Referat Aholi daromadlari va davlatning ijtimoiy siyosati



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix05.12.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#120457
növüReferat
21-mavzu Aholi daromadlari va davlatning ijtimoiy siyosat



Denov tadbirkorlik va pedagogika
instituti Tadbirkorlik va boshqaruv
fakulteti Bugalteriya hisobi 1-bosqich
talabasi Umarov Otabekning
iqtisodiyot nazariyasi fanidan
Referat


Aholi daromadlari va davlatning ijtimoiy siyosati
.
Reja:
Kirish
1. Aholi daromadlari va uning tarkibi. Aholi turmush darajasi va
uning ko’rsatkichlari.
2. Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash.
3.
Davlatning ijtimoiy siyosati
.
Kirish
Har qanday iqtisodiyotning bosh masalasi inson va uning ehtiyojlarini
qondirishdan iborat. Bu albatta insonning jamiyatdagi oʼrni, ishlab chiqarilgan
moddiy neʼmatlarni taqsimlash munosabatlariga bogʼliq boʼladi. Mamlakat
iqtisodiyotining rivojlanish darajasi ishlab chiqarishning holatiga koʼp jihatdan
bogʼliq boʼlsa ham, taqsimot masalasi ham oʼziga xos muhim oʼrin tutadi.
Taqsimlash – bu har bir xoʼjalik yurituvchi subʼektning ishlab chiqarilgan
mahsulotdagi ulushini aniqlash jarayonidir.
Taqsimlashning ikki jihatini, yaʼni iqtisodiy jihatini va ijtimoiy jihatini
farqlash lozim. Taqsimlashning iqtisodiy jihati taqsimlashning milliy
iqtisodiyotga ehtiyojlar tizimi, manfaatlar va ragʼbatlar orqali taʼsir etishini ifoda
etsa, ijtimoiy jihati esa uning aholi ijtimoiy ehtiyojlarining qondirilishi va
rivojlantirilishini aks etadi.
Аsrlar davomida insoniyat taqsimotdagi ijtimoiy adolat ustida fikr yuritib
keladi. “Iqtisodiyot nazariyasi”da ijtimoiy adolat – bu daromadlar


taqsimlanishidagi moʼtadil tengsizlik muammosidir. Uni turli kontseptsiyalar
oʼziga xos ravishda talqin etadi. Jumladan, “Egilitar” kontseptsiya tarafdorlari
daromadlarning tekis taqsimlanishini adolatli, deb biladi. “Roulsian”
kontseptsiyasiga koʼra esa, adolatlilik jamiyatning eng kam taʼminlangan aʼzosi
farovonligini maksimallashtirishdir. “Utilitar” kontseptsiya daromadlarni
taqsimlashda adolatlilik, deb shunday holatni nazarda tutadiki, unga koʼra
ijtimoiy farovonlik birinchi oʼrinda turadi. Bozor kontseptsiyasiga koʼra adolatli
taqsimlash, bu ishlab chiqarish omillariga talab va taklif asosida shakllanadigan
taqsimlashdir.
Oʼzbekistonda shakllantirilayotgan ijtimoiy yoʼnaltirilgan bozor iqtisodiyoti
ommaviy farovonlikni moʼljal qilib oladi. Unga erishish uchun bozor
mexanizmiga xos vositalar ishlatiladi.
Hozirgi zamon iqtisodiyoti yuksak rivojlangan texnika-texnologiya, sifatli
ish kuchi va taraqqiy etgan menejmentga asoslangani uchun farovonlikni
taʼminlaydigan yuqori mehnat unumdorligiga erishadi. Yuksak ishlab
chiqarishga asoslangan iqtisodiyotda insonparvarlik printsiplari amal qilishi
uchun zamin yuzaga keladi. Аmmo farovonlikni taʼminlash insoniylik bilan bir
qatorda jamiyatning iqtisodiy tizimida ham sifat oʼzgarishlari boʼlishini talab
etadi. Hozirgi kunda bunga mulkning demokratlashuvi natijasida – koʼp xil
mulkchilik negizida ish tutish bilan erishiladi. Bu yerda asosiy jihat –
mulksizlarning mulkdorlarga aylanishidir. Hozirgi kunda ish kuchi sohiblari
boshqa mulk egalariga ham aylanmoqdalar.
Mehnat va mulk funktsiyalarining oddiy odamlar qoʼlida yigʼilishi
iqtisodiyotni insoniylik prinpitslariga boʼysundiradi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan jamiyatda nufuzli iqtisodiy faoliyat qonuni
amal qiladi. Bu qonunga koʼra, iqtisodiy faollik negizida pul topib, boy boʼlish
emas, balki jamiyatda nufuzli, obroʼ-eʼtiborli boʼlish, oʼz nufuzi bilan nom
chiqarish va shu yoʼsinda ijtimoiy hayotda oʼz oʼrnini topa bilishga intilish
maqsadi yotadi. Bu hol yuz berishi uchun inson sahiy va olijanob boʼlishi kerak.
Nufuzli iqtisodiyot qoidalari qanchalik keng amal qilsa, shunchalik ommaviy
farovonlik yuz beradi.


Har bir kishi isteʼmol etadigan buyumlarning ekvivalenti boʼlgan pul
daromadi taqsimot kategoriyasidir. Bozor iqtisodiyotiga xos taqsimot qonuniga
koʼra moddiy neʼmatlar va xizmatlar resurslar bergan pirorvard natijasga qarab,
ularning egalari oʼrtasida taqsimlanadi. Shu bilan birga, jamiyatda taqsimotning
nobozor qoidalari ham amal qiladi.
Bozor iqtisodiyotiga xos taqsimot qonuniga koʼra moddiy neʼmatlar va
xizmatlar resurslar bergan pirovard natijasiga qarab, uning egalari oʼrtasida
taqsimlanadi. Аytilgan taqsimot qonuni bozor iqtisodiyoti uchun ijtimoiy adolat
tamoyillari belgilaydi. Ular daromadni cheklashni inkor etadilar. Ularga binoan
daromadlar har bir ishlab chiqarish omili samarasiga qarab, cheksiz oʼsib
borishi mumkin. Taqsimot qonuniga binoan ish kuchi sohibi ish haqi oladi,
kapital egasi foyda, yer egasi renta oladi, menejer ish haqi va foyda oladi, avval
ishlaganlar pensiya oladilar. Taqsimotning bozor qoidalari hukmron boʼlsada,
jamiyatda uning nobozor qoidalari ham amal qiladi. Nogironlar, kambagʼallar,
boshpanasizlarga yordam koʼrsatish taqsimotdagi ijtimoiy hayr-ehson tamoyili
boʼlib, uning bozor qonunlariga aloqasi yoʼq, aksincha, u insoniylik jihati
hisoblanadi.
Bozor taqsimotiga ekvivalentlik, yaʼni omillar bergan natijaga monand
ravishda daromad ajratish xos. Аmmo noekvivalent taqsimot ham bor. Davlat
daromadning bir qismini oʼz ihtiyoriga olganga taqsimlash munosabati yuz
beradi, ammo ekvivalentlik boʼlmaydi, chunki davlat daromaddagi oʼz hissasini
iqtisodiy oʼsishdagi xizmatlariga teng miqdorda emas, balki umumdavlat talab-
ehtiyojini qondirish zarurligi uchun oladi.
Resurs egalarining daromadi ularning ishlatilish samaradorligiga bogʼliq
va uning mezonini bozor aniqlaydi. Samaradorlik mezoni esa bozor talabining
qondirilishidir. Resurslar yordamida talabgir tovar qanchalik koʼp yaratilsa,
shunchalik pul koʼp topiladi, shunga binoan daromadlar ham koʼpayadi.
Resurslar bozor nuqtai nazaridan samarali ishlatilmasa, tabiiyki, daromad
kamayadi. Xullas, daromad bozorning resurslar sifatini naqadar tan olishiga
bogʼliq.
Aholining farovonlik darajasini ifodalash uchun "turmush darajasi", "xalq


farovonligi", "turmush faoliyati xavfsizligi", "turmush tarzi", "mehnat faoliyati
sifati", "turmush sifati" kabi turli xil tushunchalar qo’llaniladi. Ba’zan turli
atamalar bir mazmunni anglatsa, boshqa hollarda ular o’rtasidagi farq muayyan
xarakter kasb etadi, mazmuni sezilarli darajada farq qiladi. Shu bilan birga,
mazkur tushunchalarning o’zaro bog’liqligini qayd etish lozim.
O’zbekistonda aholining moddiy, ma’naviy, ijtimoiy ehtiyojlari qondirilish
darajasini ifodalaydigan "turmush darajasi" atamasi kengroq qo’llaniladi. Bunday
tavsif ko’proq turmush darajasi statistikasini xarakterlaydi. Shu bilan birga
turmush darajasi - ko’plab omillar yig’indisi ta’sirida bo’lgan o’zgaruvchan
jarayondir. Turmush darajasi muntazam o’zgarib turadigan turli ne’matlarga
bo’lgan ehtiyojlarning tarkibi va darajasi bilan, boshqa tomondan, ehtiyojni
qondirish imkoniyatlari, tovarlar va xizmatlar bozoridagi holat, aholi daromadlari,
mehnatkashlarning ish haqi bilan belgilanadi.
Ammo ish haqi miqdori ham, turmush darajasi ham ishlab chiqarish va
xizmat ko’rsatish sohalari samaradorligining ko’lami, ilmiy-texnik taraqqiyot
darajasi, aholining madaniy-ma’rifiy saviyasi va tarkibi, milliy xususiyatlar,
siyosiy hokimiyatga bog’liq
70-80-yillarda "turmush tarzi" tushunchasi keng qo’llanilgan. Bunda hayot
faoliyatining sifat ko’rsatkichlari "turmush tarzi", miqdor ko’rsatkichlari esa
"turmush darajasi" bilan ifodalangan. Shuningdek, aholining turmush darajasini
xarakterlovchi boshqa atamalar va tushunchalar mavjud. Turmush darajasining
eng mufassal talqini quyidagicha: turmush darajasi - bu jismoniy, ma’naviy va
ijtimoiy ehtiyojlarning rivojlanish darajasi, qondirilganlik miqyosi va ularni
qoniqtirish
uchun
yaratilgan
imkoniyatlarni
aks
ettiruvchi
kompleks
ijtimoiy–iqtisodiy kategoriyadir. Bunday talqin turmush darajasining sifat va
miqdor ko’rsatkichlarini yanada to’liqroq ifodalashga imkon yaratadi.
Iqtisodiy voqelikdan kelib chiqib, turli maktablar daromadlarni taqsimlash
masalasiga turlicha yondashadilar. Masalan, “Liberal” nazariya vakillari ishlab
chiqarish omillari taʼlimotiga tayanib, har bir omil egasi oʼz ulushini oladi va
davlatning bu yoʼnalishga aralashuvi maqsadga muvofiq emas, deb bilsalar;


“Ijtimoiy davlat” nazariyasi namoyondalari esa, aksincha, davlat fuqarolarining
arzigulik daromadlarini davlat tomonidan qayta taqsimlanishini zarur, deb
hisoblaydilar. “Daromadlarni qayta taqsimlashning masshtabli” nazariyasi bozor
iqtisodiyoti sharoitlarida davlatning xatti-harakati orqali barchaning yuqori
turmush darajasini taʼminlashni ifoda etadi.
Aholi daromadlari va uning tarkibi.
Aholi turmush darajasi va uning ko’rsatkichlari.
Mehnatga qobiliyatli aholi o’zining kasbi va hunar bo’yicha faoliyat
ko’rsatib ishlaydi. Bajargan ishga qarab unga haq to’lanadi. Berilgan pul


ko’rinishidagi to’lov uning daromadi bo’ladi.
Aholi daromadlari ma‘lum vaqt oralig’ida (masalan, bir yilda) ular
tomonidan olingan pul va natural shaklidagi tushumlar miqdorini bildiradi.
Iqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalovchi ko’rsatkich “daromad” nomi
bilan yuritiladi. Daromad bir vaqtning o’zida biron-bir faoliyat natijasida olingan
tushumning
mablag’larining, natural ko’rinishda
olingan mahsulotlarni,
iqtisodiy resurslar keltiruvchi nafni bildiradi. Daromad umumiy tushuncha
bo’lib, uning tarkibida aholi daromadlarni muhim o’rin tutadi.
Aholi daromadlari ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad,
nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tushumlarini, mulkdan foiz,
dividend, renta shaklida olinadigan daromadlarni, qimmatli qog’ozlar, ko’chmas
mulk, qishloq xo’jalik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlarini sotishdan va
har xil xizmatlar ko’rsatishdan kelib tushadigan daromadlarni o’z ichiga oladi.
Natural daromad mehnat haqi hisobiga olinadigan va uy xo’jaliklarining
o’z iste‘mollari uchun ishlab chiqargan mahsulotlaridan iborat bo’ladi. Aholi
daromadlari darajasiga baho berish uchun nominal, ixtiyorida bo’lgan va real
daromad tushunchalaridan foydalanadi.
Nominal daromad - aholi tomonidan ma‘lum vaqt oralig’ida olingan
daromadlarning pul ko’rinishidagi miqdori hisoblanadi.
Ixtiyorida
bo’lgan daromad - shaxsiy iste‘mol va
jamg’arma
maqsadlarida foydalanish mumkin bo’lgan daromad. Bu daromad nominal
daromaddan soliqlar va majburiy to’lov summasidan kam bo’ladi.
Real daromad – narx darajasi o’zgarishini
hisobga
olib, aholining
ixtiyorida bo’lgan tovar va xizmatlar miqdorini ko’rsatadi, ya‘ni daromadnig
xarid quvvati bildiradi.
Aholinig nominal pul daromadlari turli manbalar hisobiga shakllanadi
va ular quyidagilar hisoblanadi.
1. Ishlab chiqarish omillari hisobiga olinadigan daromad;
2. Davlat yordam dasturlari bo’yicha to’lov va imtiyozlar shaklidagi pul
tushumlari;
3. Moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pul daromadlari.


Aholi nominal daromadlari - bu ish haqi, pensiya ta‘minoti, davlat
sug’urtasi bo’yicha tulovlar; shaxsiy
qurilishiga
va
matlubot
jamiyati
a‘zolariga
bank ssudalari; jamg’arma bankiga qo’yilmalar bo’yicha foizlar;
aktsiya, obligatsiya bahosining ko’payishidan olinadigan daromad va zayom
bo’yicha tulovlar; lotereya bo’yicha yutuqlar; tovarlarni kreditga sotib olish
natijasida tashkil
topadigan, vaqtincha bo’sh mablag’lar, har xil turdagi
kompensatsiya to’lovlari va h.k.
Turmush darajasining asosiy ko’rsatkichlari
Hajmiy (absolyut)
Ulush (o’rtacha)
Milliy daromad hajmi
Iste’mol fondining milliy daromaddagi
ulushi
Aholining nominal daromadlari
Aholi jon boshiga to’g’ri keladigan real
daromad
Ish haqi fondi
O’rtacha va eng kam ish haqi
Tadbirkorlikdan
olinadigan
daromadlar
Aholi jon boshiga to’g’ri keladigan
tadbirkorlikdan olinadigan o’rtacha
daromad
Pensiya fondlari hajmi
Pensiyaning o’rtacha va eng kam
miqdorlari
Tovar aylanishi hajmi
Aholi jon boshiga to’g’ri keladigan
tovar aylanishi
Bajarilgan xizmatlar hajmi
Aholi jon boshiga to’g’ri keladigan
xizmatlar salmog’i
Uy–joy fondining hajmi
Bir kishiga to’g’ri keladigan uy–joy
hajmi (kv.m., xona)
Iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan
band aholining soni
Iqtisodiy faol aholi tarkibida bandlar
va ishsizlar salmog’i
Aholining jamg’armalari
Jamg’armaning o’rtacha miqdori
Aholining tabiiy ko’payishi
Yashash davri


Ko’rsatkichlar alohida belgilar bo’yicha quyidagi turkumlarga ajratiladi:
umumiy va xususiy; iqtisodiy va ijtimoiy-demografik; obyektiv va subyektiv;
qiymat va natural; miqdor va sifat; iste’mol proporsiyasi va tarkibi
ko’rsatkichlarlari; statistik ko’rsatkichlar va boshqalar.
Turmush darajasi ko’rsatkichlari umumiy va xususiy turlarga ajratiladi.
Umumiy ko’rsatkichlarga 1)milliy daromad; 2)iste’mol fondi (iqtisodiyot
tarmoqlarining bevosita iste’molga yo’naltirilgan mahsulotlari); 3)milliy boyliklar
iste’mol fondi (to’plangan iste’mol mulklari – turar joylar, madaniy-maishiy
binolar, buyumlar) kabilarning aholi jon boshiga to’g’ri keladigan ulushi kiritiladi.
Bu ko’rsatkichlar jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining umumiy darajasini
ifodalaydi.
Xususiy ko’rsatkichlardan 1) iste’mol darajasi va usullari; 2) mehnat
sharoitlari; 3) turar joy ta’minoti va maishiy qulayliklar; 4) ijtimoiy-madaniy
xizmat ko’rsatish darajasi; 5)bolalarni tarbiyalash sharoitlari; 6)ijtimoiy ta’minot
va boshqalarni keltirib o’tish mumkin. Mazkur ko’rsatkichlar ijtimoiy taraqqiyot
bilan bog’liq, ammo aholi (mehnatkashlar)ning ma’lum guruhlari, hudud va
boshqalar bo’yicha aniqlashtirilgan.
Iqtisodiy ko’rsatkichlar inson va jamiyat hayotining iqtisodiy jihatlarini,
ehtiyojni qondirishning iqtisodiy imkoniyatlarini ifodalaydi. Jamiyat iqtisodiy
taraqqiyoti va har bir insonning farovonligi (nominal va haqiqiy daromadlar, ish
bilan bandlik va boshqalar) darajasini aks ettiruvchi ko’rsatkichlar iqtisodiy
ko’rsatkichlar sirasiga kiritiladi. Bu ko’rsatkichlar ishchi kuchini (aholini) takror
ishlab chiqarish bilan uzviy bog’liq bo’lib, uning iqtisodiy asoslarini ochib beradi.
Bu, ayniqsa, aholi daromadlari salmog’i va ularni differensiasiyalashda
yaqqolroq namoyon bo’ladi.
Ijtimoiy-demografik ko’rsatkichlar aholining yoshi, jinsi, kasbiy-malakaviy
tarkibini, ishchi kuchini jismoniy takror ishlab chiqarishni ifodalaydi. Ular ijtimoiy
ko’rsatkichlarda o’z aksini topadi va ijtimoiy soha, umuman, iqtisodiyot
taraqqiyoti bilan mustahkam aloqada. Bu omillar aholishunoslikning tabiiy
asoslari, ya’ni aholi, uning ayrim guruhlari sonining o’zgarishi, umr ko’rish davri


haqida tasavvur hosil qiladi.
Ko’rsatkichlarning obyektiv va subyektiv turlarga bo’linishi insonlar hayot
faoliyatidagi o’zgarishlarni asoslash zarurati bilan izohlanadi. Obyektiv
ko’rsatkichlar obyektiv (iqtisodiy, texnik va hokazo) bazaga ega bo’lsa, subyektiv
ko’rsatkichlar aholi guruhlari yoki alohida shaxslarning mehnat, oilaviy
munosabatlar, daromadlar, ish, turmush tarzi va shu kabilardan qoniqishi
bo’yicha hisobga olinadi.
Qiymat va natural ko’rsatkichlar. Qiymat ko’rsatkichlari barcha daromad
ko’rsatkichlari va pul ko’rinishidagi boshqa ko’rsatkichlar (tovar aylanishi,
xizmatlar, tashishlar, pul jamg’armalari va qo’yilmalari va hokazolarning hajmi)ni
o’z ichiga oladi.
Natural ko’rsatkichlar natural birliklarda (dona, kv.m., kub m. va
hokazolar) o’lchanadigan muayyan moddiy ne’matlar va xizmatlar - oziq-ovqat
mahsulotlari, energiya iste’moli, mol-mulk, turar joylar, madaniy-maishiy tovarlar
ta’minotining hajmini ifodalaydi.
Turmush darajasini ifodalashda miqdor va sifat ko’rsatkichlari muhim
ahamiyatga ega. Miqdor ko’rsatkichlari muayyan moddiy ne’matlar va xizmatlar
iste’mol hajmini aniqlaydi. Sifat ko’rsatkichlari esa aholi farovonligini sifat
jihatdan baholash imkonini beradi. Ular moddiy ne’matlar, xizmatlar iste’mol
tarkibi, ovqatlanish, ma’lumot, malaka, uzoq muddatga muljallangan ijtimoiy-
maishiy buyumlar bilan ta’minlanganlik darajasi kabilarni o’z ichiga oladi.
Aholi farovonligi proporsiyasi va taqsimot tarkibining (aholi qatlamlarini
daromadlar bo’yicha taqsimlanishi, daromadlar va iste’molni konsentrasiyalash
hamda differensiyalash ko’rsatkichlari va boshqalar) ifodalovchi ko’rsatkichlarni
mustaqil ko’rsatkichlar sifatida ajratib ko’rsatish mumkin.
Statistik ko’rsatkichlar. Statistik ko’rsatkichlar turmush darajasi
ko’rsatkichlari tizimida muhim o’rin tutadi.
Bozor iqtisodiyoti munosabatlari sharoitida ilgari qabul qilingan tasnifdan
foydalanish deyarli mumkin emas, chunki sho’rolar davrida tarkib topgan 280
dan ortiq ko’rsatkichni baholash juda murakkab va shu bilan birga so’nggi
yillarda ijtimoiy taraqqiyotning yunalishlari, hisob yuritish va hisobot amaliyoti


tub o’zgarishlarga yuz tutdi va mamlakatda milliy manfaatlarni himoya qiluvchi
iqtisodiy omillar muhim o’rin tutadi.
Hozirgi paytda yuzaga kelgan sharoitlarni hisobga olib, bozor iqtisodi
sharoitlariga muvofiqlashtirilgan quyidagi yangi ko’rsatkichlar tizimi taklif etiladi:
1) umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar (ichki yalpi mahsulot, iste’mol fondi,
turmush qiymati indeksi va boshqalar);
2) aholi daromadlari;
3) aholi iste’moli va xarajatlari;
4) aholining pul jamg’armalari;
5) jamg’arilgan mol-mulklar va turar joylar;
6) aholining ijtimoiy tabaqalanishi;
7) aholining kam ta’minlangan tabaqalari.
Bu tizim ham kamchiliklardan butunlay xoli bo’lmasag’da, u sho’rolar
davrida foydalanilgan tasnifga qaraganda ixcham, hisob yuritish uchun qulay va
turmush darajasining asosiy ko’rsatkichlarini aks ettiradi.
Aholi turmush darajasi tushunchasiga ularning hayot kechirish uchun
zarur bo’lgan moddiy va ma‘naviy ne‘matlar bilan ta‘minlanishi hamda kishilar
ehtiyojining bu ne‘matlari bilan qondirilishi darajasi sifatida aniqlash mumkin.
Aholi turmush darajasining BMT tomonidan tavsiya etilgan ko’rsatkichlari
tizimi o’z ichiga qo’yidagi guruhlarni oladi:
1.
Tug’ilish va o’lish darajasi hamda boshqa demografik ko’rsatkichlar.
2.
Hayot kechirishning sanitar-gigiena jihatidan sharoitlari.
3.
Oziq-ovqat tovarlarni iste‘mol qilish.
4.
Turar joy sharoitlari.
5.
Ma‘lumot va madaniyat.
6.
Mehnat qilish va bandlik sharoitlari.
7.
Aholining daromadlari va xarajatlari.
8.
Hayot kechirish qiymati va iste‘mol narxlari.
9.
Transport vositalari.
10. Dam olishni tashkil etish
11. Ijtisoiy ta‘минот


12. Inson erkinligi.
Turmush
darajasini
mamlakat
darajasida (butun aholi uchun) va
tabaqalashgan mikrodarajasida (aholinig alohida guruhi uchun) qarab chiqish
mumkin.
Birinchidan, yondashuv turli
mamlakatlarda aholining
turmush
darajasining aholi
jon
boshiga to’g’ri
keladigan yalpi
ichki
mahsulot
ko’rsatkichi bo’yicha aniqlab, qiyosiy tahlil qilish imkonini beradi.
Aholi guruxlari bo’yicha daromadlar
taqsimlanishi dinamikasini
taqqoslash iste‘mol byudjeti
asosida amalga oshiriladi. Iste‘molchi
byudjetlarinig bir qator turlari mavjud bo’ladi: o’rtacha oila byudjeti, yuqori
darajada ta‘minlangan byudjet,
minimal darajada moddiy
ta‘minlanganlar
byudjeti, nafaqaxo’rlar va aholi
boshqa
ijtimoiy guruhlari byudjeti shular
jumlasidandir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida o’rtacha daromad “o’rtacha sinf” deb
ataladigan tabaqalar daromadlari bo’yicha aniqlanadi. Bunday gurux iste‘mol
savati to’plamiga uy, avtomashina, dal hovli, zamonaviy uy jihozlari, sayr qilish
va bolalar o’qitishi imkoniyati, qimmatli qog’ozlar va zebu ziynat buyumlari
kiradi. Bozor iqtisodiyoti aholining yuqori ta‘minlangan yoki “boy” qatlaminig
mavjud bo’lishini taqazo qilib, ularga aholining yuqori sifatli tovar va xizmatlar
xarid qilishga layoqatli bo’lgan juda oz miqdori kiradi.
Faravonlikning eng quyi chegarasini oila daromadining bundan past
darajasida ishchi kuchini takror hosil qilishni ta‘minlab bo’lmaydi. Bu daraja
moddiy ta‘minlanganlik minimumi yoki kun kechirish darajasi (qishloqning
boshlanishi) sifatida chiqadi. Turmush darajasi kishilarning turmush tarzi bilan
uzviy bog’liq.
Turmush tarzi - bu kishilar (jamiyat, ijtimoiy qatlam, shaxs)ning milliy va
jahon hamjamiyatidagi hayot faoliyati hamda usullarini aks ettiruvchi ijtimoiy-
iqtisodiy kategoriya, turmush tarzi inson hayot faoliyatining turli jihatlarini
qamrab oladi, ya‘ni:
1.
Mehnat, uni tashkil etishning ijtimoiy shakllari.
2.
Turmush va bo’sh vaqtdan foydalanish shakllari;


3.
Siyosiy va ijtimoiy hayotda ishtiroq etish;
4.
Moddiy va manaviy ehtiyojlarini qondirish shakllari;
5.
Kishilarning kundalik hayotidagi hulq-atvori me‘yorlari va qoidalar
и.
Kishilar hayoti faoliyati uchun zarur ne‘matlar to’plami mehnat sharoiti,
ta‘lim, sog’liqni saqlash, oziq-ovqat va uy-joy sifati kabi xilma-xil ehtiyojlarini o’z
ichiga oladi. Kishilar ehtiyojlarini qondirish darajasi jamiyat a‘zolarining
aholida olgan va oilaviy daromadlari darajasiga bog’liq. Ya‘ni, aholi jon
boshiga to’g’ri keluvchi milliy daromad, aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi
iste‘mol hajmi va boshqalar daromad manbalari hisoblanadi.
Yuqorida aytilganidek, bozor iqtisodiyoti sharoitidagi taqsimot qonuniga
muvofiq iqtisodiyot subʼektlarining daromadi ularga qarashli resurslarning
miqdori va samarali ishlatilishiga qarab belgilanadi. Bunga binoan olingan
daromadlar ishlab chiqarish omillari daromadlari yoki bozor daromadlari
hisoblanadi va har bir omil oʼz egasiga alohida daromad keltiradi. Ishchi kuchi
egasi ish haqi, kapital egasi foyda, koʼchmas mulk egasi renta, pul egasi foiz,
aktsiya egasi divident shaklida daromad oladi.
Taqsimot qonuniga koʼra, daromadlar ekvivalent yaʼni babbaravar, tengma
-tenglik tamoyiliga asoslanishi – har bir subʼekt oʼz qoʼlidagi ishlab chiqarish
omili yordamida tovar va xizmatlar yaratishga qoʼshgan hissasiga qarab
daromad olishi kerak. Bunday daromadlar iqtisodiyotda bozor daromadlari deb
ataladi. Bu asosiy daromad turi boʼlsada u yagona daromad emas, undan
tashqari bozor tamoyillari emas, balki insonparvarlik qoidalariga asoslangan
nobozor daromadlari ham boʼladi.
Bozor daromadlari olinish usuliga va shakllanish manbalariga koʼra
farqlanadi. Oʼz olinish usuliga koʼra daromadlar mehnatga asoslangan va
mehnatsiz topilgan daromadlarga boʼlinadi. Ish haqi, foyda kabi daromadlar
mehnatga asoslangan daromadlar, deb hisoblansa, qoʼyilmalar uchun foiz,
meros kabi daromadlar mehnatsiz daromadlar jumlasiga kiradi.
Shakllanish manbalariga koʼra daromadlar ish haqi, mulkdan kelgan
daromadlarva ijtimoiy toʼlovlarga boʼlinadi. Mulkdan kelgan daromadlar sirasiga
foyda, renta, foiz, divident daromadlari mansubdir. Ijtimoiy toʼlovlar bilan bogʼliq


daromadlar pensiya, stipendiya va hokazolardan iborat.
Bozor iqtisodiyotida ish haqi daromadning asosiy qismi, ammo yagona
daromad emas. Rivojlangan bozor mamlakatlarida u axoli jami daromadlarining
2/3 qismini tashkil etadi. Ish haqi miqdorining koʼp yoki oz boʼlishi odatda,
mehnat bozoridagi ish kuchiga talab va ish kuchi taklifining nisbatiga,
mehnatning unumdorlik kuchiga, bozor talabiga mos ravishda ishlay bilishiga
bogʼliq boʼladi.
Foyda, foiz, divident, renta, mulkdan keladigan daromad ularning miqdori,
uning egasi tomonidan qanchalik samarali ishlatilishiga qarab boʼladi.
Davlat tomonidan qarilik va nogironlik yoki boquvchisiz qolganlarga
beriladigan pensiya, nafaqalar, bir yoʼla yordam pullari, stipendiyalar va turli
natural toʼlovlar, nobozor daromadlarini tashkil etadi. Bu toʼlovlarni davlat
firmalari va ayrim homiylar tashkil etib, shu hisobdan muhtojlarga bepul ovqat,
kiyim-kechak, dori-darmon beriladi, bepul xizmatlar koʼrsatiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida axoli daromadlari ish haqi tadbirkorlik
faoliyatdan olinadigan daromad, nafaqa, pensiya, stipendiya, turli xil yordam
shaklidagi pul tushumlaridan, mulkdan foiz, divident, renta shaklidagi
daromadlardan, qimmatli qogʼozlar, koʼchmas mulkdan, qishloq xoʼjalik
mahsulotlarini sotishdan, hunarmandchilik, kasanachilik, turli xil xizmatlar
koʼrsatish va moliya kredit, banklardan keladigan daromadlardan tashkil topadi.
Аxoli daromadlari darajasini aniqlashda nominal, ixtiyorida boʼlgan va real
daromad tushunchalaridan foydalaniladi.
Nominal daromad – axoli tomonidan maʼlum vaqtda pul shaklida olgan
daromadlarining miqdori.
Ixtiyoridagi daromad – nominal daromaddan soliqlar va turli majburiy
toʼlovlar chiqarib tashlangandan soʼng, axoli ixtiyorida shaxsiy isteʼmol va
jamgʼarish uchun qoladigan daromad.
Real daromad – axolining ixtiyorida qolgan daromadga qancha tovar va
xizmatlar sotib olishi bilan aniqlanadi, daromadning xarid qobiliyatini anglatadi
yoki real daromad – bu isteʼmol etiladigan tovar va xizmatlarda ifoda etilgan
daromad boʼlib, muayyan narx-navo sharoitida pul daromadlariga bozorda nima


berilishini bildiradi.
Real daromad ikki narsaga bogʼliq boʼladi.
А) qoʼlda mavjud boʼlgan pul daromadining yoki axoli ixtiyorida qolgan
daromadning miqdoriga teng.
b) pul birligining xarid qobiliyati. Bu bozorda narxga bogʼliq boʼladi, yaʼni
narx qimmatlashsa u kamayadi, narx arzonlashsa ortadi.
Masalan, oʼqituvchining bir oylik qoʼlga tekkan yoki oʼz ixtiyorida qolgan
daromadi 200 ming soʼm. Shu pulga 100 ming soʼmlik kiyim-kechak, 60 ming
soʼmga oziq-ovqat tovarlari, 40 ming soʼmiga roʼzgʼor uchun zarur tovarlar, uy-
joy anjomlari, bolalariga maktab tovarlari xarid qilish mumkin. Narx pasaysa 90
ming soʼmga kiyim-kechak, 50 ming soʼmga oziq-ovqat tovarlari, 30 ming
soʼmga uy-roʼzgʼor anjomlari, bolalar uchun turli xil oʼquv qurollari xarid qilsa
(200-170-30) 30 ming soʼm qoladi. Shu pulga qoʼshimcha ravishda tovarlarni
xarid qilish mumkin. Bu isteʼmolni orttiradi, narxlar oshsa isteʼmol qisqaradi.
Shuning uchun real daromad aniqlanganda narxlarning oʼzgarishi hisobga
olinishi zarur. Buning uchun isteʼmol tovarlari narxining indeksidan foydalaniladi.
Bu tovarlar tarkibiga koʼpchilik isteʼmol qilinadigan tovarlar toʼplami kiradiki, u
isteʼmol savati deb yuritiladi. Isteʼmol savati ishlab chiqarishni rivojlanishi va
kengayishi bilan oʼzgarib kengayib boradi, yangi tovar va xizmatlar kirib keladi.
Masalan,
bir
vaqtlar
shaxsiy
avtomobilga
ega
boʼlish,
televizor,
kompьyuterlardan, uyali telefon aloqasidan foydalanish xarajatlari isteʼmol
savatiga kirmagan. Bugun esa bular odatdagi isteʼmol tovarlariga aylanib
bormoqda va isteʼmol savatiga kiradi.
Аholi daromadlari “turmush darajasi” va “turmush sifati” tushunchalari
bilan chambarchas bogʼliq. Аholi daromadlari oshib borgan sari xalq yashash
sharoitlari
yaxshilanib
boradi.
Turmush
darajasi,
deganda
kishilar
farovonligining miqdoriy
meʼyori tushuniladi. Daromadlar va isteʼmol darajasining oʼsishi, umr
yoshining oʼsib borishi, ish haftasi va taʼtilning uzunligi uni ifodalovchi asosiy
koʼrsatkichlardir.


Turmush sifati kishilar turli sharoitalri haqidagi umumiy tushunchalar
boʼlib, mehnat sharoitlari va xavfsizligi, madaniy daraja, jismoniy rivojlanish
kabilar bilan xarakterlanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadlarning tabaqalanishi yoki tengsizligi
hukm suradi. Bozor sharoitida hamma bir xil tenglikka asoslangan daromad
ololmaydi. Chunki kimdir koʼp pul topsa, kimdir kam topadi. Chunki pulni koʼp, oz
topish eng avvalo insonning ish qobiliyatiga, ijtimoiy-iqtisodiy muhitga bogʼliq.
Bu muhit har bir shaxsning ish qobiliyatini toʼlaroq yuzaga chiqara olsa ishlab
pul topish koʼpayadi, agar aksi boʼlsa kamayadi.
Bozor iqtisodiyoti pul topish uchun, qonuniy ravishda teng imkoniyatlar
beradi, lekin bu imkoniyatdan foydalanish har xil boʼladi va bu oʼz navbatida
turmush darajasida farqlanadi va bu daromadning har xilligida yuz beradi.
Kishilar turmushini farqlantiruvchi yana bir omil ijtimoiy-demografik holat boʼlib,
oila tarkibining har xilligi bilan yuz beradi. Oila tarkibida mehnat qilib pul toparlar
koʼp boʼlsa, boqimandalar oz boʼlsa, albatta u jon boshiga hisoblanganda koʼp
boʼladi. Shuning uchun koʼp bolali oilalarda ixtiyoridagi daromad hajmi katta
boʼlsada, u jon boshiga hisoblanganda kam chiqadi. Misol uchun ikki oilani olib
koʼraylik. Birinchi oilada 5 kishi bor 3 kishi pul topadi. Har birining daromadi
oyiga 100 ming soʼm 2 kishi boqimanda. Bu oilaning jami daromadi 300 ming
soʼm boʼlib, jon boshiga 60 ming soʼmdan toʼgʼri keladi. Ikkinchi oilada 6 kishi
bor ulardan faqat 2 kishi ishlab oyiga 200 ming soʼm daromad topadi, lekin bu
yerda boqimanda 4 kishi, jon boshiga daromad 33 ming soʼmga toʼgʼri keladi.
Daromadlarning farqlanishi (60>33) pul topishga emas balki, oila aʼzolari soniga,
boqimandalar soniga bogʼliq.
Daromadning farqlanishi uning tabaqalanishi-differentsiatsiyasi, deb
yuritilib daromadlardagi tengsizlikni koʼrsatadi.
Daromadlardagi tengsizlik aniqlanganda xonadonlar 5 ta kvintelga
(guruhga) boʼlinadi. Bunda xonadonlar quyidan yuqoriga, yaʼni past daromaddan
yuqori daromad sari joylashtiriladi (1 kvintelь – oʼta kambagʼallar, 2 kvintelь –
kambagʼal, 3 kvintelь – oʼrtahol, 4 kvintelь - boy, 5 kvintelь – oʼta boylardan
iborat boʼladi).


Turli kvinteldagi xonadonlarning umumiy xonadonlar sonidagi hissasi (%
hisobida) ularning jami daromaddagi hissasi bilan taqqoslanadi. Bu bilan
xonadonlarning qanday daromadlarning qanday qismini olinganligi aniqlanadi.
Odatda quyi kvintellardagi xonadonlarning daromaddagi hissasi kichik boʼladi,
yaʼni masalan 10 % xonadon 5-6 % daromadni oladi. Vaholanki, yuqo-ri
kvintellarda xonadonlar soni kam boʼlsada, ular daromadning katta qismini
oladilar. Аyrim mamlakatlarda oz miqdordagi 4-5 foizni tashkil etgan boy oilalar
daromadlarning katta qismini oladilar.
Bugungi kunda rivojlanayotgan mamlakatlarda ishlab chiqarishni oʼsishi,
axolining turmush darajasi koʼtarilayotganligiga qaramay, eng boy va eng
kambagʼallar oʼrtasidagi tafovut oshib bormoqda. BMT ning maʼlumotiga koʼra,
dunyodagi eng boy 3 odamning boyligi Аfrika, Osiyo, Lotin Аmerikasi qitʼasidagi
48 ta kam rivojlangan mamlakatlarning yillik yalpi ichki mahsulotidan ortiq.
Sayyora-mizning 225 eng boy odamlarining umumiy daromadi 1 trln dol-lardan
ortiq. Shunday bir vaqtda rivojlanayotgan mamlakatlarda yashayotgan 4,4 mlrd.
axolining 3/5 qismi kanalizatsiyadan foydalan-may, 1/3 qismi toza ichimlik
suvidan
isteʼmol qilishdan,
1/3
qismi sogʼliqni saqlash
xizmatidan
foydalanishdan mahrum etilgan. Yevropaliklar bir yilda 11 mlrd.
dollarlik
isteʼmol
qilgan muzqaymoqning qiymati, dunyoda toza ichimlik suvi va
kanalizatsiyaga muhtoj boʼlganlar ehtiyojini toʼla qondirish imkonini beradi1.
Daromadlar tengsizligi darajasining miqdorini aniqlash uchun Lorents2
egri chizigʼidan foydalaniladi.
“Oilalar” ulushi yotiq chiziqda, daromadlar ulushi esa tik chiziqda
joylashgan. Nazariy jihatdan daromadlarning mutloq teng taʼminlanishi
imkoniyati (burchakni teng ikkiga boʼluvchi) chiziqda ifodalangan boʼlib, u
oilalarning har qanday tegishli foizi daromadlarning mos keluvchi foizini olishini
koʼrsatadi. 20% oilalar barcha daromadlarining 20 %, 40% axoli 40% daromadni,
60% axoli 60% daromadlarni olishni bildiradi.
Mutloq tenglikni ifodalovchi chiziq va Lorents egri chizigʼi oʼrtasidagi
tafovut daromadlar tengsizligi darajasini aks ettiradi. Bu farq qanchalik katta
boʼlsa tengsizlik katta va daromadlarning haqiqiy taqsimlanishi mutloq teng


boʼlsa, bunda Lorents egri chizigʼi va bissektirisa oʼqi bir-biriga mos kelib, farq
yoʼqoladi.
Daromadlar
tabaqalanishin
aniqlashning
koʼp
qoʼllaniladigan
koʼrsatkichlaridan biri ditsel koeffitsienti boʼlib, bu koʼrsatkich 10% eng yuqori
taʼminlangan axoli oʼrtacha daromadlari va 10 % eng kam taʼminlangan ahol
oʼrtacha daromadi oʼrtasidagi nisbatni ifodalaydi. Solishtirilayotgan aholi
qatlamlari orasidagi farq 13-15 martadan oshiq boʼlmasligi talab etiladi.
Oʼzbekistonda bu farq turli yillarda 7,9 dan 11,5 gacha boʼlib, u meʼyordan chiqib
ketmagan. 2019 yil bu koʼrsatkich 8,0 ni tashkil etdi. 2 Masalan АQSh va
Аngliyada bu nisbat 13:1 ga, Shvetsiyada esa 5,5:1 ga teng.
Yalpi daromadning axoli guruhlari oʼrtasida taqsimlanishini xarakterlash
uchun axoli daromadlari tengsizligi indeksi (Djinni koeffitsenti)3 koʼrsatkichidan
foydalanildi. Bu koʼrsatkich qanchalik katta boʼlsa (yaʼni 1,0 ga yaqinlashsa)
tengsizlik
shuncha kuchli boʼladi. Jamiyat aʼzolari daromadlari tenglashib
borganda bu koʼrsatkich 0 (nolь)ga intiladi.
Respublikamizda ijtimoiy nochor va kam taʼminlangan axoli qatlamlariga
ustivor yordam siyosati tufayli axoli daromadlari orasidagi tafovut darajasini
birmuncha yumshatishga olib keldi. Jinni koefitsenti (jamiyatning daromad
boʼyicha tabaqalanishi koʼrsatkichi) 1991-1997 yillarda 0,261 dan 0,421 ga
koʼtarilib, 2003 yilda 0,387 gacha tushdi. U 2010 yil 0,3 ni tashkil etdi.
Umumiy daromadlarning tabaqalanishi alohida tarmoqlar va faoliyat
sohalarida ish haqi darajasidagi farqning ortishi bilan birga boradi. Milliy
iqtisodiyotda oʼrtacha ish haqining tarmoqlar, korxonalar va ishlovchilar
kategoriyasi boʼyicha maʼlum tengsizligi mavjud.
Daromadlar
tengsizligining
asosiy
sababi,
bozor
iqtisodiyotining
xususiyatidan kelib chiqadi. Respublikamizda ham bozor iqtisodiyotiga oʼtish
daromadlar
tengsizligi
masalasini
maʼlum
darajada
keskinlashtiradi.
Daromadlarning tabaqalanishi eng avvalo mulkiy tabaqalanishdan kelib chiqadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadlar tengsizligini keltirib chiqaruvchi
umumiy omillar mavjud boʼlib, ularning eng asosiylari:
-
odamlarning umumiy – jismoniy, aqliy layoqatidagi farqlar;


-
ijtimoiy jihatdan oʼz qobiliyatini ishga sola bilish imkoniyati;
-
taʼlim, bilim darajasi va malakaviy tayyorgarlik darajasidagi farqlar;
-
tadbirkorlik mahorati va tahlikaga tayyorlik darajasidagi farqlar;
-
ishlab chiqaruvchilarning bozorda narxlarni oʼrnatishiga layoqatliligi;
-
omad, boshqalar bilan til topa bilishi.
Bunday holatda davlat daromadlarni qayta taqsimlash orqali daromadlar
tengsizligini kamaytirishi va jamiyat barcha aʼzolari uchun qulay moddiy hayot
sharoitini yaratishga intilmogʼi zarur.
Bunga davlatning ijtimoiy siyosati orqali erishish mumkin.


Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash
Dunyodagi barcha mamlakatlar aholi jon boshiga to’g’ri keladigan
o’rtacha daromadlar darajasi bilan
bir-biridan keskin farqlanadi. Bu esa
daromadlar o’rtasida tengsizlik mavjudligi bildiradi o’rtacha daromadlar ham
daromadlaridagi farqlarni bartaraf qilmaydi.
Daromadlar tengsizligi darajasini miqdoriy aniqlash uchun jahon
amaliyotida Lorents egri chizig’idan foydalaniladi.
Daromad %
100
Е
80
60
40
20
F
Аholi %
0
20 40 60 80 100


CHizmaning yotiq chizig’ida aholi
guruxlarining
foizdagi
ulushi tik
chizig’ida esa bu guruhlar tomonidan olinadigan daromadning foizdagi ulushi
joylashtirilgan. Nazariy jihatdan daromadlarning mutloq teng taqsimlanishi
imkoniyati (burchakni teng ikkiga bo’luvchi) OYe chiziqda ifodalangan bo’lib, u
oilalarning
har qanday tegishli foizi daromadlarining mos keluvchi foizni
olishini
ko’rsatadi. Ya‘ni aholining 20%
barcha daromadlarining
20% ni,
aholining 40% daromadlarining 40% ni, aholining 60% daromadlarining 60%ni
olishini bildiradi va h.k.
Demak, OYe chizig’i daromadlarining taqsimlanishidagi mutloq tenglikni
ifodalaydi. Real xayotda mutloq tenglik va mutloq tengsizlik holatlari mavjud
bo’lmaydi. Balki aholining
ma‘lum guruxlari
o’rtasidagi
daromadlarning
taqsimlanishi notekis ravishda boradi. Bunda taqsimlanishini Lorents egri
chizig’i deb nomlanuvchi OYe egri chizig’i orqali kuzatish mumkin.
Bozor
iqtisodiyoti
sharoitida
daromadlar
tengsizligini
keltirib
chiqaruvchi umumiy omillar mavjud. Bularning asosiylari quyidagilar:
1. Kishilarning umumiy (jismoniy, aqliy va estetik) layoqatidagi farqlar;
2. Ta‘lim darajasidagi va malakaviy tayyorgarlik darajasidagi farqlar;
3. Tadbirkorlik mahorati va tahlikaga tayyorgarlik darajasidagi farqlar;
4. Ishlab chiqaruvchilarning
bozorda narxlarni o’rnatishga layoqatli
darajadagi farqlar (bozordagi hamkorlik darajasidan kelib chiqqan
holda).
Bunday sharoitda davlatning daromadlarni qayta taqsimlash vazifasiga
daromadlar tengsizligidagi farqlarni kamaytirish va jamiyat barcha a‘zolari
uchun ancha qo’lay moddiy hayot sharoitini ta‘minlashga qaratiladi.


Davlatning ijtimoiy siyosati
Davlatning
ijtimoiy
siyosati
tegishli
markazlashgan daromadlarni
tabaqalashgan soliq solish yo’li bilan shakllantirish va uni byudjet orqali turli
guruhlari o’rtasidagi qayta taqsimlashdan iborat.
Davlat daromadlarini qayta taqsimlashdan ijtimoiy to’lovlar bilan birga
bozor narxlarini o’zgartirish va ish haqining eng kam darajasini belgilash
usullaridan foydalanadi.
Ijtimoiy to’lovlar – kam ta‘minlanganlarga pul yoki natural yordam
ko’rsatishga qaratilgan tadbirlar tizini bo’lib, bu ularning iqtisodiy faoliyatda
qatnashishi bilan bog’liq bo’lmaydi.
Ijtimoiy to’lovlarning
maqsadi
jamiyatdagi
munosabatlarni
inson
parvarishlashtirish hamda ichki talabni ushlab turish hisoblanadi.
Aholini daromadlari darajasiga inflyatsiya sezilarli ta‘sir ko’rsatish
sababli daromadlarni davlat tomonidan tartibga solishning muhim vazifasi
iste‘mol tovarlarni narxnig o’sishini hisobga olish va nominal daromadlarini
narxlar o’sishiga bog’liqlikdan oshirib borish hisoblanadi.


SHaxsiy daromadni himoya qilishda ijtimoiy siyosatning muhim
yo’nalishi aholining kambag’al qatlamini qo’llab-quvvatlash hisoblanadi.
Amaliy
hayotda
qashshoqlikning o’zi
hayot kechirish
minimumi
yordamida aniqlanadi. Bu ijtimoiy va fiziologik (jismoniy) minimumda
ifodalanadi. Ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishning minimal me‘yor bilan birga
ijtimoiy talablarning minimal xarajatlarni ham o’z ichiga oladi. Fiziologik
minimum esa faqat asosiy jismoniy ehtiyojlarni qondirishni ko’zda tutadi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan malakatlarda aholining ijtimoiy yordamiga
muhtoj qismini aniqlashda turli xil mezonlar asos qilib olinadi. Ular
jumlasiga daromad darajasi, shaxsiy mol-mulkni miqdori, oilaviy ahvoli
kiritiladi.
Ijtimoiy siyosat – bu davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni
yumshatishga va bozor iqtisodiyoti qatnashchilari o’rtasidagi ziddiyatlarni
bartaraf qilishag yo’naltirilgan siyosatdir.
Aholini
ijtimoiy himoyalash
chora-tadbirlari tizimidagi
eng asosiy
yo’nalish – bu narxlar erkinlashtirilishni va pulning qadrsizlanish darajasiga
ortib borishi
munosabati
bilan
daromadlarning
eng kam va
o’rtacha
darajasini muntazam oshirib borish hisoblanadi. “Ma‘lumki, malakatimzda
kam ta‘minlangan oilalarni bepul sigir berish yo’li bilan qo’llab-quvvatlash
alohida e‘tibor qaratiladi. Masalan, 2006 yildan hozirga qadar nan shunday
oilalar
uchun 103 mingdan ziyod qoramol berildi. Natijasida 2009 yilning
birinchi yanvargacha shaxsiy yordamchi va dehqon xo’jaliklari qoramol
boquvchi sifatida ro’yxatga olingan fuqarolarning umumiy soni bir million
100 mingdan ko’proqni tashkil etdi. Shulardan 54 ming kishiga yangi mehnat
darajasiga berildi, bir yuz o’n bir ming fuqaroning esa mavjud mehnat
daftarchasiga ish staji tegishli tartibda qayd etildi”
1
.
Aholining ijtimoiy himoyalashning ikkinchi yo’nalishi – ichki iste‘mol
bozorini himoya qilish, hamda oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq – ovqat
mollari asosiy turlari iste‘molini muayyan darajada saqlab turish bo’ldi. Bunga
erishishida muhim mahsulotlar eksportini bojxona tizimi orqali nazorat
qilish va ulrga yuqori boj to’lovlari joriy etish, kundalik zarur tovarlarni


me‘yorlangan tarzda sotishni tashkil qilish kabi tadbirlar katta ahamiyaga ega
bo’ladi.
Ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning uchinchi yo’nalishi - aholining
kam ta‘minlangan tabaqalarning ijtimoiy himoyalash va qullab-quvvatlash
borasida kuchli chora-tadbirlar o’tkazganligi bo’ldi. Masalan, pensionerlar,
nogironlar, ko’p bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o’quvchi yoshlar
hamda qayd etilgan miqdorda daromad oluvchi kishilar turli xil yo’llar bilan
himoya qilib borildi.
Yalpi ijtimoiy kafolatlar tizimdan ishonchli ijtimoiy kafolatlari va aholini
ijtimoiy qo’llab-quvvatlash tiziiga izchillik bilan o’tish-ijtimoiy siyosati amalga
oshirishga, ijtimoiy himoya vositasini kuchaytirishda sifat jihatdan yangi
bosqich boshlanishini bildiradi.
Mamlakatimizda
ijtimoiy
sohaga
yo’naltirilgan mablag’lar davlat
byudjetining umumiy xarajatlariga nisbatan 2006 yilda 51,9 foizni, 2007 yilda
53 foizni 2009 yilda 54,6 foizni, 2009 yil 56,3 fozni tashkil etgan bo’lsa, 2010
yilda 59,1 foizni yetkazish rejalashtirilgan.
Mamlakatda 2008 yilda ijtimoiy inftuzilma bo’yicha qilingan ishlar
salmoqli bo’ldi. Ya‘ni, “Ijtimoiy soha ob‘ektlarini qurish va foydalanishga
topshirish masalalariga ustuvor ahamiyat berilishi natijasida 113 ming 200
o’quvchiga mo’ljallangan 169ta kasb-hunar kolleji va 14 ming 700 o’rinli 23ta
akademik litsey qurildi va rekonsturuktsiya qilindi. Shu bilan birga, 69ta yangi
maktab barpo etildi va 582ta maktab kapital rekonstruktsiya qilindi. Shular
qatorida 184ta bolalar sport inshooti, 26ta qishloq vrachlik punkti va 7
million 240 ming kvadrat metr to’rar joy binolari va boshqa ob‘ektlar qo’rildi”[1]
Bularning barchasi mamlakat aholisini ijtimoiy har tomonlama qo’llab-
quvvatlash va himoya qilish, uning turmush farovonligini oshirishda muhim
ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimizda shakllantirilayotgan madaniylashgan bozor iqtisodiyoti
ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish bilan chambarchas bogʼliq. Ijtimoiy
himoyalashning qay darajada boʼlishi davlatning olib borayotgan ijtiomiy
siyosatiga bogʼliq. Davlat ijtimoiy siyosatining mohiyati turli ijtimoiy guruhlar,


tabaqalar oʼrtasida tabaqalanishning haddan tashqari chuqurlashuviga yoʼl
qoʼymaslik, ularning maʼlum darajada hayot kechirishini taʼminlashga
qaratilganligidir. Davlatning ijtimoiy siyosati asosini axoli daromadlarini
shakllantirish siyosati egallaydi. Jamiyat aʼzolarining daromad darajasi
farovonlikning muhim koʼrsatkichi boʼlib, unga qarab har bir kishining moddiy –
maʼnaviy hayoti, ilm olish, sogʼliqni saqlash, dam olish va boshqa ehtiyojlarni
qondirishi yuz beradi. Shunga koʼra, davlatning ijtimoiy siyosati – ijtimoiy
jarayon va kishilar oʼrtasidagi munosabatlarning butun kompleksini tartibga
solishga qaratilgan davlat tomonidan taʼsir etirsh chora-tadbirlarining
yigʼindisidir.
Ijtimoiy siyosatning quyidagi asosiy maqsadlari mavjud:
-
Аholi turmush darajasi va sifatini oshirish;
-
Kishilarning moddiy va maʼnaviy ehtiyojlarini borgan sari toʼlaroq
qondirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
-
Ijtimoiy adolatni chuqurlashtirish, ijtimoiy kafolat va ijtimoiy himoya
mexanizmini takomillashtirish.
Ijtimoiy siyosatning tub maqsadi Prezidentimizning quyidagi fikrlarida oʼz
ifodasini topgan: “Barcha islohotlarning, - deb yozgan I.Karimov, - iqtisodiy,
demokratik, siyosiy islohotlarning asl maqsadi insonga munosib turmush va
faoliyat sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat.”1
Аyni vaqtda davlatning ijtimoiy siyosati quyidagi holatlarni taqozo etadi:
1.
Barcha mehnatga layoqatlilarga tadbirkorlik va mehnat uchun qulay
sharoitlarni taʼminlash. Bular jumlasiga kiradi:
-
Biznesni liberallashtirish;
-
Kichik tadbirkorlikni ragʼbatlantirish;
-
Yuqori darajadagi bandlikni qoʼllab-quvvatlash;
-
Mehnat munosabatlarini tartibga solish.
2.
Jamiyatning
barcha
aʼzolariga farovonlikning
maʼlum
standartlarini taʼminlash. Buning uchun quyidagilarni amalga oshirish zarurat
hisoblanadi:


-
Jamiyatda daromadlarni qayta taqsimlash;
-
Turli nafaqalar va pensiyalarni optimallashtirish ;
-
Umumiy savodxonlik va barcha jamiyat aʼzolari uchun zaruriy tibbiy
yordamni uyushtirish.
Isteʼmoldagi farqlar faqat mehnat bilan bogʼliq daromadlargagina emas,
balki oila aʼzolari soni, oiladagi ishlovchilar soni, oiladagi ishlovchilar bilan
ishlamaydiganlar nisbati, sogʼligʼi, milliy sharoitga bogʼliq.
Mavjud katta farqlarni faqat davlat ijtimoiy siyosat orqali tartibga solishi
mumkin.
Maʼlumki, bozor iqtisodiyoti oʼz-oʼzidan jamiyatda ijtimoiy munosabatlarni
shakllantira olmaydi, aksincha axolining iqtisodiy jihatdan tabaqalanishini
kuchaytiradi.
Ijtimoiy siyosatning asosiy vazifasi axolining nochor, muhtoj toifalarini
ishonchli ijtimoiy himoyasini shakllantirishdan iborat.
Maʼlumki, bozor munosabatlariga qiyinchiliklarsiz va ijtimoiy ziddiyatlarsiz,
silliqqina oʼtib boʼlmaydi. Bu bozor munosabatlariga oʼtgan mamlakatlar
tajribasidan maʼlum.
Shuning uchun ham bozor mexanizmini joriy etishdan oldin axolini ijtimoiy
himoyalash boʼyicha kuchli ehtiyoj chora – tadbirlarni oldindan koʼra bilish,
axolini ijtimoiy himoyalash yoʼli bilan odamlarning turmush darajasining keskin
pasayib ketishini oldini olish va shu asosda jamiyatda osoyishtalik va
barqarorlikni saqlash uchun asosiy omil boʼladi. Oʼzbekistonda xuddi shu
yoʼldan borildi.
Islohotlarning boshlangʼich bosqichidan boshlab axolini ijtimoiy himoya
qilish uchun qoʼplab, usul va uslublardan foydalanildi. Jumladan, miqdori
muntazam oʼzgartirib borilgan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar, turli nafaqalar,
kompensatsiya toʼlovlari, bevosita pul toʼlovlari imtiyozlar va turli dotatsiyalar
tarzidagi bilvosita toʼlovlar keng qoʼllanildi. Eng kam ish haqi va pensiyalardan
soliq olinmaydigan boʼldi. Korxonalarning oʼz xodimlariga ijtimoiy yordam
koʼrsatish sohasidagi xarajatlarining bir qismi byudjet mablagʼlari hisobidan
qoplandi. Keng isteʼmol mollari va xizmatlarning koʼpgina turlari narxlaridagi


tafovutlarning oʼrni byudjetdan qoplandi. Boshlangʼich sinf oʼquvchilari va yolgʼiz
pensionerlar uchun bepul ovqat, barcha maktab oʼquvchilari va studentlar uchun
ovqatlar arzonlashtirildi, koʼpgina toifadagi fuqarolarga turar – joylari xususiy
mulk qilib bepul berildi, baʼzi turdagi kommunal xizmatlar haqini toʼlashda
yengilliklar joriy etildi.
Islohotlarning birinchi bosqichida ijtimoiy himoyalash xarajatlari
respublika byudjetining salkam uchdan bir qismini tashkil etdi.
Narxlarning erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanishi darajasining ortib
borishi bilan daromadlarning eng kam va oʼrtacha darajasini muntazam oshirish
ijtimoiy himoyalashda ustun yoʼnalishlardan biri boʼldi. Bu yoʼnalish axolining
barcha tabaqalarini qamrab oldi va islohotlar birinchi bosqichida keng miqyosda
qoʼllanildi. Respublikada daromadlar va narxlar nisbati-ning oʼzgarishi bilan ish
haqi, pensiyalar, stipendiyalarning, jamgʼarma banklaridagi axoli omonatlari
stavkalarining eng oz miqdorlari qayta koʼrib chiqildi.
Eng kam ish haqi va boshqa toʼlovlar oldindan koʼpaytirilib kelindi, narx-
navo oʼzgarishi bilan bogʼlab olib borildi. Bu oʼz navbatida axoli toʼlov
qobiliyatining saqlanib qolishini taʼminladi va uning turmush darajasining keskin
pasayib ketishining oldi olindi.
Аholini ijtimoiy himoya qilishda respublika ichki isteʼmol bozorini himoya
qilish hamda oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat mollari turlari isteʼmolini
muayyan darajada saqlab turishdan iborat koʼrilgan chora-tadbirlarning oʼrni
katta boʼldi.
Isteʼmol bozorini zarur tovarlar bilan toʼldirish va ularning chetga chiqib
ketishini oldini olish maqsadida isteʼmol mollarini sotib olish uchun bir marta,
soʼngra koʼp marta ishlatiladigan kuponlar muomalaga kiritildi, kundalik zarur
tovarlarning cheklangan turlarini meʼyorlangan tarzda sotish joriy etilda. Bu oʼz
navbatida bozorni pishiq-puxta himoya qilibgina qolmay, savdo tarmoqlariga
barcha zarur oziq-ovqat tovarlarini va kundalik xarid mollarini muntazam
ravishda chiqarib turishni taʼminladi va ularning isteʼmol qilish hajmini
kamaytirmaslik uchun imkon yaratdi.
Ish haqini oshirish bilan birga, barcha toifadagi maktablarning oʼquvchilari,


bolalar uylari, maktabgacha va maktabdan tashqari muassasalar tarbiyachilari,
Oliy va oʼrta maxsus oʼquv yurtlarining professor - oʼqituvchilari va ilmiy
xodimlari, ijodiy va tibbiy xodimlarni ijtimoiy himoyalash va ularning mehnatini
ragʼbatlantirish maqsadida ularga qoʼshimcha moddiy neʼmatlar – kvartira haqi
va kommunal toʼlovlarda imtiyozlar berildi. Yakka tartibda uy-joy qurish uchun
yer uchastkalari ajratildi.
Oʼzgalarning qaroviga muhtoj boʼlgan yolgʼiz pensionerlar turar-joyi va
kommunal xizmat uchun haq toʼlashdan ozod etildi. Ularga belgilangan
meʼyorda eng zarur mollarni, dori-darmonlarni bepul olish, jamoat transportida
tekin yurish huquqi berildi. Oliy oʼquv yurtlari talabalarining, texnikumlar va hunar
-texnika bilim yurtlari oʼquvchilarining, aspirantlarning stipendiyalari bir necha
marta oshirildi.
Yoshlarni ijtimoiy himoyalashning boshqa shakllari oziq-ovqat narxining
bir qismini qoplaydigan qoʼshimcha toʼlovlar, maktab oshxonalari va tamadi
xonalari qoʼshimcha xarajatlarining bir qismini byudjet mablagʼlari hisobidan
qoplash, xususiy xonadonlarda yashayotganlar uchun qoʼshimcha toʼlovlar,
jamoat transportida arzon haq toʼlab yurish va boshqa yengilliklar joriy etildi.
Birinchi bor nikohdan oʼtayotgan kelin- kuyovlar uchun mebelь va gilam
mahsulotlari, nikoh uzuklari sotib olish uchun imtiyozlar berildi.
Umuman aytilganda islohotlarning birinchi bosqichida barcha axoli yaʼni
kam daromadli oilalar ham, oʼziga toʼq fuqarolar bab-baravar miqdorda
foydalandilar yoki axolining barcha qatlami yoppasiga ijtimoiy himoyadan
bahramand boʼldi.
Iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichida axolini yalpi ijtimoiy
himoyalash tizimidan yangi tizimga oʼtildi. Bu – ishonchli ijtimoiy kafolatlar
axolining eng muhtoj guruhlarini axolining aniq tabaqalarini qamrab olishni
koʼzda tutadi, yordam tizimi faqat kam taʼminlangan va mehnatga layoqatsiz
odamlarga nisbatan
qoʼllanilib, shu maqsad uchun davlat mablagʼlari bilan birga mehnat
jamoalari, turli tashkilot va jamgʼarmalarning mablagʼlaridan foydalaniladi.


Ijtimoiy yordamning yangi tizimida bolalar va kam taʼminlangan oilalar
uchun barcha nafaqa va moddiy yordamlar faqat mahalla orqali beriladi. Shu
maqsadda mahallalarda byudjet mablagʼlari, korxona va tashkilotlar, tadbirkorlar
va ayrim fuqarolarning ixtiyoriy ravishda oʼtkazilgan mablagʼlari hisobidan
maxsus jamgʼarmalar tashkil etildi.
Bugungi kunda oilalarga moddiy yordam tayinlash fuqarolarning oʼzini-oʼzi
boshqarish organlari – mahalla yigʼinlari tomonidan amalga oshirilmoqda.
Endilikda barcha nafaqa va moddiy yordamlar faqat mahalla yordamida amalga
oshiriladi. Bunda oila asosiy mavqeiga ega boʼladiki, bu noyob tartib oʼz
navbatida umuminsoniy qoidalar, milliy urf-odat anʼanalarimizga mos keladi.
Mahalla yigʼinlari yordam soʼrovchi oilalarning real moddiy va mulkiy ahvoli,
daromadi manbalarini yaxshi biladi. Mahalla yigʼinlari orqali moddiy yordamning
azaldan xalqimizga xos boʼlgan insonparvarlik urf-odatlari – qoʼshniga yordam,
uning hol – ahvolidan xabardor boʼlish kabi anʼanalar asos qilib olinganligidan
dalolat beradi.
Shu bilan birga mahalla yigʼinlarida dangasalar va boqimandalar,
tekinxoʼrlarga nisbatan nafrat, murosasizlik bilan qarab kelinganligini ham
taʼkidlash darkor.
Ijtimoiy himoyaning yangi tizimi mehnatni ragʼbatlantiradigan omillar va
vositalarning yangi tuzilmasining paydo boʼlishiga asos boʼladi.
Xulosa, islohotlar davrida davlat axolining muhtoj qatlamlarini ijtimoiy
himoyalashning turli yoʼllari bilan birga, oʼz mehnat faoliyati natijasida oilasining
farovonligini taʼminlashga harakat qiluvchilarga teng sharoit va qulay imkoniyat
yaratishga yoʼl ochib beradi.
Bozor munosabatlari sharoitida aholining ish bilan bandligini taʼminlash
muhim masalalardan biri hisoblanadi. Chunki ishsizlik muammosining
mavjudligi bozor iqtisodiyotining ajralmas xususiyatidir. Shunday ekan, ishsizlik
muammosini oʼrganishdan asosiy maqsad – aholining ish bilan bandligini
oshirish orqali mamlakatda ishlab chiqarishni kengaytirish va aholi turmush
darajasini yanada yaxshilashga aloqador tadbirlar ishlab chiqishdan iborat.
Jahonda roʼy berayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz taʼsirida dunyo


boʼyicha 56 million kishidan ortiq ishsizlar armiyasi vujudga kelgan bir sharoitda
Oʼzbekistonda yuz minglab yangidan-yangi ish oʼrinlari tashkil etilmoqda. Buning
yana bir ahamiyatli tomoni - yangi ish oʼrinlarini yaratishning oʼziga xos
mexanizmlarining tarkib topgani va uning bir qator yoʼnalishlar boʼyicha izchil
amal qilib kelayotganidir.
Mamlakatimizda aholini samarali muhofaza qilishga yoʼnaltirilgan
maqsadli chora- tadbirlar hamda yuqori iqtisodiy oʼsish va bandlik surʼatlari aholi
farovonligini oshirishni taʼminlamoqda.
Аholi real daromadlarining oshishida asosiy omil boʼlib makroiqtisodiy
sharoitning qulayligi, iqtisodiy oʼsishning tez surʼatlarda oshishi, inflyatsiyaning
sezilarli darajada pasaygani, iqtisodiyotdagi tarkibiy oʼzgarishlar va aholini aniq
ijtimoiy himoya qilishning kuchaygani hisoblanadi.
Soʼnggi yillarda ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdorini
oshirish, jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq stavkalarini
kamaytirish, inflyatsiya darajasini pasaytirish boʼyicha koʼrilgan chora-tadbirlar
natijasida aholining yalpi va real daromadlari sezilarli ravishda oshdi, uning xarid
qobiliyati barqaror surʼatda oʼsib bormoqda. Jumladan, 2012 yilda oʼrtacha ish
haqi 17,5 foizga oʼsdi, eng kam ish haqi 26,5 foizga oshdi. Umuman olganda,
2000 yil bilan taqqoslaganda, real daromad aholi jon boshiga 8,6 barobar
koʼpaydi. Hisob-kitoblarga koʼra, oʼrtacha ish haqi isteʼmol savatchasi bahosidan
4 barobardan ziyod oshdi.
Аholining oʼsib borayotgan toʼlov qobiliyati bilan mamlakatimiz
korxonalarida ishlab chiqarilayotgan isteʼmol tovarlari hajmi oʼrtasida ichki
bozorda mutanosiblikni taʼminlash, bunday mahsulotlar turini kengaytirish,
bozorlarimizni ular bilan ishonchli tarzda toʼldirib borish alohida ahamiyat kasb
etadi. Chunki aholining turmush farovonligi koʼp jihatdan uning oziq-ovqat
mahsulotlari bilan taʼminlanish darajasiga bogʼliq boʼladi. Mazkur masalani hal
etishda ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish,
dehqon va fermer xoʼjaliklari faoliyatidan yanada samarali foydalanish zarur
boʼladi.
Ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish jarayoni aholi hayot faoliyati uchun sharoitlar


yaratadi. Bu sharoitlar «turmush sifati» tushunchasi bilan tavsiflanadi. Turmush
sifati koʼplab omillar taʼsirida shakllanadi.
Ijtimoiy siyosat samaradorligini oshirish
Yuqoridagilardan koʻrinib turibdiki, mamlakatda ehtiyojmandlarga ijtimoiy
yordam koʻrsatishning keng qamrovli mexanizmi yoʻlga qoʻyilmoqda. Biroq tan
olish kerakki, unga berilgan ijobiy salohiyat sabab bunday mexanizm yetarlicha
moslashuvchan va maksimal darajada shaffof boʻla olmaydi. Ayrim obyektiv va
subyektiv omillar butun tizim samaradorligiga salbiy taʼsir koʻrsatadi.
Mahalla vakillarining aholiga ajratilayotgan mablagʻlarni taqsimlashi borasidagi
masʼuliyatlarini vijdonan va ochiq ado etishayotganlariga koʻpchilikda shubha
bor. Ajratilgan ijtimoiy yordam barcha muhtojlarga va oʻz manziliga yetib
bormayapti, degan xavotir ham yoʻq emas.
Oilalarga ijtimoiy yordam ajratishda yoʻl qoʻyilgan xatolar ehtimoli yetarlicha
yuqoriligini ham eʼtirof etish joiz. Bunday tarzdagi taqsimotda tizimda nosozliklar
yuz beradi. Yaqinda Toshkentning Sergeli tumanida sodir boʻlgan voqea buni
yaqqol koʻrsatdi.
Biroq soʻnggi qarorlar hukumat mavjud boʻshliqlarni koʻrib, ularni bartaraf
etishga intilayotganini ishonch bilan aytish imkonini bermoqda. Bunda yuzaga
keluvchi kamchiliklarni hisobga olib, tizimni sozlashga qaratilgan hamda vaqti-
vaqti bilan kiritilayotgan tuzatishlar shu bilan izohlanadi.
Prezident farmoniga muvofiq, ijtimoiy yordamning barcha turlarini bir xil mezon
va bir xil hujjatga muvofiq taqdim etish imkonini beradigan Yagona ijtimoiy
reyestr yaratilmoqda. Yil oxiriga qadar tizim barcha hududlarda bosqichma-
bosqich joriy etiladi.
Maʼlumotlarni tizimlashtirish har bir ijtimoiy yordam oluvchining ehtiyoj
darajasini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. U oila aʼzolarining daromadlari,
mol-mulki, bank hisoblari, olingan kreditlar va avtomobillar toʻgʻrisidagi turli
idoralarning tegishli bazalarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar asosida aniqlanadi.


Istiqbolda “Yagona ijtimoiy reyestr” dasturining toʻliq ishga tushirilishi inson
omilini sezilarli darajada minimallashtiradi va natijada ijtimoiy yordamni
taqsimlashdagi korrupsiya holatlarini imkon qadar bartaraf etadi.
Munosib daromad, yordam puli emas
Shuni ham taʼkidlash kerakki, aholining eng kambagʻal qatlamlarini ijtimoiy
himoya qilish va qoʻllab-quvvatlash siyosati ehtiyojmand oilalarga beriladigan
yordam pullari bilan cheklanib qolmaydi. Asosiy maqsad — aholining iqtisodiy
farovonligi darajasini oshirish uchun sharoit yaratish.
Odatda kambagʻallikka tushib qolishdan koʻra, undan chiqish anchayin mushkul
hisoblanadi. Shu bois davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash “avvalo, “toʻr
belanchak” emas, balki “zina” vazifasini oʻtashi lozim” — boshqacha aytganda,
odamlarni ana shu holatda tutib turishdan koʻra, kambagʻallar toifasidan
chiqarish vositasi sifatida koʻproq oʻzini koʻrsatishi zarur.
Masalan, Shimoliy Yevropa mamlakatlarida (Shvetsiya, Norvegiya, Finlyandiya,
Daniya) umumiy bandlikka erishish va fuqarolarning barcha toifalari orasida
daromad darajalarini tenglashtirish davlat ijtimoiy siyosatining ustuvor vazifasi
etib belgilangan.
Bu borada Prezidentimiz tomonidan belgilangan maqsad “kambagʻal oilaning
hech boʻlmaganda bitta aʼzosini ish bilan taʼminlash” har qachongidan ham
dolzarbdir. Bunday yondashuvning dolzarbligi koʻplab mutaxassislar tomonidan
ham tasdiqlangan. Shunday qilib, Ijtimoiy siyosat instituti IOM iqtisodchilarining
fikricha, “hukumat saʼy-harakatlarni yoʻnaltirishi kerak boʻlgan asosiy soha — bu
mehnat bozoridir, chunki u inqirozning asosiy zarbasini oʻziga qabul qiladi”.
Qayd etish kerakki, inqirozga qarshi dastur doirasida, koronavirus pandemiyasi
sababli ishsiz yoki xorijga ishlashga keta olmay qolgan 415 mingdan ortiq kishi
allaqachon ish bilan taʼminlangan.
Ish oʻrinlari yaratish bilan birga, kam taʼminlanganlarga istiqbolda uzoq
muddatga va moddiy ahvolini oʻz kuchi bilan yaxshilashga imkon beradigan


shart-sharoitlar yaratishga katta eʼtibor berilmoqda.
Boshqacha aytganda, bunda eʼtibor ehtiyojmand qatlamga yordam puli berishga
emas, balki ishlab pul topish uchun shart-sharoit va imkoniyatlar yaratishga
qaratiladi. Iqtisodiy istiqbol va kambagʻallikni bartaraf etish nuqtayi nazaridan
bunday yondashuv eng oqilona va oʻrinli hisoblanadi.
Ish oʻrinlari yaratish bilan bir vaqtda, fuqarolarning tadbirkorlik borasidagi
faolligi ham ragʻbatlantiriladi. Mamlakatimizda aholi, avvalo, mehnatga layoqatli
odamlar sonini hisobga olgan holda, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish fuqarolar
farovonligini oshirishdagi koʻplab masalalarni hal etadi.
Oʻzbekistonda oilaviy biznes tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash tadbirkorlikka
boʻlgan qiziqishni oshirishning eng ommaviy vositalaridan biriga aylandi. Bu
maqsadlar uchun juda salmoqli miqdordagi mablagʻlar yoʻnaltirilgan. Birgina
“Har bir oila — tadbirkor” dasturini amalga oshirish uchun qoʻshimcha 2 trln.
soʻm ajratilgan. Umuman, joriy yilda oilaviy biznes dasturlari uchun 4 trln.
soʻmdan ziyod mablagʻ yoʻnaltirilmoqda.
Ushbu yondashuvga talab mavjudligi va uning ishlashidan manfaatdorlikni
tadbirkorlik faoliyati uchun 5 mingdan ortiq kishining qariyb 6 mlrd. soʻm
subsidiya olgani ham dalolat beradi. Yil oxiriga qadar bunday subsidiyalarni
oluvchilar soni 13 ming kishiga yetishi, ajratilgan mablagʻ esa 11,5 mlrd. soʻmni
tashkil etishi kutilmoqda.


Kam taʼminlangan oilalarni ish va daromad manbai bilan taʼminlash nafaqat
ularni inqiroz davrida ushlab turishga, balki yuz minglab odamlarning
mustahkam oyoqqa turib olishiga imkon beradi. Barqaror daromadga va oilasini
taʼminlay olish imkoniga ega boʻlishi natijasida, insonlar qanday va qanaqa
vositalar hisobiga yashash haqida bosh qotirmay qoʻyadi. El qatori yashay
boshlaydilar, kelajakka ishonch bilan boqadilar va farzandlarini tarbiyalash, ilmli
qilish borasida fikrlaydilar. Bunday koʻrinishdagi turmush tarzida odatda “har bir
keyingi avlod oldingisidan muvaffaqiyatliroq va boyroq” qoidasi ishlab ketadi.
Shunday qilib, taʼkidlash mumkinki, ehtiyojmand fuqarolarning bandligini
taʼminlash imkoniyatlarini yaratish bilan birga, maqsadli va toʻgʻridan-toʻgʻri
moddiy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari majmuining birlashtirilishi tanlangan
strategiyaning xalq turmush darajasini yaxshilash va farovonligini oshirish
borasidagi samaradorligini bir necha baravarga oshiradi.
Ana shu yondashuv tufayli “qashshoqlik tuzogʻiga” tushib qolgan minglab
umidsiz fuqarolar oʻzini oʻnglash va ahvolini yaxshilash uchun samarali iqtisodiy
ragʻbatga ega boʻldilar.
Kambagʻallik muammosini butunlay va qisqa vaqt ichida bartaraf etib
boʻlmasligi tabiiy. Boshqa mamlakatlarning tajribasi shuni koʻrsatadiki, bu juda
uzoq vaqt va mashaqqatli mehnatni talab etadigan jarayon. Biroq aynan oʻsha
xalqaro tajriba bu muammoga har tomonlama va izchil yondashilsa, toʻgʻri
amalga oshirilsa, kutilgan natijani berishini tasdiqlaydi.
Аholi turmush darajasini yaxshilash va ularga qulayliklar yaratish
jarayonida xonadonlarni gazlashtirish va aholi uchun yetkazib beriladigan tabiiy
gaz narxini belgilash masalasi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Respublikamiz
aholisiga tabiiy gaz qoʼshni davlatlarga nisbatan arzon narxlarda yetkazib
beriladi. Masalan, aholiga 1 ming m3 hajmdagi tabiiy gazni sotish uchun
Qirgʼizistonda 309 dollar, Tojikistonda 303,5 dollar, Qozogʼistonda 100-140
dollar, Oʼzbekistonda esa 30 dollar narx belgilangan.


Shuningdek, mustaqillikka erishilgach, aholi uy-joylari va xonadonlarni
gazlashtirishga katta eʼtibor qaratildi. Аyniqsa, bu borada shahar va
qishloqlarning gaz bilan taʼminlanish darajasi oʼrtasidagi tafovutni keskin
qisqartirishga ahamiyat berildi.
Buning natijasida 2010 yil 1 yanvarь holatiga respublikamizdagi
xonadonlarning gaz bilan taʼminlanish darajasi shahar joylarda 85 foizni, qishloq
joylarda esa 78,7 foizni tashkil etdi. Shu kunga qadar jami gazlashtirilgan
xonadonlar soni 4270,6 mingtani tashkil etib, shundan 2419,8 mingta xonadon
shaharda, 1850,8 mingta xonadon qishloqda joylashgan.
Yurtimzda oilalarning sifatli va uzoq muddat foydalanadigan isteʼmol
tovarlari bilan taʼminlash darajasi sezilarli ravishda oshdi. Jumladan, bugungi
kunda har 100 ta oilaga oʼrtacha 132 ta televizor, 99 ta xolodilьnik, 18 tadan
ziyod konditsioner, 12 ta shaxsiy kompьyuter, 27 tadan ortiq yengil avtomobilь
toʼgʼri kelmoqda.


Takrorlash uchun savollar
1.
Daromadlar tushunchasi nima? Bozor va nobozor daromadlariga
taʼrif bering.
2.
Аxoli daromadlari va uning darajasiga taʼsir etuvchi omillarni sanab
koʼrsating.
3.
Turmush darajasi tushunchasi, uning koʼrsatkichlarini sanab bering.
4.
Daromadlar tengsizligining asosiy sabablari nima? Ularni tushuntirib
bering.
5.
Ijtimoiy siyosat nima va uning asosiy yoʼnalishlarini sanab bering.
Xullas, islohotlar davridagi davlat aholining muhtoj tabaqalarni qo’llav-
quvvatlash bilan birga, o’z mehnat faoliyati orqali oilasining farovonligini
ta‘minlashga
haraqat qilayotgan
kishilar uchun teng
sharoit va
qo’lay
imkoniyat yaratib bormoqda.


Asosiy tayanch tushunchalar
:
Aholi daromadlari – aholining ma‘lum vaqt davomida pul va natural
shaklda olgan daromadlar miqlori.
Nominal daromad - aholi tomonidan pul shaklida olingan daromadlari
summasi.
Ixtiyorida bo’lgan daromad - barcha soliqlar to’langandan keyin qolgan
daromad, ya‘ni shaxsiy iste‘mol va jamg’arma maqsadlarida foydalanish
mumikn bo’lgan daromad.
Real daromad - narx darajasi o’zgarishini hisobga olib aholi ixtiyoridagi
daromadning zarur bo’lgan moddiy va ma‘naviy ne‘matlarni sotib olishga
yetadigan quvvatidir. Qisqa qilib aytganda aholi daromadining xarid qo’vvatidir.
Lorents egri
chizig’i – daromadlar tengsizligi
darajasini
miqoriy
aniqlashni xarakterlaydi.
Ijtimoiy to’lovlar - kam
ta‘minlanganlarga pul yoki
natural shaklda
yordam ko’rsatishga qaratilgan turli xil to’lovlar.
Ijtimoiy siyosat - bu davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni
iqtisodiyot
qatnashchilari o’rtasidagi
ziddiyatlarni
bartaraf qilishga
yo’naltirilgan siyosatdir.
Daromadlar – iqtisodiyot subʼektlarining oʼzlariga qarashli resurslarining
miqdori va samarali foydalanganligiga qarab har bir iqtisodiy subʼektga
tegadigan daromad.
Bozor daromadlari – har bir subʼekt oʼz qoʼlidagi ishlab chiqarish omili
yordamida tovar va xizmatlar yaratishga qoʼshgan hissasiga qarab oladigan
daromad.
Nobozor
daromadlari

insonparvarlik
qoidalariga
asoslangan
daromadlar. (Davlat tomonidan qarilik va nogironlik yoki boquvchisiz
qolganlarga beriladigan pensiya, nafaqalar, bir yoʼla yordam pullari, stipendiyalar


va turli natural toʼlovlar).
Аxoli daromadlari – axolining maʼlum vaqt davomida pul va natura
shaklida olgan daromadlari .
Nominal daromad – axoli tomonidan pul shaklida olingan daromadlar
summasi, miqdori.
Ixtiyorida boʼlgan daromad – nominal daromaddan soliqlar va majburiy
toʼlovlar chiqarib tashlanib, shaxsiy isteʼmol va jamgʼarishga sarflanadigan
daromad.
Real daromad – narxning oʼzgarishi natijasida axoli ixtiyoridagi
daromadga zarur boʼlgan moddiy va nomoddiy neʼmatlarni sotib olishga
yetadigan quvvati yoki axoli daromadining xarid quvvati- qobiliyati.
Ijtimoiy siyosat – davlatlarning bozor sharoitida daromadlar tengsizligini
yumshatish, iqtisodiy subʼektlar oʼrtasidagi ziddiyatlarning oldini olishga
qaratilgan siyosati.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin