11-MAVZU. MULOHAZA. XULOSA CHIQARISH
166
Metall issiqlik o’tkazadi. Mis
- metall
Demak, mis issiqlik o’tkazadi.
2.
Asoslar yoki asoslardan biri shartli mushohadadan
iborat sillogizm
shartli sillogizm
deb
yuritiladi. Masalan:
Teraklarning barglari uchidan sarg’aysa, qish qattiq keladi.
Teraklarning barglari uchidan sarg’aydi Demak, qish
qattiq kelishi mumkin.
3.
Asoslardan bir ayiruvchi (bo’lingan) mushohadadan iborat bo’lsa,
ayiruvchi (bo’lingan)
sillogizm
hosil bo’ladi. Masalan:
Burchaklar yo o’tkir, yo o’tmas, yo to’g’ri bo’ladi.
Bu - to’g’ri burchak.
Demak, Bu - na o’tkir, na o’tmas burchak emas.
Sillogizm tuzilishiga ko’ra:
sodda, murakkab, murakkab - qisqartma
turlarga bo’linadi.
Sodda sillogizm.
Sodda sillogizm 3 qism (katta asos, kichik asos, xulosa) hamda 3 termin (R, M,
S) dan iborat bo’ladi. Shu bilan bir vaqtda sodda sillogizmlar har doim ham to’liq
holda ham
uchrayvermaydi. Aksari hollarda sillogizmlarning sodda qisqartma shakllari uchraydi.
Sodda qisqartma sillogizmlar mantiqda entimema deb yuritiladilar.
Entimema – asoslardan biri
yoki xulosasi qoldirib ifoda etilgan sillogizm
. Masalan:
Bu baliq - akula.
Demak, bu baliq - yirtqich.
Bu misolda katta asos (Ayrim baliqlar – yirtqich) tushurib qoldirilgan.
Murakkab sillogizm
.
Murakkab
sillogizm mantiqda
polisillogizm
deb yuritiladi. Polisillogizmlar
ikki va undan ortiq
sodda sillogizmlardan tashkil topadi. Masalan: Sport sog’liqni mustahkamlaydi. Gimnastika –
sport.
Demak, Gimnastika sog’liqni mustahkamlaydi.
Ritmik
gimnastika – gimnastika.
Ritmik gimnastika - sog’liqni mustahkamlaydi.
Pollisiologizmning 2 turi mavjud: a)
Progressiv polisillogizm
b) Regressiv polisillogizm.
Dostları ilə paylaş: