Ovqat hazm qilish sistemasi tuzilishi,vitaminlar,moddalar almashinuvi



Yüklə 41 Kb.
tarix18.11.2023
ölçüsü41 Kb.
#133115
Ovqat hazm qilish sistemasi,vitaminlar,mod.almash.


Ovqat hazm qilish sistemasi tuzilishi,vitaminlar,moddalar almashinuvi.

1. Proteazalar (1), lipazalar (2), karbogidrazalar (3)


a) uglevodorodlarni b) yog’larni c) oqsillarni parchalaydi.
A) 1-a,2-c,3-b B) 1-b,2-c,3-a C) 1-c,2-b,3-a D) 1- c,2-a,3-b
2. Fizik va kimyoviy o’zgarishlar natijasida ovqat tarkibidagi organik moddalarning oxirigi maxsulotini juftlabko’rsating.
1) uglevodorodlarni 2) yog’larni 3) oqsillarni
a) monosaxaridlargacha b) aminokislatalargacha c) glitserin va yog’ kislotagacha parchalanadi
A) 1-a,2-c,3-b B) 1-b,2-c,3-a C) 1-c,2-b,3-a D) 1- c,2-a,3-b
3.Qaysi olim birinchi bo’lib me’daning shira ajratishini o’rganish uchun itlarda operatsiya yo’li bilan me’daga fistula, ya’ni zanglamaydigan metaldan yasalgan naycha o’rnatish usulini qo’lladi.
A) I.P.Pavlov B) V.A.Basov C) I.I.Mechnikov D) L.Paster
4. Sog’lom bola bir yoshga to’lganda uning (1), ikki yoshga to’lganda (2)
a) 8 sut tish b) 32 doyimiy tish c) 20ta sut tish
A) 1-a,2-c B) 1-c,2-a C) 1b,2-c D) 1-a,2-b
5. Tishning koronka (1), bo’yin qismi (2), ildiz qismi (3)
a) tishning jag’ suyaklariga birikadigan qismi
b) tishning milk bilan birikadigan qismi
c) tishning ko’rinib turgan tashqi qismi
d) tishning pulpit kasalliklari
A) 1-d,2-a,3-c B) 1-a,2-c,3-b C) 1-c,2-b,3-a D) 1-c,2-a,3-b
6. U ovqatni aralashtirib, tamoq tamonga o’tkazish va uning ta’mini aniqlash vazifasini bajaradigan a’zo.
A) halqum B) ichak C) qizillo’ngach D) til
7. Tilning uchki qismi (1), ildiz qismi (2), yon tamoni (3)
a) sho’r va nordonni b) shirinni c) achchiqni sezadi
A) 1-a,2-c,3-b B) 1-b,2-c,3-a C) 1-c,2-b,3-a D) 1- c,2-a,3-b
8. Og’iz bo’shlig’iga qanday so’lak bezlarning kanalchalari ochiladi.
A) 2juft, til osti, jag’ osti
B) 1juft, til osti
C) 3juft, til osti, jag’ osti, quloq oldi
D) 3juft, til osti, jag’ osti, ichak oldi
9. Halqumning vazifasini ko’rsating.
1. ovqatni og’iz bo’shlig’idan oshqazonga
2. ovqatni og’iz bo’shlig’idan qizilo’ngachga
3. havoni burun bo’shlig’idan hiqqildoqqa
4. havoni burun bo’shlig’idan traxeyaga
A) 2,4 B) 1,2 C) 2,3 D) faqat 1
10. Quydagi fermenlarning vazifalarini juftlab ko’rsating.
1. so’lak tarkibidagi ptyalin 2.so’lak tarkibidagi lizotsim 3. me’da bezidan ajraladigan pepsin
4. me’da bezidan ajraladigan lipaza 5. xlorid kislata 6. me’da osti bezi suyuqligidagi tripsin
7. me’da osti bezi suyuqligidagi amilaza
a) uglevodlarni b) og’iz bo’shlig’iga tushgan mikroblarni eritib yuboradi v) oqsillarni c)yoglarni d) pepsin fermentining faolligini oshoradi
A) 1a,2b,3v,4c,5d,6v,7a
B) 1a,2b,3v,4c,5d,6a,7a
C) 1b,2a,3v,4c,5d,6v,7a
D) 1a,2b,3c,4v,5d,6v,7a
11. Yo’gon ichakda oqsillarning (1), uglevodlarning (2) so’riladi.
a) 2% b) 3% c) 10% d)20%
A) 1-b,2-a B) 1-a,2-b C) 1-c,2-d D) 1-d,2-c
12. Gepatotsit bu……….
A) yurak hujayralari
B) buyrak hujayralari
C) jigar hujayralari
D) taloq hujayralari
13. Uning massasi 70-80g,qalinligi 3-4cm,bo’yi 17cm ga teng bo’lgan ovqat hazm qilish a’zosi.
A) jigar B) ingichka ichak C) oshqazon D) oshqazon osti bezi
14. Ovqat hazm qilishning nerv markazlari.
1. miyacha 2. o’rta miya 3. uzunchoq miya 4. miya ko’prigi 5. oraliq miya (gipotalamusda)
A) 3,5 B) 1,3 C) 2,5 D) 1,2,4
15. Ovqat hazm qilishning gumoral boshqarilishida qaysi bez, va uning gormoni ovqat hazm qilish bezi ishini susaytiradi.
A) gipofiz,vazopressin
B) epefiz,melatanin
C) qalqansimon.tiroksin
D) ayrisimon, timozin
16.Me’da-ichaklarning yallig’lanish kasalliklarini juftlab ko’rsating.
1. gastrit 2. enterit 3. kolit
a) yo’g’on ichak shilliq pardasining yallig’lanish kasalligi
b) me’da shilliq pardasining yallig’lanish kasalligi
c) ingichka shilliq pardasining yallig’lanish kasalligi
A) 1-b,2-c,3-a B) 1-a,2-b,3-c C) 1-b,2-a,3-c D) 1-a,2-c,3-b
17. Me’da –ichaklarning yuqumli kasalliklari.
A) salmonellyoz,botulizm,xolera
B) botulizm,xolera, enterit
C) kolit, salmonellyoz,botulism
D) gastrit , enterit, kolit
18. Jigarda spirtning parchalanishidan qanday modda hosil bo’ladi.
A) limon kislata B) chumoli kislata C) laktat kislata D) sirka kislata
19. Eskirib qolgan taomlarni istemol qilish tufayli (1), havo kirmaydigan taomlarni zararlanganini istemol qilish tufayli (2) kelib chiqadi.
a) dizenteriya b) salmonellyoz c) botulizm
A) 1-b,2-c B) 1-c,2-b C) 1-a,2-b D) 1-b,2-a
20.Yosh organizmlarda ………….. jarayoni ustunroq bo’ladi, keksa odamlarda esa………… jarayoni ustun bo’ladi.
A) dissimilyatsiya; assimilyatsiya
B) assimilyatsiya ; dissimilyatsiya
C) anabalizm; assimilyatsiya
D) katabalizm; dissimilyatsiya
21.Jigar to’qimasi va qon zardobi oqsillari (1), tana muskullar oqsillari (2), odam tanasidagi hamma to’qimalar tarkibidagi oqsillar (3) necha kun davomida yangilanib turushini juftlab ko’rsating.
a) 80kun b) 180 kun c) 20 kun
A) 1-c,2-a,3-b B) 1-b,2-c,3-a C) 1-c,2-b,3-a D)1-c,2-c,3-a
22. Almashtirib bo’lmaydigan aminokislatalar (a), almashtirish mumkun bo’lgan aminokislatalar (b).
1.valin 2. izolesin 3. leysin 4. lizin 5. tirozin 6. alanin 7. serin 8. arginin 9. prolin 10. sistein
A) a-6,7,8,9,10; b-1,2,3,4,5
B) a-1,2,3,4,5; b-6,7,8,9,10
C) a-4,5,6,7,8; b-1,2,3,9,10
D) a-10,9,8,7,4; b-1,2,3,5,6
23. Organizmda qaysi uglevod kamayib ketganda umumiy holsizlik kuzatiladi.
A) fruktoza B) galaktoza C) maltoza D) glyukoza
24. Miya to’qimasining (1), tana muskullarning (2), suyaklarning (3), tish emalining (4) necha % ni suv tashkil qilishini juftlab ko’rsating.
a) 22% b) 70% c) 84% d) 10%
A) 1-c,2-b,3-a 4-d B) 1-a,2-b,3-c,4-d C) 1-d,2-b,3-a,4-c D) 1-c,2-d,3-a,4-b
25. Spazmafiliya by …………….
A) organizmda moddalar almashinuvining buzilishi
B) organizmda kalsiy va fosfor almashinuvining buzilishi
C) organizmda kalsiy kamayishi natijasida nerv va muskullarning qo’zg’aluvchanligi kuchayishi
D) organizmda yod etishmasligi
26. Katta odamlarda bir kunlik ovqat tarkibida necha gram uglevod bo’lishi kerak.
A) 75-85g B) 100-150g C) 1000-1500g D) 350-450g
27.Ovqatda qaysi vitamin yetishmasa beri-beri deb ataluvchi kasallik kelib chiqadi.
A)A B)B1 C)B2 D)C
28.Organizmda qaysi vitamin yetishmasa qizil dog’lar paydo bo’ladi.
A)PP B)C C)D D)A
29.”Vitamin” so’zini qaysi olim nechanchi yilda fanga kiritgan?
A)N.I.Lunin B)K.Funk C)I.I.Mechnikov D)I.P.Pavlov
30.A vitamini yetishmasa qaysi retseptorlarning faoliyati buziladi?
A)Proprioretseptorlar B)Kolbacha va tayoqchasimon C)Hid bilish D)Vestibular
31.Gipovitaminoz B2 da ………….
1)ko’rish o’tkirligi pasayadi 2)ranglarni ajratish pasayadi 3)lablar qizarib achishadi,yara hosil bo’ladi 4)soch to’kiladi 5)aqliy faoliyat pasayadi 6)esda saqlash pasayadi
A)1,2,3,4 B)2,3,4,5 C)3,4,5,6 D)2,3,5,6
32.Organizmda kalsiy va fosfor almashinuvini normal o’tishida ishtirok etadigan vitaminni toping.
A)PP B)D C)K D)E
33.Baliq moyida qaysi vitaminlar bo’ladi.
A)Ava D B)DvaB1 C)B1 va C D)B1 va B6
34. C vitamini boy mahsulotlarni toping.
1.no’xat 2.mandarin 3.mol buyragi 4.bug’doy noni 5.sut va sut mahsulotlari 6.sariyog’ 7.qizil qalampir 8.tuxum sarig’i 9.Sabzavotlar
A)2,9 B)6,7,8 C)3,5,1 D)4,1
35. 1g uglevod oksidlanganda necha litr kislorod sarflanadi.
A) 2l B) 3l C) 0,8l D) 1,5l
36. To’rtinchi guruhga kirgan odamlarning bir kecha-kunduzda energiya sarfi qancha/
A) 2000-2500kkal B) 3000-3500kkal C) 3500-4000kkal D) 4500-8000kkal
37. 5-7 yoshli bolalarda bir kecha-kunduzda ovqat tarkibida bo’ladigan oqsil miqdori.
A) 65-75g B) 75-90g C) 90-100g D) 100-120g
38. Aralash ovqatlar (1), yog’li ovqatlar (2), suv,sut,non,shirinlik (3) saqlanadi.
a) 2-3 soat b) 5-6 soat v) 3-4 soat
A) 1-a,2-v,3-b B) 1-v,2-b,3-a C) 1-b,2-a,3-v D) 1-v,2-a,3-b
39. Uning uzunligi katta odamda 5-6m ga, kengligi 2-2,5smga teng bo’lgan ovqat hazm qilish sistemasi a’zosi. A) halqum B) qizilo’ngach C) o’n ikki barmoq ichak D) imgichka ichak
40. Ichak shilliq qavatining 1cm3 sathida (1), butun yuzasida (2) vorsinkalar joylashgan.
a) 2-3ming b) 4mil c) 30-40ta d) 30-40ming
A) 1-c,2-b B) 1-b,2-c C) 1-a,2- d D) 1-d,2-a
Yüklə 41 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin