„uy", „turar joy" organizmdan har xil darajada yuqori turadigan sistemalar



Yüklə 67,87 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix18.11.2023
ölçüsü67,87 Kb.
#133013
Ekologiya - Vikipediya



Ekologiya
Ekologiya
(
qadimgi yunoncha

οἶκος

„uy“, „turar joy“) — organizmdan har xil
darajada yuqori turadigan sistemalar;
populyatsiyalar, biotsenozlar,
biogeotsenozlar (ekosistemalar) va
biosferaning tuzilishi, ularda kechadigan
jarayonlarni oʻrganadigan biologiya
fanlari majmui. Ekologiyani organizmlar
va ular bilan atrof muhit oʻrtasidagi
oʻzaro munosabatlarni oʻrganadigan fan
Bu maqolada ichki havolalar juda kam.
Ko‘proq o‘rganish


sifatida ham talqin qilinadi. Ekologiya
oʻrganadigan obʼyektlariga koʻra, umumiy
va xususiy ekologiyaga ajratiladi.
Umumiy ekologiya organizmdan yuqori
turadigan har xil sistemalarning tuzilishi
va funksiyasini oʻrganadi. U
populyatsiyalar ekologiyasi,
biotsenologiya, ekosistemalar
ekologiyasi kabi boʻlimlardan iborat.
Populyatsiyalar ekologiyasi
populyatsiyalarining strukturasi va
miqdoriy dinamikasining umumiy
qonuniyatlari hamda har xil turlar
populyatsiyalari oʻrtasidagi oʻzaro
munosabatlar (raqobat, yirtqichlik)ni
tadqiq qiladi. Biotsenologiya


(hamjamoalar ekologiyasi)
biotsenozlarning tuzilishi qonuniyatlari,
tarkibi va funksiyasini oʻrganadi.
Xususiy ekologiya muayyan taksonomik
guruhga mansub organizmlarning muhit
sharoitiga munosabatlari majmuini
oʻrganadi (masalan, hasharotlar
ekologiyasi). Baʼzan xususiy ekologiyaga
muayyan ekosistema va hamjamoani
oʻrganadigan fan sifatida ham qaraladi
(mas, qishloq xoʻjaligi ekosistemalari
ekologiyasi — agroekologiya; oʻsimliklar
hamjamoalari ekologiyasi —
fitotsenologiya). Suv ekosistemalari va
suv organizmlari ekologiyasini
oʻrganadigan gidrobiologiya ham


ekologiyaning bir qismi hisoblanadi.
Ekologiya autekologiya (har xil muhit
omillarining alohida turlarga taʼsirini
oʻrgayʼdigan fan) va sinekologiya
(organizmlar va ular majmualari
oʻrtasidagi munosabatlarni oʻrganadigan
fan)ga ham ajratiladi.
„Ekologiya“ terminini 1866-yil nemis olimi
ekologiya E. Gekkel organizmlarning atrof
muhit bilan munosabatlarini belgilash
uchun taklif etgan. Ekologiyaning fan
sifatida yuzaga chiqishi 18—19-asrlarda
yashagan naturalistlar va geograflarning
ishlari bilan bogʻliq. 19-asrning oxiri va
20-asr boshlarida tadqiqotchilar ayrim
omillar, ayniqsa, iqlimning


organizmlarning tarqalishi va
dinamikasiga taʼsir etishiga eʼtibor
berishdi. Ayni shu davrda
organizmlarning bir butun majmui
boʻlgan tabiiy biotsenozlar toʻgʻrisidagi
tasavvurlar shakllana boshlaydi.
Ekologiya 20-asrning 20—30-yillarida
jadal rivojlana boshladi. Bu davrda
amerika zoologi Ch.Elton 1930 yilda
populyatsiyalar va jamoalarni
oʻrganishning asosiy vazifalarini koʻrsatib
berdi; italiyalik va amerikalik
matematiklar V. Volterra va A. Lotka
populyatsiyalarning oʻsishi, oʻzaro
taʼsirining matematik modellarini taklif
etishdi; rus mikrobiologi G.F. Gauze bu
modellarni tajribada sinab koʻradi. Xuddi


shu davrda gidrobiologlar tirik
organizmlar orqali moddalar va energiya
oʻzgarishini miqdoriy jihatdan oʻrganish
boshlanadi. Bir-biri va notirik atrof muhit
bilan oʻzaro bogʻlangan organizmlar
komplekslari toʻgʻrisidagi tasavvurlarning
shakllanishi ingliz botanigi A. Tenslining
„ekosistema“ (1935) va rus botanigi V.N.
Sukachevning „biogeotsenoz“ (1942)
tushunchalarining yaratilishi bilan bogʻliq.
20-asrning 50-yillarida umumiy ekologiya
shakllanadi. Tadqiqotchilarning asosiy
ishlari organizmlar va ular hosil qiladigan
sistemalarning oʻzaro taʼsirini oʻrganishga
qaratiladi. Ekologiya tadqiqotlarida
miqdoriy metodlar keng tarqala


boshlaydi; laboratoriya va tabiatda
oʻtkaziladigan tajribalar hamda
matematik modellashtirishlar keng
qoʻllanila boshlanadi.
20-asrning 2-yarmida odamning
biosferaga salbiy taʼsiri kuchayishi
natijasida ekologik krizisning yuzaga
chiqishi va tabiatni muhofaza qilish
ishlarini keng miqyosda amalga oshirish
zaruriyatining tugʻilishi bilan
ekologiyaning amaliy ahamiyati keskin
oshib ketdi; koʻpchilik tabiiy fanlarni
„ekologiyalashtirish“ boshlandi; ekologiya
bilan falsafa, sotsiologiya va boshqalar
bir qancha fanlar oʻrtasida uzviy
bogʻlanish paydo boʻldi. Hozirgi davrda


sanoat va qishloq xoʻjaligi ishlab
chiqarishi, transport, qurilish,
ilmiytexnikaviy, demografik muammolarni
hal etish hamda tabiiy resurslardan
ratsional foydalanish yoʻllarini ishlab
chiqishda ekologik yondashuv zarur
boʻlib qoldi.
Oʻzbekistonda ekologiyaning rivojlanishi
D.N.Kashkarov, A. L. Brodskiy, T. 3.
Zohidov va boshqalarning ishlari bilan
bogʻliq. D. N. Kashkarov umurtqali
hayvonlarni oʻrgangan va birinchi boʻlib,
hayvonlar ekologiyasi darsligini yaratgan.
A. L. Brodskiy tuproq umurtqasiz
hayvonlarini, T. 3. Zohidov Qizilqum
umurtqali hayvonlarini ekologik jihatdan


tadqiq qilgan. Oʻsimliklar ekologiyasiga
oid tadqiqotlar Q.Z.Zokirov, A. M.
Muzaffarov, I . I. Granitov va ularning
shogirdlari tomonidan keng miqyosda
olib borilmoqda.
Tabiatni muhofaza qilish
Odum Yu ., Osnovn ekologii, per. s ang .
Moskva, 1975.
Ergashev A., Umumiy ekologiya,
Toshkent, 2003.
Toʻxtayev A., Ekologiya, Toshkent,
2000.
Yana qarang
Adabiyotlar


Ahmadqul Ergashev, Ochil Mavlonov.
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy
ensiklopediyasi
 (2000-
2005) maʼlumotlaridan
foydalanilgan.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Ekologiya&oldid=3855607

dan olindi


Bu sahifa oxirgi marta 6-Sentyabr 2023, 23:45 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 4.0
 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).

Yüklə 67,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin