Iqtisodiyotning barcha sohalarida, shuningdek, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning hamma fazalarida ishchi kuchi eng faol omil hisoblanadi



Yüklə 15,42 Kb.
tarix20.09.2022
ölçüsü15,42 Kb.
#117888
mustaqil ish


Kirish
Iqtisodiyotning barcha sohalarida, shuningdek, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning hamma fazalarida ishchi kuchi eng faol omil hisoblanadi. Chunki boshqa hamma omillar ishchi kuchi yordamida harakatga keltiriladi, ulaming qiymatlari saqlab qolinib, yangi mah­ sulotga o‘tkaziladi, yangi mahsulot yangi qiymat shu ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonida ishchi kuchi tomonidan yaratiladi. Shu sababli mamlakat miqyosida ishchi kuchining mazmuni, tarkibi, ishchi kuchi bozorini o‘rganish muhim ahamiyatga egadir. Ushbu bob ishlab chiqarishning shaxsiy omili va jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi bo‘lgan ishchi kuchini takror hosil qilish hamda uning xususiyatlari bilan bogliq muammolar bayon qilish bilan bosh- lanadi. Ishchi kuchi bozori va ishsizlik muammolari batafsil qarab chiqiladi. Shuningdek, ishsizlikning turlari va uning darajasini aniqlash usullari, ishsizlami ijtimoiy himoyalash kabi masalalarga ham e’tibor qaratiladi.

Xulosa
Ishchi kuchini takror ishlab chiqarish jarayonini tadqiq etish uning miqdoriy va sifat jihatlarini ajratishni taqozo etadi. Ishchi kuchining miqdori mamlakat aholisining mehnat faoliyatiga layoqat­


Li bo‘lgan qismi orqali ifodalanib, u ishchi kuchi resurslari deb ham ataladi. Ishchi kuchining sifati uning tarkibining zamon talablari ji­ hatidan ijtimoiy ishlab chiqarish ehtiyojlariga muvofiqligi darajasini
Namoyon etadi. Ishchi kuchining sifati uning ma’lumot, kasbiy tay- yorgarlik, malaka, ish tajribasi darajalari kabi ko‘rsatkichlar orqali ifodalanadi. Ishchi kuchini takror hosil qilish insonning jismoniy kuchlari
Va aqliy qobiliyatlarini uzluksiz qayta tiklab va ta’minlab turish, ular­ ning mehnat malakasini muttasil yangilab va oshirib borish, umumiy bilim va kasbiy darajasi o‘sishini ta’minlash demakdir. Ishchi kuchi migratsiyasi murakkab jarayon bo‘lib, turli omil­
Lar ta’siri ostida ishchi kuchining bir hududdan boshqa bir hududga ко‘chib o‘tishini bildiradi. Migratsiya ikki darajada, ya’ni mamlakat ichida va xalqaro darajada ro‘y berishi mumkin.
iqtisodiyotning barqarorligi va sog‘lomligini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlardan biri ishsizlik darajasi hisoblanadi. Biroq, har qanday mamlakatda doimiy ravishda ma’lum darajada ishsizlik mavjud bo‘ladi. Umuman olganda, mehnatga layoqatli bo‘lib, ishlashni xoh- lagan, lekin ish bilan ta’minlanmaganlar ishsizlar deyiladi. Namoyon bo‘lish xususiyati va vujudga kelish sabablariga ko‘ra ishsizlik frik­ sion, tarkibiy, siklik, institutsional, texnologik, hududiy, yashirin va turg‘un ishsizlik turlariga bo‘linadi.
«to‘la bandlik» tushunchasi iqtisodiyotda ishsizlikning mutlaq mavjud bo‘lmasligini bildirmaydi. Chunki, friksion va tarkibiy ishsiz­ likning bo'lishi tabiiy hisoblanadi, shu sababli to‘la bandlik ishchi kuchining 100 foizdan kam qismini tashkil qiluvchi miqdor sifatida aniqlanadi. Aniqroq aytganda, to‘la bandlik sharoitida ishsizlik dara­ jasi friksion va tarkibiy ishsizlar soniga teng bo‘ladi. Siklik ishsizlik nolga teng bo‘lganda to‘la bandlik sharoitidagi ishsizlik darajasiga erishiladi. To‘la bandlik sharoitidagi ishsizlik darajasi ishsizlikning tabiiy darajasi deb ataladi. Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari uning ta’sirida ishlab chiqaril- may qolgan mahsulot hajmi orqali baholanadi. Iqtisodiyot ishlashni xohlagan va ishlay oladigan barcha uchun yetarli miqdorda ish joyla-
Rini yaratish holatiga ega bo‘lmasa mahsulot ishlab chiqarish poten­ sial imkoniyatining bir qismi yo‘qotiladi. Iqtisodiy adabiyotlarda bu yo‘qotish yalpi ichki mahsulot (yalm) hajmining orqada qolishi sifa­ tida aniqlanadi hamda u haqiqiy yalmning potensial yalmdan kam bo‘lgan hajmi sifatida ko‘rinadi. Ishsizlik darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, yalm hajmining orqada qolishi shunchalik katta bo‘ladi.
Yüklə 15,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin