Mavzu: iste’molchilar tanlovi nazariyasi



Yüklə 3 Mb.
tarix11.11.2023
ölçüsü3 Mb.
#131697
istemolchi tanlovi


MAVZU: ISTE’MOLCHILAR TANLOVI NAZARIYASI
Reja:

  • Iste'molchi tanlovi va uning afzal ko`rishi

  • Iste'molchilarning xatti-harakatlariga xulq-atvor yondashuvlari

  • Befarqlik egri chizig`i va iste'molchi budjetining cheklanganligi

  • O’rnini bosish va daromad samarasi



  • Iste'molchi tanlovi va uning afzal ko`rishi

Odatda cheklangan mablag`lar va vaqtni qanday taqsimlash to'g'risida har kuni son-sanoqsiz qarorlar qabul qilamiz. Biz ovqatlanish uchun palovmi yoki gamburger sotib olamizmi? Yangi mashina sotib olamizmi yoki eskisini tuzatganimiz ma`qulmi? Daromadimizni bugun sarflaganimiz ma`qulmi yoki kelajakka jamg'arg`arishimiz?
Biz talab va istaklarimizni muvozanatlashtirib, hayotimizni belgilaydigan tanlovlarni qabul qilamiz. Ushbu individual tanlov natijalari avvalgi boblarda uchragan talab egri chiziqlari va narxlarning egiluvchanligi asosida yotadi. Ushbu bobda iste'molchilar tanlovi va o'zini tutishining asosiy tamoyillari o'rganib chiqilgan.
Bozor talabining shakllarini shaxslar o'zlarining eng afzal ko'rgan iste'mol tovarlari to'plamini izlash jarayoni bilan qanday izohlash mumkinligini ko'rib chiqamiz.
Iste'molchilarning xatti-harakatlarini tushuntirishda iqtisodiyot odamlar eng yuqori baho beradigan tovar va xizmatlarni tanlashi haqidagi g`oyani ilgari suradi. Iste'molchilar turli xil iste'mol imkoniyatlarini tanlash usulini tavsiflash uchun bir asr oldin iqtisodchilar foydali dastur tushunchasini ishlab chiqdilar.
1854 yilda nashr etilgan "Ijtimoiy almashinish qonunlari va jamoat savdosining keyingi qoidalari" kitobida Gossen marginal foydalilik nazariyasining asosiy tamoyillarini matematik jihatdan asoslab berdi. U Leon Valras, Uilyam Jevons va boshqa matematik maktab vakillarining nazariy va matematik konstruktsiyalarini taxmin qiladigan Gossenning ikkita qonunini ishlab chiqdi.
Gossenning ikkinchi qonuni: "Inson har qanday lazzat uchun sarf qilingan pulning oxirgi atomini bir xil miqdordagi zavq keltiradigan qilib har xil lazzatlanishlar o'rtasida ishlagan pulini taqsimlasa, u hayotdan maksimal darajada zavq oladi".
U eng muhim iqtisodiy jarayonlarni maksimal foydali dastur g'oyasi nuqtai nazaridan tushuntirdi. Ushbu qonunlar iqtisodiy munosabatlarga matematik nuqtai nazardan qaradi. Yozish tilining murakkabligi va ko'plab formulalar haddan tashqari ko'pligi tufayli uning kitobi oz sonli nusxada saqlanib qoldi. Gossen nazariyasi Avstriya maktabi bilan ba'zi umumiy metodologik tamoyillar bilan bog'langan. Gossen va Menger marjinal foyda va marjinal qiymat mavjudligidan kelib chiqdilar. Biroq, Gossen narxlar nazariyasini marginal foydalilik asosida, Menger esa marjinal qiymat asosida barpo etdi, bu ularning iqtisodiy nazariyaga yondashuvlarini tubdan ajratib turadi.
Iste'molchi tanlovi nazariyasida uch qoida (postulata) amal qiladi:

  • Iste'molchilar barcha ne`matlarni klassifikatsiya qiladi va bir-biri bilan solishtira oladi.ya`ni, ular bozorda mustaqil va xech kimga bog`liq emas.

  • Iste'molchi xohishi tranzitivdir (o`zgaruvchan). Agar iste`molchi A majmuani B ga nisbatan ko`proq xoxlasa va B majmuani C majmuadan ko`ra ko`proq xoxlasa, unda u A majmuani C majmuaga nisbatan ko`proq xoxlagan bo`ladi, ya`ni:

A > B; B > C bo`lsa, demak A > C

  • To`yinmaslik, Iste'molchi bozorda o‘z etiyojlarini to‘laroq qondirishga harakat qiladi, ya`ni, har doim ne`matning ko`proq qismini kamroq qismidan afzal ko`radi.

Iste‘molchi o‘zining didi va ruhiyatiga ko‘ra turli xil tovarlar to‘plamini ma‘qul ko‘rishi mumkin. Bunda u tovarlarning ma‘lum bir to‘plamini boshqa biriga taqqoslab ko‘radi. Iste‘molchi tanlovini tushuntirishda befarqlik egri chizig‘i muhim rol o‘ynaydi. Muqobil tanlov quyidagi shartlarni keltirib chiqaradi:
birinchidan, tanlov nuqtasining byudjet chizig‘ida yotishi. Iste‘molchi amalda barcha daromadini iste‘molga sarflamay, ma‘lum qismini kelgusidagi iste‘molga qoldirsa-da, nazariy jihatdan biz uni barchasi sarflanadi, deb faraz qilamiz. Agar nuqta byudjet chizig‘idan chapda yotsa – daromadining to‘liq sarflanmaganligini, o‘ngda yotsa – sarflar imkoniyat darajasidan chetga chiqilganligini tushunamiz;
ikkinchidan, tanlangan iste‘mol tovarlari to‘plami eng ma‘qul ko‘rilgan kombinatsiyada bo‘lishi lozim.

1-chizma. Iste’molchining optimal tanlovi
Chizmada uchta befarqlik egri chizig‘i ifodalangan bo‘lib, ular iste‘molchiga turli darajadagi qoniqish beradi: I3 – eng yuqori darajadagi qoniqish; I2 – o‘rtacha qoniqish; I1 – eng kam qoniqish. Har bir egri chiziqda iste‘molchi tanlovini ifodalovchi bittadan nuqta joylashgan: I1 da – C; I2 da – D; I3 da – F nuqtalar. C va D nuqtalar bir hil byudjet chizig‘ida joylashganligi uchun ikkala kombinatsiyaga ham bir hil byudjet sarflanadi. Iste‘molchining C nuqtani tanlashi oqilona emas, chunki D nuqta unga nisbatan ko‘proq ehtiyojni qondiradi; F nuqta ehtiyojni to‘laroq qondirishi mumkin, biroq u byudjet imkoniyatidan tashqariga chiqish hisoblanadi. D nuqtada iste‘molchi ehtiyojlarining qondirilishi maksimumlashadi, chunki bu nuqta ehtiyojlarning yuqori darajada qondirilishini ta‘minlovchi tovar va xizmatlar to‘plami eng ko‘p qoniqish beruvchi befarqlik egri chizig‘ining byudjet chizig‘i bilan kesishgan joyida yotadi. D nuqta ayni paytda byudjet chizig‘ining va befarqlik egri chizig‘i joylashishining bir xil darajasini ko‘rsatadi. D nuqtada byudjet A va B tovarlar narxlari nisbatiga teng, befarqlik egri chizig‘ida esa A va B tovarlar so‘nggi qo‘shilgan nafliliklari nisbatiga teng.
Bundan kelib chiqib quyidagi formulani keltirishimiz mumkin:



Suv va brilliant paradoksi


A.Smit o‘z davrida ayrim real hayotimizdagi jumboqlarni yecha olmagan. Xususan bizning yashashimiz uchun muhim, demakki nafliligi juda baland bo‘lgan narsalarning narxi ancha past, aksincha biz uchun unchalik muhim bo‘lmagan, nafliligi kam bo‘lgan narsalarning narxi esa baland bo‘lishini tushuntirib bera olmagan. Masalan, suvning nafliligi juda baland ammo narxi past, brilliantning narxi juda baland lekin nafliligi juda past. Bu paradoksning yechimi shundaki, suv taklifi unga bo‘lgan talabga nisbatan ancha ko‘p, shuning uchun narxi past. Brilliantlarni ishlab chiqarish qiyin bo‘lganligi sababli uning taklifi unga bo‘lgan talabga nisbatan kam. Shuning uchun uning narxi baland. Suvning oxirgi birligining sunggi qo‘shilgan nafliligi juda ham past. Brilliantniki esa baland. Ammo bu uning umumiy nafliliklari ham shu nisbatda bo‘ladi degani emas. Aslida, suvning umumiy nafliligi biz uchun juda ham baland, faqatgina uni ko‘p miqdorda iste‘mol qilganimiz uchungina uning so‘nggi qo‘shilgan nafliligi brilliantnikidan pastga tushib ketadi. Brilliantning narxi baland bo‘lganligi sababli uni kam iste‘mol qilamiz va shuning uchun uning umumiy nafliligi kam.
Iste’molchining bozordagi hatti-harakati so‘nggi qo‘shilgan naflilik nazariyasi hamda iste’molchi tanlovi nazariyasi orqali izohlanadi. Bu nazariya yordamida iste’molchining manfaati nuqtai-nazaridan uning afzal ko‘rishi qoidalari bayon etiladi.
Agar naflilikka iste’molchi o‘lchami bilan qaralsa, u iste’molchining biron-bir ne’matni iste’mol qilishidan olinadigan qoniqishni anglatadi. Iste’molchi tomonidan o‘zi uchun turli tovarlarning naflilik darajasining baholanishi iste’molchining afzal ko‘rishi deyiladi.

  • Iste'molchilarning xatti-harakatlariga xulq-atvor yondashuvlari

Bozor vaziyatining o‘zgarishini iste‘molchi nuqtai nazaridan qarab chiqilsa aynan olingan tovarga talab qanday shakllanadi, uning xulqi nimadan iborat, iste‘molchi tanlovi qanday tartibda amalga oshiriladi kabi savollarga mantiqiy javob topish mumkin bo‘ladi.
Iste‘molchi hulqi bu ularning turli xil tovar va xizmatlarga talabning shakllanish jarayonidir. Iste‘molchi hulqi quyidagi mantiq asosiga quriladi:
1. Iste‘molchi imkoniyati cheklangan sharoitda harakat qiladi, shu sababli uning qarori tovarlarning mavjud muqobil variantlaridan birini tanlashga qaratiladi.
2. Iste‘molchi maqsadi – tovarlarni iste‘mol qilish natijasida maksimal qoniqish olishdir.
3. Iste‘molchi hulqi oqilona, ya‘ni u barcha cheklanishlarni baholaydi va o‘z maqsadiga yetishishning eng yaxshi variantini tanlaydi.
Iste‘molchi xulqini miqdoriy aniqlashda keyingi naflilik nazariyasi va befarqlik egri chizig‘i usuli yordamida amalga oshiriladi. Naflilik – sub‘ektiv qoniqish ya‘ni tovar (xizmat) ni iste‘mol qilishdan ko‘riladigan naf. Umumiy tarzda naflilik tovarning inson ehtiyojini qondira olish qobiliyati deb ta‘riflashimiz mumkin
Naflilik funksiyasi ma’lum miqdordagi tovarlarga boshqa bir miqdordagi taqqoslashni bildiradi. Naflilikni mutloq ko‘rsatkichlarda o‘lchashning ahamiyati bo‘lmay, iste’molchi tanlovini naflilik darajasining ketma-ket joylashuvi bilan izohlash mumkin. Bir to‘plamdagi tovarlar nafliligi boshqasidan qay darajada afzalligini ko‘rsatib berish mumkin emas.
Naflilik‖ atamasini ilmiy sohaga birinchi bo‘lib ingliz filosofi I.Bentam (1748-1832) kiritgan.
Naflilik va narx o‘rtasidagi bog‘liqlikni ilk bor ingliz iqtisodchi olimi U.Djevons (1835-1882) ko‘rsatib, keyingi naflilik kontseptsiyasini ilgari suradi va aynan u bozor narxida o‘z o‘rniga ega bo‘lishini isbotlaydi. Naflilikni miqdoriy aniqlash ancha qiyin, chunki u sub‘ektiv tushuncha. Ayni vaqtda iqtisodiyot fanida naflilikni aniqlashda ikkita yondashuv qaror topgan:
1. Kardinalistik yondashuvda naflilik miqdorini mutloq aniq hisoblash talab qilinadi. Bunda uni aniqlashning sharti birligi ―yutil‖ (inglizcha – utility – naflilik) dan foydalaniladi. Yutil-naflilik o`lchovi birligi hisoblanib, iste`molchi qaror qabul qilishda, mavjud imkoniyat doirasida maksimal darajada o`z ehtiyojini qondirishga, turmush farovonligi darajasini oshirishga harakat qiladi. Ushbu ehtiyojni qondirish darajasi naflilik (utility) deyiladi.
2. Ordinalistik yondashuvda qator tovarlarni afzal ko‘rish tartibi bo‘yicha joylashtirishda naflilikning ma‘lum ketma-ketligiga yo‘l qo‘yiladi. Bunda iste‘molchi tovarning bir-biriga qiyosan muhimlilik darajasi bo‘yicha xulosa chiqarish mumkin. Masalan, birinchi tovar ikkinchisiga, ikkinchisi uchunchisiga nisbatan afzal ko‘riladi va h.k.
Iste‘molchi uchun naflilikning ikki turi: umumiy va keyingi naflilik muhim.
Keyingi naflilik (marginal utility) – muayyan ne’matning navbatdagi birligini iste’mol qilishdan olingan qo’shimcha naflilikdir.
Keyingi naflilik umumiy naflilikning o‘sgan qismidan iborat bo‘lib, u naflilik funktsiyasining natijasi hisoblanadi. Muayyan ehtiyojni qondiruvchi har bir navbatdagi ne‘mat oldingisiga qaraganda kamroq naflilikka ega bo‘ladi. Ne‘matlarning cheklangan miqdori sharoitida esa doimo ehtiyojni eng kam darajada qondiruvchi «so‘nggi nusxasi» mavjud bo‘ladi.
So‘nggi qo‘shilgan naflilik pasayib borish tamoyiliga ega bo‘lib, bu iqtisodiy tamoyil sifatida ifoda etiladi. Uning mohiyati shundan iboratki, agar alohida olingan iste‘molchining holatidan kelib chiqilsa, ne‘matlarni iste‘mol qilish hajmining ko‘payib borishi bilan, ma‘lum vaqtdan boshlab, muayyan ne‘matning navbatdagi birligini iste‘mol qilishdan olingan qo‘shimcha naflilik oldingisiga nisbatan kamayib boradi.
Kishi qanchalik ko‘p miqdordagi tovarni iste‘mol qilsa, u shunchalik ko‘p umumiy naflilikka ega bo‘ladi.
Umumiy naflilik (total utility) so’nggi qo’shilgan naflilik ko’rsatkichlarini jamlash orqali aniqlanadi.
Agar iste‘molchi kamayib boruvchi keyingi qo‘shilgan naflilikka ega bo‘lsa, u holda yalpi naflilik kamayadi. Keyingi qo‘shilgan naflilikning pasayib borish qonunini iste‘mol qilingan muzqaymoq misolida ifodalash mumkin.

13.1-jadval


Muzqaymoq iste’mol qilishdan olingan keyingi qo’shilgan va yalpi naflilik

Iste’mol qilingan muzqaymoqlar soni

Iste’mol qilingan muzqaymoqlar soni

Iste’mol qilingan muzqaymoqlar soni

0
1
2
3
4
5
6
7

-
10
8
6
4
2
0
-2

0
10
18
24
28
30
30
28

Jadval ma‘lumotlariga ko‘ra kamayib boruvchi keyingi qo‘shilgan naflilik hisobiga umumiy naflilik miqdoran o‘sib boradi. Biroq, bu o‘sish sur‘ati muzqaymoqlarning navbatdagi soni qo‘shilishi bilan pasayib borish tamoyiliga ega. Natijasi salbiy ahamiyatli qo‘shilgan naflilik umumiy naflilikning qisqarishiga olib keladi. Jadval ma‘lumotlarini grafikka joylashtirib, keyingi va umumiy naflilikning ko‘rgazmali tasvirini hosil qilish mumkin.

2-chizma. Umumiy va keyingi qo’shilgan naflilik egri chiziqlari
Keyingi qo‘shilgan naflilikning grafik tasviri iste‘molchi aynan olingan bir tovarning qo‘shimcha birligidan kamayib boruvchi naflilikka ega bo‘lishini aniq ko‘rsatadi. Umumiy naflilik (TU) egri chizig‘i bir turdagi tovarning eng oxirgi birligidan iste‘molchi salbiy samarali naf ko‘rishi oqibatida bu turdagi naflilik ham pasayib borishini ko‘rgazmali aks ettiradi. Iste‘molchi biron bir tovarning keyingi iste‘mol qilingan birligidan kamroq qo‘shimcha nafga ega bo‘lishi sababli, u aynan shu tovarning navbatdagisini narxi tushgan taqdirdagina sotib oladi. Bu esa naflilik egri chizig‘ining pasayib borish tavsifiga ega bo‘lishini bildiradi. Biron-bir tovarning (x) keyingi qo‘shilgan naflilik () ni miqdoriy jihatdan quyidagicha ifodalash mumkin:
( ) =
Bu erda, - ortib borgan umumiy naflilik
- iste‘mol qilingan ne‘matning ko‘paygan miqdori.
Keyingi va umumiy naflilikni bir-biri orqali ifodalash mumkin. Umumiy naflilik iste‘mol qilingan biron-bir ne‘matning keyingi nafliliklari yig‘indisi:
=++
Keyingi naflilik esa umumiy yoki qo‘shimcha naflilikning o‘sgan qismi
=-
Iste‘molchi qandaydir tovarning navbatdagi birligini (portsiya, qismi, kg, dona va h.k.) iste‘mol qila borib, har bir navbatdagi birligidan kamayib boruvchi qoniqish oladi. Buning sababi shuki iste‘molchi aynan bir tovarga asta-sekin to‘yinib, pirovardida uning qoniqishi o‘zining oxirgi chegarasiga etadi. Boshqacha aytganda mazkur tovarning keyingi nafliligi uni iste‘mol qilish hajmi ortib borishi bilan kamayib borish tamoyiliga ega bo‘ladi. Bu keyingi (qo‘shilgan) naflilikning pasayib borish qonuni deb nom olgan. Agar iste‘molchiga tamadi qilingan biror ovqatning birinchisi 10 «yutil (naflilik o`lchovi)» naf keltirsa, ikkinchisi -7, uchinchisi -4 va to‘rtinchisi faqat 1 ga teng shunday naf keltiradi.
Iste‘molchi uchun har bir keyingi iste‘mol qilinadigan tovardan kamroq qo‘shimcha naflilik olishi sababli u aynan shu tovarning navbatdagi birligini narxi tushsagina sotib oladi. Bu esa talab egri chizig‘ining pasayib boruvchi ko‘rinishda bo‘lishini taqozo etadi. Iste‘molchi narxlarning mavjud darajasida va mablag‘lari cheklanganligidan kelib chiqib tanlangan tovar (xizmat)laridan yuqori naf olishni hohlaydi. Iste‘molchi ratsional harakat qiladi, shu sababli u sub‘ektiv sezgilariga asoslanib xarid qilinadigan mahsulotlar to‘plamini naflilikning o‘sishini ta‘minlaydigan darajaga etgunicha o‘zgartiradi.

  • Befarqlik egri chizig`i va iste'molchi budjetining cheklanganligi

Iste’molchi tanlovini tushuntirishda befarqlik egri chizig‘i muhim rol o‘ynaydi.
Befarqlik egri chizig‘i ehtiyojlarni bir xil darajada qondirilishini ta’minlovchi iste’mol to‘plamlari yig‘indisini namoyon etadi. ya’ni, iste’molchi uchun befarqlik egri chizig‘ida joylashgan tovarlar to‘plamini tanlashda farq mavjud bo‘lmaydi.
Befarqlik egri chizig‘i iste’molchining afzal deb bilgan variantlarini ko‘rsatib bera oladi. Biz befarqlik egri chizigining to‘rtta afzalligini ko‘rib chiqamiz:
1. Yuqoriroq befarqlik egri chiziqlarini pastlariga qaraganda afzal ko‘rish. Odamlar, odatda, ko‘proq tovarlar xarid qilishga odatlanishgan. Katta hajmdagi eng munosib tanlov befarqlik egri chizig'ida o‘z ifodasini topadi. Yaxshiroq bo‘lgan befarqlik egri chizig‘i boshqalaridan ko‘ra ko‘proq ijobiy «xarakterga ega». Shuning uchun iste’molchi yaxshiroq variantga ega bo‘lishni xohlaydi.
2. Befarqlik egri chizig'i beqaror. Befarqlik egri chizig‘i iste’molchining bir variantdan boshqasini afzal ko‘rganda o‘zini namoyish etadi. Ko‘pincha, iste’molchiga ikkala mahsulot ham yoqadi. Shu sababli, agar birinchi mahsulot miqdori kamaysa, iste’molchini xursand qilish uchun ikkinchisiniki ortadi. Shu sababli, ko‘pincha befarqlik egri chizig'i o‘zgarib turadi.
3. Befarqlik egri chizig‘i kesishmaydi.
4. Befarqlik egri chizig‘i bu ichki rozilikdir. Kishilar o‘zlarida ortig` bilan bo‘lgan mahsulotlarni kamroq bo‘lganiga qaraganda sotib yuborishni ko‘proq xohlaydilar.
Befarqlik egri chizig‘i bizga iste’molchining bir tovarni ikkinchi biriga almashtirmaslik xohishi haqida «ma’lumot beradi». Bir mahsulot o'rnini boshqasi bosa olsa, befarqlik egri chizig'i tanlash osonlashadi, aks holat bolsa, aksincha, qiyinlashadi. Buning to‘g‘riligini ko‘rish uchun bir holni ko‘rib chiqamiz.
Mutloq o‘rin bosuvchilar: tasavvur qiling, kimdir sizga 10 sentlik tanga bilan nikel bolagi to‘plamini taklif qildi. Siz ushbu farqli narsalarni qanday baholar edingiz? Odatga ko‘ra, siz ikkalasining ham pulga chaqsa boladigan qiymati haqida o‘ylar edingiz. Agar shunday bolsa, siz to‘plamdagi nikel va pulning qanchaligini e’tiborga olmay ikkita nikel bolagini bitta o‘n sentlik tangaga ayirboshlardingiz. Sizning ushbu nikel va pul orasidagi o‘rin bosish qiymatingiz ikkiga bir bolar edi. O‘rin bosish qobiliyati o‘zgarmas bolgani sabab, befarqlik egri chizigl to‘g‘ri chiziq vazifasini otaydi. Bu to‘g‘ri befarqlik egri chizigl tufayli yuqoridagi ikki tovar bir-birining o'rnini mukammal bosa oladi.
Mutloq bir-birini to‘ldiruvchilar. Tasavvur qiling, kimdir sizga oyoq kiyimlar to‘plamini tavsiya etdi. Ularning ba’zilari oyog‘ingizga mos tushdi, ba’zilari esa yo‘q. Siz ularni qanday baholar edingiz? Bu vaziyatda siz, albatta, o‘lchami mos kelganlarga e’libor qaratasiz. Boshqa so‘z bilan aytganda, siz faqat tanlab olgan oyoq kiyimlaringiz ustidan «hukm chiqarasiz». Beshta chap va yettita o‘ng poy oyoq kiyimidan faqat beshta juftlik olishingiz mumkin.
Befarqlik egri chizig‘i pasayib boruvchi ko‘rinishda bo‘ladi. Befarqlik egri chizig‘ining pasayib borishi shu bilan izohlanadiki, tanlanishi lozim bo‘lgan har ikkala tovar ham iste’molchi uchun nafli hisoblanadi. Shunga ko‘ra, bir tovarlar to‘plami (masalan, A) dan boshqa bir tovarlar to‘plami (masalan, V ga) tomon harakat qilib, iste’molchi naflilik miqdorini oshiradi. Biroq, ayni paytda xuddi shuncha miqdordagi naflilikka ega bo‘lgan A tovardan voz kechadi. Qisqasi, V tovar qanchalik ko‘p bo‘lsa, A tovar shunchalik oz bo‘ladi, chunki A va V tovarlar o‘rtasida teskari aloqa mavjud. O‘zgaruvchilari o‘rtasida teskari aloqa mavjud bo‘lgan har qanday egri chiziq esa pasayib boruvchi ko‘rinishda bo‘ladi.
Agar iste’molchining A va V tovarlarning barcha to‘plamlari bo‘yicha afzal ko‘rishlarini egri chiziqlar orqali tasvirlansa, befarqlik kartasi hosil bo‘ladi. Har bir befarqlik egri chizig‘i kishi har biriga bir xilda qaraydigan tovarlar to‘plamini ifodalaydi. 1-chizmada befarqlik kartasining bir qismini aks ettiruvchi uchta befarqlik egri chizig‘i tasvirlangan. I3 befarqlik egri chizig‘i ehtiyojlarni qondirilishining eng yuqori darajasini aks ettiradi.



V

S


V
A I3
I2
I1
0 A



3-chizma. Befarqlik kartasi.
Ehtiyojlarning har bir darajasiga ko‘ra cheksiz befarqlik egri chizig‘i mavjud bo‘lishi mumkin. Biz sodda ko‘rinishda faqat uchta egri chiziqni ifodaladik. Bu uch egri chiziq tovarlar to‘plamining ranjirovkasi (tartibini) ta’minlaydi. Zanjirlash to‘plamlarni afzallikning eng yuqori darajasidan eng kam tomonga yo‘naltirilgan tartibda qo‘yib chiqadi. Biroq, bu tartib bir to‘plamning boshqa biridan nechog‘liq afzalligini ko‘rsatib bera olmaydi.
Boshqa sharoitlar teng bo‘lganda iste‘molchi ko‘proq tovarlar to‘plamini sotib olishni afzal ko‘radi. Biroq kutilgan natija uning harid qilish imkoniyatiga bog‘liq bo‘ladi. Bozor tovarlar narxini belgilaydi, afzal ko‘rishni esa iste‘molchi daromadlari darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Iste’molchi hatti-harakatini tushunishda iste’molchi byudjetining cheklanganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Byudjet cheklanganligi iste’molchining muayyan pul daromadlari mavjudligi sharoitida narxlarning muayyan darajasida u yoki bu turdagi tovarlarning ma’lum cheklangan miqdorini sotib olish imkoniyati orqali ifodalanadi. Iste’molchi byudjetining cheklanganligini grafikda ikki turdagi tovarni sotib olishning turli kombinatsiyalarini ko‘rsatuvchi byudjet chizig‘i shaklida ham aks ettirish mumkin.
Iste’molchi byudjeti chizig‘ining holatiga uning daromadlari va tovarlar narxining o‘zgarishi ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

4-chizma. Byudjet chizig’i
Agar barcha daromad A tovarni sotib olishga sarflansa, narxlarning mavjud darajasida iste‘molchi uning K nuqtaga teng bo‘lgan miqdoriga ega bo‘ladi, bunda u B tovarning biror donasini ham xarid qila olmaydi. Boshqa shunday vaziyat yotiq o‘qning M nuqtasida aks etadi.
K va M nuqtalarni bog‘lovchi chiziq byudjet cheklanganligini ifodalaydi. Narx va daromadlarning mavjud darajasida iste‘molchi ikki tovarning byudjet chizig‘i tashqarisidagi har qanday uyg‘unlashgan miqdorini xarid qila olmaydi.
Iste‘molchi tovarlarni xarid qilishning muvozanati nuqtasi mavjud cheklangan daromadlar darajasida mumkin bo‘lgan maksimal naflilikni ifodalaydi.
Muvozanatli nuqtaga erishgach iste‘molchi o‘z xaridining tarkibini o‘zgartirishga har qanday rag‘batni yo‘qotadi, chunki bu naflilikning yo‘qotilishini bildiradi.
Shunday qilib, iste‘molchi hatti-harakatini tushunishda iste’molchi byudjetining cheklanganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Byudjet cheklanganligi iste‘molchining muayyan pul daromadlari mavjudligi sharoitida narxlarning muayyan darajasida u yoki bu turdagi tovarlarning ma‘lum cheklangan miqdorini sotib olish imkoniyati orqali ifodalanad. Iste‘molchi byudjetining cheklanganligini grafikda ikki turdagi tovarni sotib olishning turli kombinattsiyalarini ko‘rsatuvchi byudjet chizig’i shaklida ifodalanadi.

5-chizma. Daromad o’zgarishining byudjet chizig’iga ta’siri

Iste‘molchi byudjeti chizig‘ining holatiga uning daromadlari va tovarlar narxining o‘zgarishi ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Misol uchun, iste‘molchi daromadining muayyan miqdorida 20 birlik A tovar yoki 10 birlik B tovar sotib olish mumkin bo‘lsin. Birdaniga sotib olinishi mumkin bo‘lgan har ikkala tovarning turli kombinattsiyalari G byudjet chizig‘ida joylashadi. Agar iste‘molchining daromadi 2 barvar oshsa, u holda uning byudjet chizig‘i ham tegishli ravishda G1 holatiga siljiydi. Aksincha, daromadning kamayishi, byudjet chizig‘ining ham qisqarishiga va G2 holatiga siljishiga olib keladi.



  • O’rnini bosish va daromad samarasi

Bozorda tovarlar narxi hamda iste‘molchi daromadlari darajasi o‘zgarib turadi. Iste‘molchining narx o‘zgarishiga ta‘sirchanligi o’rnini bosish samarasi deyiladi. Bunda bir tovar narx o‘sganda xaridor uchun o‘rnini bosuvchi boshqa tovar nisbatan arzon bo‘lib qoladi hamda u ancha qimmatli tovarni mazkur tovar bilan almashtiradi. Jumladan, margarin va sariyog‘ shunday o‘rnini bosuvchi tovarlar hisoblanadi. Ulardan biriga narxning o‘sishi boshqasining xarid qilinadigan miqdori ortishi bilan birga boradi.


Daromad samarasi narx o‘zgarishi oqibatida iste‘molchi pul daromadi xarid qilish layoqati tebranishi natijasida tovarlarga talabning o‘zgarishidir. Daromad samarasi turli xaridorlar toifasi uchun har xil o‘ringa ega bo‘ladi.
Iste‘molchi tanlovini o‘rganishda mazkur tanlov oqilona ravishda amalga oshiriladi va quyidagi shartlar ta‘minlanadi deb faraz qilinadi:
1) mavjud va cheklangan byudjetdan to‘liq foydalaniladi;
2) ehtiyojlar maksimal darajada qondiriladi.
Ma‘lum olingan tovarning narxi o‘zgarsa, u byudjet chizig‘iga ikkala turdagi o‘zgarish orqali ta‘sir qiladi. Bu daromad samarasi va o‘rnini bosish samarasi. Agar ikki tovardan aytaylik B tovarning narxi oshsa unda byudjetimizning real qiymati pasayadi, natijada iste‘molchi nominal qiymati o‘zgarmagan xuddi shu byudjet darajasida har ikkala tovardan kamroq sotib olishi mumkin va bu byudjet chizig‘i chap tarafga parallel ravishda ko‘chib o‘tib, Qa1 Qb1 to‘g‘ri chizig‘i shaklini oladi. Bu narx o‘zgarishining daromad samarasi deyiladi. Ammo narx o‘zgarishi natijasida o‘rnini bosish samarasi yuz beradi. A tovarning narxi va ikkala tovarlarning nafliliklari o‘zgarmay turib V tovarning narxi oshishi uning narxiga nisbatan so‘nggi qo‘shilgan nafliligini kamaytiradi va iste‘molchi o‘z tanlovini A tovarga tomon o‘zgartiradi. Bu esa byudjet chizig‘ining o‘zgarishiga olib keladi va iste‘molchi daromadi darajasini o‘zgartirmagan holatda Qa1 Qb1 byudjet chizig‘i Qa0 Qb2 to‘g‘ri chizig‘i shaklini oladi. Bu narx o‘zgarishining o‘rnini bosish samarasi deyiladi.
Normal tovarlar uchun quyidagilar xarakterli: xaridor o‘sgan real daromadining bir qismini mazkur tovarlar iste‘molini ko‘paytirishga sarflaydi, ya‘ni o‘rnini bosish va daromad samarasi bir xil yo‘nalishda ta‘sir ko‘rsatadi.
Daromad samarasi ko‘p darajada oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar, tamaki mahsulotlari va boshqa shu kabi tovarlarga nisbatan o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. Mazkur tovarlar uchun sarflar iste‘molchi byudjetining sezilarli qismini tashkil qiladi, shu bilan bir vaqtda tovar birligi narxlari unchalik katta bo‘lmaydi.

6-chizma. Narx o’zgarishining daromad va o’rnini bosish samarasi.
Hayotiy zarur tovarlarga narxning o‘sishi ularga bo‘lgan talab miqdorining qisqarishiga emas, balki o‘sishiga olib kelishi mumkin, chunki odamlar boshqa xaridorlardan voz kechib narxi o‘sganda ham hayotiy zarur tovarlarni sotib ola boshlaydi. Bu Giffen samarasi deb ataladi. Giffen samarasi ko‘pincha sanoat jihatdan rivojlangan mamlakatlarda kuzatiladi, u namoyon bo‘ladigan tovarlar Giffen tovarlari deb nomlanadi.
Yüklə 3 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin