Reja: Ijtimoiy-siyosiy barqarorlik – demokratik jamiyat qurish asosi. Ijtimoiy siyosat. Ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning shartlari va millatlararo munosabatlar. Milliy xavfsizlik, diniy ekstremizm va terrorchilikka qarshi kurash



Yüklə 83,5 Kb.
səhifə1/7
tarix16.12.2022
ölçüsü83,5 Kb.
#121242
  1   2   3   4   5   6   7
1548923646 73928


Ijtimoiy siyosiy barqarorlik milliy xavfsizlik O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish kafolati


Reja:
1. Ijtimoiy-siyosiy barqarorlik – demokratik jamiyat qurish asosi. Ijtimoiy siyosat.
2. Ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning shartlari va millatlararo munosabatlar.
3. Milliy xavfsizlik, diniy ekstremizm va terrorchilikka qarshi kurash.

Ijtimoiy-siyosiy barqarorlik – demokratik jamiyat qurish asosi. Ijtimoiy
siyosat
Jamiyatdagi ijtimoiy barqarorlikning ma'nosi-tinchlik, osoyishtalik va ijodiy mehnat muhiti qat'iy uzil-kesil hamda mustahkam o'rnatilgan sharoit. Barqarorlik bunyodkorlik faoliyatining zamini va zaruriy sharti. Insoniyatning butun tarixi – barqarorlik va beqarorlikdan iborat. Beqarorlik, barqarorlik davrida odamzot tomonidan yaratgan moddiy va ma'naviy boyliklar sovurilgan, jamiyat taraqqiyoti sustlashib, zavolga uchragan, zo'ravonlik avj olgan. Ayniqsa, u tuzumdan bu tuzumga utayotganda beqarorlik uchun sharoit yaratiladi. O'tgan asrda Rossiyada xuddi shunday holat ro'y berdi, 1917 yil fevralda podsho-imperator taxtdan ag'darildi, usha yili kommunistlar hokimiyatni egallab, mamlakatda beqarorlik boshlandi- fuqarolar urushi, oq terrorga qarshi qizil terror uyushtirildi. Natijada, jamiyatdagi nufuzli tadbirkorlar – zavod-fabrika egalari, mulkdorlar, bankirlar, umuman qo'lidan ish keladiganlar beqarorlik qurboni bo'ldi. Mamlakatda xunrezlik, ocharchilik, qimmatchilik avj oldi. Beqarorlik – Rossiya Imperiyasini emirib, mamlakat tanazzulga uchradi, u yoki bu yog'ini qo'ying 30 million aholini boshini edi. Ana, Sizga beqarorlikning oqibati.
Shuning uchun mustaqillikka chiqqan O'zbekiston barqarorlik yo'lidan dadil qadamlamoqda. Mustaqillik yillarida O'zbekistonda yangi, demokratik huquqiy davlat qurishning siyosiy asoslarida tub burilishlar yasalib, muhim o'zgarishlar sodir bo'ldi. Mamlakat ma'muriy-buyruqbozlik tizimining kishanlaridan qutildi. Yakka partiya hukmronligi barham topdi. O'zbekiston o'z istiqlol va taraqqiyot yo'lini belgilab oldi. Shuning uchun O'zbekistonda siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy taraqqiyotning, iqtisodiy islohotlarning samarali bo'lishining omili barqarorlikdir.
Barqarorlik - jamiyat taraqqiyotining kaliti hisoblanib mamlakatda tinchlik, osoyishtalikni ta'minlaydi. Ijodiy mehnat muhiti yuzaga keladi. Demak, ijtimoiy barqarorlik jamiyatni bir me'yorda, larzalarsiz davom etishidir. Jamiyatda bunday holatni yuzaga keltirish oson kechmaydi. Bir tuzumdan boshqasiga o'tish juda ko'p
muammolarni keltirib chiqaradi. Ana shunda bosiqlik, vazminlik bilan ish tutishlik o'zining ijobiy natijalarini beradi. Mamlakat barqarorligini ta'minlashda-huquqiy, me'yoriy hujjatlarning o'rni katta. Shuning uchun, mustaqil O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – jamiyatimiz barqarorligini huquqiy kafolatidir. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini Muqaddimasida “O'zbekiston xalqi: ... demokratiya va ijtimoiy adolatga sadaqatini nimoyon qilib, respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta'minlashga intilib, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishni ko'zlab, fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta'minlash maqsadida o'zining muxtor vakillari siymosida O'zbekiston Respublikasining mazkur Konstitutsiyasini qabul qiladi”.74 Ha, Bosh Qomusimizning muqaddimasidan barqarorlik g'oyalari ufurib turibdi. Ana shu g'oya mamlakatimizda barqarorlikni ta'minlash imkoniyatini yaratdi. 1992 yildayoq Prezidentimiz Islom Karimov yurtimizdagi ahvolga baho berib shunday degandi: “Hozirgi tinchlik, barqarorlik-eng katta boyligimiz. Buni ming marta takrorlashga tayyorman. Xalqimizdan iltimos qilmoqchiman: mana shu boylikni qo'ldan bermang. O'shanda bu yurtga hamma narsa keladi... Bugun xalqimizga tinchlik va osoyishtalik kerak”.
Mustaqilligimizni dastlabki yillaridayoq belgilab olingan ana shu yo'l o'zini bugun oqladi. Jamiyatimizdagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlik-demokratik jamiyat qurishning asosi hisoblanadi. Ichki va tashqi siyosatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida xususiy mulk, mulkdorlar sinfi paydo bo'ldi.

Yüklə 83,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin