5. Darsga yakun yasash va baholash – darsning maqsadini yana bir bor eslatish va unga qanchalik erishilganligini o’quvchilar bilan birgalikda aniqlash. O’quvchilarning mavzu bo’yicha savollariga javob berish, ulaming o’zlashtirganlik darajasini aniqiash, darsning asosiy lahzalarini qayd qilish. Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni tilga olish va baholash;
6. Uyga vazifa ________________________
Sana: «___» _____________ 201__ y.
Mavzu: TRANSPORTIR YORDAMIDA BURCHAKLARNI O’LCHASH
Darsning maqsadi: Transportir haqida tushuncha berish, misollar keltirish, ularning har biriga izoh berish.
Darsning ko’rgazmali qurollari: ______________________________
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism– salom-alik qilish, davomatni tekshirish, zarur ko’rgazmali qurol va jihozlarni darsga hozirlash;
2. O’tilganlarni takrorlash va yangi mavzuni boshlashga hozirlik– yangi mavzu bilan bog’liq o’tilgan dars mavzularini takrorlash; o’quvchilarning yangi
mavzuni o’tishdan oldin bu mavzuga oid bilim darajalarini aniqiash, baholash
va yangi materialni o’zlashtirishga tayyorlash; yangi dars maqsadini tushuntirish;
3. Yangi mavzuni yoritish:
Transportir yordamida burchaklarni o’lchash va yasash Burchaklarni o’lchashda yoki berilgan kattalikdagi burchakni yasashda transportirdan foydalaniladi (70-rasm).
Transportir – 180 ta teng bo’laklarga bo’lingan yarim aylanadan tashkil topgan chizmachilik qutolidir.
1. Berilgan AOB burchakni o’lchash talab qilingan bo’lsin.
Transportirning yarim aylana markazini burchakning O uchiga, r radisusini esa burchakning OB tomoniga qo’yiladi. Burchakning OA tomoni bilan ustma-ust tushgan transportirdagi 45-chiziqcha, ya’ni 45o tomonlar orasidagi aylana yoyining, ya’ni berilgan burchakning gradusdagi kattaligini ifodalaydi (71-rasm). Demak, AOB = 45o.
2. 170o li burchak yasash talab qilingan bo’lsin.
Transportir diametrida yotuvchi, uchi diametr o’rtasida bo’lgan OD nur chiziladi. Transportirning yarim aylanasi bo’yicha 170o li yoyga to’g’ri kelgan nuqta belgilanadi. Birinchi nurning O uchidan shu nuqta orqali ikkinchi OC nur o’tkaziladi. Natijada 170o li COD burchak hosil qilanadi (72-rasm).
Biror to’g’ri chiziqning tayin nuqtasidan istalgan (yoyiq burchakdan kichik) burchakni qo’yganimizda unga qo’shni bo’lgan 180o - burchak hosil bo’lishiga e’tibor bering. Zarur bo’lganda undan foydalanishni unutmang. Shu bilan birga transportir yordamida yoyiq burchakdan katta, 360o dan kichik burchaklarni yasash mumkin. Masalan, 225o li burchakni yasash uchun yoyiq burchakka 45o li burchak qo’shib (73-rasm) yoki ikki yoyiq burchak yig’indisidan 135o li burchakni ayirib (74-rasm) yasaladi:
180o + 45o = 225o;
360o - 135o = 225o.