MЕTАLLURGIK PЕCHLАRINING АSОSIY TURLАRI.
Reja
1.Kuydirish pechlari
2.Eritish pechlari
Metallurgiyada qo‘llanadigan pechlar turlicha bo‘lib, ularni quyidagi
ko‘rsatkichlar asosida sinflarga ajratish mumkin:
1. Texnologik maqsadiga ko‘ra: quritish, kuydirish, eritish, isitish, termik qayta
ishlash;
2. Issiqlik manbaiga qarab: uglerodli yoqilg‘ilarda ishlaydigan pechlar, elektr
pechlar.
3. Issiqlik almashuv asosida: isitilayotgan materiallar ichidan issiqlik chiqishi,
issiqlik manbai alohida bo‘lib, issiqlik almashuvi orqali isitilishi.
4. Ishchi hajmining tuzilishiga asosan: vertikal-shaxtali pech, gorizontal - olovli
pechlar, silindr shaklda, to‘g‘ri burchak shaklida va boshqalar.
5. Ishlash usuli bo‘yicha: davriy va uzluksiz.
Metallurgiyada keng tarqalgan pechlar turlari
Metallurgiyada xomashyolarni quritish va kuydirish uchun mo‘ljallangan
pechlarning sakkiz turi mavjud, ular quyidagilardir:
1. Ko‘p tubli pech vertikal silindr shaklida bo‘lib, uning diametri 4-8m,
balandligi bo‘yicha gorizontal tublarga bo‘lingan. Tublar pech markazidan o‘tgan
po‘lat o‘qqa mahkamlangan bo‘lib, jarayon davomida o‘z o‘qi atrofida aylanma
harakat qiladi (1- rasm).
Dastlabki shixta yuqoridagi tubga yuklanadi va pudlarning aylanma harakati
hisobiga birin - ketin pastda joylashgan pudga tushiriladi. Yoqilg‘i va havo har pud
qarshisida joylashgan oyna-dan beriladi.
2. Quvur aylanadigan pech gorizontal silindr shaklida bo‘lib, diametri 2-5m,
uzunligi 20-200m, (1- rasm, b).
Shixta va yoqilg‘i pechning qarama-qarshi tomonlaridan yuklanib, bir-biriga
qarab harakatlanadi. Shixta, pechning ma’lum qiyalikda joylashishi va uni aylanishi
natijasida harakatlanadi.
3. Aglomeratsion mashinaning eni 1-4m va uzunligi 10-50m bo‘lgan bir-biriga
jipslashgan po‘lat aravachalardan tuzilgan. Shixta qatlam-qatlam qilib aravaga
solinadi va yondiriladi, yonish-ga kerak bo‘lgan havo shixta orqali so‘riladi, (1-
rasm, d).
4. Qaynar qatlam (QQ) pechi eni 2-8m va balandligi 3-15m silindr shaklidagi
kamerani eslatadi. Pechning pastki qismidan ko‘tariladigan havo kuydirilayotgan
materialni qaynar qatlam holda ushlab turadi, (1- rasm, e).
5.Yallig‘ qaytaruvchi pech ruda va boyitmalarni eritish hamda yarim
mahsulotlarni tozalash uchun qo‘llaniladi. Yallig‘ qaytaruvchi pechning eni 4-10m,
uzunligi 10-35m bo‘lib, kamera gorizontal joylashgan kamera, (2 - rasm, a).
Dastlabki shixta pechga yon devorida joylashgan oynalardan yoki yuqoridagi max-
sus tuynuklar orqali yuklanadi. Eritma mahsulotlar esa pechning vannasida
to‘planadi.
Yoqilg‘i pechning bosh tomonidan beriladi, gazlar esa pech-ning oxiridan
chiqariladi. Jarayonning mahsulotlari (shlak, shteyn) pechdan vaqti-vaqti bilan
chiqariladi.
6. Shaxtali pech eni 1-2m, uzunligi 5-15m va balandligi 5-8m bo‘lgan vertikal
shaxta shaklida yasalgan.
Yirik shixta va yoqilg‘i pechning tepa kesmasidan yuklanadi, havo esa pechning
past qismiga joylashgan furmalardan beriladi. Jarayon mahsulotlari tinimsiz
pechning yig‘indi xonasiga chiqariladi.
1 - rasm. Kuydirish va quritish pechlarining sxemasi.
a-ko‘p tubli pech; b-quvurli aylanma pech; d-aglomeratsion mashina; e-qaynar
qatlamli pech.
7. Elektr pechi – yallig‘ qaytaruvchi pechga o‘xshash shaklda bo‘lib, pechning
yuqori qismidan grafitdan yasalgan elektrod tushirilgan, uning diametri 0,6-1,4m.
Shixtani solish va erigan mahsulotlarni chiqarish yallig‘ qaytaruvchi pechga
o‘xshashdir.
2- rasm. Ruda va boyitmalarni eritish pechlarining sxemasi.
a-yallig‘ qaytaruvchi pech; b-shixtali pech; v-ruda-termik elektropech; g-konverter.
8. Konverter diametri 2-4m va uzunligi 4-10m bo‘lmish gorizontal slindrni
tasavvur etadi. Konverter aylanishi mumkin (gorizontal o‘qi atrofida). Eritma shteyn
va flyusni pechning yuqori qismidagi maxsus darchadan solinadi, havo esa to‘g‘ri
eritmaga pechning pastki qismidan vannaga beriladi.
Dostları ilə paylaş: |