O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti «san’atshunoslik» fakulteti «Musiqa ta’limi»



Yüklə 37,27 Kb.
tarix14.01.2022
ölçüsü37,27 Kb.
#113790
Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlari.
taklifnoma, Haitova Dildora, Kurbanova Feruza.., Botirova Mushtaribegim (2), Ro‘ziyev Yo‘ldosh, Odam anatomiyasining (antropometrik parametrlarining) xavfsizlik

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI «SAN’ATSHUNOSLIK» FAKULTETI

«Musiqa ta’limi» yo’nalishi «Umumiy Pedagogika» fanidan

Mustaqil ish

Mavzu: Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlari.

Bajardi: 9-3muzs-20– gurux talabasi Avezova Gulshan

Tekshirdi: Umurova Ma’rifat

Buxoro – 2022



Reja:

  1. Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlari haqida tushuncha.



  1. Ilmiy tadqiqot metodlariga qo’yiladigan talablar.

3.Ilmiy tadqiqot metodlaring tavsifi.

1.Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlari haqida tushuncha. Har qanday fan o‘zining ilmiy-tadqiqot metodlariga ega. Bu metodlari orqali u o‘z mazmunini boyitib, yangilab boradi. Hayotda va obyektiv dunyoni bilish nazariyasida nimani o‘rgatish

va qanday o‘rgatish kerak, kimni qanday tarbiyalash lozim degan masalalar mavjud bo‘lib, ular o‘zaro bog‘liqdir. Nima qilish kerak va qanday amalga oshirish lozim – degan muammolar o‘rtasida dialektik birlik mavjuddir. Pedagogika o‘z mazmunini boyitish va yangilash maqsadida mavjud pedagogik hodisa hamda jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan metodlari bilan o‘rganadi. Shu ma’noda pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari deganimizda yosh avlodni tarbiyalash, bilim berish va o‘qitishning real jarayonlariga xos bo’lmagan ichki aloqa va munosabatlarni tekshirish, bilish metodlari, uslublari hamda vositalari majmuini tushunamiz. Pedagogika o‘qitish, bilim berish, tarbiyalash jarayonlarini va ularning mohiyatini quyidagicha o‘rganishni nazarda tutadi:

1) ularning umumiy aloqasi, bir-birini taqozo etishi hamda o‘zaro ta’sir jarayonida bolalarni o‘qitish, tarbiyalash, fan, madaniyat, axloq va san’at, ta’lim-tarbiyaning qayerda amalga oshirilishidan qat’iy nazar uzviy aloqada bo’lishi;

2) ularning to‘xtovsiz harakati, o‘zgarishi va taraqqiy etish jarayonida vujudga keladigan o‘qitish hamda tarbiyalash vazifalari, metodlarining o‘zgarishi, hamma bolalarni bir xil andozada o‘qitish va tarbiyalash mumkin emasligi;

3) bolalarning o‘sishida ularning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, aqliy va xulqiy faoliyat, so‘z va ish birligi mezonlariga tayanish;

4) bolalar kamolotiga ta’sir etuvchi an’ana, urf-odatlar, ular eskilik bilan yangilik, o‘rtasida yuz beradigan nizolarni hisobga olish, o‘zaro tanqid va hokazo. Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari qanchalik mukammal, aqlga muvofiq, to‘g‘ri tanlansa ta’lim-tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada yaxshilanib, pedagogika fani ham boyib boradi Pedаgogik tаdqiqotlаrni tаshkil etishdа аniq ilmiy tаdqiqot metodlаri qo‘llаnilаdi. Pedаgogik tаdqiqot metodlаri — bu ilmiy nаzаriyаlаrni qurilishi, bog‘liqliklаri, munosаbаtlаri, qonuniy аloqаlаrini o‘rnаtish mаqsаdidа ilmiy mа’lumotlаrni olish yo‘llаridir. Pedаgogikаdа psixologiyа, sotsiologiyа, fiziologiyа, mаtemаtikа fаnlаridаn kirib kelgаn metodlаrdаn tаshqаri pedаgogikаning o‘zini metodlаri hаm keng qo‘llаnilаdi. Biz pedаgogikаni ilmiy tаdqiqot metodlаri degаndа, yosh аvlodni tа’limi, tаrbiyаsi, rivojlаnishi jаrаyonlаrigа xos bo‘lgаn ichki аloqа vа munosаbаtlаrni tekshirish hаmdа ulаr to‘g‘risidаgi mа’lumotlаrni olish yo‘l vа usullаrni tushunаmiz. Pedаgogik tаdqiqotlаrni tаshkil etishdа umumnаzаriy metodlаr: аnаliz, sintez, tаqqoslаsh, induksiyа, deduksiyа, mаvhumlаshtirish, umumlаshtirish, konkretlаshtirish, modellаshtirish; sotsiologik metodlаr: аnketа, intervyu, reyting; ijtimoiy psixologik metodlаr: sotsiometriyа, test, trening; mаtemаtik metodlаr. Pedаgogik tаdqiqot metodlаri nаzаriy vа аmаliy (empirik) turlаrgа bo‘linаdi. Tаdqiqotning nаzаriy metodlаri ilmiy fаktlаrni tizimlаshtirish, kengаytirish, аniqlаshni tаqozo qilib, hodisаlаrni tushuntirаdi vа oldindаn izohlаb, olingаn nаtijаlаrni ishonchliligini oshirib, mаvhumdаn аniq bilimlаrgа o‘tishni, turli tushunchа vа fаrаzlаr orаsidаgi аloqаdorliklаrni o‘rnаtib, аsosiy vа ikkinchi dаrаjаlilаrini аjrаtаdi. Pedagogikada shunday maxsus metodlar mavjudki, ular yordamida ta’lim-tarbiya jarayoniga oid muhim faktlar, turli pedagogik vaziyatlar mohiyatlari, mexanizmlari, xususiyatlari o’rganiladi.

Ob’ektiv dunyoni bilish, nazariyada nimani o’rganish va o’rgatish kerak, kimni va qanday tarbiyalash lozim degan masalalar mavjud bo’lib, ular o’zaro uzviy bog’liqdir. Har qanday fan sifatida o’zining ilmiy tadqiqot usullariga ega. Bu usullari orqali o’z mazmunini boyitib, yangilab boradi. Pedagogika fani o’z mazmun mohiyatini boyitishda, yangilashda mavjud pedagogik hodisa va nazariyalarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan usullari bilan o’rganadi. Ushbu ilmning ilmiy tadqiqot usullari deganda yosh avlodni tarbiyalash, bilimli qilish va o’qitishning real jarayonlariga xos bo’lgan ichki aloqa va munosabatlarni tekshirish, bilish yo’llari, uslublari va vositalari majmui tushuniladi. Pedagogikaning ilmiy tadqiqot usullari qanchalik to’g’ri tanlansa ta’lim-tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada yaxshilanadi, pedagogika fani ham boyib boradi Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yo‘nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berish tamoyillari, obyekti va subyektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullaridir. Ayni vaqtda, O‘zbekiston Respublikasida pedagogik yo‘nalishda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar dialektik yondashuvga asoslanadi. Pedagogik hodisa, voqelik va ularning qonuniyatlarilarni aniqlashga bunday yondashuv pedagogik hodisa va jarayonlarning umumiy aloqasi, ularning izchil, uzluksiz rivojlanishi, bolaning fiziologik rivoji uning psixologik, intellektual jihatdan takomilashtirib borishini ta’minlashi, qarama-qarshiliklarning shaxs kamolotini ta’minlashdagi o‘rni va roli, shuningdek, dialektika kategoriyalarining ahamiyatini e’tirof etadi. Pedagogik ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish murakkab, muayyan muddatni taqozo etuvchi, izchillik, uzluksizlik, tizimlilik hamda aniq maqsad kabi xususiyatlarga ega bo‘lgan jarayon bo‘lib, uning samarali bo'lishi uchun bir qator shartlarga rioya etish zarur. Ular quyidagilardir: muammoning dolzarbligi va mavzuning aniq belgilanganligi; ilmiy farazlarning to‘g‘ri shakllantirilganligi; vazifalarning tadqiqot maqsadi asosida to‘g‘ri belgilanganligi; tadqiqot metodlar tizimiga nisbatan obyektiv yondashuv; tajriba-sinov ishlari jarayoniga jalb etiluvchi respondentlarning yosh, psixologik va shaxsiy xususiyatlari, shuningdek, shaxs rivojlanishi qonuniyatlarining to‘g‘ri hisobga olinganligi; tadqiqot natijalarini oldindan tashxislash va uning natijalarini bashorat qilish; tadqiqot natijalarining kafolatlanganligi.

2. Ilmiy tadqiqot metodlariga qo’yiladigan talablar.

Har bir predmet uning metodlari bilan chambarchas bog‘langan. Fan metodlari uning metodologiyasiga mohiyati va prinsiplariga bog‘liq bo‘ladi. Pedagogikaning bunday mustahkam va ishonchli falsafiy asosi dialektik metoddir. Pedagogikaning hodisalarini o‘rganish va ularning qonuniyatlarini aniqlash masalasida bir-biriga qarama-qarshi ikkita yo‘nalish metofizik va dialektik yo‘nalish mavjuddir. Metofiziklar pedagogikaning hodisalari va faktlarini o‘zgarmas, vaqt, joy va konkret sharoitlardan tashqari boshqa ijtimoiy hodisalar bilan aloqasi bo‘lmagan hodisa sifatida olib qaraydilar. Dialektik metod esa metofizika talqiniga qarama-qarshi o‘laroq, o‘qitish, bilim berish, tarbiyalash jarayonlarini va ularning mohiyatlarini quyidagicha o‘rganishni talab etadi:

1. Ularning umumiy aloqasi bir-birini taqoza etishi va o‘zaro ta‘sir jarayonida bolalarni tarbiyalash, o‘qitishning turmush, siyosat, ideologiya, madaniyat, fan, ahloq, san‘at, ta‘lim- tarbiya muassasasi tarmoqlarining va ijtimoiy, maktab va oilaviy tarbiyalarini o‘zaro bog‘liqligi va boshqa.

2. Ularning to‘xtovsiz harakati, o‘zgarishi va taraqqiy etishi jarayonida ijtimoiy va ilmiy vazifalarining tug‘ilishi natijasida kelib chiqadigan o‘qitish va tarbiyalash vazifalari, forma va metodlarining o‘zgarishi; tarbiyalash qisqa muddatli va tez olib boriladigan ish emas, balki qiyin va murakkab jarayondir, bolalarni andoza, universal sxema asosida o‘qitish va tarbiyalash mumkin emas.

3. Bolalarning o‘sishida miqdor va sifat o‘zgarishlari jarayonida har bir maktab yoshining o‘ziga xosligi, tarbiya va ta‘lim bola shaxsining sifat jihatidan o‘sish va tarkib topishi ekanligi, ong va ahloqning, so‘z va ishning birligi va boshqa mezonlar.

4. Qarama-qarshi tomonlarni, an‘analarni, qarashlarni va fikrlarni aniqlash va ochish jarayonida tarbiya va ta‘limda turmush dialektikasida, yangi va eski o‘rtasidagi kurash, shaxs va jamoa o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar va hokazo.

5. Pedagogikaning qonuniyatlarini obyektiv o‘rganishda dialektika kategoriyalari hodisa va mohiyat, sabab va natija, zaruriyat va tasodif, mazmun va shakl, tarixiy va mantiqiy, umumiy va shaxsiy, asosiy va xususiy, aniq va abstrakt kabi kategoriyalar muhim ahamiyatga egadir. Dialektikaning yuqorida ko‘rsatilgan prinsiplari asosidagi pedagogika hodisalari, faktlari va jarayonlarini ilmiy tekshirish, ularning taraqqiy etish qonuniyatlarini bilish mumkin. Binobarin, pedagogik tadqiqot metodlariga obyektivlik o‘qituvchilik pedagogik faoliyatini oshirishga qaratilgan tadqiqot vazifalarining aniqligi, o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini, bolalar psixologiyasi qonuniyatlarini hisobga olish kabi talablar qo‘yiladi. Lekin, bolalarni o‘qitish va tarbiyalash amaliyotining o‘zi hamma vaqt pedagogik tadqiqotlarning manbai hisoblanadi. Faqat maktab tajribalarigina har bir ilmiy nazariyaning haqqoniyligi hisbolanadi. Tadqiqot metodlarining tanlash fanning o‘zi uchun muhim ahamiyatga egadir, uning metodlari qanchalik mukammal bo‘lsa, shu fan oldida turgan aktual vazifalar shunchalik muvaffaqiyatli hal etiladi. Hozirgi pedagogik tadqiqotlarning metodlar tizimini to‘la hal etilgan deb bo‘lmaydi.

3. Ilmiy tadqiqot metodlaring tavsifi. “Pedagogika tajribasini o‘rganishda quyidagi metodlar: kuzatish, eksperiment, suhbat, o‘quvchilar ijodini o‘rganish, tarbiya muassasalarini hujjatlarini o‘rganish turli xilda qo‘shib olib borilishi mumkin”.

1. Ilmiy - pedagogik tadqiqotning asosiy metodlari kuzatish, suhbat, tekshirish, eksperiment metodlari singari faoliyat natijalarini o‘rganishdan iborat.

2. Hozirgi vaqtda quyidagi metodlar asosida ishlaydi. Bular: pedagogik kuzatish, so‘rash, o‘quvchilar faoliyati natijalari va o‘quv -tarbiya muassasalari hujjatlarini o‘rganish, pedagogik eksperiment, modellashtirish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va yoyish, sotsiologik, matematika va statistika materiallarini ishlash kibernetika, anketa, intervyu olish va tasvirga olish singari metodlardan foydalaniladi. Pedagogik kuzatish murakkab va maxsus xususiyatga egadir. Bunda kuzatilayotgan pedagogik hodisaning mohiyatini ko‘ra bilish, o‘qituvchi va o‘quvchi harakatlarining o‘zaro aloqasi dialektikasini, ulardan har birining individualligini aniqlay olish lozim. Har pedagog kuzatuvchan bo‘lishi ayrim hodisa va dalillarning tavsilotlarini payqay olish, ularni tahlil qila bilish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim. Kuzatishlar biror maqsadga qaratilgan holda amaliy va sistemali yo‘lga qo’yilgan bo‘lsa, eng kerakli dalillarni, mazkur kuzatishdan o‘z vaqtida chiqarilgan pedagogik-psixologik xulosalarni hisobga olgan holda tashkil qilinsa, samarali bo‘ladi. Kuzatish ta‘lim-tarbiya jarayonini yaxshilash va takomillashtirish maqsadida olib borilishi mumkin. Masalan, o‘qitish jarayonida bolalarning qanday o‘sayotganligi, darslar jarayonlarida bilim berish va tarbiyalash vazifalari birligi qanday amalga oshirilayotganligi; fan asoslarini o‘rganishda o‘quvchilarnig tafakkuri qanday faollashayotganligini va boshqalar aniqlanadi. Ilmiy kuzatishda ba‘zan tadqiqotchi chidamsiz, shoshqaloq va sistemali ish ko‘rmasligi singari holatlarga yo‘l qo’yilsa uning samaradorligi pasayadi.Suhbat metodi. Ilmiy maqsadda olib boriladigan suhbatning aniq maqsadi, vazifasi, shakli va ularni o‘tkazish metodikasi mavjud. Suhbatlar individual, guruhli va jamoa turlari bor. Tadqiqotchi suhbat olib borishni va uni kerakli maqsadli tomonga yo‘naltira olishi g‘oyat muhimdir. Suhbat olib boruvchi quyidagi pedagogik qoidalarga rioya qilishi shart:

a) suhbat savollarini oldindan belgilash;

b) vaqti va joyini belgilash;

v) suhbat ishtirokchilarini belgilash (soni, miqdori);

g) qulay sharoit yaratib ochiq suhbatlashish;

d) suhbatdoshga o‘z fikrini aytishga imkon berish;

e) sergak va bachkana bo‘lmaslik;

j) suhbatdosh haqida biografik ma‘lumotga ega bo‘lish;

z) olingan materialni o‘z vaqtida ishlab chiqish va qo‘shimchalar qilish. Suhbatdan ilmiy xulosa chiqarish.

Maktab hujjatlarini tahlil qilish metodi. Maktab hujjatlarini tahlil qilish davlat qonunlarining amalda bajarilish darajasini, har bir xodimning faolligini aniqlash, ularning amaliy hayotdagi faoliyatidagi kamchilik va xatolarni aniqlashga va ularning topshirilgan ish uchun mas‘uliyatini oshirishga imkon beradi. Maktab hujjatlarini; rejalashtirishning barcha turlari; umumiy ta‘limga doir hisob va hisobot; dars jadvali; o‘quvchilar tarkibi soni; sifati; ta‘lim- tarbiya ishlarini taqsimlash; o‘quvchilarning delolari; sinf jurnallari; o‘quvchining kundalik daftarlari; buyruqlar daftarlari; pedagoglar kengashi qarorlari daftari; maktab smetasi; maktab pasporti; inventarlar daftari va hokazolar. Hujjatlarni tahlil qilishda o‘quvchilar kontingentining o‘sishi va kamayishi tavsifiga, bolalarning maktabga ketib qolishiga, ularning ayrimlari va sinf bo‘yicha o‘zlashtirish darajasiga, rag‘batlantirish va jazolash choralarini to‘g‘ri tashkil qilinishiga, maktab pedagoglar tarkibiga va maktabning o‘quv - moddiy bazasiga alohida e‘tibor beriladi.

Bolalar ijodini o’rganish metodi. O‘quvchilar ijodini hamda ularning turli faoliyatini (xatlari, kundaliklari, insho, bayon solgan suratlari, bajargan amaliy ishlari, namunalari, rejalari va hisobotlarini) o‘rganishi va tahlil qilish pedagogik tadqiqotning samarali metodlaridan biridir. Bolalar ijodining ahamiyati shundaki, unda yosh avlodning tipik layoqati va xususiyatlari aniq ochib beriladi.

Bu metodni qo‘llashdan asosiy maqsad hozirgi yosh avlod ijodining manbalari va faktorlarini chuqur bo‘lishiga hamda rivojlantirish va takomillashtirishning to‘g‘ri yo‘llarini ko‘rsatib berishga qaratilgandir. Bizda bolalar ijodi shakllari turlichadir: olimpiadalar, tematik konkurslar, maktab ko‘rgazmalari, turli xil musobaqalar, poxodlar, quvnoq startlar, ziyraklar va topqirlar, iste‘dodlar va hokazolar.

Eksperiment metod. Bu so‘z lotincha sinab tekshirib ko‘rish, ilmiy maqsadga qaratilgan tajriba ma‘nosini anglatadi. Ta‘lim-tarbiya ishlarida qo‘llaniladigan biror shakl, metod va vositaning foydaliligini aniqlash va tekshirish uchun o‘quv yurtlarida o‘tkaziladi.

Eksperiment metodlari sharoitiga qarab turli xil qo‘llaniladi.

1. Tabiiy eksperiment (yaratuvchi, ixtiro qiluvchi eksperimentlar. Asl holicha ta‘lim-tarbiya muammolari ma‘lum, suhbat, kuzatish va anketa asosida o‘quvchining o‘qish jarayonida, o‘z- o‘zini nazorat qilish singarilar) aniqlanadi.

2. O‘quvchilarning ongliligini yaratuvchi eksperiment. (tadqiqotchi biror ma‘no bo‘yicha taxminiy reja asosida o‘quvchi faoliyatining o‘quv jarayonida o‘zini-o‘zi nazorat qilish usullarini, yo‘llari tekshirilib ma‘lum bir ilmiy pedagogik xulosa chiqariladigan tajriba deyish mumkin). Bu metoddan chiqarilgan xulosalar boshqa hamma maktablar hayotiga tadbiq qilinishi uchun nazorat eksperimentidan o‘tkazdiriladi. Chiqarilgan pedagogik xulosa esa o‘z navbatida mazkur masalani hal qilishning nazariyasi va metodologiyasi bo‘lib pedagogika yutug‘i hisoblanadi.

3. Tabiiy eksperiment buning asoschisi rus psixologi A..F.Lazurskiy hisoblanadi. Bu metodda maktab faoliyati asl holda o‘rganiladi. Masalan, maktab internatining tarbiyachilari o‘quvchilarning o‘zlari haqidagi g‘amho’rligini tabiiy tekshirishda pechda yoqadigan ho‘l va quruq o‘tin vositasida aniqlangan. Bolalar yashaydigan binoda yaqin joyda ho‘l o‘tin borligi, uzoqroq joyda quruq o‘tindan foydalanishning samarasini tekshirishni ko‘rsatish mumkin. Shunday qilinsa natija haqiqiy bo‘ladi. Eksperiment metodlari o‘z mazmuni, turi va xarakteriga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linish mumkin: didaktik, tarbiyaviy, maktabshunoslik, chog‘ishtirma pedagogika va hokazo.Ilg’or tajribani o’rganish va yoyish metodi. Maktab ta‘lim-tarbiyasida nazariy asoslanib, tajribada ilg‘or o‘qituvchilar faoliyatida sinalib o‘rganishga tavsiya qilingan pedagogik xulosa deyish mumkin. Buyuk rus pedagogi K.D.Ushinskiy bu metod haqida “o‘tkazilgan, xulosa qilingan asl tajriba to‘g‘risida emas, balki kelingan, uzatilgan, qilingan fikrdadir” - degan edi. Statistika ma’lumotlarini analiz va sintez qilish metodi.

Pedagogik tadqiqot kerakli statistika ma‘lumotlarini ma‘lum bir maqsad bilan sistemali o‘rganish va umumlashtirishsiz amalga oshmaydi. Chunki bu ma‘lumotlar jamiyatimizda madaniyat, fan, tarbiya va ta‘limning barq urib taraqqiy etish qonunlarining rivojlanishida muhimdir. Xalq maorifi byudjetining oshishi, o‘quv yurtlarida bolalar sonining ko‘payishi, maktabdan tashqari tarmoqlarning kengayishi, darsliklar, ko‘rgazmali qurollar, texnika vositalarinig ortishi, o‘qituvchi kadrlar tayyorlashi kabilar statistika ma‘lumotlari bilan isbotlanadi. Anketa metodi. Anketa fransuzcha so‘z bo‘lib, tekshirish degan ma‘noni anglatadi. Anketa metodi o‘quvchilardan so‘rash metodi bo‘lib, u o‘quvchilar tarkibining sifati to‘g‘risida kerakli ma‘lumotlarni olish uchun, ularning fikrlari va qarashlarini aniqlash uchun, shuningdek kasbga yo‘llashni belgilash uchun ma‘lum bir shaklda o‘tkaziladi. Bu metodni qo‘llashda quyidagi talablarga amal qilish kerak:

1. Anketalar o‘quvchilarning pedagogik va ruhiy tavsifini tuzishning manbai va universal vositasiga aylantirmasligi kerak.

2. Anketalar juda katta va noaniq bo‘lmasligi kerak.

3. Anketani o‘tkazishda bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish va vaqt normada berilishi kerak va hokazo.

Kibernetika metodi. Kibernetika grekcha so‘z bo‘lib, rolni boshqaraman, idora etaman, boshqarish san‘ati degan ma‘noni anglatadi. Kibernetika ishlab chiqarishni, texnikani, tirik organizmlarni, kishilik faoliyatini boshqarishning umumiy prinsip va vositalarini ishlab chiqadi. Kibernetika mazmunini informasiya, dasturlashtirish, boshqaruvchi tizimlar, model yasash singari asosiy nazariyalar tashkil etadi. Pedagogika kibernetika o’quv jarayonini, o’qitish va bilim berish jarayonlarini boshqarishning alohida shakli sifatida o’ziga xos xususiyatga ega, chunki pedagogik jarayon bilan ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish o’rtasida juda katta farq bor. Sotsilogik metod. Yuqoridagi sanab ko‘rsatilgan metodlar qo‘llashda tadqiq qilinayotgan o‘quvchilar soni chegaralangan ularning kamchiligi ham shunda ekanligini bilishimiz darkor. Bunday paytda o‘quvchilarning ko‘pchiligi bilan ommaviy ravishda pedagogika fanining u yoki bu muammosini hal etishda sotsiologik metodini qo‘llash talab qilinadi. Misol uchun maktab o‘quvchilari o‘zlarining bo‘sh vaqtlardini qanday o‘tkazishini aniqlash uchun tezlikda anketa savollari asosida so‘rash ko‘plab o‘quvchilardan o‘tkaziladi va aniq bir xulosaga kelinadi. Keyingi yillarda pedagogika fanida matematik metod va xususan statistika materillarini ishlash metodlari keng qo‘llanilmoqda. Masalan: maktablarning birida matematika fani bo‘yicha o‘quvchilarning uy ishlarini bajarilishi o‘rganilganda IV sinfda uy vazifalarini mustaqil bajarish -80%, VI sinfda-75%, VIII sinfda-55% tashkil qilganligi aniqlangan. Buning asosiy sababi nimaligi aniqlash darkor. Buning sababi ikki tomonlama yuz berishi mumkin. Birinchidan, mazkur matematika fanining o‘quv dasturi murakkablashganligidan yoki shu fanni o‘qitish sifati pastligidan izlash kerak .

Pedagogika ilmiy tekshirishlari metodlaridan biri nazariy pedagogik g‘oyalarni tahlil qilish metodidir. Bu metod ta‘lim- tarbiyaning chuqur muhim masalalarini ilmiy umumlashtirish bilan emas. Balki uni amalga oshirishda yangi qonuniyatlarni tajribaga asoslangan (emprik metod) yordamida amalga oshiriladi.Buni quyidagi misol bilan isbotlash mumkin. Shaxsni umumiy maqsadli rivojlantirish, shaxsni har tomonlama rivojlantirish bilan o‘zaro aloqadorlikda amalga oshadi. A.S.Makarenko ta‘kidlaganidek, odam organizmi alohida-alohida holda rivojlanmaydi, balki barchalari o‘zaro uzviy bog‘liqlikda bir vaqtda rivojlanadi degan xulosaga kelgan. Bundan shunday xulosa chiqarish to‘g‘ri bo‘ladi. Tarbiya jarayoni shaxsni har tomonlama rivojlantirishini ta‘minlamog‘i kerak. Pedagogika o`z mazmunini boyitish va yangilash maqsadida mavjud pedagogik hodisa va jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan metodlari bilan o`rganadi. Shu ma`noda pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari deganimizda yosh avlodni tarbiyalash, bilimli qilish va o`qitishning real jarayonlariga xos bo`lgan ichki aloqa va munosabatlarni tekshirish, bilish metodlari, uslublari va vositalari majmuini tushunamiz.Pedagogika o`qitish, bilim berish, tarbiyalash jarayonlarini va ularning mohiyatini quyidagicha o`rganish-bilishni nazarda tutadi:



  • ularning umumiy aloqasi, bir-birini taqozo etishi va o`zaro ta`sir jarayonida bolalarni o`qitish va tarbiyalash, fan, madaniyat, ahloq va san`at, ta`lim va tarbiyaning qayerda amalga oshirilishidan qat`iy nazar uzviy aloqada bo`lishi;

  • ularning to`xtovsiz harakati, o`zgarishi va taraqqiy   etish   jarayonida vujudga keladigan o`qitish va  tarbiyalash    vazifalari, metodlarining o`zgarishi, hamma bolalarni bir xil andozada o`qitish va tarbiyalash mumkin emasligi;

  • bolalarning o`sishida ularning o`ziga xos hususiyatlarini hisobga olish, aqliy va hulqiy faoliyat, so`z va ish birligi mezonlariga tayanish;

  • bolalar kamolotiga ta`sir etuvchi an`ana, urf-odatlar, ular o`rtasidagi tafovutlarni  bilish,   aniqlash  asosida   yaxshi  bilan  yomon, eskilik  bilan yangilik, o`rtasida yuz beradigan nizolarni hisobga olish, o`zaro tanqid va hokazo;

Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari qanchalik mukammal, aqlga muvofiq, to`g’ri tanlansa ta`lim-tarbiya mazmunni yangilash va takomillashtirish shu darajada yaxshilanadi, pedagogika fani ham boyib boradi.

   Hozirgacha mavjud va ishlab chiqilgan quyidagi ilmiy tadqiqot metodlariga tayanib fikr yuritsa bo`ladi:

1) kuzatish metodi;

2) suhbat metodi;

3) bolalar ijodini o`rganish metodi;

4) test, so`rovnomalar metodi;

5) maktab hujjatlarini tahlil qilish metodi;

6) eksperiment-tajriba sinov metodi;

7) statistika ma`lumotlarini tahlil qilish metodi;

8) matematika-kibernetika metodi;



Kuzatish metodi Pedagogikaning kuzatish metodi ta`lim-tarbiya jarayonlarining amaldagi holati bilan tanishtiradi, ularning oqibat natijalarini bilishga yordam beradi va shu asnoda yaratilgan yangi kashfiyotlar uchun dalillar, omillar yig’ish imkonini tug’diradi. Bu metodni qo`llanish jarayoni ancha murakkab bo`lib, nazarda tutilgan maqsad qanday amalga oshayotganligini aniqlash, o`qituvchi va o`quvchilarning o`zaro aloqalari, individual farqlarini qiyoslash uchun ham qo`llaniladi. Tajribalarning ko`rsatishicha, maqsad asosidagi kuzatuv ma`lum reja asosida yig’ilgan dalillarni haqiqiy tahlil qilish, qiyoslash asosida tashkil etilsagina samarali bo`ladi. Kuzatishlar faqat oddiy hodisalarni kuzatish, ayrim dalillarni yig’ish, hisobga olish, aniqlash uchungina emas, balki ta`lim-tarbiya jarayonini yaxshilash va mukammallashtirish maqsadida amalga  oshiriladi. Odatda pedagogik kuzatish orqali o`quvchilarning fanlarni o`zlashtirishlari, ularning xulq-atvori va muomalalaridagi o`zgarishlarni hisobga olish va tegishli ta`limiy-tarbiyaviy ta`sir ko`rsatish yo`llarini belgilash uchun qo`llaniladi.

Ilmiy kuzatishlar esa nafaqat o`quvchilarning tabiiy faoliyatini, balki ularning ilmiy dunyoqarashlarini shakllanishi, fikrlash jarayoni kuchi, xulosalar chiqarishdagi faolliklarini aniqlaydi, ularni tahlil etadi va tegishli xulosalar chiqarishga imkoniyat tug’diradi. Bunday kuzatishlar pedagogika fani mazmuninining boyishiga sabab bo`ladi. Suhbat metodi Ta`lim-tarbiya jarayonini yaxshilash yoki yaratilgan ilmiy farazlarning qanchalik to`g’ri ekanligini aniqlash maqsadida suhbat metodidan foydalaniladi. Odatda, suhbat metodi maktab o`qituvchilar va o`quvchilar jamoasi bilan, ota-ona va keng jamoatchilik bilan yakka va guruhli tartibda ish olib borilganda qo`llaniladi. Bunda suhbat metodini tadbiq etishdan oldin maqsadli reja tuziladi, amalga oshirish yo`llari belgilanadi, natijalar tahlil qilinadi va tegishli xulosa chiqariladi. Shuningdek, tadqiqotchining suhbat olib borish va uni kerakli tomonga yo`naltira olishni bilishi, suhbatdoshining ruhiy holatiga qarab suhbat ohangini moslashtira bilishi g’oyat muhimdir.

Bunda:


  • suhbat uchun oldindan savol tuzish;

  • vaqti va o`tkazish joyini belgilash;

  • suhbat ishtirokchilarining soni va kasblaridan xabardor bo`lishi;

  • suhbat uchun qulay sharoit va erkin gaplashish imkonini yaratish;

  • mahmadona va bachkana bo`lmaslik;

6)suhbatdoshning kimligini, harakter hususiyatini esdan chiqarmaslik;

7) suhbat natijalarini zudlik bilan tahlil qilish, qiyoslash, tegishli xulosa chiqarish, lozim bo`lsa qo`shimchalar kiritish va maktab hayotiga tadbiq etish pedagogik jihatdan qimmatlidir. Bolalar ijodini o`rganish metodi Pedagogik tadqiqot metodlari ichida bolalar ijodini tabiiy holatda o`rganish va ilmiy xulosalar chiqarish metodi mavjud. Bunda maktab o`quvchilarning o`ziga xos individual tartibdagi faoliyatlariga doir ma`lumotlar tahlil qilinadi, xulosalar chiqariladi. Maqsad O`zbekiston yoshlarining tipik obrazlari va ularda ijobiy xislatlarni shakllantirishdir. Shu sababli yoshlarning turli yozma daftarlari, tutgan kundaliklari, yozgan xatlari, she`r va hikoyalari, hayotiy rejalari, insholari, turli yozma hisobotlari bolalar ijodini o`rganish uchun manba bo`lib xizmat qiladi.

Oqibatda, maktab o`quvchilari orasidan etishib chiqayotgan qobiliyatli, iste`dodli yoshlarni ertaroq aniqlash, ularning iste`dodlarining namoyon bo`lishi uchun reja va sharoitlar yaratish imkoni yaratiladi. Odatda, bolalar ijodini o`rganish manbai ko`p bo`lib, ular: fan olimpiadalari, mavzular bo`yicha konkurslar, maktablar bo`yicha ko`rgazmalar, musobaqalar, ekskursiyalar va sayllar va hokazo. Test, so`rovnomalar metodi Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari ichida yetakchi metod so`rovnoma va test savollardan foydalanishdir. So`rovnoma-anketa (fransuzcha “tekshirish” ma`nosini bildiradi) metodi qo`llanilganda yaratilgan ilmiy farazning yangiligini bilish, aniqlash, o`quvchilarning yakka yoki guruhli fikrlarini, qarashlarini, qanday kasblarga qiziqishlarini, kelajak orzu-istaklarini bilish va tegishli xulosalar chiqarish, tavsiyalar berish maqsadida o`tkaziladi. O`zbekiston, ta`bir joiz bo`lsa Markaziy Osiyoda birinchi bo`lib test metodini maktab, oliy va o`rta maxsus ta`lim tizimiga tadbiq   etdi.  Test sinovlaridan  ko`zlangan   maqsad oz vaqt ichida o`quvchilarning bilimlarini yoppasiga aniqlash, baholashdir. Bunda test savollarini qanchalik aniqlik va aql bilan, fikrlash jarayoniga zarar tegmaydigan qilib tuzish ahamiyatli ekanligini nazarda tutish lozim. Test savollarining o`rni va ularni mazmunan rang-barang qilib tuzilishi, o`quvchilarning mustaqil fikrlarini o`stiradi, kelajakni real baholash imkonini beradi. Maktab hujjatlarini tahlil qilish metodi Respublikamiz rahbariyatining xalq ta`limi yuzasidan qabul qilingan qaror va yo`l-yo`riqlari asosida maktabda bajarilgan va bajarilayotgan ta`limtarbiya ishlarini yuritilgan hujjatlar orqali aniqlash metodi ham mavjuddir. Maktab hujjatlarini tekshirish orqali o`qituvchilar va o`quvchilar jamoasi, ularning pedagogik faoliyati haqida aniq  ma`lumotlar olinadi. Umuman, maktab hujjatlari deyilganda; o`qituvchi va o`quvchilarning soni va sifati; o`quvchilarning shaxsiy hujjatlari, sinf jurnallari, kundalik daftarlari, buyruq daftarlari, pedagoglar kengashining qarorlari daftari, maktabning rejadagi pul hisobi va uning sarflanishiga doir hujjatlar, turli inventarlar daftari va boshqalar tushuniladi.

Maktab hujjatlarini tahlil qilishda o`quvchilarning umumiy miqdori, uning o`sishi yoki kamayish sabablari tavsifi, o`quvchilarning fanlar bo`yicha o`zlashtirish darajasiga, sinfda qolishning oldini olish, rag’batlantirish va jazolash choralari, turlariga, maktabning moddiy bazasiga e`tibor beriladi.

Ularni tahlil qilish, hisobotlarni ko`zdan kechirish, to`g’ri yoki noto`g’riligini aniqlash, o`quvchilar faolliklarining o`sishi bilan taqqoslash,ilg’or pedagogik tajribalarning umumlashtirilishi va joriy etilishi va nihoyat, o`qituvchi-tarbiyachilarning ilmiy-pedagogik faoliyatlarini   tekshirish,   tegishli   chora,   tadbirlar   belgilash   maqsadida o`tkaziladi. Eksperiment-tajriba sinov metodi “Eksperiment”so`zi lotincha “sinab ko`rish”, “tajriba qilib ko`rish” ma`nosini anglatadi.

Odatda eksperimental-tajriba ishlari ta`lim-tarbiya jarayoniga aloqador ilmiy faraz yoki amaliy ishlarning tadbiqi jarayonlarini tekshirish, aniqlash maqsadida o`tkaziladi. Bunda ham ilmiy farazlarning didaktik yoki amaliy ahamiyatiga e`tibor beriladi. O`tkaziladigan tajriba ishlari ta`lim va tarbiya o`rtasidagi qonuniy aloqalarni aniqlash, natijalarni hisobga olish asosida yangi metodlarni tadbiq etishga, ta`lim-tarbiya samaraligini oshirishga qaratiladi. Shuningdek, ta`lim-tarbiya jarayonining borishini, tuzilishi va natijalarini oldindan ko`ra bilish imkoniyatini beradi.

Eksperiment metodi sharoitga qarab 3 xilda o`tkaziladi:

1)  tabiiy eksperiment; 

2)  laboratoriya eksperimenti;

3)  amaliy  tajriba.



Pedagogik eksperiment o`z mazmuniga ko`ra didaktik, tarbiyaviy, maktabshunoslik muammolari yuzasidan o`tkaziladi Pedagogik eksperiment tajriba ishlarini o`tkazishda quyidagi talablar mavjud:

  • ishning aniq,    ilmiy    jihatdan    asoslangan    farazini    aniqlash va kutilishi lozim bo`lgan natija uchun reja belgilash lozim.

  • ilmiy ish yoki  pedagogik  faoliyat  uchun  aniq ob`ekt  belgilash, amalga oshirish borasida qo`shimcha metodlarni aniqlash.

  • tajriba ishi o`tkazish vaqtini va muddatini belgilash.

  • tajriba uchun lozim bo`lgan asbob-uskuna va boshqa hokazolarning tayyor turishi;

4) eksperiment natijalarini zudlik bilan tahlil qilish va tegishli xulosa chiqarish va tavsiyalar berish kerak. Statistika ma`lumotlarini tahlil qilish metodi Pedagogik tadqiqot statistika ma`lumotlarisiz, ularning tahlilisiz o`zligini namoyon eta olmaydi. Chunki nafaqat ilmiy izlanishlar borasidagi, balki xalq ta`limi sohasidagi, jumladan, ajratilgan mablag’larning oshirilishi, xalq ta`limi muassasalarinng doimo o`sib borishi, darslik va o`quv qo`llanmalari, xo`jalik shartnomalari va ulardan tushayotgan mablag’larni statistika metodi orqali aniqlanadi. Respublikamizning deyarli barcha ta`lim-tarbiya muassasalari statistika ma`lumotlari bilan qurollangan, kelajak rivojlanish rejalariga ega. Respublikamizning mustaqil bo`lguniga qadar statistika sohasidagi chalkashliklar, atayin ortirib, qo`shib yozishlar xalq ta`limi tizimida ham mavjud edi. Ularning nazorati bo`shligi va ob`ektiv emasligi xalq ta`limi sohasidagi chuqur islohot o`tkazilishiga olib keldi. Demak, statistik ma`lumot aniq, hayotiy bo`lsa bajarilayotgan ta`lim-tarbiya yoki ilmiy tadqiqotning qimmati yuqori bo`ladi. O`qitish nazariyasi, amaliyotida hisoblash matеmatikasi va kibеrnеtika mashinalari yordamida bir tildan ikkinchisiga tarjima qilish, datsurli ta'lim va uni mashina orqali boshqarish, o`qitishni mutsahkamlash, baholash orqali ta'lim-tarbiya samaradorligini oshirish, difFеrеnsial va individual ta'lim bеrish, maktab hisobotini mashinalar yordamida tuzish kabi jarayonlar bajarilmoqda. Dеmak, pеdagogika fani o`z mazmunini boyitish va yangilash maqsadida mavjud pеdagogik hodisa va jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq kеladigan usullari bilan o'rganadi. Ilmiy-pеdagogika tadqiqotlarning tarkibi, unga ilmiy izlanishlarning u yoki bu elеmеntini kiritish bilan bog`liq ravishda har hil o`zgarishlarni boshdan kеchirdi. Bizningcha, ilmiy-pеdagogik tad-qiqotlar tarkibini bir muncha umumlashgan ko`rinishda tasvirlash mumkin. Ilmiy-pеdagogik tadqiqotlar to'rtta yirik blokdan iborat: Tayyorgarlik ishlari jarayoni (1-blok) - birinchi boskichda ta'-limning jamiyat ehtiyojlari maydonga tashlagan rivojlanish yo`llari o'rganiladi va ilmiy-pеdagogik tadqiqot muammosi qo'yiladi (ifoda etiladi). Bu bosqichda muammoning ishlanganlik darajasi ko`rsatiladi, uning ta'lim tizimi yoki pеdagogika nazariyasining muhim muam-molarini ishlab chiqish uchun zarurligi asoslab bеriladi. Tadqiqot-chi mazkur muammo bo`yicha bilimlarni jamiyat ehtiyojlari uchun naqa-dar zarur ekanligini yakkol anglab ytishi kyrak. Datslabki ma'lumotlar bilan qo'shni fan sohalarida qanchalik darajada hal qilinganligini ham nazarda tutishi kеrak. Ilmiy-pеdagogik tadqiqot-ning bu bosqichidagi eng muhim masala - bu mavzu qirralari muammolarini aniqlab olishdir, chunki busiz ilmiy ishning kеyingi bosqichiga o'tish mushkul. Tayyorgarlik ishlaridagi ikkinchi bosqich — bu mavzu tanlash va uning dolzarbligini ilmiy jihatdan asoslashdir. Mavzu bilan muammoning bеvosita bog`liqligi pеdagogika fani mеtodologiyasida eng muhim masalalardan biri sanaladi. Mavzuga nisbatan «yo'na-lish» tushunchasi ancha umumiy, chunki u bir hil mavzularni bog'-lovchi bo`lib hisoblanadi. Bunday holatda muammoni mavzuning mazmun jihatdan tavsifi sifatida qarash lozimga o'hshaydi, chunki unda pеdagogik faoliyatning qandaydir bir qismining muammoli vaziyati aks etadi. Tayyorgarlik ishlarining kеyingi bosqichida tadqiqot obеkti aniqlanadi, uning maqsad va vazifalari ifoda qilinadi, shuningdеk, ishchi gipotеza (ilmiy faraz) ishlab chiqiladi. Tadqiqot ob'еktini aniqlayotib, nima qaralayotir, dеgan sa-volga javob bеrish lozim. Tadqiqot prеdmyti esa ilmiy-tеkshirish qirrasini bеlgilaydi, obеkt qanday qaralishi haqida tasawur hosil qiladi. Tadqiqot maqsadlari pеdagogik jarayonning qandaydir bo'g'i-nida yangilikka erishish sifatida gavdalanadi. Ilmiy-pеdagogik tadqiqotlar olib borishga tayyorgarlik ishla­rining navbatdagi bosqichida ishchi rеja-prospеkt tuziladi. pedagogik g’oyalar feodallar manfaatini ifoda eta boshladi. Mazkur davr pedagogik jarayonni tashkil etishda diniy g’oyalar yetakchi o’rin egallashi bilan tavsiflanadi. Ijtimoiy hayotda diniy muassasalar (G’arbda cherkov, SHarqda esa machitlar)ning roli osha borib, bolalarni o’qitish va tarbiyalash ishlari asosan shu maskanlarda tashkil etildi. Garchi dunyoviy g’oyalarni ilgari surish, ilmiy nazariyalarni yaratish va targ’ib etishning din peshvolari tomonidan qoralanishi kabi holatlar ham ko’zga tashlangan bo’lsa-da, ammo savdo-iqtisodiy aloqalar ko’lamining kengayishi, tabiiy ofatlarga harshi keskin chora ko’rish ehtiyoji ilmiy bilimlarning rivojlantirish hayotiy zaruriyat ekanligini isbotladi. Savdo, hunarmandchilik va manufaktura negizida rivojlanib borayotgan ishlab chiqarishni yanada takomillashtirish yo’lidagi amaliy harakatlar bu boradagi muvaffaqiyat murakkab texnikani boshqara oladigan shaxsni shakllantirish evaziga hal etilishi tasdiqladi. Bu davrda ilg’or, progressiv pedagogik g’oyalar ilgari surildi. Aynan shu davrda pedagogika fani asoslari muayyan tizimga solindi va ilmiy jihatdan asoslandi. SHaxsga ta’lim berish, uni tarbiyalashga oid qarashlar yanada boyitildi; ta’lim tizimiga ilm-fan, texnika yangiliklarini tadbiq etish, o’qitishni yangi tizim (izchil, uzluksiz, asoslangan) asosida tashkil etish kabi g’oyalar ilgari surildi. Sobiq SHo’ro davrida pedagogika fani mazmunan ilm-fan, texnika va texnologiya yutuqlari asosida boyib, ta’lim muassasalari tizimi shakllantirildi, har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirish nazariyasi asoslandi. Biroq, mazkur nazariya g’oyalarini amaliyotga tadbiq etishning puxta asoslangan mexanizmi yaratilmadi. O’zRda mustaqillik yillarida “ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la xalos etish”* davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida belgilandi. Asosiy e’tibor yuksak ma’naviy va axloqiy talabalarga javob beruvchi, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga qaratildi. Demak, pedagogika fani mavjud sharoitda barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlashga yo’naltirilgan ijtimoiy hrakat istiqbollari, bu boradagi muammolar va ularni hal etish yo’llarini o’rganadi. Pedagogika fanining vazifalari. Pedagogika fani shaxsni shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani bajarish orqali jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga alohida hissa qo’shadi. Fanning maqsadi va vazifalarini belgilashda ijtimoiy munosabatlar, davlat va jamiyat qurilishi, uning hayotida yetakchi o’rin tutuvchi g’oyalar muhim ahamiyatga ega. O’zRda pedagogika fani yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega yuqori malakali kadrni tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, ta’lim va tarbiya nazariyasini milliy istiqlol g’oyasi asosida ijodiy rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu jarayonda quyidagi vazifalar bajariladi: Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari. Bizga yaxshi ma’lumki, har bir fan o’zining tayanch tushunchalari, qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalari tizimiga ega. Aynan mana shu holat uning fan sifatida e’tirof etilishini kafolatlaydi. Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha kategoriya deb ataladi. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi. Ijtimoiy tarbiya mohiyatini ilmiy jihatdan asoslash ma’lum pedagogik hodisaning muayyan vaziyatlarda namoyon bo’lish qonuniyatlarini bilishni taqozo etadi. Bizga ma’lumki, pedagogik hodisa murakkab tuzilmaga ega bo’lib, uning umumiy mohiyatini to’laqonli anglash uchun bir qator fanlarning imkoniyatlariga tayaniladi. Ana shu nuqati nazardan pedagogika fani bilan quyidagi fanlar o’rtasida yaqin aloqadorlik mavjud: Har bir predmet uning metodlari bilan chambarchas bog'langan. Pedagogika yosh avlodni tarbiyalash, bilimli qilish va o'qitishning real jarayonlariga xos bo'lgan ichki aloqa va munosabatlarini tekshirish hamda bilish usullari va vositalari majmuini tushunamiz.

Fan metodlari uning metodologiyasiga mohiyati va prinsiplariga bog'liq bo'ladi. Pedagogikaning bunday mustahkam va ishonchli falsafiy asosi dialektik metoddir. Pedagogikaning hodisalarini o'rganish va ularning qonuniyatlarini aniqlash masalasida bir-biriga qarama-qarshi ikkita yo'nalish metofizik va dialektik yo'nalish mavjuddir. Metofiziklar pedagogikaning hodisalari va faktlarini o'zgarmas, vaqt, joy va konkret sharoitlardan tashqari boshqa ijtimoiy hodisalar bilan aloqasi bo'lmagan hodisa sifatida olib qaraydilar. Dialektik metod esa metofizika talqiniga qarama-qarshi o'laroq, o'qitish, bilim berish, tarbiyalash jarayonlarini va ularning mohiyatlarini o'rganishni talab etadi. Pedagogikao’zmazmuniniboyitishvayangilashmaqsadidamavjudpedagogikhodisavajarayonlarniuningmaqsadivavazifalarigamuvofiqkeladiganusullaribilano’rganadi. Shu ma‘noda pedagogikaning ilmiy-tadqiqot usullari deganimizda yosh avlodni tarbiyalash, bilimli qilish va o’qitishning real jarayonlariga xos bo’lgan ichki aloqa va munosabatlarni tekshirish, blish yo’llari, uslublari va vositalari majmuini tushunamiz. Boshqa fanlar qatorida pedagogika fani ham o’z tadqiqot ob‘ektiga va ilmiy tadqiqot metodlariga ega. Pedagogikaning ilmiy tadqiqot usullari qanchalik to’g’ri tanlansa ta‘lim-tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada yaxshilanadi, pedagogika fani ham boyib boradi. Shu sababli pedagogik ilmiy-tadqiqot usullariga dogmatik yondashish mumkin emas.Ikkinchi tomondan, ilmiy tadqiqot usullari tizimi hali hozircha fanda to’la yaratilgan, hal etilgan emas. Ilmiy tadqiqot pedagogika fanini ham takomillashtirib borishga, ayrim pedagogik hodisalarni tekshirishga, ularni to’g’ri hal etish yo’llarini aniqlashga yordam beradi. Hozirgacha mavjud va ishlab chiqilgan quyidagi ilmiy-tadqiqot usullariga tayanib fikr yuritish mumkin:

1) Kuzatish usuli;

2) suhbat usuli;

3) Adabiyotlar bilan ishlash usuli;

4) Test, so’rovnomalar usuli;

5) Maktab hujjatlarini o’rganish;

6) Eksperiment, sinov usuli;

7) Matematik metod;

8) Tadqiqot natijalari va ularni amalga tadbiq etish usullari;



3.2. Ilmiy tadqiqot usullariga qo'yiladigan talablar.

Binobarin, pedagogik tadqiqot metodlariga ob'ektivlik o'qituvchilik pedagogik faoliyatini oshirishga qaratilgan tadqiqot vazifalarining aniqligi, o'quvchilarning yosh xususiyatlarini, bolalar psixologiyasi qonuniyatlarini hisobga olish kabi talablar qo'yiladi. Lekin, bolalarni o'qitish va tarbiyalash amaliyotining o'zi hamma vaqt pedagogik tadqiqotlarning manbai hisoblanadi. Faqat maktab tajribalarigina har bir ilmiy nazariyaning haqqoniyligi hisbolanadi. Tadqiqot metodlarining tanlash fanning o'zi uchun muhim ahamiyatga egadir, uning metodlari qanchalik mukammal bo'lsa, shu fan oldida turgan aktual vazifalar shunchalik muvaffaqiyatli hal etiladi.Hozirgi pedagogik tadqiqotlarning metodlar tizimini to'la hal etilga deb bo'lmaydi. “Pedagogika tajribasini o'rganishda quyidagi metodlar: kuzatish, eksperiment, suhbat, o'quvchilar ijodini o'rganish, tarbiya muassasalarini hujjatlarini o'rganish turli xilda qo'shib olib borilishi mumkin”. “Ilmiy - pedagogik tadqiqotning asosiy metodlari kuzatish, suhbat, tekshirish, eksperiment metodlari singari faoliyat natijalarini o'rganishdan iborat” Hozirgi vaqtda quyidagi metodlar asosida ishlaydi. Bular: pedagogik kuzatish, so'rash, o'quvchilar faoliyati natijalari va o'quv -tarbiya muassasalari hujjatlarini o'rganish, pedagogik eksperiment, modellashtirish, ilg'or tajribalarni o'rganish va yoyish, sosiologik, matematika va statistika materiallarini ishlash kibernetika, anketa, intervyu olish va tasvirga olish singari metodlardan foydalaniladi. Pedagogik kuzatish murakkab va maxsus xususiyatga egadir. Bunda kuzatilayotgan pedagogik hodisaning mohiyatini ko'ra bilish, o'qituvchi va o'quvchi harakatlarining o'zaro aloqasi dialektikasini, ulardan har birining individualligini aniqlay olish lozim. Har pedagog kuzatuvchan bo'lishi ayrim hodisa va dalillarning tavsilotlarini payqay olish, ularni tahlil qila bilish qobiliyatiga ega bo'lishi lozim. Kuzatishlar biror maqsadga qaratilgan holda amaliy va sistemali yo'lga quyilgan bo'lsa, eng kerakli dalillarni, mazkur kuzatishdan o'z vaqtida chiqarilgan pedagogik - psixologik xulosalarni hisobga olgan holda tashkil qilinsa, samarali bo'ladi. Kuzatish ta'lim-tarbiya jarayonini yaxshilash va takomillashtirish maqsadida olib borilishi mumkin. Masalan, o'qitish jarayonida bolalarning qanday o'sayotganligi, darslar jarayonlarida bilim berish va tarbiyalash vazifalari birligi qanday amalga oshirilayotganligi; fan asoslarini o'rganishda o'quvchilarnig tafakkuri qanday faollashayotganligini va boshqalar aniqlanadi.
Yüklə 37,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə