Ot so`z turkumi reja: Ot so`z turkumi haqida ma`lumot. Otlarning tuzilishiga ko`ra turlari Otlarning ma`nolariga ko`ra turlari. Otlarning lug`aviy shakllari. Otlarda kategoriya: son, kelishik, egalik. Shaxs, narsa ma`nolarini, shuningdek joy nomlarini



Yüklə 34,91 Kb.
səhifə1/6
tarix08.02.2022
ölçüsü34,91 Kb.
#114277
  1   2   3   4   5   6
Ot so`z turkumi reja: Ot so`z turkumi haqida ma`lumot. Otlarning


OT SO`Z TURKUMI

Reja:


  1. Ot so`z turkumi haqida ma`lumot.

  2. Otlarning tuzilishiga ko`ra turlari

  3. Otlarning ma`nolariga ko`ra turlari.

  4. Otlarning lug`aviy shakllari.

  5. Otlarda kategoriya: son, kelishik, egalik.

Shaxs, narsa ma`nolarini, shuningdek joy nomlarini bildirib, kim? nima? qayer? so`roqlariga javob bo`ladigan so`zlar OT deyiladi. Otlar shaxs otlari, narsa-buyum otlari, o`rin-joy otlariga o`linadi. Masalan: olma, bulut, do`ppi, qiz, chol, kampir, shahar, guzar, Toshkent.



Otlarning tuzilishiga ko`ra turlari.

Otlar tuzilishiga ko`ra ko`ra sodda, qo`shma, juft va takroriy otlarga bo`linadi.



Sodda otlar faqat bir asosdan tarkib topgan otlardir: ishlarimiz, ko`chadagi, o`roq. Sodda otlar tub va yasama bo`ladi. Tarkibida so`z yasovchi qo`shimchasi bo`lmagan otlar sodda tub otlardir:tilimiz, bolalar, kitob. Morfologik usul bilan yasalgan otlar sodda yasama otlardir: ekin,supurgi, aravakash.

Qo`shma otlar ikki yoki undan ortiq asosdan tarkib topgan otlardir: kungaboqar, beshbarmoq, qo`lqop. Qo`shma otlar qo`shib yoki ajratib yoziladi:

Ikki va undan ortiq asosdan tarkib topgan turdosh otlar doim ajratib yoziladi: laylakqor tillaqosh, atirgul;

Ikkinchi qismi turdosh otdan bo`lgan atoqli otlar qo`shib yoziladi: Oltariq, Yangibozor.

Ikkinchi qismi atoqli otdan bo`lgan qo`shma otlat ajratib yoziladi:O`rta Osiyo, O`rta Chirchiq;



Juft otlar ikkita otning juftlashuvidan hosil bo`ladi va chiziqcha bilan yoziladi: kitob-daftar, ota-ona, orzu-armon, gap-so`z

Takroriy otlar otni aynan yoki tovush o`zgarishi bilan takrorlash orqali hosil qilinadi.Takroriy otlar chiziqcha bilan ajrtib yoziladi: savat-savat, dasta-dast, uy-puy.


Yüklə 34,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin