O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi



Yüklə 287,26 Kb.
səhifə1/3
tarix16.11.2022
ölçüsü287,26 Kb.
#119577
  1   2   3
19-Laboratoriya ishi. Kolloidlarni dializ usulda tozalash

O`ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI ОLIY VА O`RTА MАХSUS TА’LIM VАZIRLIGI


GULISTОN DАVLАT UNIVЕRSITЕTI



KIMYO KAFEDRASI
Sh.K. Tashbayeva


ANALITIK, FIZKOLLOID VA BIOORGANIK KIMYO
Agronomiya (Anorchilik) ta’lim yo’nalishi uchun


19-LABORATORIYA ISHI


Mavzu: KOLLOID ERITMALARNI DIALIZ USULIDA TOZALASH


Ajratilgan vaqt - 2 soat

GULISTON - 2021
19-LABORATORIYA ISHI


MAVZU: KOLLOID ERITMALARNI DIALIZ USULIDA TOZALASH


Ishdan maqsad: Talabalarni kolloid eritmalarni tozalash usullaridan dializ usuli bilan tanishtirish, mustaqil ishlash malakasi, e`tiborlilik, kuzatuvchanlikni tarbiyalash
Kerakli jihoz va reaktivlar: dializator; 50 ml kimyoviy stakanlar: kraxmal; оziq–оvqat uchun jelatina (yupqa); Fe(OH)3 zoli; distillangan suv.

NAZARIY QISM

Kolloid eritmalarni ularga aralashgan elektroitlarni tozalash uchun dializ deb ataluvchi usul qo’llaniladi. Dializning mohiyati shundan iboratki,bunda kolloid eritma hamda unga aralashgan elektroitlar toza erituvchidan (suvdan) yarim o’tkazgich parda (membrana) yordamida ajratiladi. Shunday pardadan o’ta oladigan molekula va ionlar pardaning har ikki tomonidagi molekulalar va ionlarning konsentrasiyasi o’rtasida muvozanat hosil bo’lguncha, erituvchi tomoniga o’taveradi. Erituvchini vaqti-vaqti bilan yangilab zolni qo’shimchalardan ma’lum darajada tozalash mumkin.


Dializ uchun odatda, kolloid pardalar hamda atsetilsellyulozadan ishlangan pardalar, sellofan va boshqa materiallardan tayyorlangan yarim to’siqlar ishlatiladi. Shu bilan bir qatorda tabiiy yarim o’tkazgich pardalari, masalan,mol pufagi ham ishlatiladi. Sun’iy pardalar istalgan o’tkazuvchanlikka tayyorlanishi mumkin,shu jihatdan olganda sun’iy pardalar tabiiy pardalardan ancha afzaldir.



Yüklə 287,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin