Seleksiyaning asosiy metodlaridan biri tanlash hisoblanadi. Tanlash



Yüklə 17,64 Kb.
tarix19.09.2023
ölçüsü17,64 Kb.
#129069
tanlash metod


Tanlash metodlari
Seleksiyaning asosiy metodlaridan biri tanlash hisoblanadi. Tanlash
Metodlarining tizimida asosan ikki turi ajratiladi: yalpi (ommaviy)

Va yakka tartibdagi (individual) tanlash. Yalpi (ommaviy) tanlash.

Yalpi (ommaviy) tanlash – genotipi tekshiriladigan tashqi belgilar

(fenotip) bo‘yicha qarindoshlami tanlash. Masalan, ma’lum o‘simlik

Populatsiyasiga mos keladigan, umumiy belgilari yaxshi deb topilgan

O‘simliklar hosili jamlab, terib olinadi. Hayvonlarda, masalan, leggom

Zotli tovuqlar populatsiyasi ichidan ommaviy tanlashda tuxum qo‘yishi

150-200 kunga, tirik vazni 1,6 kg, rangi oq tovuqlami ko‘paytirishga

Qoldiriladi, Bunda har bir tovuq va xo‘rozning avlodi yakka tartibda

O‘rganilib, baholanmaydi, ya’ni baholash fenotip bo‘yicha olib boriladi.

Fenotip esa genotipning reaksiya normasi namoyon bo‘lib, tashqi muhit

Omillarining o‘zgaruvchanligiga kuchli bog‘liq. Shu sababdan genotipni

Baholashda fenotip bo‘yicha tanlash samarasi kamroq. Yalpi (ommaviy)
Tanlashning samaradorligi belgining irsiylanish koeffitsiyentiga kuchli

Darajada bog’liq. Agarda belgining irsiylanish koeffitsiyenti yuqori

Bo‘lsa, bu holda birinchi avloddanoq tanlash samarasi ham yuqori bo’ladi.

Ommaviy tanlash hayvon va o’simliklar populatsiyalarini yaxshilashning

Davomiy vositasi hisoblanadi. Bu metod orqali mahalliy seleksiya navlari

Yaratilgan.

Yakka tartibdagi (individual) tanlash. Yakka tartibdagi tanlash turli organizmiarning avlodlari aralashib ketadigan ommaviy

Tanlashdan farqli o‘laroq, har bir 0 ‘simlik yoki hayvonning qator

Bo‘g‘inlari davomida avlodlari baholanadi. Buning natijasida ayrim

Individlarning irsiy xususiyatlarini baholash mumkin bo‘ladi. Yakka

Tanlash jarayonida populatsiya sun’iy ravishda alohida liniyalarga

Ajratiladi. Bunda mahsuldorlikni baholash alohida qarindoshning

Barcha yoki bir qismi bo’lgan avlodi ko‘rsatkichlari bo’yicha olib

Boriladi. Kerakli belgi-xususiyatlarga ega bo’lgan qarindoshlar tanlab olib, uning hosili ayrim terib olinadi. Qolganlari yaroqsizga

Chiqariladi. Bunda ko’pincha m a’lum kerakli genotiplarni tanlash va

Qimmatli genlar konsentratsiyasini ko’paytirib, avlodida gomozigota

Qarindoshlar sonini oshirishga imkoniyat beradigan inbriding usulidan

Foydalaniladi. Yaxshi ko’rsatkichlarga ega bo’lgan liniyalar keyingi

Seleksiya jarayonida ishlatiladi. Yakka tanlash ikki usul bilan amalga

Oshiriladi.

Avlod bo‘yicha tekshirish. Bunda tanlangan organizmdan olingan

Avlod alohida o’rganiladi va undagi kerakli belgi xususiyatlaming

Namoyon bo’lishi baholanadi. O’z-o’zini changlaydigan o’simliklar uchun

Bu qulay usul. Chetdan changlanadigan o’simliklarda va hayvonlarda

Yaqin qarindoshni tanlash olib boriladi. Masalan, ikki tovuqdan birinchisi

Ko’proq tuxum berib, lekin uning avlodidagi tovuqlar ikkinchi tovuq

Avlodiga nisbatan kamroq tuxum berishgan. Bu yerda, albatta, ikkinchi

Ona tovuq tanlanadi, negaki mahsuldorlik xususiyatini avlodiga o’tkazish

Qobiliyati unda yaxshiroq.

Sib-seleksiya. Yakka tanlashning boshqa metodi bo’lmish sibseleksiyada tanlash avlod bo’yicha emas, balki yaqin qarindoshlar

Bo’yicha olib boriladi (sibling inglizcha «ака-singil» ma’nosini anglatadi).

Ushbu metodnmg mohiyati chatislitirishdan olingan avlodning har oilasi


Kkiga bo‘linib, bir bo‘lagi o’rganiladi. 0 ‘rganilayotgan belgi bo‘yicha

Eng yaxshi oilaning ikkinchi bo’lagi ko’paytirilib, bu jarayon yana

Qaytariladi. Ko‘pchilik chorva mollarida bu metodni ishlatib bo‘lmaydi.

Asosiy noqulaylik avlodni baholash uchun uzoq muddat zarurligi va

Oxirida tanlangan zotli hayvonning qarib qolishidan iborat. Hozirgi kunda

Bu muammo sun’iy urug‘lash va sperxnani uzoq muddat saqlash metodlari

Yordamida o‘z yechimini topmoqda.

Yakka tanlashning bu metodikasi o‘simliklar seleksiyasida ham

Ishlatilib, u yarim bo‘laklash metodi deb yuritiladi. Masalan, kungaboqar

O‘simligining moy miqdorini oshirish uchun, uning savatchalarining

Har birini urug‘lari ikkiga bo’linib, bir bo‘lagidagi urug‘lari moylilik

Bo‘yicha tekshiriladi. Qaysi bir bo‘lakdagi urug‘laming moylilik foizi


Yuqori bo‘lsa, shuning ikkinchi bo‘lagidagi urug‘larini ko‘paytirib, bu

Jarayon yana qaytariladi. Shu tarzda avloddan-avlodga sib-seleksiya

Asosida moylilik bevosita tekshirilmagan urug‘lar tanlanadi. Natijada,

Kungaboqaming yuqori moyli navlari yaratiladi. Sib-seleksiya metodi

Mikroorganizmlaming antibiotiklarga chidamliligini o‘rganishda ham

Ishlatiladi.

Yakka tanlash seleksiya j’arayonida m a’lum genotiplarni baholash

Va yaratishning eng to‘g‘ri vositasi hisoblanadi. Bunda nav yoki zotlar

Uchun yashaydigan ma’lum sharoitlar yaratiladi. Shuning uchun ham

Bir zot yoki navdan har xil sharoitlarda bir xil mahsuldorlikni kutish

Mumkin emas. Organizm genotipini asosan tanlash, baholanishiga

Qaramasdan, uning ta’siri tashqi muhit sharoitlariga bog‘liqdir.

Tanlanayotgan organizmlarning irsiy imkoniyatlarini maksimal

Ravishda yuzaga keltiradigan sharoitlarda (genotipning reaksiya

Normasi) tanlash jarayoni yuqori samarali kechadi. Namgarchilik

Yuqori bo‘lgan sharoitlarda qurg‘oqchilikka, issiq iqlim zonalarida

Sovuqqa, kasallik bo‘lmagan sharoitda shu kasallikka chidamlilik

Xususiyatlari bo‘yicha tanlash ishlarining besamarligi ayondir.

Tashqi muhitning muvofiq sharoitlari genotip baholanishini

Yengillashtirib, uni obyektiv va aniq qiladi. Imkoniyat boricha genotipni

To‘liq baholash maqsadida tashqi muhitning chegaraviy yoki eng optimal

Sharoitlarini yaratish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu esa tanlanayotgan

Genotiplarni aniq belgilanishiga imkoniyat yaratadi.
Tanlash – seleksiyaning asosiy metodlaridan biri. Seleksiya uchun

Istiqbolli bo‘lgan formalarni saqlab, kerak emaslarini yaroqsizlikka

Chiqargan holda zot yoki navning takomillashuviga yordam beradi,

Samarali bo‘lib genotipni baholash b o ‘y i c h a olib boriladigan yakka

Tanlash hisoblanadi. Faqat fenotip bo‘yicha olib boriladigan ommaviy

Tanlash samaradorligi katta m e’yorda belgining irsiylanishiga bog‘liq



Bo‘ladi.
Yüklə 17,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin