MADANIYAT TSHUNCHASI UNING MOHIYATI STRUKTURASI VA FUNKSIYALARI
REJA:
Kirish
1.Ma’naviyat qalb quyoshi
2.Madaniyat tushunchasi va uning mohiyati
3.Yuksak ma'naviyat millat kelajagi
Xulosa
Adabiyotlar
Kirish
Ma’naviyat qalb quyoshi, aql chashmasi, ichki dunyo gо‘zalligidir. Insonning insonligi, о‘zligini qay darajada topganligi uning ma’naviyati bilan belgilanadi.
Mustaqillik yillarida ma’naviyatni shakllantirishga katta e’tibor berila boshlandi. Ma’naviyatimiz sarchashmalari bо‘lgan qadimiy yodgorliklarimiz, ma’naviy ozuqa beruvchi kitoblarimiz, buyuk ajdodlarimizga munosabat tubdan о‘zgardi. Ammo, ikkinchi tomonidan Abdurauf Fitrat «Ovrо‘palik alvasti», deya ta’riflagan «ommaviy madaniyat» turli vositalar orqali yoshlar о‘rtasida urf bо‘lmoqdaki, bu ma’naviyat yо‘lidagi о‘zgarishlarga soya solmoqda. Eng dahshatlisi, yoshlarni bora-bora ma’naviyatsizlikka duchor etmoqda. Keling, ma’naviyatimizga daxl qiluvchi omillarga kо‘z tashlaylik.Jumong bizga ibratmi?Bugun о‘zbeklar eng kо‘p serial kо‘ruvchi xalqqa aylandi, desam mubolag‘a bо‘lmas. Bunda telekanallarimizning xizmati beqiyos. Seriallar asosan Koreya, Turkiya, Lotin Amerikasi mamlakatlarinikidir.
Madaniyatning paydo bulishi va rivojlanishi kishilik jamiyatining eng kadimiy boskichlariga borib takaladi. Madaniyat insonning kelib chikishi bilan uzviy boglikdir. Madaniyat tarixi jamiyat tarixining ajralmas bir kismidir. Shuning uchun xam vujudga kelishi va rivojlanishi jamiyat tarixidan, jamiyat ijtimoiy-iktisodiy munosabatlaridan, moddiy boyliklar va ishlab chikarish usulidan ajratib olish mumkin emas.
Madaniy tarakkiyotning umumiy konuniyatlaridan biri - uning tuxtovsiz ravishda boyib borishi va rivojlanishidan iboratdir. Madaniyat tarakkiyotida moddiy ishlab chikarishning rivoji asos buladi. Ijtimoiy -iktisodiy tuzumlarning ishlab chikarish usullarining almashinuviga karab madaniyat xam sifat jixatdan uzgarib boradi. Jamiyatning tarakkiy etishi madaniyatning uzgarishini talab kiladi, madaniyatning yangilanishi esa uz navbatida jamiyatning tarakkiy kilishiga sabab buladi.
Barcha moddiy va ma’naviy madaniyat durdonalari – inson akl-idroki, iste’dodi va mexnati maxsulidir. Xalk ommasi madaniyat ijodkorigina emas, balki uni tuxtovsiz ravishda boyituvchi, rivojlantiruvchi, avloddan-avlodga yetkazib turuvchi xamdir.
Xar bir ijtimoiy tuzum tarakkiyotida madaniyat uziga xos belgi va xususiyatlarga ega. Kishilik jamiyatining xar bir tarixiy boskichi uz madaniy boyliklarini yaratadi va shu tarika boshkasidan farklanib turadi.
Markaziy Osiyo xalklarining madaniyat juda kadimiy bulib, uning tarixi bir necha ming yillarni uz ichiga oladi. Xalkimiz madaniyati xam jaxon madaniyatiga yonma-yon yuzaga kelgan va rivojlangan. Bironta xam madaniyati, uz mamlakati doirasidagina, tor milliy bikiklikda emas, balki boshka xalklar madaniyati bilan uzaro alokada rivojlanadi. Uzbek xalk madaniyati fakat milliy asosda emas, shu bilan birga umuminsoniy madaniyatlar ta’sirida xam rivojlanadi.4
Shu boisdan xam mamlakat Prezidenti Islom Karimov «Uzbekistonning uz istiklol va tarakkiyot yuli» asarida ma’naviy madaniyatli insonlarni tarbiyalashga jiddiy e’tibor karatdi. Yangi demokratik ta’lim tizimida 1) ukuvchi shaxsining ma’naviy madaniyati xozirgi davrda insoniyat erishgan yutuklar suyanishiga asoslanib kurilmogi, 2) ma’naviy madaniyatni shakllantirishga milliylikdan yirok va unga zid unsurlardan voz kechmok zarur.
Madaniyat shaxs kamolotiga moddiy (texnik, ishlab chikarish tajribasi, moddiy boyliklar) va ma’naviy (fan adabiyot, san’at, maorif, din, umuminsoniy va milliy ma’naviy - ruxiy kadriyatlar) jixatdan ta’sir etadi. Moddiy va ma’naviy madaniyatning uzaro alokasi va uzaro ta’siri natijasida aklan yetuk, axlokan barkamol, jismonan soglom, dunyokarashi keng, yaxlit shakllangan shaxs tarkib topadi. Jamiyatning moddiy madaniyati uning ma’naviy madaniyati ta’sirisiz, inson ongi va faoliyatidan tashkarida yaratilmaydi. Inson biror moddiy boylik yaratar ekan, avvalo uning kurilishi, ishlab chikarish jarayoni va ta’lim-tarbiyaviy natijasini uz ongiga tasvvur etadi, amaliy axamiyatini oldindan kura biladi. Shu jarayon ma’naviy manbalarni yaratishga xam tegishli.
Moddiy xayot bilan ma’naviy xayot dialektik ravishda boglangan. Moddiy xayot birlamchi, chunki inson ma’naviy muammolar bilan shugulllanishdan oldin moddiy extiyojlarini kondirgan bulishi kerak. Binobarin, ma’naviy xayot ikkilamchi, chunki u moddiy xayotning kishilar ongidagi in’ikosidir.
Tarix haqidagi bu seriallar yoshlarda jangarilikni shakllantirmoqda, desak xato bо‘lmaydi. Serialdan sо‘ng qо‘liga yasama xanjar va kamon olib, bir-biriga tajovuz qilayotgan bolalarni kо‘rib, bu serialning natijasi ekanini bilish unchalik qiyin bо‘lmasa kerak. Ayrim seriallar tо‘qima va uydirmalardan iborat, xolos. Qabila boshlig‘ining urushga yuz minglab askarlarni jо‘natgani og‘zining bir chekkasidan chi-qib ketadi. Vaholanki, voqea bundan bir yarim ming yil oldin sodir bо‘lmoqda. Yuz minglab qо‘shinga uchta qit’ani zabt etgan bizning buyuk bobokalonimiz Amir Temur singari sarkardalargina ega bо‘lgan. Serial voqealari kechayotgan davrda bunday qо‘shinga ega bо‘lish ahmoqning og‘zida edi. О‘tgan yillari nihoyasiga yetgan “Sheryurak” serialida Kо‘kturklar qabilasi tilga olinadi. Serial ishqibozining aytishicha, ular oqibatda koreys qabilalariga qaram bо‘lib qolibdi, umuman, Kо‘kturklar qabilasi ishqibozlar uchun salbiy taassurot qoldiribdi. Tariximizni bilgan, asli kimligimizni anglagan odamning bu holatdan fig‘oni falakka yetsa arziydi. Katta hududdagi Turk hoqonligiga asos solgan Enasoy va Tangut tomonlarga qо‘shin tortgan Kо‘kturklar bilan tarixiy ildizlarimiz bir, qolaversa, biz ularning avlodlarimizku! Odam о‘zligidan ham nafratlanishi mumkinmi? Bizni о‘zligimizdan uzoqlashtirayotgan shu seriallar emasmi? О‘z ajdodlarimiz qolib tarixda yashagani noma’lum bо‘lgan De Jo Yong, Jang Bogolarga taqlid qilib yursak, holimizga yana kimlar yig‘laydi. Klipmi yo qiliq?Biz bunda yengil-elpi klipli qо‘shiqlarni nazarda tutmoqdamiz. Bularda musiqadan tortib klipgacha G‘arbga taqlidni kо‘rishimiz mumkin. Avvalo, qо‘shiq tinglanadi, musiqa unga jо‘r bо‘ladi. Ohang va sо‘z orqali qalb junbushga keladi. Biz nazarda tutayotgan qо‘shiqlar esa kishida yoqimli his emas, hirs uyg‘otadi. Tо‘g‘rirog‘i, ularni eshitib bо‘lmaydi, kо‘rish esa xavfli. Bunday klip va qо‘shiqlar xudo yuqtirgan dard, iste’dod tufayli qо‘liga soz olganlardan emas, о‘zini shou-biznes bozoriga urganlar va ularga о‘xshagan shoir, bastakor, klipmeykerlardan hadya etiladi. Xо‘p, san’atda о‘zgarishlar bо‘lishi kerakdir, lekin har qanday о‘zgarish va uslubning paydo bо‘lishiga ma’lum tarixiy vaziyat, san’atni boshqacha tushunish ehtiyoji sabab bо‘ladi. Shunday ekan, yengil yelpi kliplarning paydo bо‘lishiga qanday sharoit sabab bо‘ldi? Bu G‘arb-ga quruq taqlidning о‘zi emasmi? Bola-chaqali, uyli-joyli xonandaning yumshoq о‘rindiqqa yotib olib, oshig‘ini yoniga chorlashidan qanday xulosa chiqarish mumkin? Butun klip davomida 10-15 xil yarim yalang‘och kiyimdagi qizlarning “raqsi”dan nima kо‘zlanyapti? Yuqorida ta’kidlaganimizdek, ular faqat hirs uyg‘otadi, ma’naviy buzuqlikka undaydi. О‘zbeklarda ilk о‘pishish sahnasi “О‘tgan kunlar” badiiy filpmida olingan. Unda Otabek Kumushdan beg‘ubor bо‘sani nikohdan sо‘ng, jufti haloliga aylangandan keyin olgan edi. Sevgi ikki kishining yurak mayli. Bо‘sa – sevgi ramzi. Shunday ekan, uni hammaga kо‘z-kо‘z qilishning nima keragi bor. Aksariyat kliplardagi shaharning qoq markazida bir-biriga “yopishib” turgan “oshiq”lardan qanday ibrat olish mumkin? Biz bugungi yoshlar bir narsani unutmasligimiz kerak. Yalpi madaniyat hech qachon yaxshilikka olib kelmaydi. Dunyo ahlining G‘arb madaniyatini mutlaq о‘zlashtirish bilan emas, о‘z milliy sharqona madaniyatimizni qay darajada saqlaganimiz bilan lol qilishimiz mumkin. О‘zgarishlarga intilar ekanmiz, milliy ildizdan uzoqlashmasligimiz kerak.Shrek bu – Shiroq emasMulptfilpmlar eng kо‘p muxlisga ega bо‘lgan san’at turi, desak xato bо‘lmas. Ularni yetti yoshdan yetmish yoshgacha barcha birdek kо‘radi. Chunki uning ichida adabiyot bor, ezgulikka chorlovchi motivlar bor. Lekin bugungi kundagi barcha multfilmlarni shunday xarakterga ega, deb aytolmaymiz. G‘arb-dan kirib kelayotgan aksariyat multfilmlar bolalarda xudbinlik va takabburlikni shakllantirmoqda. Bir necha yillar “Shrek” multfilmi bolalarning sevimli filpmiga aylangan edi. Bunga sabab qilib uning “antiqa” tarjimasini misol keltirish mumkin. Multfilmning “mahoratli” tarjimoni Shrekni Shiroq, deya о‘zbekchalashtirgan. Bir qarashda bu oddiy tuyular, lekin yillar о‘tib u bizning fojeamiz bо‘lib chiqadi. «Shiroq»ni tomosha qilgan bolalar maktab partalarida haqiqiy Shiroqning afsonasini о‘qidilar. Vatan ozodligi yо‘lida quloq burnidan ayrilgan, mardlarcha halok bо‘lgan Shiroqni bolalar multfilmlardagi badburush maxluqdek tasavvur qildilar va о‘shanday tasvirladilar. Birinchi tasavvurdan voz kechish qiyin ekan. Enda о‘qituvchi dardini kimga aytsin. Mana sizga oddiy mulpt-filpmning oqibati.Telyefonda “olabuji”!
Biz demokratik mamlakatda yashayapmiz. Fan-texnikaning barcha yutuqlaridan foydalanish bizning konstitusiyaviy huquqimizdir. Lekin har qanday kashfiyotning foydalanish tartibi, madaniyati bо‘ladi. U insonlarga manfaat bersagina haqiqiy kashfiyot sanaladi. Internet bu borada olamshumul qulaylik tug‘dirdi. Lekin undan notо‘g‘ri foydalanish bir qancha noxushliklarga olib kelmoq-da. Internet xalqaro о‘rgimchak tо‘ridir. Undan “ma’naviyat”, degan antivirussiz foydalanganlar tо‘rga о‘ralashib, nobud bо‘lishlari mumkin. Bugun ma’naviyatimizga tahdid qiluvchi viruslar ongimizga internet orqali kirib kelmoqda. Undan turli ma’lumotlar, pornografik surat va filpmlarni kо‘rish va kо‘chirib olish orqali kishilar ongida maishiy buzuqlikka moyillik, vahima singari yomon illatlar paydo bо‘lmoqda. Bizning doimiy hamrohimiz bо‘lgan qо‘l telyefonlarimizga internet “mahsulotlari”ni joylash orqali yuqoridagi illatlarning keng quloch yoyishiga sharoit yaratilmoqda. Bugun ayrim yoshlarimiz yuz-kо‘zida biror о‘zgarishsiz har xil ur-yiqitlarni tukini qimirlatmay tomosha qilmoqda. Ularga jirkanish, achinish, rahm-shafqat tuyg‘ulari begonalashib bormoqda.
Madaniyat – eng umumiy tarzda inson va jamiyatning uzgaruvchanlik faoliyatining barcha turlari xamda shu faoliyat natijalarining majmuidir. Madaniyat jamiyat va inson tarakkiyotining muayyan bir darajasi, kishilar xayoti va faoliyatining turli kurinishlarida, ular yaratadigan moddiy va ma’naviy boyliklarda ifodalanadi. Madaniyat tushunchasi muayyan tarixiy davrlar, ijtimoiy-iktisodiy tuzumlar, muayyan jamiyatlar, elat va millatlar tarakkiyoti, moddiy va ma’naviy xayot darajasini, inson faoliyati yoki turmushini izoxlash uchun kullaniladi.
Ma’naviy madaniyatning kamrovi bexad keng bulib, u insonlar tomonidan yaratilgan ma’naviy boyliklarni, ijtimoiy ongning ilmiy, badiiy, xukukiy, diniy, axlokiy, falsafiy va boshka shakllarini, tafakkurning barcha shakllari va dunyokarashning butun soxasini, jamiyatdagi goyalar va ta’limotlarni, badiiy asarlar, estetik karashlarni xam kamrab oladi. Bundan tashkari ma’lumot berish, ta’lim-tarbiya, falsafa, din, xukuk, etika, estetika, san’at va adabiyot singarilar xam ma’naviy madaniyatiga kiradi. Ma’naviy ishlab chikarish jarayonida siyosiy va xukukiy mafkura, falsafa, axlok, san’at soxasidagi va boshka boyliklar yaratiladi. Ma’naviy boyliklar olimlar, musavvirlar, bastakorlar, shoir va yozuvchilar, nazariyotchilar, xullas, xalk ommasi tomonidan yaratiladi va iste’mol kilinadi. Ma’naviy boyliklar avloddan-avlodga bir tuzumdan ikkinchi tuzumga meros sifatida utadi va jamiyat tarakkiyotiga katta ta’sir kursatadi.
Shaxs va jamiyat xayoti xamda rivojlanishi moddiy ishlab chikarishga kay darajada boglik bulsa, u ma’naviy madaniyatning boy va sermazmun bulishiga shu darajada ijobiy ta’sir kiladi. Aksincha, ma’naviy xayot va boyliklar kanchalik yuksak tarakkiy etgan bulsa, jamiyatning moddiy tarakkiyoti uchun shunchalik keng imkoniyatlar ochiladi.5
Shaxs tashki olam vokea va xodisalarni akl, idrok ruxiy xolat ichki kayfiyatlar orkali kabul kilib olishi jarayonida ma’naviy madaniyat tashkil topadi. Yuksak ma’naviy madaniyatli insonda vatanga muxabbat samimiy dustlik insonparvarlik, mexnatsevarlik, mustaxkam e’tikod, imon, nafosat, axlokiy madaniyat singari fazilatlar mujassamlashadi. Uning sifat darajasi kishilarning umuminsoniy va milliy kadriyatlarga, xalkning ma’naviy merosiga bulgan munosabatlarida namoyon buladi. Ma’naviy madaniyatning negizi xisoblangan umuminsoniy va milliy kadriyatlar shaxsning ijtimoiy tuzumi ustkurmalariga munosabati, turli ma’rifiy-madaniy goyalar, tushunchalar, karashlar tasavvurlar tizimining maxsulidir. Ma’naviy madaniyatning moxiyatini namoyon etuvchi obyekt shaxs xisoblanadi.
Ma’naviy madaniyatning asosiy belgilari insonning ichki va tashki dunyosida namoyon buladi. Shaxsning ichki ma’naviy dunyosi: ma’naviy extiyoj, ma’naviy kizikishi, ma’naviy faoliyati va ma’naviy kadriyat kabi asosiy belgilar tizimidan iborat bulib, ular uzaro bir-biri bilan boglikdir. Shaxsning ma’naviy extiyoji ma’naviy kizikishni vujudga keltiradi, u shaxs faoliyati jarayonida namoyon buladi va natijada ma’naviy kadriyat extiyojning paydo bulishiga asos buladi. Ma’naviy rivojlanishning bu aylanish davri uzluksiz davom etadi.
Shaxs ma’naviy extiyoji kup jixatdan jamiyatning ma’naviy, moddiy tarakkiyoti darajasiga boglik ravishda namoyon buladi. Bu extiyoj adabiyot va san’atga, ta’lim va tarbiyaga nisbatan kizikishni yanada oshiradi. Jamiyatning madaniy xayoti, xalkning ma’naviy talabi va kizikishlarini kondira olmasa, bu narsa jamiyat a’zolarining moddiy va ma’naviy faoliyatiga salbiy ta’sir kursatadi. Bundan shaxs ma’naviy madaniyati uning keng tarmokli manbalari vositasida shakllanadi, degan xulosa kelib chikadi.
Faylasuf olimlarning fikrlaricha, shaxs ma’naviy madaniyatini shaklalntirishga ta’sir etuvchi manbalar: fan adabiyot san’at maorif va din bulib ular uzaro alokadorlikda uning ongi va faoliyatiga ta’sir etadi. Demak, ma’naviy madaniyatni shaklantirish manbalari: 1) Fan 2) adabiyot 3) San’at 4) Maorif 5) Din 6) Ma’rifat 7) Ijod 8) Ma’naviy-ruxiy kadriyatlar.
Ma’naviy manbalarni urganish jarayonida shaxsning yangi-yangi ma’naviy extiyojlari paydo buladi. Shu extiyojlarni kondirishga xarakat kilish esa shaxsda uz oldiga kuygan maksad va vazifalarni amalga oshirishga intilishni, izlanishni takozo etadi.
Ma’naviy manbalardan eng zarur va eng foydali istikbolli fikrlar kuyidagilardan iborat buladi.
Ma’naviy madaniy manbalarining tarixiyligi, izchilligi va uzviyligi.
Ma’naviy madaniyat manbalarining xalkchilligi, insonparvarligi.
Moddiy va ma’naviy boyliklarning uzaro alokadorligi va uzaro ta’siri.
Manbalarning xayot va turmush bilan boglikligi.
Umuminsoniy, milliy kadriyatlarning insonparvarlik, vatanparvarlik milliy xarakter kabi koidalarga suyanishi talab etiladi.
Madaniy meros - bizning moddiy va ma’naviy boyligimiz. Bu bebaxo jaxon ganjiga bergusiz xazinani ajdodlarimiz bizga meros koldirgan. Bizning vazifamiz shu ulkan merosni asrab-avaylab kelajak avlodlarga yetkazishdir. Islom Karimov «xalkimizning tayanchi –ajdodlarimiz koldirgan ma’naviy merosning uzi bir xazina. Bu xazinadan okilona foydalanish lozim. Ajdodlar vasiyatiga sodik va munosib bulmogimiz kerak» degan edi.
Madaniy merosni baxolashda, umuman madaniy siyosatning konseptual asoslarini yaratishda kuyidagi 4 mezonga tayanish kerak: 1) insonparvarlik 2) tarakkiyparvarlik 3) xalkchillik va 4) vatanparvarlik. Madaniy merosni baxolashda xalk baxosi eng ishonchlidir. Xalk uz madaniy merosini tulik urganish imkoniyatiga ega buladi. Madaniy merosni urganishdan maksad utmishga siginish emas, balki utmishga suyanib, undan foydalanib olga siljish, rivojlanishning yangi boskichiga chikishdir.
Uzbekiston uz mustakilligini kulga kiritgandan sung ma’naviyat va madaniyat masalalariga juda katta e’tibor bera boshladi. Madaniy meros va kadriyatlarni targib kilishda kuyidagi ijtimoiy-madaniy muassasalarning urni katta albatta:
Xalk ta’limi tizimi
Ommaviy axborot vositalari tizmi
Doimiy va kuchma madaniy-ma’riviy muassasalar va boshkalar.
Bularning xar biri xakida aloxida tuxtalish mumkin. Masalan, 1997 yil 29 avgustda, Oliy Majlisning 9-sessiyasida «ta’lim tugrisida» gi Konnun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ning kabul kilinishi katta tarixiy axamiyatga molik buldi. Shuningdek, 1997 yil 25-26 dekabrda «Ommaviy axborot vositalari tugrisida»gi Konun kabul kilindi.
Uzbekiston Respublikasi Prezidenti madaniy meros va kadriyatlarni targib kilishni yanada yaxshilash uchun bir kator Farmon va karorlar kabul kilishda bosh-kosh bulmokda.
Jumladan:
1994 yil 23 aprelda «ma’naviyat va ma’rifat» markazining jamoatchilik asosidagi respublika bulimi tuzildi.
1996 yil 9 sentabrda Uzbekiston Respublikasi Prezidentining «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish tugrisida» gi Farmoni kabul kilindi.
1996 yil 27 sentabrda Vazirlar Maxkamasining «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi koshidagi «Oltin meros» xalkaro xayriya jamgarmasini kullab-kuvvatlash tugrisidagi Karori kabul kilindi.
1996 yil 31 dekabrda Uzbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublikada musikiy ta’limni, madaniyat va san’at ukuv yurtlari faoliyatini yaxshilash tugrisida»gi Farmoni kabul kilindi.
1997 yil 8 yanvarda Prezidentning «Uzbekiston milliy raks va xoreografiya san’atini rivojlantirish tugrisida»gi Farmoni kabul kilindi.
1997 yil 23 yanvarda Uzbekiston respublikasi Prezidentining «Uzbekiston badiiy akademiyasini tashkil etish xakida» gi Farmoni kabul kilindi.
1996 yil 7 mayda Uzbekiston Respublikasi Prezidentining «Uzbekiston ijtimoiy tarakkiyotida televideniye va radioning rolini oshirish chora-tadbirlari tugrisida»gi Farmoni kabul kilindi.
1998 yil 12 yanvarda Uzbekiston Respuublikasi Prezidentining «Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish tugrisida»gi Farmoni kabul kilindi.
1998 yil 13 yanvarda Vazirlar Maxkamasining «Alpomish» dostoni yaratilganligining 1000 yilligini nishonlash tugrisida»gi Karori kabul kilindi.
1998 yil 24 iyulda Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining «Ma’naviy-ma’rifiy isloxotlarni yanada chukurlashtirish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari tugrisida» gi karori kabul kilindi.
1999 yil 15 aprelda «Arxivlar tugrisida»gi konun kabul kilindi.
Umuman Prezident Islom Karimov ilgari surgan fikr va goyalarning ilmiy, nazariy, amaliy tadkikot saboklarida ma’naviyatning kuyidagi tarkibiy kismlari aniklandi:
Madaniy – ma’rifiy yuksalish:
ijtimoiy-didaktik tarakkiyot:
falsafiy-pedagogik usish:
iymon-e’tikodning butunligi:
milliy axlok - odob meyorlariga tula rioya kilish:
ilm- ma’rifatli bulish:
insonparvarlik vatanparvarlik, xalkparvarlik, adolatparvarlik:
milliy kadriyatlarga muxabbat:
fidoyilik, mardlik, jasurlik, tashabbuskorlik
poklanish:
islom diniga e’tikodlilik6
Vatan va xalk mustakilligini doimiy ravishda ximoya kilish va unga xizmat kilish:
Ajdodlar va ularning merosiga chukur xurmat va shu kabilar.
Prezidentning 1998 yil 12 yanvarda «Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish tugrisida»gi Farmonidan kuzlangan maksadlardan biri respublikamizdagi barcha muzeylarni yagona bir oilaga birlashtirish ya’ni ular faoliyatini boshkaruvchi raxbar organ yaratishdan iboratdir. Farmonda «Madaniyat ishlari vazirligi koshida muzeylarni kullab-kuvvatlash respublika «Uzbekmuzey» jamgarmasi tashkil etilsin» deyilishi muzeylar ravnaki uchun muxim omil buldi.
Muzey madaniyat kuzgusi, tarixiy, moddiy va ma’naviy yodgorliklarni tuplash, saklash, urganish va tashvik kilish kabi ishlarni amalga oshiruvchi ilmiy, ma’rifiy- manaviy maskan. U ekspozitsiya va kurgazmalar vositasida ilmiy tashvikot va ma’naviy tarbiya vazifasini bajaradi. Muzeylar ijtimoiy vazifalariga kura ilmiy-tadkikot, ma’rifat va ukuv muzeylariga yunalishi va kolleksiyalariga karab esa: tarmok (fan va san’atning biror soxasiga ixtisoslashgan) ulkashunoslik (muayyan ma’muriy xududning turli jabxalari majmuasini aks ettiruvchi) va me’morial (muxim tarixiy vokealar, atokli arboblarag bagishlangan) muzeylarga bulinadi. Yurtimizda zamonaviy tushunchadagi muzeylarning 122 yillik tarixi bor. 1876 yilda Toshkentda turli kolleksionerlar kulida tuplangan turli ashyolar tuplami asosida ulkashunoslik muzeyi (xozirgi Uzbekiston tarixi davlat muzeyi), 1918 yilda Uzbekiston davlat san’at muzeyi, 1937 yilda Toshkentdagi amaliy –san’at muzeyi 1941 yilda Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi kabi bir kator soxalarni yorituvchi muzeylar tashkil topdi.
Buyuk davlatlarning bugungi xamda istikboli madaniyat va ma’rifat xakida guvoxlik beruvchi muzeylarsiz tasavvur etish kiyin. Binobirin, Prezidentimiz Islom Karimovning «Uzbekiston XXI asr busagasida …….» kitobida ta’kidlaganidek: «Biron bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axlokiy kadriyatlarni rivojlantirmay xamda mustaxkamlamay turib uz istikbolini tasavvur eta olmaydi».
Xozirgi kunda «Uzbekmuzey» jamgarmasi tuzilgan.
Ayni paytda, muzey fondida 1 ming 324 ta ekspanat tuplangan (1. Xabibullayev N. Muzeylar xayotida yangi davr. Uzbekiston adabiyoti va sa’nati. 1998 yil 6 fevral ).
Ma’naviyat soxasidagi yutuklarmiz kuyidagilardan iborat:
1. « Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazining tuzulishi va unga yuklangan vazifalar mamlakatimiz ma’naviy xayotini jonlantirib yubordi.
Ma’naviyatga davlatning bosh vazifasi deb karash- bu soxaning yanada tarakkiy kildirishga zamin buldi. «Ma’naviy-marifiy» isloxotlar davlat siyosatining asosiy, ustivor yunalishi deb xisoblansin- deb kayd kilindi.
Barcha jabxadagi raxbarlar ma’naviyat bilan bevosita shugullana boshlashi- ma’naviyatni jonlantirishga imkoniyat yaratmokda. Ilgari shurolar davrida ma’naviyat bilan 3-raxbar (raxbarning uchinchi urinbosari) mafkura ishining bir kismi sifatida shugullanar edi. Kupgina MDX davlatlarida xozir xam shunday. Bizda esa ma’naviyat masalasi bilan birinchi urinbosar (UzR Vazirlar Maxkamasi Raisi) shugullanadi. Prezdentimiz esa barcha raxbarlarga namuna kursatib, «ma’naviyatning bosh xomiysi va ximoyachisi» deb e’lon kilindi.
Barcha soxalarda Ma’naviyat va ma’rifat masallari buyicha raxbarlarning maxsus birinchi urinbosarlari joriy kilinishi katta vokea buldi.
Respublikamizda amaliy kadriyatlarni tiklash buyicha jiddiy tadbirlar amalga oshirilishi muxim vokea buldi.
Madaniyat tushunchasi haqida о‘zining mustaqil fikr va mulohazalariga ega bо‘lgan talabalargina madaniyat muayyan xalqning har bir ijtimoiy tarixiy davrda yarata olgan hamda о‘zlashtira borgan moddiy hamda ma’naviy boyliklari majmui ekanligini tushuna boradi. Va о‘zining ana shu yo’nalishdagi tushunchalari mazmunida insoniyatning moddiy va ma’naviy madaniyatga mansub boyliklarni yaratish jarayoni oddiydan-murakkablikka, alohidalikdan-umumiylikka, rang-baranglikdan umummushtaraklikka о‘ta boruvchi uzluksiz jarayon ekanligini anglab yetadi. Qolaversa, talabalar о‘zlarining ana shunday malakalari asosida umumjahon madaniy taraqqiyoti jarayoniga mansub о‘ziga xos vorisiylikning mavjudligi, ayni shu asosda xalqlar, millatlar, madaniy jarayonida о‘ziga xos davomiylik, hamda ularning bir-birlariga ta’sir eta borishi kabi yo’nalishlardagi tushunchalarini ham yanada mustahkamlaydi.
Darhaqiqat, talabalarga madaniyat tushunchasi va uning mohiyati haqida yo’nalishlar berib borishda insoniyat tarixining muayyan bosqichida yaratilgan madaniyat о‘zidan oldingi bosqich-larda yaratilgan madaniyatdan farq qila borishi, keyingi davr madaniyatida о‘z davri taraqqiyotiga xos munosabatlar, tushuncha va qarashlar mujassamlasha borishi ta’sirida о‘zidan oldingi madaniyat yutuqlarini yanada rivojlantira borishi haqida ham ma’lumotlar beriladi. Shu boisdan ham jamiyatning ma’lum bir taraqqiyoti bosqichidagi madaniyat о‘zidan oldingi madaniyatga xos jarayonni kо‘r-kо‘rona qabul qilmasligi, balki ularni tanqidiy va ijodiy о‘zlashtira borishi haqidagi tushunchalarni ham о‘qituvchi dars jarayonida о‘qtira borish zarur. Chunki madaniyat insoniyat taraqqiyotining har bir davrida vujudga kela borgan ijtimoiy-tarixiy ehtiyojlar asosida vujudga kela boradi va taraqqiyotga xizmat qiladi.
Shu nuqtai nazardan kelib chiqib masalaga yondoshadigan bо‘lsak, madaniyatning ilk kо‘rinishlari insoniyat tarixining о‘sha yarim yovvoyilik davrilaridanoq moddiy ehtiyojlarni qondirish zaruriyatidan vujudga kela borganligini kо‘ramiz. Boshqacha aytganda odamzod о‘zining insoniylashuv jarayonini ham eng avvalo о‘zining tabiiy-moddiy ehtiyojlari manfaatiga kо‘ra moddiy ishlab chiqarishdan boshlanganligi va shu asosida u ma’naviy ishlab chiqarish uchun zarur bо‘lgan malaka va qobiliyatlarini egallay borganligini anglab yetadi. Shuning uchun ham moddiy madaniyat har qanday jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyasining har-bir bosqichida moddiy boyliklar majmuiga xos jamiyatning bazisi ekanligi, ma’naviy madaniyat esa, jamiyatning ma’naviy hayoti darajasiga xos ustqurtmasi ekanligini qayt etish mumkin.
Moddiy va ma’naviy madaniyatga xos munosabatlar aloqadorligini talabalarga yetkazishda masalaning nozik tomoni shundaki, ularning о‘zaro aloqadorligi va bir-biriga ta’sirini tahlil etgan-da moddiy madaniyat ma’naviy madaniyatga nisbatan birlamchi ruhdagi belgilovchilik ahamiyat kasb etadi, (Marksizm ta’limotidagidek) degan bir tomonlama xulosaga bormaslik kerak. Zero shunday xulosaga keladigan bо‘lsak, madaniyatning ijtimoiy-tarixiy jarayonidagi о‘rni va ahamiyatini tо‘g‘ri belgilay olmaymiz.
Kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyoti bosqichlarini madaniyat va jamiyat munosabatlari nuqtai nazardan tahlil etadigan bо‘lsak, ba’zan shunday holatlarni kuzatish mumkinki, ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida madaniyat jamiyatning umum ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidan ilgarilab ketishini, ayrim hollarda orqada qolishi mumkinligini kо‘ramiz. Masalan, Yevropa о‘yg‘onish davri madaniyati Yevropa umumijtimoiy taraqqiyotidan ancha ilgarilab ketgan edi. Shu boisdan ham Yevropada ilm va fanga mansub buyuk kashfiyotlar, ilg‘or g‘oyalar va nazariyalari vujudga kela borib о‘z davrida ijtimoiy taraqqiyotiga tо‘sqinlik qilib kelgan diniy mutaassiblikni inkor eta bordi va yangi kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarini vujudga keltirdi. Bu esa jamiyat ma’naviy hayotida insonparvarlik tushunchalari rivojiga keng yo’l ocha bordi.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda biz ma’naviyat va madaniyatga tahdid qiluvchi manbalarning ba’zila-rini sanab о‘tdik. Ular qatoriga turli reklama va maishiy buzuqlikni targ‘ib qiluvchi kitoblarni ham kiritish mumkin. Ular kundalik hayotimizda doimo biz bilan birga. Shuni ham unutmaslik kerakki, ma’naviyat masalasini quruq gap bilan hal qilib bо‘lmaydi. Uning uchun dо‘ppini boshdan olib obdon о‘ylanmoq kerak. Ma’naviy tahdidning yanada gazak olmasligi uchun barchamiz birdamlikda ma’naviy tahdidga qarshi kurashni oila muhitidan boshlashimiz kerak. Bu kurashda asosiy yuk ota-onalar va ziyolilar zimmasiga tushadi.
Dostları ilə paylaş: |