6. Uyga vazifa ________________________ Sana: «___» _____________ 201__ y.
Mavzu: KESMALARNI O’LCHASH
Darsning maqsadi: Kesmalarni o’lchash haqida tushuncha berish, misollar keltirish, ularning har biriga izoh berish.
Darsning ko’rgazmali qurollari: ______________________________
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism– salom-alik qilish, davomatni tekshirish, zarur ko’rgazmali qurol va jihozlarni darsga hozirlash;
2. O’tilganlarni takrorlash va yangi mavzuni boshlashga hozirlik– yangi mavzu bilan bog’liq o’tilgan dars mavzularini takrorlash; o’quvchilarning yangi
mavzuni o’tishdan oldin bu mavzuga oid bilim darajalarini aniqiash, baholash
va yangi materialni o’zlashtirishga tayyorlash; yangi dars maqsadini tushuntirish;
3. Yangi mavzuni yoritish: Kesmalarni o’lchash Kesmalarni o’lchashning asosiy xossasi:
Xossa. Har bir kesma uzunligi shu kesmaning har qanday nuqtasi ajratgan qismlari uzunliklarining yig’indisiga teng. Odatda kesma masshtabli chizg’ich yordamida o’lchanadi.
AB kesma uzunligini o’lchash uchun chizg’ichning 0 raqami kesmaning A nuqtasi ustiga qo’yiladi. Chizg’ichning B nuqtaga to’g’ri kelgan raqami o’lchanayotgan kesmaning uzunligini bildiradi.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash: 40. Uzunligi 12 sm bo’lgan AB kesmada C nuqta belgilangan. Agar AC kesma BC kesmdan 4 sm uzun bo’lsa, AC va BC kesalarning uzunliklarini hisoblang.
41. Bir to’g’ri chiziqda N, M va L nuqtalar belgilangan. |NL|=15, |NM|=2|ML| bo’lsa, NM va ML kesmalarning uzunliklarini toping.
42. A va B nuqtalar orasidagi masofa 9 sm ga teng Agar:
1) |AC| = 7 sm, |BC| = 2 sm; 2) |AC| = 3 sm, |CB| = 8 sm;
3) |AC| = 3,5 sm, |BC| = 2,5 sm; 4) |AC| = |CB| bo’lsa, C nuqta AB kesmaga tegishlimi?
44. 16 sm uzunlikdagi AB kesmada shunday C nuqta olinganki, bunda |AC| = 4 sm. Quyidagi kesmlarning o’rtalari orasidagi masofani hisoblang: 1) [AB] va [AC]; 2) [AB] va [CB]; 3) [AC] va [CB].
45. Koordinata to’g’ri chizig’ida A(-3) nuqtadan 5 birlik masofada yotuvchi nuqtalar koordinatasini ayting.