Nazorat savollari



Yüklə 105 Kb.
tarix09.05.2023
ölçüsü105 Kb.
#126633
Молиявий ҳисоб ЯН саволнома


Moliyaviy hisob” fanidan
NAZORAT SAVOLLARI



  1. Buxgalteriya hisobining tarkibiy tuzilishi toʻgʻri berilgan javobni toping?

  2. Moliyaviy hisob obyekt qaysi javobda toʻgʻri berilgan?

  3. Aktivlar mohiyati, tarkibi va joylanishiga koʻra qanday guruhlarga boʻlinadi?

  4. Passivlar tayinlanishiga koʻra qanday guruhlarga boʻlinadi?

  5. Qaysi javobda yillik moliyaviy hisobotning hisobot yili toʻgʻri keltirilgan?

  6. Korxonada buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish uchun kim masʻul?

  7. Hisob siyosati toʻgʻrisidagi buyruq qancha muddatga ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi?

  8. Korxonaning majburiyatlari tarkibiga nimalar kiradi?

  9. Uzoq muddatli aktivlar tarkibiga nimalar kiradi?

  10. Joriy aktivlar tarkibiga nimalar kiradi?

  11. Oʻz mablagʻlari manbalari tarkibiga nimalar kiradi?

  12. Ishlab chiqarish zahiralari balansning qaysi tomoni va boʻlimida aks ettiriladi?

  13. Majburiyatlar qanday guruhlarga boʻlib oʻrganiladi?

  14. Majburiyatlar tarkibiga nimalar kiradi?

  15. Asosiy vositalar hisobi qaysi buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS) bilan tartibga solinadi?

  16. Asosiy vositalar balansning qaysi qismi va boʻlimida aks ettiriladi?

  17. 5-sonli “Asosiy vositalar” nomli BHMSga muvofiq bir vaqtning oʻzida qanday mezonlarga javob beradigan moddiy aktivlar asosiy vositalar tarkibiga kiritiladi?

  18. 5-sonli “Asosiy vositalar” nomli BHMSga muvofiq asosiy vositalar qanday baholarda baholanadi?

  19. Asosiy vositaning boshlangʻich qiymati deganda nimani tushunasiz?

  20. Asosiy vositalarni xarid qilish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan xarajatlar qayerda hisobga olinadi?

  21. Asosiy vositaning qoldiq (balans) qiymati qanday aniqlanadi?

  22. “Yulduz” MChJ 20xx yil 16-avgust kuni ishlab chiqarish uskunasini xarid qildi. Uskunaning shartnoma bahosi 190 500 000 soʻm. Uskunani korxonaga olib kelish, yuklash va tushirish xarajatlari – 15 500 000 soʻm. Uskunani montaj qilish xarajatlari – 7 500 000 soʻm. Ushbu ishlab chiqarish uskunasining boshlangʻich qiymatini aniqlang?

  23. Asosiy vositaning foydali xizmat muddati deganda nimani tushunasiz?

  24. Quyidagi qaysi xarajatlar asosiy vositalarni xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlar sifatida tan olinadi?

  25. “A” korxonaga mol yetkazib beruvchidan 10 860 000 soʻmga mebil va ofis jihozlari sotib olindi. Mebel va ofis jihozlarini korxonaga olib kelish uchun transport xarajatlari – 450 000 soʻm, oʻrnatish ishlari uchun – 350 000 soʻm sarflandi. Mebel va ofis jihozlarining boshlangʻich qiymatini aniqlang?

  26. Korxonaning oʻzida tayyorlangan asosiy vositalarning boshlangʻich qiymati sifatida qanday summa tan olinadi?

  27. ... - kutilayotgan (baholangan) tugatish qiymatini chegirgan holda moliyaviy hisobotlarda koʻrsatilgan aktivning boshlangʻich (tiklash) qiymati summasi. Nuqtalar oʻrnini toʻldiring.

  28. ... - foydali xizmat muddati mobaynida aktivning amortizatsiyalanadigan qiymatini asosiy vositalarning vazifasidan kelib chiqqan holda mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga yoki davr xarajatlariga muntazam taqsimlash va oʻtkazish koʻrinishida eskirishning qiymat ifodasi. Nuqtalar oʻrnini toʻldiring.

  29. Quyidagi qaysi asosiy vositalarga eskrishi hisoblanmaydi?

  30. “Sharq” MChJ tomonidan 20xx yil 10-avgust sanasida asosiy vosita xarid qilindi. Ushbu asosiy vosita 20xx yil 16-avgust sanasida foydalanishga topshirildi. Mazkur asosiy vositaga amortizatsiya hisoblash qaysi sanadan boshlanadi?

  31. “Sharq” MChJ tomonidan 20xx yil 7-yanvar kuni boshlangʻich qiymati 150 000 000 soʻm, jamgʻarilgan eskirishi 95 000 000 soʻm boʻlgan asosiy vosita “ABS” MChJga 86 250 000 soʻmga sotildi. “Sharq” MChJ ushbu asosiy vositaga eskirish hisoblashni qaysi sanada toʻxtatilishi kerak?

  32. . ... - asosiy vositalarning chiqib ketishi boʻyicha kutilayotgan xarajatlarni chegirgan holda kutilayotgan foydali xizmat muddati oxirida asosiy vositalarni tugatish chogʻida olinadigan aktivlarning faraz qilinayotgan summasi. Nuqtalar oʻrnini toʻldiring.

  33. Inventarizatsiyani tashkil etish va oʻtkazish qaysi buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS) bilan tartibga solinadi?

  34. Asosiy vositalarning chiqib ketishidan moliyaviy natija (foyda yoki zarar) qanday aniqlanadi?

  35. “OZODA-SERVIS” maʻsuliyati cheklangan jamiyatda hisobot davrida boshlangʻich qiymati – 130 000 000 soʻm, jamgʻarilgan eskirish summasi – 40 000 000 soʻm boʻlgan stanok mavjud. Mazkur stanok chet tashkilotga 100 000 000 soʻmga sotilganda, MChJ stanokning sotilishidan qancha foyda koʻradi va buxgalteriya hisobida qanday aks ettiriladi?

  36. “OZODA-SERVIS” maʻsuliyati cheklangan jamiyatda hisobot davrida boshlangʻich qiymati – 130 000 000 soʻm, jamgʻarilgan eskirish summasi 40 000 000 soʻm boʻlgan stanok mavjud. Mazkur stanok chet tashkilotga hadya shartnomasiga muvofiq tekinga berilganda, MChJ qancha zarar koʻradi va bu zarar hisobda qanday aks ettiriladi?

  37. Nomoddiy aktivlar hisobi qaysi qaysi BHMS bilan tartibga solinadi?

  38. Nomoddiy aktivlar qaysi javobda toʻgʻri keltirilgan:

  39. Nomoddiy aktivlar balansga qaysi qiymatda kirim qilinadi?

  40. Nomoddiy aktivlarni xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlar qaysi schyotda hisobga olinadi?

  41. Shartnomaga muvofiq xaridorlarga joʻnatilgan tayyor mahsulot haqiqiy tannarxi boʻyicha hisobdan oʻchirilishi buxgalteriya hisobida qanday aks ettiriladi?

  42. Shartnomaga asosan xaridorlar tomonidan sotilgan tayyor mahsulotlar qabul qilindi. Mazkur xoʻjalik operatsiyasi buxgalteriya hisobida qanday hisobga olinadi?

  43. Tovarlarni sotib olish qiymati (tannarxi) qanday aniqlanadi?

  44. Korxonaning hisob-kitob schyotiga xaridorlardan pul mablagʻlari kelib tushganda buxgalteriya hisobida qanday aks ettiriladi?

  45. Kassa operatsiyalarida qoʻllaniladigan hujjatlar qaysi javobda toʻgʻri berilgan?

  46. Kassadan ish haqi tarqatilganda qanday buxgalteriya yozuvi qilinadi?

  47. Tashkilotlar kassasiga naqd pullarni qabul qilishda qaysi hujjat rasmiylashtiriladi?

Yüklə 105 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin