tayyorlashdagi asosiy vazifa hisoblanadi. Donlarning texnologik hususiyatlarini yaxshilash, tayyor mahsulotning sifatini kо‘tarish va yuqori navli unlar miqdorini oshirish maqsadida donlarga gidrotermik ishlov (GTI) beriladi. GTI berishda donlar namlanib, dimlanish jarayonlaridan о‘tkaziladi.
Don tozalash bо‘limida donlar texnologik tuzim bо‘yicha ketma-ket о‘rnatilgan uskunalardan о‘tishi orkali tozalanadi. Buda muhim don oqimini tо‘xtovsiz ravishda harakatlanishi don tozalash bо‘limini yuqori samara bilan ishlashga xizmat kiladi. Don oqimini miqdorini nazorat qilish uchun texnologik tizimning boshi va oxirida tarozilar о‘rnatiladi.
Don massasi tarkibidagi aralashmalar asosiy dondan geometrik о‘lchamlari (uzunligi, eni, silinligi) zichligi, aerodinamik va metallomagnit hususiyatlari bilan farq qiladi. Bu aralashmalardan tozalash uchun turli xil don tozalash uskunalari qо‘llaniladi. Don massasini asosiy don va aralashmaga mexanik tarzda ajratish separatsiyalash deb ataladi. Don massasini aralashmalardan samarali tozalash uchun quyidagi separatsiyalash usullrai qо‘llaniladi:


Yüklə 145 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin